Diagnostika.
Qorin aortasi okklyuziyalari klinikasi etarlicha ravshan va
ko’pchilik hollarda diagnoz qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. Endi diagnoz
qo’yish masalasi dastlabki qorin aortasi obturatsiyasi darajasini aniqlash,
oyoqlarda qon aylanishi kompensatsiyasi darajasini, periferik o’zan holatini
bilish mutaxassislarning xozirgi kundagi vazifasi hisoblanadi. Kasallik
diagnostikasida buyrak arteriyalari va qorin aortasi vistseral tarmoqlari holatini,
shu magistral arteriyalardan qon bilan ta’minlanadigan organlarning zararlanish
darajasini aniqlash muxim va nixoyat, o’zil-kesil diagnoz qo’yishga imkon
beradigan tekshirishlar yig’indisiga miya va toj tomirlar qon oqimi holatini
o’rganish ham kirishi kerak.
Tekshirish bosqichlarini shartli ravishda ambulator, dastlabki va klinik
bosqichlarga bo’lish mumkin:
I. Tekshirishning ambulator bosqichi maxsus jixozlar talab etmaydi va xar
kanday tibbiy muassasada o’tkazilishi mumkin. Anamnez yig’ish – mas’uliyatli
davr va quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: bemorning yoshi, kasallikning
birinchi simptomlaridan boshlab boshlangan davri, ishemiya zonasining
dinamikada ko’payishi, uning yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga tarqalishi
kabilar.
158
Bel va chov soxalaridagi ishemiyani aniqlashga, fiziologik yo’nalishlarning
buzilishi, axlat xarakteriga alohida ahamiyat berilishi lozim. O’zgarib turadigan
cho’loqlik intensivligi va xarakteri, oyoqda og’riq sindromi borligi, trofik
buzilishlar rivojlanganligini aniqlash zarur. Jinsiy funktsiyaning buzilish
darajasi, davolashning nechog’lik naf berayotganligini albatta bilish kerak.
Bemorni ko’zdan kechirishda teri rangining o’zgarganligiga, oyoqlar,
chanoq kamari va jinsiy organlarda atrofiya borligiga, trofik buzilishlarga
ahamiyat berish zarur. Oyoqlar magistral arteriyalari, jinsiy olat orqa
arteriyasining albatta paypaslashdan tashqari, paypaslash mumkin bo’lgan
hamma arterial tomirlar paypaslab chiqiladi. Hamma arteriyalar auskultatsiya
qilinishi lozim. Oyoqlarda va qo’llarda arterial bosimni o’lchash muxim
ahamiyatga ega. Qorin aortasi okklyuzion zararlangan bemorlarning 85 foizida
oyoqlar ishemiyasi uchun xos muskul atrofiyasi simptomi aniqlanadi. Ayni
vaqtda mushak tonusi, mushak kuchi va ish kobiliyatining pasayishi qayd
qilinadi. Birmuncha distal okklyuzion zararlanishlardan farqli ravishda bu
simptom ko’pincha ikki tomonlama va boldir muskullari bilan birga son va
chanoq kamari muskulllarini ham qamrab oladi.
II. Terminal aorta va yonbosh arteriyalarning okklyuzion zararlanishlari
bo’lgan bemorlarni tekshirishning dastlabki klinik bosqichi muayyan izchillikda
o’tkazilishi va oyoqlar ishemiyasini hamda boshqa xayotiy muxim organlar
(miokard, miya, vistseral organlar, buyraklar) funktsiyasini o’rganishga
qaratilmog’i lozim. Shuning uchun tekshirishning bu bosqichi ikkita yo’nalishga
bo’linadi. Birinchi yo’nalishning vazifasi – oyoqlar magistral va kollateral qon
oqimi holatini, tomirlarning stenozlovchi zararlanishi qaerda joylashgani va
holatini, oyoqlar regional gipoksiyasi darajasini, shuningdek qonning
koagulyatsiya va reologik xossalarini aniqlashdan iborat. Bemorlarni
tekshirishni bajarish uchun quyidagi diagnostik testlar: arterial osteografiya, teri
termometriyasi, kapillyaroskopiya, hajmli sfigmografiya, reovazografiya,
oyoqlar termografiyasi, ularni skanerlash, vena ichi radioizotop angiografiyasi,
terida va mushaklarda qon oqimini o’rganish, polyariografiya o’tkaziladi.
159
Ikkinchi yo’nalishning vazifasi – magistral qon oqimi holati va boshqa
organlarning funktsional holatini aniqlash lozim, buning uchun bemorlarda
umumiy klinik va qonni bioximiyaviy tekshirishlar, EKG, FKG, EEG, buyraklar
va me’da-ichak yo’li organlarini tekshirish shart.
Oyoqlarda to’qima (teri va muskul) qon oqimini mikdoriy aniqlash xozirgi
vaqtda xujayra membranalari orqali bemalol o’tadigan radioaktiv izotoplar
yordamida o’tkaziladi. Bu metodikalarning qimmatli tomoni shundaki,
to’qimalar birligi orqali oqadigan qon miqdori qon aylanishining buzilish
darajasini va kasallikning klinik manzarasini belgilaydigan asosiy omillardan
biri hisoblanadi. Mikrotsirkulyatsiyani izotoplar yordamida o’rganish metodi
atravmatik, ko’p axborot beradi, sezuvchanligi bilan ajralib turadi,
o’rganilayotgan ob’ektdagi effektiv qon oqimi to’g’risida tushuncha beradi.
Bemorlarni oldindan klinik tekshirish oyoqlarning qon bilan
ta’minlanishining buzilish darajasini aniqlash
va magistral qon oqimi
tiklangandan keyin trofik buzilishlarning qayta tiklanishiga imkon beradi.
Tekshiruvning xuddi shu bosqichida xayotiy muxim organlarning ishlashi,
koronar va braxiotsefal arteriyalar xavzasida qon oqimini kompensatsiya qilish
darajasi to’g’risida etarli axborot olish mumkin. Bularning jami operatsiyaga
umumiy ko’rsatmalarni belgilash va operatsiyadan keyingi davrni prognoz qilish
imkoniyatini beradi.
Biroq topik diagnozni uzil-kesil aniqlash, rekonstruktiv operatsiya usuli va
hajmini tanlash uchun yakunlovchi tekshiruv – kontrast angiografiya qilish
zarur. Rentgen kontrast tekshirishdan maqsad okklyuziya va stenozning qaerda
joylashgani va darajasini bilish, patologik jarayon soxasida tomirlar devori
holatini aniqlash, kollateral o’zan holatini topish va obstruktsiyadan distalroq
masofada magistral arteriyalarni to’ldirish hisoblanadi. Ikkita satxni: qorin
stvolidan boshlab hamma asosiy tarmoqlari va son hamda taqim osti arteriyalari,
shuningdek boldir tomirlari bilan tugallanadigan qorin aortasini qayd qiladigan
seriyali angiografiya birmuncha afzal sanaladi.
160
Translyumbal aortografiya tanlash metodi hisoblanadi (36-rasm). Qorin
aortasi okklyuziyasiga shubxa qilinganda dastlabki tekshirish metodlariga
asoslanib, aorta XII ko’krak umurtkasi satxida yuqori translyumbal punktsiya
qilinishi kerak. Aorta-yonbosh zonasidagi okklyuziyali jarayonda II bel
umurtqasi tanasining yuqori cheti satxida past translyumbal punktsiya qilinishi
mumkin. Angiografik manzara aorta va uning tarmoqlari zararlanishining
bevosita va bilvosita belgilaridan tarkib topadi. Aorta bo’shlig’ining to’liq
okklyuziyasi uchun u yoki bu satxda aorta kontrast tasvirining uzilishi
xarakterli. Uzilish chizig’i notekis, gorizontal yo’nalishga ega. Okklyuziya
soxasi ustida ba’zan aorta kontrastlanish darajasining bir oz kuchsizlanishi
ma’lum bo’ladi, bu trombotik massalarning aortaning oldingi-orqa yarim doirasi
bo’yicha okklyuziya bo’lgan joydan yuqorida tarqalganligiga bilvosita ishora
bo’lishi mumkin. Bu fenomenni yon tomonlama aortogrammada bevosita
angiografik belgilar bilan tasdiqlash mumkin. Okklyuziya distal chegarasining
darajasi angiogrammalar seriyasida ko’rinadi.
36-rasm. Qorin aortasi okklyuziyasi.
Qorin aortasining buyrak arteriyalari va vistseral tarmoqlar zararlanganiga
shubxa qilingan yuqori okklyuziyalarida ikkita proektsiyada seriyali
angiogramma qilinadi – bir sekund tezlikda ikkita kadr beradigan 12-14
161
rentgenogramma. Bu kontrast moddaning buyrak arteriyalari va vistseral
tarmoqlar bo’ylab tarqalishini vizualizatsiya qilish, shuningdek kollateral qon
aylanishini aniq bajarilishi uchun zarur.
Qorin aortasi angiografik okklyuziyalarning quyidagi ta’rifi bor: Qorin
aortasining past okklyuziyasi – kontrast tasvirning pastki ichak tutqich arteriyasi
og’zi satxida yoki undan pastda uning antegrad to’ldirilishi bilan uzilishi.
Qorin aortasining o’rta okklyuziyasi – kontrast tasvirning pastki ichak
tutqich arteriyasi satxida yoki undan yuqorida uning retrograd to’ldirilishi bilan
uzilishi.
Qorin aortasining yuqori okklyuziyasida asosiy jarayonga qo’shilmagan
buyrak arteriyalari satxida kontrast tasvirning o’zilishi ular kontrast modda bilan
to’lganda buyrak arteriyalari satxida qayd qilinadi.
Buyrak arteriyalarining qo’shilib ketgan zararlanishida okklyuziya darajasi
odatda notekis, buyrak arteriyalari og’zini qamrab olgan bo’ladi. Qorin
aortasining jarayonga buyrak arteriyalari va vistseral tarmoqlar qo’shilgan
yuqori okklyuziyasi boshqa rentgenologik ta’rifga ega. Kontrast tasvirning
uzilish sathi buyrak arteriyalari og’zi sathida aniqlanadi, uning chetlari
suprorenal segmentga tarqalishga moyilligi borligidan bilinmaydi. Bu segment
aksariyat kuchsiz kontrastlangan, bu trombning buyrak arteriyalari og’zidan
yuqoriga tarqalganligidan darak beradi. Agar oldingi-orqa proektsiyada buyrak
arteriyalari etarli darajada ko’rinsa, vistseral tarmoqlarni bu proektsiyada
hamisha ham aniqlab bo’lmaydi. Yuqorida ko’rsatilganidek, bu qorin stvoli
og’zi va yuqori ichak tutqich arteriyasining qatlamlanishi bilan bog’liq.
Ateroskleroz va nospetsifik aorto-arteriitda qorin aortasi okklyuziyasining
angiografik semiotikasi, xar xil manzaraga ega. Ateroskleroz uchun kontrast
tasvir o’zilishning notekis tasbexsimon chetlari bo’lgan zararlanishning
diffuzligi xarakterli. Nospetsifik aorto-arteriitda zararlanish hajmi katta. Tomir
konturlarining chetlari sillik, aniq.
Qorin aortasi va tarmoqlarining bevosita va bilvosita belgilari farq qilinadi.
Bevosita belgilarga aorta va tarmoqlari konturining kontrast tasvir yo’qligi bilan
162
uzilishi kiradi. Tomirning retrograd to’lishi, kontrast tasvirning kuchsizligi,
asimmetrik to’lgan o’zanida kontrastning tutilib qolish bilvosita belgilardan
hisoblanadi. Angiografiya ma’lumotlarini o’rganish zararlanish hajminigina
emas, balki kollateral qon oqimi yo’llari hisobiga qon aylanishini kompensatsiya
qilish yo’llarini ham aniqlash imkonini beradi. Chunonchi, masalan, qorin
aortasining o’rta okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi ikkita sistema
hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchisi – qorin aortasi past okklyuziyasidagi kabi lyumbal arteriyalar
sistemasi:
Ikkinchisi – yuqori va pastki ichak tutqich arteriyalarida shakllanadigan
qovurg’alararo anastomoz (Riolan ravog’i). Qorin aortasining yuqori
okklyuziyalarida kollateral qon aylanishi asosan ichak tutqicharo anastomoz
sistemasi orqali amalga oshiriladi (Riolan ravog’i).
III. Tekshirishlarning intraoperatsion bosqichi quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
1. Qorin aortasi va tarmoqlarini reviziya (taftish) qilish.
2. Aortada va uning tarmoqlarida arterial bosimni aniqlash – elektr
manometriya.
3. Elektr magnit floumetriya.
Operatsiya vaqtida aorta-yonbosh segmenti okklyuzion zararlanish
darajasini va qancha masofadaligini baholash g’oyatta muxim. O’z-o’zidan
ma’lumki, oddiy reviziya, paypaslab ko’rish ularning zararlanish darajasi
to’g’risida taxminiy tushuncha beradi, xolos. Oyoq arteriyalari bo’ylab qon
oqimi buzilishining darajasi to’g’risida aorta bilan okklyuziya bo’lgan joydan
distal masofadagi magistral arteriya o’rtasidagi bosim gradientini o’lchash –
elektr manometriya muayyan tasavvur beradi.
Qon oqimini tekshirishning birmuncha ishonchli metodi elektr magnit
floumetriya bo’lib, gemodinamik buzilishlarning og’ir-engilligi to’g’risida uzil-
kesil tushuncha bera oladi. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi diagnozni
to’kis-tugal aniqlash va optimal operatsiya rejasini tanlashga yordam qiladi.
163
Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining Sh.I. Karimov bo’yicha
klassifikatsiyasi:
I. Okklyuziya darajasi:
1) qorin aortasining past okklyuziyasi:
- pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanmasligi bilan;
- pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi bilan;
2) qorin aortasining o’rta okklyuziyasi pastki ichak tutqich arteriyasi
okklyuziyasi bilan;
3) Qorin aortasining yuqori okklyuziyasi:
- buyrak arteriyasi zararlanmasligi bilan;
- buyrak arteriyalari zararlanishi va vazorenal gipertenziya sindromi bilan;
- buyrak arteriyalari va vistseral tarmoklarning zararlanishi, vazorenal
gipertenziya va abdominal ishemiya bilan.
II. Periferik o’zan xolati:
- distal blok yo’q;
- distal blok bor.
III. Oyoqlar ishemiyasi darajasi:
I bosqichi – kompensatsiya;
II bosqichi – o’tib ketadigan buzilishlar;
III bosqichi – barqaror tomir etishmovchiligi;
IV bosqichi – gangrenalar (37-rasm).
IV. Boshqa tomir havzalarining birgalikda zararlanishlari:
- braxiotsefal tomirlarning miya tomirlari etishmovchiligi bilan zararlanishi;
- toj arteriyalarning yurak surunkali ishemik kasalligi bilan birga
zararlanishi.
164
37-rasm. O’ng oyoq gangrenasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |