Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Etiologiya va patogenez.
1. Intravazal – tomirlarning xar xil organik 
stenozlovchi kasalliklari: ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit, fibromuskulyar 
displaziya, vistseral tarmoqdar anevrizmasi, turli patologiyalar, tug’ma 
rivojlanish nuqsonlari. 


168 
2. Vistseral tarmoqlar kompensatsiyasini keltirib chikaradigan ekstravazal 
sabablar: qorin stvolining diafragma elementlari, gangliyalar va kuyosh chigali 
nerv tolalaridan bosilishi. Vistseral tarmoqlarning periarterial fibrozdan 
deformatsiyasi va ularning qo’shni organlarining o’smalaridan bosilishi. 
Surunkali abdominal ishemiyaning asosiy simptomi og’riq hisoblanadi. 
Surunkali abdominal ishemiyada og’riq, simptomokompleksining kelib chiqishi 
quyidagicha: to’qima ishemiyasi gipoksiyaga, metabolik o’zgarishlarga, atsidoz 
rivojlanishiga, oksidlanib ulgurmagan maxsulotlar va gistaminsimon 
moddalarning ko’p miqdorda yig’ilishiga olib keladi, ular organ ichida 
joylashgan nerv oxirlarini ta’sirlantiradi. To’qimalar ishemiyasi to’g’risidagi 
signallar ishemiyaga uchragan organ va vegetativ markaz joylashgan joyda 
og’riq, bilan namoyon bo’ladi. Og’riqning epigastriyda joylashishi, o’ng 
qovurg’alar ostiga o’tishi, yuqori ichak tutqich arteriyasi xavzasidagi 
ishemiyada butun qorin bo’ylab tarqalishi shu bilan izoxlanadi. 
Normada qonning bir havzadan ikkinchisiga oqib tushishi, shuningdek 
qonning bitta magistralning turli tarmoqlari o’rtasida qayta taksimlanishi shu 
bosqichda turgan organlarga etarli mikdorda kon etkazib berilishini ta’minlaydi. 
Qorin stvoli okklyuziyasida qon aylanishining etishmasligi yuqori ichak tutqich 
arteriyasi havzasidan qon oqib o’tishi bilan to’ldiriladi. Hazm jarayoniga yuqori 
ichak tutqich arteriyasi havzasidan qon bilan ta’minlanadigan organlar 
qo’shilmagan paytda qorin stvoliga qon oqib kelishi etarli bo’ladi. Ichaklarga 
ovqat lukmasi tushgan va surilgan sayin qon oqimi keskin kamayadi, chunki 
ichaklarning o’zi qo’shimcha qon tushishiga muhtoj bo’ladi. Stvol havzasiga 
qon tushishining kamayishi tegishli organlar, birinchi galda jigar ishemiyasiga 
olib keladi, chunki jigar hazm jarayonining boshidan oxirigacha funktsional 
jixatdan faol holatda bo’ladi. 
Yuqori ichak tutqich arteriyasining okklyuzion zararlanishlarida ishemiya 
aksariyat qorin stvoli havzasida rivojlanadi. Jigar hazm jarayonining butun tsikli 
ichida etarli darajadagi qon mikdoriga muhtojligi sababli qorin stvoli 
havzalaridan qon oqib ketishi uning ishemiyasiga olib keladi. Yuqori ichak 


169 
tutqich arteriyasi okklyuziyasida birinchi galda pastki ichak tutqich arteriyasi 
(Riolan ravog’i) kengayadi va qon oqimini to’ldirishda qatnashadi. 
Qorin-ichak tutqich anastomozi – qonni etkazishning birmuncha qisqa yo’li 
kamroq qatnashadi. Og’riq intensivligi hazm organlari ishemiyasining darajasiga 
bog’liq. Ishemik buzilishlarning boshlang’ich bosqichlarida og’riq simptomlari 
kompleksi davriyligi va intensivligida muayyan qonuniyatni aniqlash qiyin. 
Shunga qaramay, ko’pchilik bemorlar ko’p ovqat eyilgandan va «parhez 
buzilgandan» keyin og’riq paydo bo’lishidan noliydilar. Bu hol birmuncha 
ehtiyotlaydigan ovqat rejimiga o’tishga majbur etadi, bu axvolni vaqtincha 
engillashtiradi. Tez orada bemorlar og’riq paydo bo’lishida ovqatning sifatidan 
ko’ra uning mikdori ahamiyatli ekanligini payqab qoladilar. Bu qonuniyatni 
bilib olib, ular ko’p ovqat eyishdan o’zlarini tiyadilar, uni oz-ozdan eyishga 
xarakat qiladilar – «
smeal meal sindrome
». Ovqat eyilganda qorinda azobli 
og’riq paydo bo’lganligidan bemorlar ovqatdan yuz o’girishga majbur 
bo’ladilar. Abdominal ishemik og’riqlarning paydo bo’lishi va davomiyligida 
muayyan qonuniyatni kuzatish mumkin. Ko’pchilik bemorlar og’riq ovqatdan 
15-20 minut o’tgandan keyin paydo bo’lishidan noliydilar. Og’riq ovqat 
ingichka ichakdan o’tib bulguncha, ya’ni taxminan 2-2,5 soat davom qiladi. 
Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, qorindagi og’rik 10 dan 82% gacha 
hollarda uchraydi. Og’riq simptomokompleksi aksariyat qorin stvoli xavzasida 
qon aylanishi buzilishlarida (76,3%), kamroq yuqori ichak tutqich arteriyasi 
zararlanishlarida (37,4%), atigi 8,1% hollarda pastki ichak tutqich arteriyasi 
zararlanishlarida kuzatiladi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish