Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash. 
Qorin aortasining surunkali okklyuzion zararlanishlari xirurgik 
patologiyadir. Patologik jarayonning ishemiyaga uchragan zonalarni 
kompensatsiya qiladigan kollateral yo’llar o’zilishi bilan avj olishi, tomirlarning 
okklyuziyadan distalroq zararlanishi oyoq gangrenasiga o’tadigan og’ir 
ishemiyaga sabab bo’ladi. 
Proksimal tromb sathining orta borishi qon oqimidan buyrak va vistseral 
arteriyalarning uzilib qolish xavfini tug’diradi, bu buyraklar va qorin bo’shlig’i 
organlari funktsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Normal qon oqimini 
tiklashga va shu tariqa xayotiy muhim organlar funktsiyasini saqlab qolishga 
faqat xirurgik yo’l bilan erishiladi. Xirurgik operatsiya nechog’lik erta bajarilsa, 
natija shunchalik yaxshi bo’ladi. 
Operatsiyani xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lish mumkin: 
1. Rekonstruktiv yoki radikal. 
2. Bilvosita rekonstruktiv (umrov osti va qo’ltiq-son). 
3. Palliativ (vaqtincha engillashtiradigan). Palliativ operatsiyalar 
rekonstruktiv operatsiya qilish mumkin bo’lmagan hollardagina qo’llanilishi 
mumkin. Periarterial simpatektomiya, epinefrektomiya shular qatoriga kiradi. 
Bu operatsiyalarni bajarishdan maqsad periferik tomir o’zanini desimpatizatsiya 


165 
qilish va kollateral qon aylanishini yaxshilashdan iborat. Bemor xayotini 
qutqarib qolishga qaratilgan majburiy tadbir bo’lgan oyoqni amputatsiya qilishni 
(kesish) ham shartli ravishda shular qatoriga kiritish mumkin (38-rasm). 
38-rasm. (a) qorin aortasini rezektsiyasi va ikkitomonlama aorta-son 
protezlash va (b) aorta-son shuntlash. 
Bilvosita o’tkaziladigan rekonstruktiv operatsiyalar (distantsion o’mrov 
osti-son va qo’ltik-son arteriyalarini shuntlash) quyidagi sharoitlarda bajarilishi 
kerak: 
1. Yurak-tomirlar sistemasi va boshqa xayotiy muxim organlarning og’ir 
buzilishi sababli letal natijaga olib borish ehtimoli bo’lgan bemorning og’ir 
umumiy holati. Asosiy rekonstruktiv operatsiyadan oldin tez avj olib boradigan 
intoksikatsiya hodisalari va gemostazning og’ir buzilishlarini bartaraf etish 
uchun dastlabki bosqich sifatida o’tkaziladi. 
2. Oyoqning tez avj olib boradigan ishemiyasida va qorin aortasi 
okklyuziyalarida radikal operatsiya o’tkazish imkoni bo’lmaganda.
Magistral qon oqimini tiklashning asosiy turi uni rezektsiya qilib 
alloprotezlashdir. Bugo’ngi kunda bu operatsiya plastik xirurgiyani 
rivojlantirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. 


166 
Rekonstruktiv operatsiyalar bajarishga quyidagilar mutlaqo monelik 
qiladigan hollar hisoblanadi: 
- tez-tez xurujlar bo’lib turadigan, nafas qisadigan, yaqinda (6 oygacha) 
boshdan kechirilgan miokard infarkti bo’lgan toj tomirlar etishmovchiligining 
og’ir
 
formalari; 
- miya qon aylanishining yangi (6 oygacha) buzilishlari gemiplegiya 
xodisalari bilan; 
- buyrakning organik zararlanishlari subkompensatsiyalangan buyrak 
etishmovchiligi hodisalari bilan. 
Operatsiya vaqtidagi asoratlar. Eng jiddiy asoratlardan biri operatsiya 
vaqtida qon ketishidir. Qon ketishining sabablari: tomirlarning shikastlanib 
qolish, anastomozning etarlicha germetik emasligi, aorta distal bo’limining 
bog’lanmaganligi va gipokoagulyatsiyalar. Operatsiya vaqtidagi protez trombozi 
ko’p uchraydigan asorat hisoblanadi. Tromboz sabablari: tomirlardagi qonning 
distal stazi, tromb uzilishi, arterial bosim tushib ketishi bilan yuz beradigan 
gipovolemiya. 
Operatsiyadan keyingi davr asoratlari: yurak-tomirlar, nafas va o’tkir 
buyrak etishmovchiligi, ichak infarkti, peritonit, oyoq-qo’llar gangrenasi, qon 
ketishlar, eventeratsiya, operatsion jaroxatning yiringlab ketishi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish