Xirurgik kasalliklar


Aorta ravog’i arteriyalari kasalliklari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Aorta ravog’i arteriyalari kasalliklari
Takayasu sindromi degan nom ostida braxiotsefal arteriyalarni 
toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya hamda 
qo’llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar guruxi 
birlashtiriladi. 
Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh ayollarda ko’z to’rsimon 
pardasi arteriyasining zararlanishi va qo’lda puls yo’qligi bilan ta’riflanadigan 
tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu sindrom kashfiyotchi sharafiga 
Takayasu deb ataldi. Bu patologiya adabiyotda boshqa nomlar bilan ham 
yuritiladi, ulardan eng keng tarqalgani «aorta ravog’i sindromi», «puls yo’qligi 
kasalligi», «Martorelle sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo’jayrali 
arteriit», «Takayasu sindromi» va boshqalardir. 
Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va prognozining yomonligi, miya 
insultiga va davolash usullariga oid qarashlarning qayta ko’rib chiqilishi 
munosabati bilan uning klinik ahamiyati etarlicha muximdir. Ishemik insult 
paydo bo’ladigan bemorlarning taxminan yarmida bosh miyani ta’minlaydigan 
kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda zararlanishlar bo’ladi. Aterosklerozda 
bosh miyaning ishemik zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi yoki stenozi 
sababli emas, balki tserebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan 
mikroemboliyasi natijasida ham rivojlanadi. 
Etiologiyasi va patogenezi.
Braxiotsefal arteriyalar tutilib qolishni keltirib 
chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo’linishi mumkin: 
1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari: 
- ateroskleroz; 
- nospetsifik aorto-arteriit; 
- obliteratsiyalovchi trombangit; 
- chakka arteriiti. 
2. Aorta ravog’i anevrizmalari braxiotsefal arteriyalarning ikkilamchi 
torayishi bilan: 


179 
- aterosklerotik; 
- zaxmli; 
- qatlamlanadigan anevrizmalar. 
3. Aorta ravog’i tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari: 
- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, og’izning surilish nuqsonlari; 
- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, qovuzloqlar hosil qilish va 
angulyatsiyasi; 
- aorta ravog’i tarmoklari nuqsonlari. 
4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik 
sindromning eng ko’p sababchisi hisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3 
qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxiotsefal arteriyalarning zararlanishi 
bo’ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko’proq zararlanadi. 
Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan 
tashqaridagi arteriyalarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5 
marta ko’proq uchraydi. 
Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang’ich 
segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy hisoblanadi. Ikkala uyqu 
arteriyasi bir xilda ko’p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o’mrov osti 
arteriyalari ham qo’shiladi, bunda chap arteriyasi o’ng arteriyasiga nisbatan 3 
baravar ko’proq zararlanadi. Ko’pincha bemorlarda aorta ravog’i tarmoqlarining 
ko’p sonli zararlanishlari aniqlanadi. 
Nospetsifik aorto-arteriit braxiotsefal tomirlar zararlanishining sabablari 
orasida ikkinchi o’rinda turadi. Aorto-arteriit uchun stenozlangan qismning 
birmuncha uzunligi xos. Aorto-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog’i 
tarmoqlarining ko’p sonli zararlanishlari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat 
30-40 yoshdagi odamlar, ko’proq ayollar (4:1) kasallanadilar. 
Braxiotsefal tomirlarning normal o’tkazuvchanligini buzadigan uchinchi 
sabab – ekstravazal kompressiya hisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og’zi 
surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskul bilan bosilganda 
(umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo’ylab qon oqimi 


180 
kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi 
bo’yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o’smalar tomonidan bosilganda 
ro’y berishi mumkin. 
Braxiotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi 
va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o’tkazuvchanlik buzilishi sodir 
bo’lishi bilan ta’riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa 
kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o’tish 
kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida 
rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog’liq bo’lishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish