Davolash.
Operatsiyaga ko’rsatmalar:
1. Nomsiz arteriyaning umurtqa, o’mrov osti-umurtqa karotid sindromida
kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichida ateroskleroz va arteriit
zaminida segmentar okklyuziyasi.
2. Ekstravazal zararlanishlar, patologik egri-bugrilik va nuqsonlarning
hamma klinik formalarida kompensatsiya va subkompensatsiya bosqichida.
3. Og’riq sindromi bo’lgan aniq, yuzaga chiqqan qo’l ishemiyasida va
trofik buzilishlari bo’lgan o’mrov osti sindromida.
4. Qo’shma (kombinatsiya qilingan) formalarida, kompensatsiyalangan va
subkompensatsiyalangan bosqichlarida bosh magistral arteriyalaridan birida qon
oqimini yaxshilash uchun.
Operatsiya qilishga monelik qiladigan hollar:
1. Kasallikning angiospastik formalari.
2. Kompensatsiyalangan bosqichdagi o’mrov osti sindromi qo’l
ishemiyasining aniq yuzaga chiqqan belgilari bo’lmaganda.
3. Kasallikning dekompensatsiyalangan bosqichlari.
4. Inkurabel holat.
Braxiotsefal arteriyalarning okklyuzion zararlanishlarida operatsiyani
tanlash:
189
1. Uyqu, umurtqa, o’mrov osti va nomsiz arteriyalaridagi stenozlar,
trombozlar va patologik egri-bugriliklardagi rekonstruktiv operatsiyalar:
- arteriyaning zararlangan qismini anastomoz bilan oxiridan-oxiriga
rezektsiya yoki nuqsonni alloprotez bilan almashtirish;
- endarterektomiya va alloplastika bilan yoki busiz;
- yuqoriga ko’tariladigan aortadan o’mrov osti, uyqu, nomsiz arteriyalarga
alloprotez bilan chetlab o’tib (aylanib) shuntlash;
- arteriyalarni, jumladan ekstratorakal arteriyalarni bir joydan ikkinchisiga
ko’chirish operatsiyalari.
2. Ekstravazal kompressiyani bartaraf qiladigan operatsiyalar:
- qovurg’a rezektsiyasi (buyin qovurg’asi yoki yuqorida joylashgan I
qovurg’a);
- skalenotomiya va o’mrov osti va kichik ko’krak mushagini qirqish;
- arterioliz.
3. Simpatik va adrenal sistemalardagi operatsiyalar:
- yuqori buyin simpatektomiyasi (C
1
-C
2
).
- stoellektomiya (C
7
),
- ko’krak simpatektomiyasi (Th
2
-Th
3
),
- periarterial simpatektomiya,
- epinefrektomiya (bir yoki ikki tomonlama).
Takayasu sindromida muvaffaqiyatli chiqqan birinchi rekonstruktiv
operatsiyani – ichki uyqu arteriyasidan endarterektomiyani 1953 yilda De Beki
o’tkazgan. Bajarilgan operatsiyaning ko’rinishi mavjud patologiyaga bog’liq
A.V. Pokrovskiy fikricha, ichki uyqu arteriyasining keskin stenozida yoki
okklyuziyasida tashqi arteriya tarmoqlari orqali qon oqimi bosh miyani qon
bilan ta’minlash uchun amaliy ahamiyatga ega. Umumiy uyqu arteriyalari
nospetsifik aorto-arteriit bilan zararlanganda tanlanadigan operatsiya rezektsiya
qilib protezlashdir. Ikkala uyqu arteriyasi okklyuzion zararlanganda bir vaqtning
o’zida bifurkatsiyani protezlashi bajarish mumkin.
190
Braxiotsefal tomirlardagi rekonstrukti operatsiyalardan keyin o’lim darajasi
operatsiyaga
ko’rsatmalarning
to’g’ri
aniqlanganiga,
aralashuv
lokalizatsiyasining, xirurg tajribasiga bog’liq va 1 dan 4% gacha hollarni tashkil
etadi.
A.V. Pokrovskiyning ma’lumotlariga ko’ra elka-bog’ stvoli
rekonstruktsiyasida qon oqimini hamma bemorlarda tiklashga muvaffaq
bo’linadi. Ayni vaqtda o’mrov osti arteriyasi rekonstruktsiyasida bemorlarning
faqat 86 foizida foydali bo’ladi. Tiklovchi operatsiyalarning turlari orasida eng
ta’sirchani protezlash bo’ladi (bemorlarning 94 foizida qon oqimi tiklanadi),
vaxolanki endarterektomiya 87%, shuntlash 82% bemorlarda muvaffaqiyatli
chiqqan. O’sha ma’lumotlar bo’yicha rekonstruktiv operatsiyalar natijalari bilan
braxiotsefal arteriyalarning zararlanish etiologiyasi o’rtasida aniq bog’liqlik
mavjud: aterosklerozda qon oqimi 93% bemorlarda, aorto-arteriitda esa faqat
77% bemorlarda tiklangan (A.V. Pokrovskiy, 1980). Yana shu olimning
ma’lumotlariga binoan yil mobaynida yaxshi natijalar 92,9% bemorlarda
olingan, keyingi 5 yil mobaynida u kam miqdorda pasaygan. Operatsiyadan
keyin 10 yil o’tgach yaxshi natijalar 77,7% hollarda saqlanib qoladi. 14 yil
o’tgandan keyin esa yashab ketgan hamma odamlarning 72,2% da saqlanib
qolgan.
Bemorlarni miya qon aylanishi darajasiga bog’liq holda bosqichma-bosqich
reabilitatsiya qilinadi. Davolash fizkulturasi, massaj, dori-darmonlar bilan
davolash mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga imkon beradi.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |