Bozordan tashqari risklar Bozordan tashqari risklar bozor holati bilan emas, balki alohida aktivning oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq risk hisoblanadi. Misol
184
uchun ushbu risk turiga asosan korxonaning noiqtisodiy omillari (rahbariyatni nokompetentligi) tufayli uning aksiyasiga taʼsir riski sifatida koʻrish mumkin. Ushbu riskni portfelni diversifakitsiya qilish orqali umuman bartaraf qilinishi mumkin. Diversifikatsiya samarasini korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali tushuntirish mumkin.
Ikkita oʻzgaruvchanning birga harakatlanish tendensiyasi korrel-yatsiya deyiladi va korrelyatsiya koeffitsiyenti ushbu tendensiyani oʻlchab beradigan koʻrsatkich hisoblanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti +1dan -1gacha ifodalanadi va
grek harfi bilan belgilanadi.
= +1ga teng boʻlagan holatda ikkita oʻzgaruvchan mutlaq bir xil harakatlanadi,
= –1 boʻlsa ikkita oʻzgaruvchan mutlaq teskari harakatlanadi va
= 0 vaziyatda ikkita oʻzgaruvchan umuman bir biriga bogʻliq boʻlmaydi, yaʼni bir oʻzgaruvchan ikkinchisidan mustaqil hisoblanadi.
Oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib korrelyatsiyani hisoblansa, R harfi bilan ifodalanadi. Quyida ikkita (i va j) aksiya oʻrtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyentining hisoblash formulasi keltirilgan.
,
bu yerda:
– oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib aniqlangan korrelyatsiya;
– i aksiyasining t davr uchun haqqoniy daromadliligi;
– T davrlar mobaynidagi i aksiyasining oʻrtacha daromad-liligi.
Agar ikkita aksiyaning korrelyatsiya koeffitsiyenti -1ga teng boʻlsa, har biri uchun shunday ulush tanlasa boʻladiki, natijada ularni birining oʻz oʻrta (kutilayotgan) qiymatidan chetlanishi boshqasining oʻz oʻrta qiymatidan chetlanishini neytrallashtiradi (bartaraf qiladi). Bunda ular yordamida shakllantirilgan portfelning standart chetlanishi nolga teng boʻladi, lekin shu bilan bir qatorda uning kutilayotgan daromadliligi aksiya kutilayotgan daromadliligining oʻrtacha tortilga-niga teng boʻladi. Demak korrelyatsiya -1ga teng boʻlganda portfelning tarkibidagi aksiyalar ulushi toʻgʻri proporsiyada tanlansa,
185
uning standart chetlanishi nolga teng boʻladi va risk bartaraf qilinadi. Yaʼni portfel shakllantirib diversifikatsiya qilish orqali riskni bartaraf qilinadi.
Agar korrelyatsiya +1ga teng boʻlsa, portfelning standart chetlanishi aksiyaning standart chetlanishlarining oʻrtacha tortilganiga teng boʻladi. Bunday holatda diverifikatsiya naf keltirmaydi va risk roʻy bersa undan koʻriladigan ehtimolli yoʻqotishlari muqarrar hisoblanadi.
Shunday qilib -1 va +1 oraligʻida korrelyatsiya kuzatilsa, portfel-ning standart chetlanishi aksiyalarning oʻrtacha tortilgan standart chetlanishlaridan past boʻladi va risk darajasini diversifikatsiya qilish orqali pasaytirsa boʻladi. Amaliyotda diversifikatsiya maqsadida portfel shakllantirish uning tarkibidagi aksiyalarni korrelyatsiyasi koʻpincha aynan shu oraliqda boʻladi. Bunda diversifikatsiya riskni toʻlaqon bartaraf qila olmaydi.
11.1-rasm. Portfelning hajmi uning riskiga taʼsiri51 51 Brigham& Ehrhardt. Financial management/Theory and practice /15th edition
Diversifikatsiyalanadigan
risk
Portfelning bozor riski:
O‘zgarmas qoladi
Portfeldagi aksiyalar soni
Portfelning umumiy riski: aksiya soni ko‘oaygan sari kamayib boradi
Portfel riski, %
186