Xi bob. Moliya bozori risklari va portfelni boshqarish



Download 32,41 Kb.
bet2/9
Sana02.12.2022
Hajmi32,41 Kb.
#877248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-risk

1. Stress-test usuli. Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testlar boshqa usullardan farqli tarzda tizimli riskni vujudga kelish ehtimolligini emas, balki agar oʻzgarish (shok) roʻy bersa, oqibatlar qanaqa boʻlishini aniqlaydi. Stress-test oʻtkazilishida odatda bir yoki bir nechta (pozitiv, oʻrta, negativ) ssenariylardan foydalaniladi. Ular dastlabki shok kattaligi, prognozlash gorizonti, risk omillarini stress-test obyektining barqarorligiga salbiy taʼsirining darajasi kabi parametrlar boʻyicha farqlanadilar.
Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
- pastdan tepaga usuli. Masalan banklar oʻzining yoʻqotishlar darajasini har bir ssenariy boʻyicha mustaqil aniqladilar va umumlashtirish uchun yuqori turuvchi megaregulyator (Markaziy Bank)ga taqdim etadilar.
44 Nicolas Blancher, Srobona Mitra, Hanan Morsy, Akira Otani, Tiago Severo, and Laura Valderrama. Systemic Risk Monitoring (SysMo) Toolkit – A User Guide. IMF Working paper, July 2013.
179
- tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy Bank tomonidan yagona metodologiya boʻyicha butun tizim (tijorat banklari)ni testdan oʻtkazilishi.
Pastdan tepaga usulda har bir bank oʻzining riski va yoʻqotishlari tizim yoki kontragentlarga taʼsiri yoki oʻzaro taʼsirini emas, balki oʻz faoliyatiga taʼsirini baholaydi.
11.1-jadval
Stress-test kamchiliklari va afzalligi
Kamchiliklar
Afzallik
Statistik maʼlumotlarni toʻplashda yoʻqotishlar kuzatilishi;
Stress sharoitida banklar chiziqli ha-rakatlanmasligi (har bir bank oʻzga-cha reaksiya koʻrsatishi).
Nazorat organiga murakkab tizimli modellarni ishlab chiqishi uchun mo-liyaviy institularda toʻplangan riskning konsentratsiyasi va koʻlami haqida dastlabki maʼlumot berishi.
2. Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari. Ushbu usulning mohiyati tizimdagi risk darajasini taqriban aniqlaydigan iqtisodiy indikatorlar aniqlagan chegaraviy qiymatdan yuqori boʻlgan davrlarni aniqlaydi va bu inqiroz boshlanishiga xabar vazifasini bajaradi. Inqiroz boʻyicha erta xabar berish tizimiga misol tariqasida Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan qoʻllaniladigan moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari majmuini keltirsa boʻladi.45 Ushbu tizim ikkita indikatorlar guruhiga boʻlinadi:
1. CAMELS46 indikatorlari moliyaviy inqirozning mikroiqtisodiy tarkibini xarakterlaydi. U asosiy kapital darajasi, aktivlar sifati, bosh-qaruvning ishonchliligi, foydalilik, likvidlilik va bozor riskiga taʼsir-chanlik kabi koʻrsatkichlardan tarkib topadi.
2. Makroiqtisodiy indikatorlar. Ularga iqtisodiy oʻsish surʼati, toʻlov balansi holati, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasi va valyuta kursi kabi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar kiradi.
45 Indicators of financial stability. Compilation Guide – Washington, DC, USA: International Monetary Fund, 2007
46 CAMELS indekatorlari guruhining nomi uning tarkibiga kiruvchi indikatorlarning bosh harfidan tuzilgan abbreviatura hisoblanadi, ya’ni Capital adequacy, Asset quality, Management, Earnings, Liquidity, Sensitivity kabi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat.
180
Erta xabar berish indikatorlari usuli boʻyicha tanqidlar shundan iboratki, ular inqirozdan keyingi siljishlar taʼsirini, yaʼni inqiroz boshlanganidan keyingi koʻrsatkichlar oʻzgarishini inobatga olmaydi.47 Shuningdek hech bir kafolat yoʻqki oldingi yil qayd qilingan qonuniyatlar kelgusi yilda ham oʻz kuchida qolishiga. 3. VaR (Value at Risk)ga48 asoslangan hisoblash uslubiyoti. 1990-yillar yarmidan to hozirgi kunga qadar yirik xalqaro banklar va regulyatorlar boshchiligida deyarli barcha moliyaviy institutlar risk metrikasi49 sifatida VaR (Value at Risk – riskning qiymatdagi oʻlchovi, risk ostidagi qiymat yoki riskning qiymati)dan foydalanishadi. VaRning bunday umumqabul qilinishi koʻplab munozaralarga sabab boʻldi. Aksar olimlar metrika subadditiv boʻlmagani, yaʼni divesifikatsiya tamoyillariga va bundan kelib chiqib zamonaviy portfel nazariyasi asoslariga teskari boʻlishi sababli, unga qarshi chiqishdi. (munozara boʻyicha maʼlumotni Szegö (2004) ilmiy ishida koʻrsa boʻladi) VaR koʻrsatkichi maʼlum shartlar ostida t vaqt oraligʻida investorning maksimal yoʻqotishlarini ifodalaydi.50 Rasman bu koʻrsatkich t davr uchun va berilgan α aniqlik darajasi bilan maʼlum aktiv yoki aktivlar portfeliga egalik qilishdan kutilayotgan maksimal yoʻqotishlar VaR qiymatidan oshmaslik ehtimolligi α-ga teng boʻlgan qiymatni baholaydi. Boshqacha aytganda, α ehtimollik bilan Vt aktiv (portfel) qiymatit vaqtda oʻzining V0 dastlabki qiymatidan [0; t] davr oraligʻida VaRdan ortmaydigan qiymatga ogʻmaydi:
. Agar, ehtimollik VaRdan ortiq holda zarar koʻrish ehtimolligi 1–α ga teng boʻladi:
47 Solntsev O.G., Pestova A.A., Mamonov M.E., Magomedova Z.M. Experience in Developing Early Warning System for Financial Crisis and the Outlook for the Banking Sector in Russia in 2012. // Journal of the New Economic Association, № 12, 2011], URL: http://www.forecast.ru/_ARCHIVE/Analitics/EcoAs/CMASF12-2011.pdf 48 VaR ko‘rsatkichi Bazel qo‘mitasi, Xalqaro svop va hosilaviy instrumentlar assotsiatsiyasi, AQSH milliy sug‘urtachilar assotsiatsiyasi tomonidan tartibga solish instrumenti sifatida foydalanish uchun tavsiya etilgan. .
49 Bozor risk metrikasi – bu portfel kelgusi qiymatining noaniqligini o‘lchash mezoni, ya’ni portfel daromadi (foyda yoki zarar)ning noaniqligini hisoblash o‘lchov birligi hisoblanadi. Uning bosh maqsadi – kutilayotgan (muljallangan) qiymatdan chetlanishlar ehtimolligini aniqlash hisoblanadi.
50 Crouhu M., Galai D., Mark R. Risk management. – N.Y.: McGraw Hill, 2001
181
. Eʼtibor qilsak, matematik nuqtai nazardan VaR koʻrsatkichi α tartibdagi tasodifiy ifoda taqsimotining kvantili hisoblanadi. Umumiy holatda F(x) uzluksiz taqsimot funksiyasiga ega tasodifiy Xning α tartibdagi kvantili (quantil) deb
ni qanoatlantiradigan shunday
qiymatki, u uchun hodisaning ehtimolligi α ga teng boʻladi:
Quyidagi jadvalda oʻrta qiymatdan chetlanish ehtimolliklariga mos keluvchi, standart chetlanishlar sonda ifodalangan normal taqsimot kvantillari keltirilgan.
11.2-jadval

Download 32,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish