XI BOB. MOLIYA BOZORI RISKLARI VA PORTFELNI BOSHQARISH 11.1. Moliya bozori risklari: mohiyati, asosiy turlari va baholash usullari Investor tomonidan qabul qilinayotgan har qanday moliyaviy qaror risk bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻladi. Bu moliya bo-zorida yaqqol oʻz aksini topadi. Bunga 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, uning sabablari va oqibatlari misol boʻlishi mumkin. Bozor nuqtai nazaridan risk – bu aktiv narxini koʻzda tutilmagan va kutilmagan tarzda oʻzgarishidan kelib chiqadigan yoʻqotishlar riski hisoblanadi.
Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliq risklar moliya bozorida salbiy iqtisodiy hodisalar vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi va quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: (1) foyda darajasi kutilayotgan darajadan past boʻlishi yoki umuman kuzatilmasligi; (2) qimmatli qogʻozning qiymati tushganda investor kiritgan kapitalining maʼlum qismini yoʻqotilishi; (3) qimmatli qogʻozning qadrsizlanishi.
Bunday oqibatlar shubhasiz potensial investor qaroriga taʼsir oʻtkazadi. Investorlar moliya bozoridagi risklar mohiyatini bilish, toʻgʻri baholash va ularni samarali boshqarish uchun moliya bozoridagi risklarlarni ikkiga boʻlishida, yaʼni: bozor (yoki tizimli, diversifikatsiya qilinmaydigan) risklari va bozordan tashqari (yoki oʻziga xos, tizimsiz, diversifikatsiyalanadigan) risklar.
Bozor risklari Bozor risklari – bu bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini pasayishi riski hisoblanadi. Shuningdek narxlarni noaniqlik bilan oʻzgarishiga ham bogʻliq hisoblanadi. Bozor riski makroiqtisodiy tabiatga ega boʻladi, yaʼni riskni vujudga kelish manbasi moliya tizimidagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi. Ushbu risk butun tizimga bogʻliq boʻlgani sababli
178
butunlay bartaraf qilib boʻlmaydi. Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli mavjud:
1. Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski.
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski.
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Ushbu davr talabiga munosib iqtisodchi olimlar tomonidan qator statistik usullar va yangi miqdoriy baholash usullari tadqiq qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros Valavanis tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining sharhi berilgan.44 Ulardan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.