Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar



Download 33,1 Kb.
bet7/10
Sana15.07.2022
Hajmi33,1 Kb.
#801768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

CHIMMAT QO’SHUG’I
(“O’zgancha”ga)
-Chimmatimni ko’tarib ko’rdi xushtorim,
Dedim: “Tiriklikda shudir mozorim!”
Chimmatimning qillari yuzimga botar,
Bu qafaslar ichida qachon tong otar?
Chimmatimni tashlasam, hech kim olmaydi,
Ota-onam holimga nazar solmaydi.
“Chimmat ”, “chashvon” degani hammasi bir gap,
Ko’p chiroylik ko’zlarning yoshiga sabab…
Chimmat tekkan yuzlarim so’lib boradi,
Ko’nguldagi umidlarim o’lib boradi…
Chimmatimni irg’itay, ushla, xushtorim!
-Paranjini qo’shib tashla, ozodsan, yorim!
1927 yil, fevral.
OKTYABR (7-Noyabr)
1
Ey, bukun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar, xayollar,
Ro’yolar sarsildi!
Ey, bukun olovlar
Dunyoni yondirdi!
Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!
Ey, bukun ko’klarda
Quyoshlar tutuldi.
Ey, bukun shamollar,
Bo’ronlar quturdi!
Ey, bukun jahannam
Olovlar pushkurdi;
Ey, bukun vulqonlar
Zulmatka tukurdi!*,
Ey, bukun chaqmoqlar
Chaqdilar, chaqdilar…
Ey, bukun to’fonlar
Oqdilar, oqdilar…
Ey, bukun do’l kelib,
Olamni yiqqan kun!
Ey, bukun kurramiz
Mehvardan chiqqan kun!..
2
Yo’q, do’stim, hovliqma,
Xayolga berilma,
Ortiqcha hashamga
Berilib, so’z dema.
Hech narsa bo’lmadi:
Na to’fon, na vulqon.
Yolg’iz, xaq yo’llarda
Oqdi qon, oqdi qon…
Yolg’iz bir harakat,
Qimirlash ko’rildi,
Chayladan chiqilib,
O’rdaga yurildi.
Osildi “yo’q” – ”bor”ga,
Yo’qsullar boylarga,
(Hech narsa bo’lmadi
Kun, bulut, oylarga.
Tabiat jim qoldi;
Na issiq, na sovuq.
Oktyabr oyida,
Kuz ketkan,
Qish yovuq.)
Qo’zg’oldi och qolg’an,
Entikkan, bir yig’in,
O’limning ko’ziga
Ko’z tikkan bir yig’in.
Qo’zg’aldi bechora,
Yalang’och jamiyat,
Ko’ksida yonardi,
Lekin bir hamiyat!
O’limga zavq ila
Sudragan hamiyat!
O’limdan o’zgani
Ko’rmagan hamiyat!
Hamiyat, yo g’azab,
YO shiddat…
Bari bir!
Yolg’iz u – dunyoning
Fotixi, olamgir!
Ana shul hamiyat,
Ana shul jamiyat,
Ana shul iroda,
Ana shul xaq niyat
Zolimning qo’lidan
Qudratni oldi-da,
O’zining maxsuli –
Zindonga soldi-da,
O’zicha yashashning
Yo’lini qaradi,
O’ziga bir olam
Qurmoqqa yaradi.
Shugina:
Do’l kelib,
Olamni yiqmadi,
Va yerning kurrasi
Mexvardan chiqmadi.
3
U kunning kuyi ham,
She’ri ham ko’p sodda,
Lekin u soddalik,
Ravonlik oldida:
Do’llarning olamni yiqishi:
Hechdir!
Kurraning mehvardan chiqishi:
Hechdir!
1930 yil.
Eski yo’lda:
DARYO BO’YI
(G’afur G’ulomga)
Bu Uchqo’rg’on ajab obu-havosi dilnavoz ermish,
Xususan daryoning qirg’oqlari kuz fasli soz ermish.
Talatum aylashib suvlar choparmish telba majnundek,
Qirg’oqlar bevafo mahbublardek yo’lda g’oz ermish…
Tiniq oy nurlari suvlar yuzinda o’ynashib tunlar,
Tong otguncha ularning ishlari ming turfa noz ermish.
Bo’lak joylarda tan rohat topolmay cheksa zahmatlar,
Butun yoz o’tkuncha daryo suvida “abboz” ermish..
Ko’rib Norinni 1) ta’bi urib, bir-ikki so’z aytkan
Aruzdan bahrasiz bir – Cho’lpon otliq benamoz ermish.
1931 yil, avgust.
1) Farg’ona vodiysidagi Norin daryosi. Shoir izohi].
NIL QIZI
(Birinchi qo’shuq)
Go’zal Nil bo’yidan
“Falloh”1) qiziman.
Ahromlar yo’lida
Karvon iziman.
Toshqindan tug’ildim
Erta bahorda,
Iliq nurlar emdim
Kundan nahorda.
To’kilgan xurmolar
Yemishim bo’ldi…
Olovli sevgilar
Yelga tutildi.
Sevganim qul bo’lib
Sotilib ketdi;
Minglarcha qullarga
Qotilib ketdi…
Butun hayotimni
Bir zahar sirdi:
Qo’ynimga sevmagan
Bir erkak kirdi!
Onamdan ayrildim
“Ona” deguncha,
Otamni ko’rmadim
Ko’zim to’yguncha…
Nilning barakasi
Dunyoga tatir;
“Falloh”ning baxtini
Kimlar uyg’otur?..
1) Misr dehqoni [Shoir izohi].
(Ikkinchi qo’shuq)
Munbit Nilning mehnatsevar “falloh” qiziydim,
Munbit yerlar, dalalarning shan yulduziydim.
Nil suvlari qirg’oqlardan oshgach tug’ildim,
Ko’zni ochgach, qum aralash suvlarga kuldim.
Boshqalarday bu dunyoga yayrab keluvdim,
Oilamga, bir qush kabi, sayrab keluvdim.
Bu unumli tuproqlarda to’yarman derdim,
Yoshligimda bor mehrimni shularga berdim.
Kecha-kunduz ishlaganim qora yer bo’ldi,
Bor kuchimni xashlaganim qora yer bo’ldi.
Mehnatimga rohat ko’rib, yayrayin derdim,
Xurmozorlar orasida sayrayin derdim!
Faqat dunyo yo’qsullarga juda tor ekan,
Zolim falak yo’qsullar-la ko’p o’ynar ekan…
Yosh umrimni mehnat bilan nobud qildilar,
O’lmay turib, keng dunyoni tobut qildilar.
1934 yil, mart.
1 MAY
1.
Bu buyuk kun yillar bo’yi zo’r o’rmonlarning
Quyosh tushmas joylarida qarshi olindi.
Yoxud chuqur va qorong’i yerto’lalarning
Zax bag’rida nafas, ba’zan, ichka solindi.
Qizil bayroq alangadek lovullar ekan,
Xushtak chalib o’tgan o’qlar bag’rini tildi.
Uni qo’ldan bermayman deb May kunlarida
Ko’p ishchilar tiklanolmas bo’lib yiqildi.
Ey buyuk kun, har yil kelib, o’z tegrasiga
Quyilardan yangi-yangi quvvat to’plardi,
16 yil bundan burun kech kuz faslida
U zo’r quvvat dushmanlarning safini yordi!
2.
Shundan beri u zo’r kunni, har kelganida,
Million-million kular yuzlar qarshi oladi.
Baynalminal* ovozlari yuksalar ekan,
Bor shundaylar nafasini ichka soladi…
Million-million kular yuzlar har yil shu kunda
Bir qayrilib – o’tkanlari yo’lga qaraylar:
Shunday ulug’ dovonlarni nechik oshganlar,
Nechik muncha tez ketkanlar … anglayolmaylar.
Tarix bo’yi hech bir quvvat botinolmagan
Juda og’ir, juda mushkil bir yo’lni tutib;
O’tish uchun loaqal ikki-uch asr
Kerak bo’lgan uzun yo’lni besh yilda o’tib,
Qari tarix betlariga sharaf bitkanlar,
Yer yuzini hayron qilib gangiratkanlar!
Faqat, yana qizil bayroq hilpirar ekan,
Millionlarning o’tkur ko’zi – tag’in yo’llarda.
Yangi hayot, sinfsiz hayot qurish istagi:
Million-million
Erkak, xotin, qiz, o’g’illarda!…
1933 yil, may.

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish