Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar



Download 33,1 Kb.
bet2/10
Sana15.07.2022
Hajmi33,1 Kb.
#801768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

CHO’LPON
SOZ

“Bir necha yil qantarg’ach,
Yana aldim sozimni …”
O’zbekiston Davlat Nashriyoti Toshkent – 1935. 1)
1) 1935 yilgi Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi shu kungi o’zbek alifbosiga bir qator hollarda – unlilarda ham va undoshlarda ham mos kelmaydi. Shuni nazarda tutib, biz mazkur to’plamga kirgan she’rlarni o’tgan asrda qo’llangan Lotin alifbosida berishni lozim topmadik.
YANA OLDIM SOZIMNI!
Bir necha yil qantarg’ach
Yana oldim sozimni,
Endi aytib yig’lamas
Ko’nguldagi rozimni.
Ko’nguldagi kudurat
Ko’tarildi nihoyat.
Endi, ilhom manbai –
Qaynab yotgan shu hayot!
Qillaridan sozimning
To’kilajak shan kuylar,
Hur o’lkaning xur qizi
Singari qashang** kuylar.
Qurulish dastonlari
Pardalardan oqajak.
Eh, ko’ngul, yangi dardlar
Tag’in seni yoqajak!
1934 yil, noyabr.
YANGI MEN 1)
Menda endi qayg’ular yo’q,
Men bahorlar kabi shanman.
Kechalarning o’lumiga
Qahqahalar solgan menman!
O’lik ruhli kechalardan
Sir kutishlik menda yo’qtur,
Men istamam, – qora savdo,
Kishaningni majnunga ur!
Mening yangi vatanimda
Na majnun bor, na-da zanjir!
Munda har bir ishlaganning
Baxti quchog’ida kelur!
Munda mehnat bir hukumdor:
Amr etadi, charchatmaydi,
Chunki mashshoq o’z soziga
Sevgisini yo’qotmaydi.
Munda mehnat quvnab-quvnab
Mo’jizalar yaratadi.
Munda har kun sho’x qo’shiqlar,
Kuylar ila tong otadi.
Millionlarning biri kabi
Men ham har kun ter to’kaman.
Har kun yangi hayajonlar,
Zafarlarga ko’milaman!
Millionlarning biri kabi
Men ham quvnoq, men ham shanman,
Kechmishlarning o’limiga
Qahqahalar solgan menman!..
1934 yil, Avgust.
1) Bu she’rning asli Ozarbayjon turkchasida yozilgan. [Shoir izohi].
BIR LAVHA
(Shanxay voqealaridan)
“Nagasaki” limanidan jildi paroxod,
Bir paroxod emas, balki ulkan bir flot!
“Vampo” daryo suvlarini qopladi to’lqin;
“Sizinvan”ning havosini zaharlik tutun –
Bir haftadan beri birdak bosib turadi,
Tog’ to’plari kemalarga olov uradi!
“Settilment”dan tashqarida bu mudhish uchish
Kecha-kunduz og’ir tushday davom etadi.
Og’ir o’qlar yer bag’rini yorib titadi!
Keng maydonda o’liklar yo’q, o’lganlar sonsiz!
Ko’p “madaniy” urush bo’ldi o’luksiz, qonsiz:
Har bir o’luk bir nechaga bo’linib ketgan,
YO qo’lini, yo putini birdan g’oyb etgan;
Biri qumlar orasida arang ko’rinar,
Biri oyoq ostlarida qolib surunar …
Ko’p “madaniy” urush emish – o’liksiz, qonsiz!
Obro’ylik bir gazetda qaysi vijdonsiz
Shu mazmunda yozuv yozib jar chaqiradi.
Xo’jayini dam chiqarmay elni qiradi!
Ikkovi ham “vahshiylar”ni yo’lga solmoqchi,
Ikkovi ham “vahshiy el”da turib qolmoqchi,
Ikkovi ham “vahshiylar”ni yomon ko’radi,
Ko’cha-ko’yda ko’ringanda yuz o’giradi.
Ikkovi ham “vahshiylar”ning kuchiga xushtor!
“Vahshiylar”ga bu sevgidan nima foyda bor?
“Settilment”dan uchib o’tdi xunuk qora qush!
Restoranda bilinmadi bu mudhish uchish,
Chunki unda jaz shovqini quloq yoradi.
Tashqarida och bir xitoy hey yolvoradi,
Hey yolvoradi!..
1932 yil, fevral.

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish