Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar



Download 33,1 Kb.
bet3/10
Sana15.07.2022
Hajmi33,1 Kb.
#801768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

10 YIL LENINSIZ 1)
O’n yilimiz, o’n yilimiz o’tdi Leninsiz!
Shu o’n yilda kemamizni shu ochiq dengiz
O’z qa’riga tortib ko’rdi necha martalar!
Oh, nimalar kechirmadi bu buyuk safar!
Bizni ochiq dengizlarga boshlagan Lenin,
Eng dahshatli onlarda ham – go’zal va mayin –
Kulishini tark etmasdan, surdi kemani,
Har etapda ustalikla burdi kemani!
Eng birinchi to’lqinlarni u bilan yengdik,
U birinchi yengishlarga qanday sevindik!..
Faqat 10 yil mundan burun ulug’ kapitan
Ko’zlarini mangu* yumib ketdi oradan …
Ochiq dengiz qo’ynidaydi hali kemamiz,
Kemamizga jon bag’ishlab bizlar hammamiz,
Undan so’ngi to’lqinlarga muntazir edik!
Faqat butun ko’ngullarda bir alam sezdik…
Shunda bizning eng yaxshimiz va eng saramiz
So’z oldi-da, millionlarga yuzlana dedi:
-“O’lgan odam haqiqatan zo’r odam edi,
Kemamizni to’g’ri yo’lga boshlagan edi,
Millionlarni zo’r kurashga tashlagan edi,
Uning o’tkur ko’zlarida “daho”2) porlardi,
U har qanday og’irliqni tinch qarshilardi.
Bu boshlangan katta ishni bitirmak uchun,
Kemamizni pakkasiga yetirmak uchun
Uning ulug’ tadbiriga muxtoj edik biz…
… Endi bizni qo’llayajak u qoldirgan iz!
Biz u izdan kemamizni sura beramiz,
U ko’rsatkan to’g’ri yo’ldan yura beramiz!
Uning aytkan so’zlaridan mash’al tutamiz,
U mash’al-la og’ir yo’lni bosib o’tamiz!.”
Shunday degach eng yaxshimiz va eng saramiz,
Ko’zimizni unga tomon tikdik hammamiz,
Oramizda qanday quvvat borligin sezdik,
“Xotirjam bo’l, ey, ko’zlari yumulgan” dedik.
Eng saramiz kapitanlik rolini oldi,
Kemamizni yana og’ir yo’llarga soldi.
Kemamizni yana og’ir yo’llarga soldi.
Tog’lar qadar to’lqunlar-la olishib har kun,
Kechalari kunduz kabi chalishib har kun,
Har qadamda o’ngu-so’lga zarbalar berib,
Bo’ronlarga temirlardan qanotlar kerib,
Lenin unga qo’yib ketkan mayin kulish-la
Kemamizni o’n yil bo’yi surdi oldinga,
10 yil bo’yi to’xtamasdan yurdi oldinga.
Bilaklari po’lat edi, ko’kragi olov,
Uning qaytmas izmi bilan zabun bo’ldi yov!
Ochiq dengiz o’rtasida yana kemamiz,
Kapitanning buyrug’ini kutib hammamiz,
-Ulug’ Lenin chizib ketkan yo’llarga sodiq, –
XVII nchi davramizni yana qurshadik.
Ey, inqilob kemasini oldin surgan er!
Qani, mana – bizlar tayyor:
Buyrug’ingni ber!..
1) Partiyaning XVII qurultoyi chog’ida yozilgan.
2) Geniy [Shoir izohlari].

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish