Xayrulla Ismatulla "Soz" To'plami Haqida Ayrıntılar



Download 33,1 Kb.
bet9/10
Sana15.07.2022
Hajmi33,1 Kb.
#801768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xayrulla Ismatulla soz to\'plami haqida

XVI -nchi.
O’n olti martaba to’plandik bizlar –
Tutqun otalarning erkin avlodi.
Po’latdek pishiqlik, matonat berdi
Temir kishilarning dahshatli yodi.
O’n olti martaba to’plandik bizlar
Asrning choragi o’tmasdan turib,
Biz, yangi yetishkan – navqiron kuchmiz.
Matlabga yetamiz chopib, yugurib.
Bizning asabimiz necha ming yillar
Kishanlar ostida shu qadar pishdi,
Ki shuncha og’irlik ichida aslo
Shoshmadik, dushmanlar hayron qolishdi!
Bizning safimizni oralab ba’zan
Dushmanning zaharlik fikri kirsa-da,
Biz sergak odamlar va qarshimizda
Saqlanib qololmas hech qanday parda!
Bizning yo’limizda og’irlik sonsiz,
Birma-bir ularni yengmay qo’ymaymiz!
Bizdagi bu iymon senda yo’q aslo,
Ey dushman, negakim: ko’nglimiz tamiz!
O’n olti martaba to’planib bizlar
Rejalar tortishdik yangi ishlarga.
Nima deyishini bilmaydi dushman,
Bir* reja bo’yicha yugurishlarga!
O’n olti martaba to’planib bizlar
Qo’l soldik hayotning tomirlariga!
O’zimiz xayotni tebratuvchi kuch!
Jonlilar qayrilib boqmayajaklar,
Shafaqlar qizarib oqmayajaklar,
O’lim olqishini yuksaltirajak,
Zulmat g’urublardan salom berajak:
Hayotning yolg’onchi amirlariga!…
1930 yil, iyul.
KUZ
Daraxtlar taniga tirmashdi izg’irin,
Shoxlarga ilonday chirmashdi izg’irin.
Qo’llari barglarning betida surundi,
Barglarning bandini qirt etib kesishka
Urundi…
Yer beti qoplandi malla rang choyshap-la;
Boqchalar* rang-barang choyshap-la!
Qish, qirov orqali jo’natti nomasin,
Yaqinda chalajak yoqimsiz nag’masin…
Guppi to’n vazminin solajak bus-butun,
Ishiga qaytajak o’t, o’tin!
Lekin biz qosh-qovoq solmaymiz kuz kabi,
Yuzlarga g’am rangi olmaymiz kuz kabi.
Yulduzday yonuvchi ko’zlarni o’ynatib,
Shu katta,
Dumaloq kurraning –
6-dan biriga qaraymiz!
Qishu-yoz
Bir xilda ishlagan,
Shu tinmas
Va sayoq kurraning
6 dan 5 ini o’ziga qaratgan;
Ishlash-la tishlagan
Yeriga qaraymiz!
Ishlashda – buyuk zavq,
Mehnatda – ulug’ shavq,
Ijodda – o’lmaslik
Va foniy bo’lmaslik
Ko’ramiz!
Kuzda ham,
Qishda ham,
Bahorlar shavqi-la,
Aylanar kurramiz!
Mayli,
Har daraxtka tirmashsin izg’irin!
Shoxlarga, ilonday chirmashsin izg’irin!
Mayliga,
Qish agar
Yo’llasa nomasin!
Boshlasa
Beta’sir,
Yoqimsiz nag’masin
Biz
Qishdan
Yozlarning rizqini olamiz!
Qishni ham,
Yozni ham
Rejaga solamiz!..
1934 yil, noyabr.

Download 33,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish