1. Metilaminning olinishi.
Kerakli asoblar: yumaloq tubli kolba (50-100 ml), tomizg’ich voronka, gaz o’tkazish nayi o’ranilgan tiqin, probirkalar, chinni kosacha, filtr qog’oz, suv hammomi, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi, shisha tayoqcha.
Reaktivlar:CH3OH yoki C2H5OH (reftifikat), CH3J va C2H5J, NH3 Kons., KOH yoki NaOH (qattiq), fenolftalein 1%, lakmus qog’oz, NaOH (to’yingan), pikrin kislotasi (1% li suvli eritmasi), atsetamid, brom, xloroform, sulfat kislota (2N), NaNO3 (5%), HCl (1:1), aminosirka kislota (1%), AgNO3 (0.1 n), distillangan suv.
Tajriba mo’li shkafda o’tkaziladi. Reaksiya NH3 ning CH3OH va C2H5OH ning to’yingan eritmalaridan foydalaniladi. Bu erimani tayyorlash uchun yumaloq tubli kolba (50-100 ml) ga tomizg’ich voronka, gaz o’tkazish nayi o’ranilgan tiqinni kiygiziladi. Gaz o’tkazish nayining uchini 5 ml metil spirit va 0,5 ml suv solingan probirkaning tubigacha tushirib qo’yiladi. Probirkani esa 0º muz bilan sovutiladi. Kolbaga 10-15 g qattiq natriy yoki kaliy gidroksid solinadi va unga asta-sekin tomizg’ich voronka orqali NH3 Kons quyiladi. 10-15 daqiqa ammiak yuborilgandan keyin eritma tajriba uchun tayyor bo’ladi.5ml C2H5OH (reftifikat) va 0,2 g suvni aralashtirib eritma tayyorlanadi. Uni ham yuqoridagi kabi ammiak bilan to’yintiriladi. Hosil bo’lgan metil spirt eritmasiga 1ml metilyodid qo’shing va kolbani probka bilan zich berkitib chayqatiladi. So’ngra kolbani muz solingan idishga biroz solib qo’yiladi. Oq kristall cho’kma hosil bo’lishi kuzatiladi. 10-15 minutdan keyin cho’kmani filtrlanadi va filtratni metil spirit bilan yuviladi. Kristallarni keyingi tajribalarga saqlab qo’yiladi. Eritmani chinni xovonchaga solib suv hammomida 2-3 ml qolguncha bug’latiladi. So’ngra eritmaga 5 ml suv quyiladi va 2-3 ml qolguncha bug’latiladi.
Chinni kosachadan qolgan aminlar va ularning tuzi aralashmasi eritmasiga barobar hajmda suv quyiladi. Hosil bo’lgan eritmani 3 ta probirkaga bo’linadi. Birinchisiga bir tomchi fenolftalein eritmasidan solinadi yoki unga lakmus qog;oz tushiriladi. Eritmaning qizarishini suvdagi eritmasi amiyakga nisbatan kuchli asos xossasiga ega. Ikkinchi probirkaga natriygidroksidning to’yingan eritmasidan 1 ml qo’shib qizdiriladi.probirka og’ziga nam lakmus qog’oz tutiladi va uning ko’karishi kuzatiladi.
Erkin aminlar qizdirilganda uchib kiradi.
Uchinchi probirkaga pikrin kislotasi eritmasidan qo’shiladi. Probirka sovitilganda aminalrning pikrat tuzi cho’kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |