I.2. Alifatik aminlarning olinish usullari.
Alkilaminalr amminak va aminlarning alkillash, ayrim azotli organic birikmalarni qaytarish, hamda bir qator maxsus metodlar yordamida olinadi.
Aminobirikmalarni spirtlar va galoidalkillarga ammiak ta’sir ettirib, nitrobirikmalar, nitril va izonitrillarni qaytarib kislota amidlarini oksidlab olish mumkin.
1. Spirtlarga yuqori haroratda katalizator ishtirokida ammiak bilan ta’sir ettirilganda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning aralashmasi hosil bo’ladi:
Galogenalkillarga ammiak va aminlar bilan ta’sir etilganda birlamchi, ikkilamchi,uchlamchi va to’rtlamchi aminlar aralashmasi hosil bo’ladi. Reaksiya 1850-yilda A. Gofman tomonidan ochilgan. Reaksiyaning birinchi bosqichida alkilammoniy tuzlari hosil bo’lib, ular teng qiymatli reaksiyada ammiak bilan ta’sirlashadi va alkilaminlar hosil qiladi. Shunday qilib bosqichma-bosqich trialkil- va tetraalkilammoniy tuzlari hosil bo’ladi:
Ma’lumki ammiak galogenalkillar bilan ammoniy tuzini hosil qilib birikadi:
Shunga o’xshash, galogenalkillar ham ammiak bilan monoalkil to’rtlamchi ammoniy tuzini hosil qiladi.
Bu tuz ammiakning ortiqcha qismi bilan reaksiyaga kirishib birlamchi aminni hosil qiladi, ya’ni parchalaninsh jarayoni ro’y beradi:
Birlamchi aminlar ham o’z navbatida galogenalkil bilan birikishi mumkin, natijada dialkilammoniy to’rtlamchi tuzi hosil bo’ladi:
Ushbu tuz ham ammiak bilan birikadi va ikkilamchi aminlarga aylanadi:
Uchlamchi amin ham shu tariqa hosil bo’ladi:
Nihoyat uchlamchi aminlarga galogenalkil ta’sir ettirilganda to’rtlamchi ammoniy tuzi hosil bo’ladi:
Tetraalkil to’rtlamchi tuzi NH3 ta’sirida parchalanmaydi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan aralashmadagi aminlarning qaynash temperaturalari har xil bo’lganligi sababli, ular bir-biridan fraksion haydash usuli bilan ajratib olinadi.
Mo’l miqdorda ammiak olinganda asosan birlamchi amin hosil bo’ladi. Tetraalkilammoniy tuzlarini olish uchun uchlamchi aminlarni alkillash maqsadga muvofiqdir.
Bu jarayonda ham birlamchi amin bilan birga ikkilamchi va uchlamchi aminlar aralashmasi hosil bo’ladi.
3. C−N, N−O, N═O, N−N, N═N, N≡N bog’lar tutuvchi, shuningdek, C═N, C≡N bog’lar tutuvchi azotli organik birikmalar oksidlanganda aminobirikmalar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, oksimlar, nitrillar, izosianidlar va h.k.
4. Nitrobirimalarni qaytarib aminobirikmalar olish usuli 1842 yilda rus kimyogari N.N. Zinin tomonidan kashf etilgan bo’lib, aminobirikmalarning asosiy qismi sanoatda shu usul bilan olinadi:
Bunda qaytaruvchi sifatida vodorod va boshqalardan foydalaniladi. Jarayonni neytral, kuchsiz kislotali va ishqoriy muhitlarda olib borish mumkin.
5. Aminobirikmalarni kislota amidlarini parchalab (Gofman reaksiyasi) hosil qilish mumkin:
6. Gofman qayta guruhlanishi — kislota amidlarini gipobromid (yoki gipoxlorit) kislota tuzlari bilan ishqoriy sharoitda qizdirish natijasida aminlar olishdan iborat. Qayta guruhlanish natijasida aminoguruh uglevodorod radikali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi, birlamchi amin hosil bo‘ladi.
7. Lossen qayta guruhlanishi - gidroksam (RCONHOH) kislotasi yoki uning O-atsil hosilalari ham kislotali yoki ishqoriy sharoitda izotsianatlarga o‘tadi. Ularning gidrolizidan amin olinadi.
Izotsianatlar tarkibida -N=C=0 guruh tutgan organik birikmalardir. Ularni sintez qilishning (sanoatda) keng tarqalgan usuli - aminlarning fosgen bilan o‘zaro ta’siriga asoslanadi. Reaksiya inert erituvchida oraliq mahsulot sifatida karbamoilxloridlar hosil bo‘lishi bilan boradi:
Fosgenlash 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1).Past haroratda diaminni fosgenlash natijasida monoizotsianat sintezi:
2).Yuqori haroratda aminoizotsianatning gidroxloridini fosgenlash natijasida diizotsianat sintez qilish:
8. Oqsil tabiatli moddalar tarkibidagi aminokislotalarning dekarboksillanishidan ham aminlar hosil bo‘ladi:
9. Mineral kislota efirlariga ammiak ta’sir ettirganda aminlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |