Demokratik rahbar
Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi bo‘ysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Bosqaruv xususiytlari
Ma’naviy etuklik
Siyosiy etuklik;
Huquqiy etuklik;
Axlohiy etuklik;
YUqori saviya va onglik;
Ma’rifatchilik;
Madaniyatchilik;
Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik;
Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;
SHaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo‘ysindirishga qodirlik;
Kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lish;
Tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvatlash qobiliyati;
Prinsipiallik;
Tanqidga chidamli bo‘lish, o‘z-o‘ziga tanqid qila bilish.
Intizom va mehnatga bo‘lgan munosabati
Mehnatsevarlik;
Jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish;
Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;
Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
Bilim darajasi
Iqtisodiyotni bilishi;
Texnika va texnologiyani bilishi;
Boshqarish ilmini, funksiyalari va strukturasini bilish;
Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo‘lishi, uni doimo to‘ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro‘ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo‘laolmaydi
Tashkilotchilik qobiliyati
Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olishligi;
Qo‘l ostidagilarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalashni bilish;
Jipsalashgan jamoani vujudga keltira olish;
Maqsad sari intiluvchanlik;
Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo‘qotmaslik.
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish.
Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati;
Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish;
Turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
Rahbarlarni va qo‘l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati;
Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish;
Boshqarish strukturasini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo.
Rahbarning o‘ziga nisbatan madaniyatliligi
so‘z bilan ishning birligi;
o‘z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o‘stirish ustida qayg‘urish;
oqilona turmush tarzi, jismoniy sog‘lomligini saqlash;
o‘z-o‘zini tanqid asosida o‘z kamchiliklarini bo‘yniga olmoq;
o‘zini intizomga bo‘ysundirish;
o‘z malakasini oshirishga bo‘lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish;
harakatning maqsadga qaratilganligi va qat’iyligi;
o‘ziga va mehnat faoliyatiga bo‘lgan talabchanlik;
axloqning quyidagi alifbolariga qat’iy rioya qilish:
kamtarinlik
haqgo‘ylik
halollik
o‘zini tuta bilishlik
oddiylik
to‘g‘rilik, vijdonlik.
Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi
Xalqparvarligi, ya’ni:
kishilarga e’tibor va hurmat;
kishilarga xayrxox va iltifotli bo‘lish;
olijanoblik va beg‘arazlik, xolislik;
kishilarning qadr-qimmatiga etish kabilar.
Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;
Odamlarga ishonch, kishilarning o‘z kuchiga, qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo‘naltiri bilish;
YUqori nutq madaniyatigi ega bo‘lish va tashqi ko‘rinishdagi ozodaligi;
Salbiy fazilatlargi ega bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavm-qarindosh va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan toqati yo‘q;
O‘zaro munosabatdagi quyidagi odddiy etiket qoidalariga rioya qilish:
xushmuomala;
sipolik;
kamsuqumlik;
andishali;
vazminlik.
Mehnat va do‘stlikdagi sherikchilikda:
o‘zaro yordam va quvvatlash;
hozirjavoblik va majburiylik, so‘zsiz bajarishlik;
prinsipiallik va ishonch;
talabchanlik.
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi
Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik;
Jamiyat baxt-saodati yo‘lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko‘paytirish haqida g‘amxo‘rlik qilish;
Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat’iy rioya qilish;
Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz bo‘lish;
Huquqiy, moddiy va ma’naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;
Ko‘pfikirlikka ochiqko‘ngillik bo‘lish va uni hurmat qilish.
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo‘g‘inda rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy majburiyati, ya’ni qo‘l ostidagilarni o‘zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |