Xayitbayeva Oltinoy Baxrom qizining «Maktabgacha talimni boshqarish va menedjment»



Download 41,21 Kb.
bet2/11
Sana12.07.2022
Hajmi41,21 Kb.
#782763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xaitboeva O

Kurs ishining maqsadi: MTM talim-trbiya jarayonida boshqaruv usullari qo’llash jarayonini o’rganish
Kurs ishining obekti: MTMda bosqaruv usullari
Kurs ishining predmeti: MTM talim-trbiya jarayonida boshqaruv usullari qo’llash jarayoni
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda qo’yidagi vazifalar:

  • tadqiqot muammosi bo’yicha tegishli adabiyotlarni taxlil qilish;

  • ta’lim jarayoni va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning pedagogik xususiyatlarini o’rganish;



1. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy tarbiya muassasi ekanligi
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, maktabgacha ta’lim Davlat jamoat tizimining asosiy bo‘g‘imi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘limidir. Maktabgacha ta’lim muassasi maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda, ularni maktabga tayyorlashda etakchi rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim mussasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga hamda o‘z Ustaviga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim mussasasi oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan xolda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim mussasasi mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik prinsiplarga muyllik qilmasa har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Maktabgacha ta’lim mussasasi ta’lim-tarbiyaviy ishlar sifati bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma’suldir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mehnat jamoasi xalqchillik asosida o‘z-o‘zini boshqarish prinsipiga muvofiq uning jamiyat faoliyati bilan bog‘liq masalalarni birga hal qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasilarining asosiy tiplari quyidagilardan iborat:
a) umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim mussasasi;
b) ixtisoslashtirishgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo‘lgan bolalar uchun);
v) sanatoriya tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo‘lgan bolalar uchun).
g) Xususiy va sheriklikdagi MTMlar
d) Etim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun mehribonlik uylari, maktab internatlari va aralash tipdagi bolalar uylari huzurida maktabgacha ta’lim guruhlari tashkil qilinadi. Ular tegishli qonun-qoidalar bilan belgilanadi.
Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida O‘zbekistan Xalq ta’limi vazirligi hamda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan instruktiv direktiv hujjatlar va Yo‘riqnomalar asosida ish yuritilgan. Bular maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi konsepsiya va Nizomda belgilab berilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasi loyiha bo‘yicha qurilgan yoki moslashtirilgan SNIP normalariga, yong‘in xavfsizligi qidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatni tarkib topgan milliy an’analarini hisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining sig‘imi 320 o‘rindan oshmasligi kerak. Umumiy yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 140 o‘rinli maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasi uchun 90-120 o‘rinni muqobil hisoblash zarur. Loyihalashga qo‘yiladigan talablar: binolar shunday joylashishi kerakki, bino derazalari ufq tomonda, soyabonlar bo‘lishi, ko‘kalamzor erlarga suv bilan o‘ynash uchun fontanchali xovuzchalar bo‘lishi, yo‘laklar va o‘tish joylarini qattiq narsa qoplash, suv baseyni 0,25 metr chuqurlikda, ko‘cha shovqinidan uzoqda, maktabga yaqin joyda, yong‘indan qarshi talablarga to‘liq javob beradigan, iqlimiy xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga amaldagi qoidaga binoan bolalarga meditsina xizmati ko‘rsatish huquqiga ega. Ularga meditsina xizmati ko‘rsatish, maxsus biriktirilgan sog‘liqni saqlash bo‘limlari yoki idorasi qaram bo‘lgan tegishli meditsina muassasasini, meditsina xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Meditsina xodimlar bog‘cha ma’muriyati bilan bir qatorda bolalarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, davolash, profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, sanitariya gigiena normalariga rioya qilish, tarbiyalanuvchilarning rejimi va ovqati sifati, ularning jismoniy va aqliy yuklamalarining meyyori uchun mas’uldir.
Meditsina xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog‘liqni saqlash bo‘limlari zimmasiga yuklaniladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi kimga bo‘ysunishidan qat’iy nazar xalq deputatlari mahalliy soveti ro‘yxatidan o‘tiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ro‘yxatdan o‘tkazgach, unga tartibli soni beriladi va u yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini qaytadan tuzish (qo‘shish, olish, birlashtirish, ajratish, bo‘linish, qayta tashkil etish) xalq ta’limi bo‘limlari, korxona, muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko‘ra xalq deputatlari maxalliy sovetlari qarori asosida amalga oshiriladi. U bog‘cha mehnat jamoasi va xalq ta’limi kengashi bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi turlicha: tipiga, tuzilishiga qarab shtat birliklarini, maqsad, okladlarini tasdiqlaydi.
Ota-onalar qo‘mitasining asosiy vazifalari, bolalar bog‘chasi Ustavida ko‘rsatib berilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasi O‘zbekiston Resnublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko‘p variantli ta’limiy dasturlardan birini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyaviy ta’lim muassasasi bo‘lib, sotsial vazifalar bilan bir qatorda konsepsiya, ustav va dasturiga muvofiq malakali ta’lim-tarbiya berishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z dasturi va metodikasini ishlab chiqish va amaliy faoliyatda qo‘llash huquqiga zga. Ularni tasdiqlangan tartibi Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha qo‘llanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega.
«Ilk qadam» dasturi bo‘yicha talablarni tanishtirish.
Tajriba sinov ishlarni tashkil etish, mustaqil ish
olib borishi bo‘yicha ishlarini tashkil etishni tushuntirish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish respublika xalq ta’limini boshqarish va sog‘likni saqllash organlari tomonidan belgilanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta’lim berish va ularga tarbiyalashni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.



Download 41,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish