Xavfsizlik qoidalari


X. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qo‘yish shartlari



Download 0,53 Mb.
bet41/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

X. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qo‘yish shartlari

149. Elektr energiyasi iste’molchiga uning bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq etkazib beriladi.

Elektr energiyasi iste’molini cheklash, shuningdek iste’molchilar yuklamalari

jadvallarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, cheklashlar jadvaliga muvofiq, «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.

150. Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish

jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi,

«O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bo‘lganda joriy etiladi.

151. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari yagona elektr

energetikasi tizimida elektr energiyasi va quvvat tanqisligi hollarida elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sharoitlardaishlashining oldini olish, yagona elektr energetikasi tizimining barqaror parallel ishlashini ta’minlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda iste’molchilarning tartibsiz uzib qo‘yilishini bartaraf etish uchun tuziladi.

152. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari joriy yilning 1

oktyabridan keyingi yilning 1 oktyabrigacha bo‘lgan davr uchun, iste’molchi-ning texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasiga asosan tuziladi va jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun ularni bajarish majburiy hisoblanadi.

Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:

yagona elektr energetika tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar etishmaganda elektr energiyasini (kVt soatda) cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya iste’molini iste’molchilarning texnologik bronigacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub bo‘lmagan ob’ektlardan tashqari), iste’molni 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda qisqartirilishi ko‘zda tutilishi lozim;

yagona elektr energetika tizimida quvvat etishmaganda quvvatni (kVtda) cheklash jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari o‘tishi soatlarida iste’mol qilinadigan quvvatni, uni 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda, iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirilishi ko‘zda tutilishi lozim;

iste’molni va quvvatni cheklash jadvallarini kiritish uchun vaqt bo‘lmagan hollarda, yuzaga kelgan quvvat etishmasligi oqibatida avariya paydo bo‘lishi xavfida qo‘llaniladigan quvvatni uzib joriy etish jadvali. Jadvalda yagona elektr energetika tizimi iste’molchilari iste’mol qiladigan quvvatni, 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda to‘liq uzib qo‘yish ko‘zda tutilishi lozim, uzib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar bundan mustasno.

153. Ayrim hollarda iste’molchilarni uzib qo‘yishning maxsus jadvali ishlab

chiqiladi.

Elektr energiyasini uzib qo‘yish jadvaliga va maxsus jadvalga avtomatik

qurilmalarga, teleboshqarishga yoki doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ishonchli telefon aloqasiga ega bo‘lgan podstansiyalar ustuvorlik bilan kiritilishi lozim.

Iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berilishi elektr ta’minoti-ning avariya bronigacha cheklab qo‘yilishi mumkin.

154. CHeklash va uzib qo‘yish jadvallarini amalga kiritish tartibi:

elektr energiyasi va quvvatini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Elektr energiyasini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar dispetcherlik boshqaruvining barcha daraja-larida, operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom bo‘lish vaqtini yozgan holda uzatiladi;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga keyingi sutkalarda

elektr energiyasini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi to‘g‘risida joriy sutkaning soat 14 dan kechiktirmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom bo‘lish vaqtini ko‘rsatgan holda ma’lum qiladi.

Elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur

bo‘lganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga etkaziladi.

Uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan uzib qo‘yish jadvallari joriy etilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin, darhol joriy etiladi.

Elektr energiyasi iste’molini uzoq davrga kamaytirish zarur bo‘lganda, quvvatni uzib qo‘yish jadvaliga teng bo‘lgan elektr energiyasi va quvvatni cheklash jadvali amalga kiritiladi.

YUridik shaxslar — cheklash va uzib qo‘yish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlar (cheklash va uzib qo‘yishga tegishli bo‘lmagan ob’ektlardan tashqari) cheklash va uzib qo‘yish jadvallarining hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan muddatda so‘zsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks holda ular uzib qo‘yish va cheklash jadvallari bajarilmaganligi yuzasidan energiya markazlaridan majburiy uzib qo‘yish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob

beradilar.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi va quvvatini cheklash

jadvallarini amalga kiritish to‘g‘risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda, ogohlantirishdan keyin, iste’molchilarda elektr energiyasi va quvvat iste’molining belgilangan darajada kamayishini ta’minlovchi miqdorda elektr energiyasi etkazib berilishini majburiy ravishda cheklaydi.

Mazkur ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar buzilishining oqibatlari uchun javobgarlik iste’molchilar korxonalarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish