Xavfsizlik qoidalari


IX. Elektr energiyasining sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar



Download 0,53 Mb.
bet40/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

IX. Elektr energiyasining sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar

141. Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (ustamalar) amaldagi

tariflar bo‘yicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq undiriladi (maishiy iste’molchilardan tashqari).

142. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qo‘llanadigan elektr

energiyasining sifat ko‘rsatkichlari (ESK) ro‘yxati davlat standartlari asosida elektr ta’minoti shartnomasida belgilanadi.

143. Agar iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi amaldagi

ulushi elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshsa, u holda sanksiyaning muayyan miqdori tarifga ustama, aks holda –tarifdan chegirma hisoblanadi.

144. Har qaysi ESK bo‘yicha chegirmalar (ustamalar) miqdori ko‘rib chiqilayot-gan ESKning hisob-kitob davridagi nisbiy jami chiqish davomiyligi ko‘rsatkichlariga (T1 va T2) qarab yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tegishli ravishda normal va eng katta qiymatlari uchun hisoblanadi. T1 va T2 qiymatlari o‘lchash vaqti davomida aniqlanadi,

o‘lchash vaqtining davomiyligi har bir ESK bo‘yicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam bo‘lmasligi kerak. Avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari mavjud bo‘lganda T1 va T2 qiymatlari uzluksiz ravishda o‘lchanishi lozim. Davriy o‘lchashlarning natijalari tatbiq etiladigan hisoblash o‘tkaziladigan vaqt oralig‘i elektr ta’minoti shartnomasida (lekin bir chorakda bir martadan kam emas) belgilanadi.

145. Iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan har qaysi

ESK bo‘yicha elektr energiyasi sifatining yomonlashuvidagi amaldagi ulushlarining qiymati epizodik o‘lchashlar asosida belgilanadi va o‘lchash bayonnomasiga yoziladi.

Amaldagi ulushlarning ushbu qiymatlaridan tomonlardan biri ularni qayta ko‘rib chiqish masalasini qo‘yishiga qadar foydalaniladi.

146. ESKni o‘lchashlar akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan, hududiy

elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi bilan birgalikda, elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Elektr ta’minoti shartnomasida o‘lchashlar davriyligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, shuningdek iste’molchining yoki yagona elektr energetika tizimining ish sharoitlari keskin o‘zgarganda o‘lchashlar akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan, istalgan tomonlardan birining

tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Boshqa tomon o‘lchashlarni o‘tkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak. O‘lchashlar tashabbus ko‘rsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.

147. Kuchlanishdagi tafovutlar, nosinusoidallik koeffitsientlari va

kuchlanishdagi o‘zgarishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha yo fazalardan bittasida, yoxud barcha fazalarda o‘lchanadi.

Barcha fazalarda o‘lchashda T1 va T2 o‘rtacha qiymat sifatida aniqlanadi.

148. Iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi amaldagi

ulushini aniqlash tartibi elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish