Xavfsizlik qoidalari


-§. Elektr energiyasi uchun maishiy iste’molchilar (aholi) bilan hisob-kitob qilish



Download 0,53 Mb.
bet37/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

5-§. Elektr energiyasi uchun maishiy iste’molchilar (aholi) bilan hisob-kitob qilish

102. Maishiy iste’molchilar (aholi) xonadonlarda, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ ob’ektlarida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan elektr energiyasi uchun, turmushda qo‘llaniladigan tok qabul qilgichlarning quvvati va vazifasidan hamda hisobga olish pribor-larining o‘rnatilgan joyidan qat’i nazar, aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.

Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning

avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berish elektr ta’minoti shartnomasi asosida va oldindan to‘langan to‘lov miqyosida amalga oshiriladi.

Maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif

qiymatidan ortiqcha biror-bir qo‘shimcha mablag‘ undirish taqiqlanadi, mazkur Qoidalarning 116-bandidako‘rsatib o‘tilgan holat bundan mustasno.

103. Elektr tarmoqlariga Yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari uy-joy egasi tomonidan sotib olinadi, uning hisobiga davlat qiyoslashidan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektr tarmoqlari korxonasiga topshiriladi.

Hisobga olish pribori uy-joy yoki xonadon egasining buyurtmanomasiga binoan bir hafta muddatda, uning ishtirokida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan o‘rnatiladi.

Maishiy iste’molchilarda mavjud bo‘lgan hisobga olish priborlarini

almashtirish hamda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan elektr energiyasini elektron hisobga olish priborlarini o‘rnatish (Yangidan ulanadigan iste’molchilardagidan tashqari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

104. Hisobga olish priboriga ega bo‘lmagan va biror-bir sababga ko‘ra mazkur

turar joyda vaqtinchalik yashamayotgan maishiy iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasini bu to‘g‘rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

105. Xonadonlar, xususiy uylar, bog‘ uchastkalari, garajlarda yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi maishiy iste’molchilar foydalanilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar ishlab chiqarish va boshqa) turi bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhiga muvofiq haq to‘laydilar.

Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida hisobga olish pribori o‘rnatilishi zarur.

106. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi har bir maishiy iste’molchi bilan

elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi va unga belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasini beradi, u bo‘yicha elektr energiyasi uchun haq to‘lanadi. Hisob-kitob daftarchasining har bir varag‘i kvitansiya va bildirishnomadan iborat bo‘lib, ularda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqami muhr bilan tushirilgan bo‘lishi kerak.

To‘lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda,

aniq, o‘chirib yozishlarsiz to‘ldirilishi kerak. To‘lov hujjatlarida familiya, manzil, to‘lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisobga olish priborining ularga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlari, ko‘rsatkichlar tafovuti va to‘lov summasi ko‘rsatilishi kerak.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasi iste’molining

shartnomadagi miqdori bo‘yicha yoki oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi iste’molining hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asosan to‘lov schyotini yozish huquqiga egadir, maishiy iste’molchining hisob raqamida bu haqda tegishli ravishda qayd qilinadi. Bunda hisobga olish priborlari-dan ko‘rsatkichlar yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi.

107. Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalari bilan jihozlangan uylarda yashovchi maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun tegishli tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.

108. Maishiy iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol

qilingan elektr energiyasi miqdori iste’molchilardagi hisobga olish priborining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.

109. Hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni yozib olish va to‘lov

hujjatlarini amaldagi tarif bo‘ycha yozib berish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili yoki iste’molchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar to‘lov hujjati (bildirishnoma) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning vakili tomonidan to‘ldirilsa, u maishiy iste’molchiga topshiriladi, u bo‘lmagantaqdirda esa — u bilan birga bir xonadonda (xususiy uyda) yashovchi voyaga etgan istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali junatiladi.

110. Agar navbatdagi aylanib chiqishda hisobga olish pribori o‘rnatilgan xona

yopiq bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili to‘lov hujjati-ni oldingi davr uchun amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yozadi, bu haqda maishiy iste’molchining shaxsiy hisob raqamida tegishli belgi qayd etiladi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili, u tegishli amal qilish

muddati ko‘rsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvohnomaga ega bo‘lgan taqdirda, xonadondagi hisobga olish priborlarini soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha to‘sqinliksiz tekshirib ko‘rish huquqiga egadir.

111. Elektr energiyasi uchun haq to‘lash maishiy iste’molchi tomonidan aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali har oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.

112. Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash qurilmasiga ega bo‘lgan hisobga olish priborlari o‘rnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun haq to‘lashni oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiradilar.

113. To‘lov hujjatlarini yozish va haq to‘lash paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ularning aniqlanishiga ko‘ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan da’vo muddati mobaynida hisobga olinadi.

114. Bank hujjatida ko‘rsatilgan sana to‘lov amalga oshirilgan vaqt deb

hisoblanadi.

Agar to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, u holda bank hujjatida ko‘rsatilgan (bank shtampi qo‘yil-gan) summa qabul qilinadi.

115. Aholidan to‘lovlarni qabul qiladigan tashkilot (tijorat banklari-ning bo‘limlari, «O‘zbekiston pochtasi» davlat-aksiyadorlik jamiyatining bo‘limlari va aholidan to‘lovni naqd mablag‘lar bilan qabul qilib olish punktlari) to‘lov hujjatlarini o‘ram, banderollar va elektron reestrlarga jamlaydilar.

Har qaysi banderolda (bank bo‘limi tomonidan ma’lum davrda qabul qilib olingan maishiy iste’molchilarning to‘lov hujjatlari to‘plamida) hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga berish vaqtida yorliq bo‘lishi lozim, yorliqda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

banderolni shakllantirish boShlangan va tugallangan sana;

banderoldagi hujjatlar soni;

qabul qilib olingan to‘lovlarning umumiy summasi;

kassa xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov sifatida ushlab qolingan summa;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisob raqamiga o‘tkaziladigan summa.

Bunda aholidan to‘lovni qabul qilib oluvchi tashkilotlar, shartnomada

belgilangan muddatlarda, elektr energiyasi uchun to‘lov sifatida kelib tushgan pul mablag‘larini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga o‘tkazilishini ta’minlashi shart.

116. Maishiy iste’molchilar to‘lov bo‘yicha qarzdor bo‘lishganda, to‘lov muddati

o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar.

117. Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‘g‘ri qo‘llash tufayli paydo

bo‘ladigan kam va ortiqcha to‘lovlar tegishli tarif bo‘yicha kVt soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab, da’vo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bo‘yicha, ko‘rsatkichlardagi tafovut yoki qo‘shimchalar bilan hisobga olinadi.

118. Tarif o‘zgarganda tarif o‘zgargan sanagacha iste’mol qilingan elektr

energiyasi hajmi oldingi to‘lov vaqtidan boshlab o‘rtacha sutkalik iste’mol bo‘yicha aniqlanadi va unga eski tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari to‘lov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.

119. Maishiy iste’molchi, o‘z xohishiga ko‘ra, 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin, bu holda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

120. Maishiy iste’molchida amaldagi elektr energiyasi iste’moli

ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida hisobga olish priborini ulash sxemasi o‘zgartirilgani, uning (iste’molchi aybi) bilan buzilgani yoki yo‘qligi, plombalar ko‘chirilgani, elektr qabul qilgichlar hisobga olish priboridan tashqari ulangani va boshqa qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oxirgi tekshirish kunidan boshlab o‘tgan (lekin da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan) davruchun maishiy iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi haqini qayta

hisob-kitob qilishi shart.

Bunda qayta hisob-kitob qilinishi iste’molchini elektr energiyasidan

foydalanish qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.

121. Qayta hisob-kitoblar: yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni ishlatish soatlari soni bo‘yicha; iste’molchida shtepsel rozetkalari bo‘lganda (tok qabul qilgichlar va rozetkalar sonidan qat’i nazar) — har sutkada 24 soat davomida soatiga 600 Vt.quvvat foydalanilishi hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq bo‘lgan isitish

priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida — iste’molchi foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati bo‘yicha, ularning har sutkada 24 soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi.

122. Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan

qoida buzishlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakillari va maishiy iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi qo‘shma dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi maishiy iste’molchiga beriladi va ayni bir vaqtda ushbu Qoidalarni buzgan iste’molchining elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qo‘yiladi.

123. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va to‘lash uchun maishiy iste’molchiga qo‘shimcha to‘lov hujjati yozib beradi.

Qoida buzilishi yuzasidan to‘lov hujjatini yozishda, da’vo muddatini hisobga

olgan holda, amaldagi tarif qo‘llanadi.

Maishiy iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu iste’molchini qoida buzish dalolatnomasi bo‘yicha yozilgan qo‘shimcha to‘lov hujjatidagi summani belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.

Qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha haq 10 kun muddatda to‘lanmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi maishiy iste’molchidan ko‘rsatilgan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi beradi.

124. Maishiy iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizoli masalalar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish