2-§. Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-kitoblar qilish
78. Ulangan quvvati 750 kVA va undan Yuqori bo‘lgan sanoat iste’molchilari va
ularga tenglashtirilgan iste’molchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyoj-lari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, ammo ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma ob’ektlarini: sexlar, zavod boshqarmalari, omborlar, garajlar va shu kabilar, shuningdek xususiy temir yo‘l kirish joylari va korxona hududini yoritish va boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta, kon va shu kabi) elektr transporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
79. Binolar va xonalarni yoritish uchun hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar bilan hisob-kitoblar iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflarga binoan, elektr energiyasini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
80. Iste’molchining sexlari yoki ob’ektlari tarqoq joylashgan bo‘lsa va umumiy taqsimlash elektr tarmog‘iga ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida ob’ektlar bilan hisob-kitoblar, iste’molchining o‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanayotgan tarifdan qat’i nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
81. Iste’molchi tomonidan avvaldan buyurtma berilgan, yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamasida ishtirok etadigan quvvat elektr ta’minoti shartnomasida yilning har oyi bo‘yicha qayd etiladi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadigan iste’molchining amaldagi o‘rtacha yarim soatlik eng katta yuklamasi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilinadi.
82. YAgona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali davrida
iste’molchining amaldagi yuklamalarini nazorat qilish soatlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan oylar bo‘yicha belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yagona elektr energetika tizimining eng
katta yuklamali soatlaridagi yuklamani nazorat qilish huquqiga ega.
Nazorat davrlari ertalab 2 soatdan, kechqurun 3 soatdan oshmasligi kerak.
Iste’molchi bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha nazorat qilish davrlari bir soatga oshirilishi mumkin.
83. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlariga yoki yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida yuklamani qayd etadigan hisobga olish priborlariga ega bo‘lgan iste’molchilar asosiy to‘lovni har oyda, priborlarda qayd etilgan eng katta quvvatning amaldagi miqdori bo‘yicha amalga oshiradilar.
84. Iste’molchining yagona elektr energetika tizimining eng katta kuchlanishli
soatlarida amaldagi yuklamasi elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichdan 5 foizdan ortiq bo‘lgan taqdirda, hisob-kitob davrining oxirida amaldagi yuklamaning ortiqcha butun qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq undiriladi.
Qo‘shimcha quvvat haqini to‘lash kelgusida har bir aniq holatda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasidan tegishli ruxsatnoma olmasdan elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganga nisbatan ortiqcha quvvatdan foydalanish huquqini bermaydi.
85. Agar Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlariga yoki yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida yuklamani qayd etadigan hisobga olish priborlariga vaqtincha ega bo‘lmagan iste’molchida yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida amaldagi yuklama buyurtma qilingan yuklamadan past bo‘lsa, to‘lov elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan yuklama miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
86. Iste’molchi sexlarining joylashish sharoitlari va ularning elektr
ta’minoti sxemalari bo‘yicha eng katta qo‘shma yuklamaning jami qiymatini aniqlash mumkin bo‘lmasa, hisob-kitoblar iste’molchining har bir ta’minlash manbai bo‘yicha alohida, avvaldan buyurtma berilgan quvvat bo‘yicha amalga oshiriladi.
87. Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan
iste’molchi elektr energiyasining bir qismini bir stavkali tarif bo‘yicha
subiste’molchiga etkazib bersa, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ushbu subiste’molchilarni yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamasida qatnashuvchi yuklamasi qiymatiga kamaytirilgan quvvat miqdori uchun haq to‘laydi.
Quvvatning kamaytirilishi hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
Subiste’molchining katta yuklamasini qayd qiluvchi hisobga olish priborlari
mavjud bo‘lmagan taqdirda ularning amaldagi yuklamasi yilning tegishli yil davrlari uchun subiste’molchi kuchlanishining sutkalik jadvallari asosida aniqlanishi va elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |