Elektr energiyasini ishlab chiqarish. Elektr energiyasini energiyaning boshqa turlaridan hosil qilish.
Elektr energiyasini o‘zgartirish. Elektr energiyasining turini yoki parametrini (tok, kuchlanish, davr tezlik, fazalar soni) o‘zgartirish.
Elektr energiyasini transformatsiyalash. Elektr energiyasini transformator vositasida o‘zgartirish (davr tezlikning o‘zgarmas xolida).
Elektr qurilmasi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun belgilangan elektr mashinalar, apparatlar, elektr uzatish yo‘llar /yordamchi inshootlar, binolar bilan birga/ majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |