Xarakter aksentuatsiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik tahlili



Download 358,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.07.2022
Hajmi358,57 Kb.
#831762
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2818-Article Text-5743-1-10-20220324



Xarakter aksentuatsiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik 
tahlili 
Ramziddin Ramazonovich Ashurov 
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada shaxsni psixodiagnostik baholash va xarakter 
aksentuatsiyasining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
aksentuatsiya, xarakter, shaxsni psixodiagnosti baholash, individ, 
individuallik, shaxs tiplari. 

The concept of character accentuation socio-psychological 
analysis 
Ramziddin Ramazonovich Ashurov 
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University 
 
 
Abstract: 
This article reveals the peculiarities of psychodiagnostic assessment of 
personality and character accentuation. 
Keywords: 
accentuation, character, assessment of personality psychodiagnosti, 
individual, individuality, personality types 
 
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil 
qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va 
sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda 
etiladi. 
Ijtimoiy munosabatlar tizimini o‘zida mujassamlashtirish sub’ekt bo‘lish degan 
ma’noni anglatadi. Katta yoshdagi kishilar bilan o‘zaro munosabatlarga jalb etilgan 
bola dastavval ular faolligi ob’ekti tarzida, lekin unta katta yoshdagilar uning 
rivojlanishidagi yetakchi omil sifatida tavsiya qiladigan o‘sha faoliyat tarkibini 
egallagan, masalan, ta’lim olgan holda ish ko‘radi, o‘z navbatida ana shu o‘zaro 
munosabatlarning sub’ektiga aylanadi. 
Ijtimoiy munosabatlar ular sub’ektining allaqanday tashqi mohiyati emas, balki 
individning ijtimoiy fazilati tarzidagi shaxsning bir qismi, yo‘nalishi, jihati sifatida 
namoyon bo‘ladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
663


Agar boshqa barcha jonli mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson nasl-nasabining 
mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lsa, u holda har bir 
konkret kishining mohiyati, ya’ni shaxs tarzidagi alohida individga xos abstrakt 
sub’ekt sifatida u jalb etiladigan konkret ijtimoiy bog‘lanishlar va munosabatlar 
majmuasini tashkil etadi. Ular, o‘sha bog‘lanishlar va munosabatlar, undan 
tashqaridadir, ya’ni ijtimoiy hayotdadir va shuning uchun ham shaxssiz, ham 
ob’ektivdir (qul quldorga batamom qaramdir) va shu bilan birga ular shaxs sifatida 
uning ichkarisida, uning o‘zida mujassamdir va shunga ko‘ra sub’ektivdir (u quldorni 
yomon ko‘radi, unga itoat qiladi yoki unga qarshi isyon ko‘taradi, umuman unga 
nisbatan munosabat bildiradi, u bilan ijtimoiy jihatdan taqozo etiladigan aloqalar 
o‘rnatadi). 
«Individ» va «shaxs» tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi haqidagi 
fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob berilishini 
taqozo qiladi: shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi yoki aksincha 
individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo‘lish fakti 
ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi ham va bunisi 
ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan individni 
hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor odamlarga duch kelib, 
biologik jonzotga xos individual xususnyatlardan bo‘lak hech qanday, yuqorida 
aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy harakter kasb etadigan 
shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi balki tevarak-atrofdagi 
odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» 
taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi. 
Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o‘rganish bu vazifani amalga 
oshirishning g‘oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi. Qarshimizda hali shaxs 
sifatida kamolatgaerishmagan individ bo‘ladi. Real individni gavdalantirmaydigan 
shaxsning paydo bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi muayyan istisnolar bilan tan olinishi 
ham mumkin. 
Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda, 
konkret faoliyatga xos munosabat yoki sub’ekt-sub’ekt munosabati qabilida yonma-
yon mavjud bo‘lgan sub’ekt-ob’ekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin 
bilvosita namoyon bo‘lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatning emas, balki 
munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. Chuqurroq 
yondashiladigan bo‘lsa, bevosita sub’ekt-sub’ekt aloqasi shunchaki o‘zgacha mavjud 
bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki hayoliy ob’ektlar) 
vositasida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati 
faoliyat ob’ekti (sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt) orqali namoyon bo‘ladi, demakdir. 
O‘z navbatida individning konkret faoliyatiga oid to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishi bo‘lib 
ko‘ringan narsa aslida bilvositalik hosilasi hisoblanadi. Buning ustiga shaxs uchun 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
664


bilvosita ifodalanish bo‘g‘ini endilikda faoliyat ob’ekti ham emas, uning konkret 
mohiyati ham emas, balki faoliyatda birgalikda ishtirok etayotgan boshqa bir kishining 
shaxsi hisoblanadiki, u bamisoli faoliyat ob’ektini yaxshiroq idrok etish, anglab olish, 
his qilish mumkin bo‘lgan nurning aksini sindirib qaytaradigan uskuna sifatida xizmat 
qiladi. O‘zimni bezovta qilayotgan savolga javob topish uchun men boshqa birovga 
murojaat qilaman. 
Aytilganlarniig hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan 
individlararo 
(sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo 
va 
sub’ekt-sub’ekt-ob’ektlararo) 
munosabatlarning nisbatan barqaror sub’ekt tuzilishi sifatida anglab yetish imkonini 
beradi. 
Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan hislatlar va 
fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik - kishining 
o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar 
birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun 
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, 
tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon 
bo‘ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida 
mujassamlashtirgan odam yo‘q - inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir. 
Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni 
hisoblanadi. Shu bois shaxsni o‘rganish va u yuzasidan ishonchli, ob’ektiv ma’lumot 
olish yo‘llari va usullarini ta’minlash bo‘yicha doimo izlanishlar olib borilgan. Mazkur 
ishning mazmunida ham ushbu muammoga umumiy yondashuv amalga oshiriladi.
Shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator 
munosabat va mulohazalar mavjud. Ularga ko‘ra shaxs to‘g‘risda ma’lumot olishning 
bir qator usullari mavjud. Mazkur usullar va ularning xususiyatlari tahlili quyida 
amalga oshiriladi.
L-Ma’lumotlar. “L” - ma’lumotlar, dastlabki tadqiqot muammosini amalga 
oshirish zarurligini taklif etiladi. Ko‘p o‘lchamli tadqiqotlarda tadqiqot sohasi 
yetarlicha va to‘liq qamrab olish muhim. R.B.Kettell “L” - ma’lumotlar til shaklida 
barcha xulq-atvor ko‘rinishida ifodalash yaxshidir. Bu faqat ko‘rsatkichlarni 
boshlang‘ich tanlovdagina yaxshi bo‘lib qolmay, balki olingan faktorlarni talqini 
yengilligi bilan qulaydir.
“L” - ma’lumotlar ko‘pincha tashqi mezon sifatida boshqa metodlar yordamida 
olingan natijalarning validligini o‘lchashda ko‘p foydalanadi. Biroq, “L”-
ma’ulmotlardan bunday foydalanish mutlaqo to‘g‘ri emas, tashqi baholar xulqning 
yetarlicha ishonchli me’yori emas. O‘zga kishining xulqini idrok etish ekspertning 
shaxslilik xususiyatlari bilan bog‘liq yanglishiladi. Har bir baholar ekspertning 
ishonchli o‘lchash muammosini keltirib chiqaradi. O‘tgan vaqt mobaynida bir qator 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
665


ekspertlarning baholashni amalga oshirgan sharoitlar ekspertlarning holati uchun 
o‘rtacha ishonchlilikni aniqlashga mo‘ljallangan qator metodlar taklif qilinadi. 
Bu yerda boshqa muammolar vujudga kelishi mumkin, ya’ni tizimi 
yanglishishlarini 
bartaraf 
etish 
hisobida 
tashqi 
baholarning 
ishonchliligi 
rivojlantiriladi.
Tashqi baholashdagi tizimli xatolarni keltirib chiqaruvchi sabab ekspertlarning 
baholanayotgan ijobiy yoki salbiy munosabati ta’siri bo‘lishi mumkin. Tashqi baholash 
metodining tizimli yanglishishiga misol sifatida baholanuvchi shaxs statusidagi tafovut 
ta’siri bo‘la oladi. Masalan, o‘quvchining xulq-atvori ota-onalar, o‘qituvchilar yoki 
tengdoshlari ishtirokida turlicha bo‘ladi. 
“L”-ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun ekspert baholash jarayoniga 
maxsus talablar ishlab chiqilgan. Ularning bir nechtasi quyida keltirib o‘tilgan: 
1.
Baholanayotgan fazilatlar kuzatilayotgan xulq atamalarida aniqlanishi kerak. 
2.
Ekspert baholayotgan shaxs xulqini yetarlicha uzoq vaqt oralig‘ida kuzatish 
imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. 
3.
Bir faoliyatni baholash uchun kamida o‘nta ekspert bo‘lishi lozim. 
4.
Ekspertlar tomonidan tekshiriluvchilarning ranglashtirish bir xususiyat 
bo‘yicha bir marotaba baholash yoki bir nechta xislatlarini bir vaqtni o‘zida baholash 
mumkin bo‘ladi. 
Masalan, 20 nafar ekspert baholanuvchining birgina xususiyati, ya’ni 
muloqotmandligini, notanish kishi bilan suhbatlashishiga tayyorligi bo‘yicha 
ranglashtiriladi. 
Ekspertning shaxsni o‘rganishda bunday usuldan amaliy foydalanishi u haqda 
yetarlicha ishonchli ma’lumotlar olishini ta’minlashi mumkin. 

Download 358,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish