Bog'liq XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi va uning transmission xususiyati Joriy yilning 10 oyida valyuta almashuv kursi dinamikasi
iqtisodiyotning fundamental faktorlari va tashqi omillar,
jumladan, iqtisodiy agentlarning inflyatsion va deval’vatsion
kutilmalari, to`lov balansi joriy hisoblar hisobvarag’ining holati
va xorijiy valyutadagi kreditlarga bo`lgan talabning oshishi
ta`sirida vujudga kelgan talab va taklif holatidan kelib chiqqan
holda shakllanib, o`zining o`rtacha qiymatidan deyarli
uzoqlashmadi.
Mazkur davrda dunyoning aksariyat rezerv valyutalari
hamda mamlakatimizning savdo hamkorlari milliy valyutalari
kurslari AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishiga qaramasdan,
milliy valyuta almashuv kursi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy
deval’vatsiya tendentsiyasidan farqli ravishda turli xil yo`nalishdagi
dinamikaga ega bo`ldi (-rasm). 2018 yilning yanvar’-iyul’ oylarida
valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta`sirida
shakllandi. Bunda yanvar’ oyida eksport tushumlari va xalqaro pul
o`tkazmalari hajmining nisbatan kam bo`lganligi sharoitida milliy
valyuta almashuv kursi 8139 so`m/dollardan 8247
so`m/dollargacha pasaydi.
SHu bilan birga, mart-iyul’ oylarida eksport va xalqaro pul
o`tkazmalaridan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so`mning
almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo`lib, birinchi avgust
holatiga 7781 so`m/dollargacha qadri oshdi.
Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar hajmining
tez sur`atlarda o`sishi va dollarlashuv darajasining pasayishi ichki 337
valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo`lgan talabning qisman
qondirilishiga xizmat qildi. SHuningdek, milliy valyutadagi
muddatli va jamg’arma depozitlar hajmining oshishi ham so`m
almashuv kursining shakllanishiga ta`sir ko`rsatdi.
20.2-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. Joriy yilning avgust oyidan boshlab tashqi omillarning
almashuv kursi dinamikasiga ta`siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga
ko`ra, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari kurslarining
keskin o`zgarishi so`m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo`lgan muddatdan so`ng o`z ta`sirini ko`rsatadi. YUqorida
keltirilgan omillar ta`sirida 2018 yilning avgust oyidan boshlab
so`m almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi sharoitlarga
javoban o`zgarishi kuzatilib, joriy yilning 1 oktyarb’ va 1 noyabr’
holatlariga mos ravishda 8184 va 8247 so`m/dollarni1 tashkil etdi
(yil boshida – 8139 so`m/dollar).
Milliy valyutaning qadrsizlanishi ichki narxlar
shakllanishiga ma`lum darajada ta`sir ko`rsatadi. Markaziy bank
hisob-kitoblariga ko`ra, so`m almashuv kursining bir foizga
qadrsizlanishi yillik inflyatsiya sur`atining o`rtacha 0,2 foiz
1 2018 йил 1 октябрь ва 1 ноябрь кунларидаги валюта биржасининг банклараро савдо сессияси якунлари бўйича. 338
bandga tezlashishiga olib keladi.
2018 yilning sentyabr’ oyidan boshlab O`zbekistonning asosiy
savdo hamkor mamlakatlari moliya bozorlaridagi holatning
mo``tadillashuvini inobatga olsak, ichki omillar ta`sirida joriy yil
oxirigacha so`m almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan
keskin o`zgarishi kutilmayapti.
Milliy valyuta almashuv kursining mavsumiy omillar ta`sirida
shakllangan ortiqcha baholanish tendentsiyasi (currency overvaluation)
makroiqtisodiy disbalansni yaratadi. Joriy hisob- kitoblar uchun ochiq
iqtisodiyot sharoitida foiz stavkalarining qoplanmagan pariteti
(uncovered interest rate parity, UIP) buzilishi va foiz stavkasi
tafovutlari ortishi ma`lum bir muddatdan keyin ichki valyuta bozoriga
bosimni vujudga keltirishi mumkin.