Milliy valyutaning real almashuv kursi dinamikasi
2018 yildan boshlab milliy valyutamiz real effektiv almashuv
kursi eng yirik savdo hamkorlarimiz bo`lgan 20 dan ortiq davlatlar
milliy valyutalaridan tuzilgan ko`p valyutali savatchaga nisbatan o`sish
tendentsiyasini namoyon etdi. Xususan, joriy yilning mart oyi
boshidan kuzatilgan milliy valyuta effektiv almashuv kursining
mamlakat savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan real o`sishi avgust
oyiga kelib yil boshiga nisbatan 19,2 foizni, sentyabr’ oyida esa 14,9
foizni tashkil qildi.
Bunda so`mning real almashuv kursi qadri yil boshidan Xitoy
yuaniga nisbatan 12,6 foizga, Qozog’iston tengesiga nisbatan 14,9
foizga, Rossiya rubliga nisbatan 20,7 foizga va Turkiya lirasiga
nisbatan 45,8 foizga oshdi.
Mamlakatimizdagi yuqori investitsion faollik sharoitida real
effektiv almashuv kursining o`sishi mahalliy mahsulotlarning ichki va
tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, import hajmining
ortishi va tashqi savdo balansining manfiyligiga ma`lum darajada ta`sir
o`tkazadi (-rasm).
Jumladan, joriy yilning yanvar’ oyida tashqi savdo balansi
sal’dosi ijobiy 270 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, avgust
oyi yakunlariga ko`ra sof eksport –996 mln. AQSH dollarigacha
qisqardi. Import hajmining oshishida asosiy drayverlar sifatida bir
tarafdan investitsion tovarlar (mashina, uskuna va transport vositalari)
va ikkinchi tarafdan, chegaradosh hududlar bilan tashqi savdo
aloqalarining liberallashuvi natijasida ayrim turdagi oziq-ovqat, tekstil’ 339
Реал эффектив алмашув курси ва соф экспорт
mahsulotlari va ko`p yil ishlatishga mo`ljallangan maishiy tovarlarning
kirib kelishini keltirish mumkin.
20.3-rasm. *2017 yilning sentyabr’ oyi boshidan milliy valyuta
almashuv kursi 4210 so`m 35 tiyindan 8100 so`mga deval’vatsiya
qilingan.
Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida Markaziy
bank hisob-kitoblari.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
xalqaro pul o`tkazmalarining asosiy qismi to`g’ri keladigan davlatlar
valyutalari nominal qiymatining AQSH dollariga va real qiymatining
so`mga nisbatan qadrsizlanishi ushbu davlatlardan mamlakatimizga
yuboriladigan pul o`tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
YAnvar’-sentyabr’ oylarida kuzatilgan nominal va real almashuv
kurslari dinamikasi chetdan import qilishni rag’batlantirgan holda
xorijiy valyutaga qo`shimcha talabni keltirib chiqardi. Mamlakatimiz
uchun valyuta almashuv kursi o`tkazish davriyligi yirik savdo
hamkorlarimizga nisbatan 2–4 oyni tashkil qiladi. Agar yil boshidan
AQSH dollarining mustahkamlanayotgani va aprel’ oyidan Rossiya
hukumatiga qarshi qo`llanilgan iqtisodiy sanktsiyalar natijasida
rublning keskin qadrsizlanganini inobatga olsak, sentyabr’ oyida
kuzatilgan so`mning deval’vatsion dinamikasini tabiiy
muvozanatlashuv jarayoni sifatida baholash mumkin. O`z navbatida,
so`m nominal almashuv kursi deval’vatsion dinamikasi tashqi omillar 340
ta`sirini yumshatib, iqtisodiyotimizning o`zgaruvchan tashqi
sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, xalqaro pul
o`tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi
sababli yuzaga keladigan yo`qotishlar almashuv kursi pasayishi
natijasida uning so`mdagi ekvivalenti oshishi hisobiga ma`lum
darajada qoplanadi. Bunda so`m real almashuv kursining 2018 yil 9
oyi yakunlari bo`yicha holati va yil oxirigacha kutilayotgan
darajasidan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak, so`m nominal
almashuv kursining amaldagi sur`atlarda qadrsizlanishi milliy
iqtisodiyotni qo`llab- quvvatlash uchun etarli bo`lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |