Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish masalalari



Download 97,5 Kb.
bet4/9
Sana01.07.2022
Hajmi97,5 Kb.
#724184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI

20.4. Valyuta kursi rejimlari.
Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy
faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan xalqaro
savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni
rivojlanishiga ta`sir ko`rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir
ko`rsatadi. Bunga sabab valyuta kursi holati bilan mamlakat
iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o`rtasidagi o`zaro
bog’liqlikdir.
Valyuta kursi, asosan, kapital va kredit harakatida, tovar va
xizmatlar savdosida valyutalarni o`zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni
amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan
tushumini o`z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning
valyutasi uning o`z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to`lash
vositasi sifatida amal qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib
olgan tovarlarni to`lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan
tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor
narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida
ifodalangan qiymat ko`rsatkichlarini taqqoslaydi.
SHuningdek, firma va banklarning chet el valyutasida mavjud
bo`lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta
kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul
birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, eKYU) ifodalangan
bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va
taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan
hisoblab chiqilgan koefitsenti sifatida namoyon bo`ladi. Ammo
valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati
hisoblanadi. Bu iqtisodiy tushuncha tovar ishlab chiqarishda ishtirok
etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o`rtasidagi
ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab
chiqarish iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir
mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi
ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat
munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar
valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini
boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish 330
natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki
chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik
darajasi yuzaga keladi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy
bog’liqdir. Valyuta kursining o`zgarishiga bir qancha omillar ta`sir
etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik
xarakterga ega bo`lib, valyuta kursiga to`g’ri yoki teskari ta`sir
ko`rsatadi. Valyuta kursiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi
guruhlarga bo`lish mumkin:
1. Valyuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki
xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo`lgan
omillar:
– xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi
milliy mahsulotining (YAMM) to`lov balansi;
– pulning ichki va tashqi taklifi;
– foiz stavkalari.
Bu ko`rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko`rsatish
mumkin.
2.(Uyushgan) sababomillarning o`zgarishiga ta`sir etuvchi va
valyuta kursini o`rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta`sir
etuvchi omillar.
3.Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tengligidan chiqib ketishi
natijasida yuzaga keladigan omillar:
– iqtisodiy tanglikning namoyon bo`lishi;
– davlat byudjeti taqchilligi
– nazoratsiz emissiya;
– inflyatsiya;
– ichki va tashqi baholar o`rtasidagi farq.
– monopol ishlab chiqarish;
– pullarning xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi.
a) To`liq hajmda to`lov vositasi;
b) jamg’arish vositasi;
v) Kapitalning chetga oqib ketishi;
– investitsiyani qisqartirish;
– ishlab chiqarish hajmining pasayishi.
– resurslar aylanmasida qatnashmaslik;
– iste`molchilar foydalarining pasayishi;
– valyuta birjasidagi o`yin; 331
– tovarlarning «yuvilishi»;
– demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning
olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.
4. Siyosiy omillar;
– mamlakat pul tizimiga bevosita o`zgarish kirituvchi siyosiy
qarorlar;
– boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi;
– iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
– iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini birbirini tushuna
olish darajasi;
– qonunlarni bajarilish darajasi;
– iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
– mamlakatdagi siyosiy kuchlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar
darajasi;
– iqtisodiyotni ko`tarish bo`yicha aniq ishlangan dasturning
yo`qligi;
– aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
– xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
Qonuniy me`yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el
valyutasining kursini, qimmatli qog’ozlar kursini yoxud tovarlar
bahosining o`rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini
o`rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida
kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
• To`g’ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi
milliy valyutada ko`rsatilsa, ya`ni milliy valyutada xorijiy valyutaning
bir birligiga to`g’ri keladigan miqdorda ko`rsatilsa, to`g’ri kotirovka
deb ataladi. Masalan, 2006 yilning 30 sentyabrida 1 AQSH dollariga
nisbatan o`zbek so`mining kursi 1250.00 so`mni, 1 Rossiya rubliga
nisbatan 47.00 so`mni tashkil etdi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda
jahondagi ko`pchilik mamlakatlarda qo`llanilib kelinmoqda.
• Egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning
xorijiy valyutalardagi miqdori o`rnatiladi, ya`ni bir birlik milliy
valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko`rsatiladi, masalan;
1
1 so`m = AQSH dollari yoki 1 AQSH dollari 1250.00 so`m
1250.00 332
1
1 so`m = Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 47.00 so`m
47.00
Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va
eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o`rnatiladi. Agarda
ikki valyuta o`rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan
olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «krosskurs» deb
ataladi.
Masalan: 1 AQSH dollari = 30.00 Rossiya rubli
1 AQSH dollari = 5.00 Ukraina grivna
1 Ukraina grivnasi = 6.00 Rossiya rubli
Ko`rinib turibdiki, (krosskurs) yuqorida keltirilgan nisbat
Ukraina grivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan
krosskursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta sifatida
gavdalanadi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida
AQSH dollari qo`llaniladi, ya`ni barcha valyutalar jahon
ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi.
Krosskursdan foydalanish ancha og’ir va tavakkaldir. Ammo
ularni qo`llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;
– sizning talabingizdagi valyutaga ega bo`lgan sotuvchilarda
sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so`mni
YAponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta
AQSH dollari bo`lsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning
valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo`q).
Oldi sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida
quyidagi valyuta kurslarining ko`rinishlaridan foydalaniladi;
«Spotkurs» bu naqd (kassa) bitimlarning kursidir. Spotkurs bu
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o`rnatilgan
baho bo`yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan
bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2
ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu
muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish
sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o`zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o`zgarishi
natijasida yuzaga keladigan xavfxatarlarni bartaraf qilish maqsadida
ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana 333
shu kurs bo`yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma
muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir
tomon foyda ko`radi ikkinchi tomon esa zarar ko`radi. Masalan, siz
2003 yil 1 yanvarda 1$=965 so`m kursida sotib olish bitimini
tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1iyun kuni 1$=970 so`mni tashkil etdi,
natijada siz har bir dollarga 5 so`m miqdorida qo`shimcha foyda
ko`rdingiz.
Agar 1iyun kuni 1$=963 so`mni tashkil etsa, unda har bir
dollardan 2 so`mdan zarar ko`rasiz.
Muddatli bitimlar bo`yicha valyuta kurslari (report) ustama
yoki dastxat metodi bo`yicha kotirovka qilinadi va «autrayt» kurslari,
deb ataladi.
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs
Diskont.
Misol.
Bitim summasi 1 mln
Bitim muddati 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) 3,5 %
Baholovchi valyutadagi depozitlarga to`lanadigan % stavkasi (DEM)
5,5 % Cpot kurs 1 = 1,52101,5220 DEM

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish