Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari


To’lov balansiga ta'sir etuvchi omillar



Download 87,85 Kb.
bet6/8
Sana18.07.2022
Hajmi87,85 Kb.
#822125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XVKM 9-mavzu

To’lov balansiga ta'sir etuvchi omillar


To’lov balansi takror ishlab chiqarish bilan to’g’ri va teskari aloqaga ega. Bir tomondan, u takror ishlab chiqarishda ro’y berayotgan jarayonlar oqibatida shakllanadi, boshqa tomondan esa unga aks ta'sir ko’rsatadi, chunki valyutalar kursi oltin-valyuta zahiralari, valyuta holati, tashqi qarz, valyuta va iqtisodiy siyosat yo’nalishlari, jahon valyuta tizimi holatiga ta'sir etadi.
To’lov balansi mamlakatning jahon xo’jaligidagi ishtiroki, tashqi iqtisodiy aloqalarining ko’lamlari, tarkibi va xarakteri to’g’risida ma'lumot beradi. To’lov balansida quyidagilar aks ettiriladi: 1) eksportning turli imkoniyatlarini va tovarlar, kapitallar, xizmatlar importiga ehtiyojni belgilovchi iqtisodiyotning tarkibiy disproporsiyalari; 2) iqtisodiyotni bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirish uslublarining o’zaro nisbatidagi o’zgarishlar; 3) kon'yunktur omillar (xalqaro raqobat, inflyatsiya, valyuta kursi va boshqalarning o’zgarish darajasi).
To’lov balansi holatiga bir qator omillar ta'sir etadi. Bular quyidagilar:
Mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining notekisligi, xalqaro raqobat. To’lov balansi asosiy moddalarining evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotidagi raqib-markazlar kuchlarining o’zaro nisbatidagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng harbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari to’lov balanslarining yirik kamomadi sharoitida AQShning aktiv to’lov balansi shakllandi. Bu o’z navbatida, AQShning 1950-yillarning oxirigacha monosentrik hukmronligi tizimida o’z aksini topdi, ya'ni to 1960 yilgacha G’arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlarining savdo balanslari odatda passiv edi, shu davrlardagi AQShning savdo balansi esa amerika monopoliyalarining jahon bozoridagi mavqei hamda dollarning barqarorligi tufayli juda katta aktiv sal'do bilan yopilar edi (1947 yilda 10 mlrd. AQSh dollari). AQShning xalqaro investor va kreditorga aylanishi ushbu mamlakatga xorijdan yirik miqdordagi dividendlar hamda foizlarning oqib kelishiga sabab bo’ldi. Biroq keyinchalik to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning yillik o’simidagi AQShning ulushi G’arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari ulushining o’sishi hisobiga 1967 yildagi 50 foizdan 1980 yildagi 4 foizgacha pasayib ketdi. 1985 yildan boshlab esa AQSh kapitalning netto-importyoriga aylandi. AQShning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushini, harbiy xarajatlarining o’sishi sharoitida, 1948 yildagi 54,6 foizdan 1984 yilda 37,8 foizgacha, tovarlar eksportida 33 foizdan 12,7 foizgacha, kapitallar eksportida 70- yillar ichida 20 foizga pasayishi mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalarining muntazam kamomadiga olib keldi. AQShning 1990 yillardagi uzoq muddatli iqtisodiy ko’tarilishi AQShga yana jahon iqtisodiyoti va Xalqaro moliyadagi iqtisodiy peshqadamlikni qaytarib olish imkonini berdi. Yuqorida zikr etilgan uch markaz, ya'ni AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiya o’rtasidagi qarama-qarshilik ularning to’lov balanslari holatida o’z aksini topadi;

  1. Iqtisodiyotning siklli tebranishlari. To’lov balanslarida mamlakat xo’jalik hayotidagi tebranishlar, ko’tarilishlar va tushkunliklar o’z aksini topadi. Chunki mamlakat ichki iqtisodyotiining holatiga tashqi iqtisodiy operatsiyalar bog’liq. Sanoat sikllari mexanizmi bilan bog’liq to’lov balansining tebranishlari mamlakat ichki iqtisodiy siklli jarayonlarini bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga o’tib ketishiga ko’maklashadi. Ishlab chiqarishning o’sishi yoqilg’i, hom ashyo, jihozlar importining o’sishiga, pasayishi esa tovarlar olib kirish hajmining qisqarishiga olib keladi.

v) Davlatning xorijdagi xarajatlarining o’sishi. To’lov balansi uchun og’ir yuk bo’lib, turli siyosiy va iqtisodiy maqsadlarga qaratilgan, hukumatning tashqi xarajatlari hisoblanadi;
g) Iqtisodiyotning militarizatsiyasi va harbiy xarajatlar. AQShning to’lov balansida aks etadigan, xorijdagi xarajatlarining asosiy qismi harbiy maqsadlarga mo’ljallangan. Harbiy xarajatlarning to’lov balansiga egri ta'siri birinchi navbatda ularni ishlab chiqarish sharoitlari va iqtisodiy o’sishning sur'atlariga bo’lgan ta'sirida, harbiy bo’lmagan tarmoqlardan yulib olinayotgan resurlarda o’z aksini topadi. Agar eksport tarmoqlari harbiy buyurtmalar bilan bosib yuborilgan, tovarlarni chetga olib chiqishni kengaytirishga mo’ljallangan mablag’lar harbiy maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lsa, mamlakatning eksport qobiliyati qisqaradi. Qurollarning o’sishi harbiy-strategik tovarlar shu jumladan, tinchlik vaqtidagi iste'mol me'yorlaridan ortiq bo’lgan hajmda ko’p turdagi hom ashyolar (neft, kauchuk, rangli metallar) importini oshiradi;

  1. Xalqaro savdodagi o’zgarishlar. Ilmiy texnik inqilob, xo’jalik rivojlanishining sur'atlarini o’sishi, yangi energetika bazasiga o’tilishi Xalqaro iqtisodiy aloqalarda tarkibiy o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Tayyor mahsulotlar bilan, shu jumladan intellektual tovarlar, neft va energo resurslar bilan savdo qilish sur'ati oshdi. j) To’lov balansiga valyuta-moliyaviy omillarining ta'siri. Devalvatsiya odatda eksportni, revalvatsiya esa importni rag’batlantiradi. Jahon valyuta tizimining barqarorsizligi Xalqaro savdo va hisob-kitoblar sharoitlarini yomonlashtiradi. Milliy valyuta kursining pasayishi kutilgan holda eksport va import bo’yicha to’lov muddatlarining o’rnidan siljishi ro’y beradi, ya'ni importyorlar to’lovlarni tezlashtirishga, eksportyorlar esa aksincha xorijiy valyutadagi tushumni olishni kechiktirishga harakat qiladilar ("lidz end legz" siyosati).

z) inflyatsiyaning to’lov balansiga salbiy ta'siri. Bunday holat, ya'ni baholarni pasayishi milliy tovarlarning eksportini qiyinlashtirib, raqobatdoshligini pasaytirgan, tovarlar importini rag’batlantirgan va kapitallarni xorijga chiqib ketishiga imkon bergan paytda vujudga keladi;
i) Favqulodda holatlar - hosilning bo’lmasligi, tabiiy ofatlar, halokatlar va shu kabilar to’lov balansiga salbiy ta'sir etadi.

  1. Download 87,85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish