Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet85/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

{og’irlik} W(i)

3. Eksponensial sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar. EMA, trendni kuzatish nuqtai nazaridan oddiy va tortilgan miqdorlar oldida o’z imtiyozlariga ega. EMA ko’proq ahamiyatni so’nggi ma’lumotlarga beradi va o’zgarishlarga qarab tezkor harakat qiladi. Shu bilan birgalikda EMA eski ma’lumotlar o’zgarishiga qarab “qaltiramaydi”. EMA boshqalardan uni ajratib turadigan xususiyatga ega bo’lganligi sababli, u nafaqat ajratilgan davr, balki bundan avvalgi davrning barcha baholarini o’z ichiga oladi. Formula:



EMA(t) EMA(t-1) s*[P(t) – EMA(t-1)], s  2(n1) – Smoothing factor

P(t) – Price (time), EMA(t-1) – ifoda EMA vaqtning bundan oldingi davri.



Sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar uchun o’rtachalashtirish parametrlarini tanlash va berilayotgan signallar. Nisbatan qisqa MA baholar o’zgarishiga sezgirdir va yangi trendni avvalroq payqash imkonini beradi, biroq shu bilan birgalikda ko’pchilik yo’llovchi kamchiliklar (soxta signallar)ga ega. Quyidagi empirik qoidaga rioya etish mumkin: qanchalik uzun trendni topish kerak bo’lsa, o’rtachalashtirish davri shunchalik uzun bo’lishi kerak. Biroq, ko’pchilik holatlarda MA 8dan kam olinishi lozim. O’zgacha bo’lsa trendni ajratib berish instrumenti xususiyatini yo’qotadi.

MAdan asosiy signal bo’lib uning o’zgarish yo’nalishi hisoblanadi. Ushbu yo’nalish bozor qaysi tarafga harakat qilayotganligini ko’rsatadi. MA o’sgan paytda ko’tarilishga o’ynash kerak, pasayganda esa pasayishga o’ynash kerak. Ya’ni:

1. MA o’sganda, sotib olishga pozitsiya ochish kerak – baholar MA darajasiga va undan sal pastga tushgunga qadar sotib olish lozim. Ochiq pozitsiya mavjud bo’lgan sharoitda STOP-LOSSni so’nggi lokal minimumdan pastroq “joylashtirish” kerak. STOP-LOSS etiyotkorlik chorasidir. Baholar ularning MA chizig’ini kesib o’tishi zaxoti ularni kesishish nuqtasiga olib o’tish.

2. MA pasaygan paytda qisqa pozitsiya ochish kerak, baholar MA darajasiga va undan sal yuqoriga ko’tarilgan paytda valyutani sotish lozim, baholar MAdan pastga tushushi bilanoq STOP-LOSSni kesishish nuqtasigacha tushirgan holda lokal maksimumdan sal yuqori qo’yamiz.

3. MA, taxminan bir maromdagi harakatda tebranayotgan paytda, bozor harakatsiz ekanligi kelib chiqadi. Ostsiyalatorlarga murojaat etish lozim bo’ladi.

MA har qanday boshqa instrument singari o’zining kuchli va kuchsiz taraflariga ega. Agarda vaqt intervali kengroq ochilsa MA trendni kuzatish imkonini beradi. qisqa vaqt intervali chida esa MA xaotik harakat qiladi.

MA ko’p holatlarda qo’llab-quvvatlash yoki qarshilik ko’rsatish yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi (qo’llab-quvvatlash yo’nalishi pastdan, qarshilik ko’rsatish yo’nalishi yuqoridan, ularni yana kuchli yo’nalishlar deb ham atashadi, chunki sham tomonidan kuchli chiziqni teshib chiqishi holatida ozgina vaqt o’tgach bahoning kuchli harakat qilish ehtimoli yuqoridir). O’sib borayotgan MA - qo’llab-quvvatlash yo’nalishi, pasayib borayotgan MA - qarshilik ko’rsatish yo’nalishidir.

Sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar kombinatsiyasidan foydalanish.

MA tomonidan yuborilayotgan signallarning haqiqatga yaqinligini aniqlash uchun, bir vaqtning o’zida ikki, uch va undan ko’p MA kombinatsiyasidan foydalaniladi. Bunda quyidagi haqiqat bo’ladi:

- bozorning “ho’kizli” o’sishida sirpanuvchan o’rtacha miqdorning nihoyatda sezgir bo’lgan qisqa muddatli chizig’i nisbatan yuqori joylashgan, bunga nisbatan qo’pol chiziq esa boshqalardan pastda jolashgan. “Ayiq” tendentsiyasiga ega bo’lgan bozorda esa buning teskarisi bo’ladi;

- chiziqlarning kesishiga ko’ra trend o’zgarishi to’g’risida fikr qilish mumkin, dastavval engil chiziqlar o’zaro kesishadi, so’ng og’irligiga qarab ketma-ketlikda. qaysi og’irlik vaznidagi chiziqlar kesishishi va ushbu kesishish natijsaida ularning joylashishi qanday o’zgarganligiga muvofiq fikr yuritish mumkin, qanday trend o’z yo’nalishini o’zgartirganligi haqida – qisqa muddatlimi, o’rta muddatlimi yoki uzoq muddatlimi.

Katta davrga ega bo’lgan sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar barcha ikkinchi darajali fluktuatsiyalar (shovqumlar)ni tekislab tashlaydi va faqat uzoq muddatli trendlarni ko’rsatadi. qisqa muddatli sirpanuvchan o’rtacha miqdorlar esa o’ziga yarasha nisbatan qisqa muddatli bo’lgan trendlarni ko’rsatadi va nisbatan yangi ma’lumotlarga sezgir bo’ladi. MA chiziqlarining turli davrlar bilan kesishishi trendning keskin burilishi to’g’risida darak beradi.

Trendli texnik indikatorlar. Yo’nalishli regressiya chizig’i

Yo’nalishli regressiya trend chizig’ini chizib olish uchun eng kichik to’rt burchaklar usulida qurilgan to’g’ri chiziqdan foydalaniladi. Bunda trend chizig’i shunday chizib olinishi kerakki, baholarning real ifodalari va trend chizig’i orasidagi masofa o’rtacha olganda minimal bo’lishi lozim. Eng kichik to’rt burchaklar usuli haqida va yo’nalishli regressiyaning batafsil bayoni statistika bo’yicha har qanday darsliklarda mavjud. Biroq, amaliy faoliyat uchun LLR formulasini bilish MetaStok dastur ta’minotidan foydalanilganda majburiy hisoblanmaydi, chiziq klaviaturani oddiy bosilishi orqali quriladi.

Regressiya chizig’i og’ish burchagining gorizontal chiziqqa nibatan tahlili (keyingi barcha o’rinlarda shunga nisbatan) trend yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Agarda trend chizig’i deyarli gorizontal bo’lsa, unda bozor yonbosh trendida ekan xulosasi kelib chiqadi. Pozitsiyaning boshqa sharoitlarida sezilarli og’ish burchagida ochish maqsadga muvofiqroqdir (har bir valyuta uchun turlichadir). Shu bilan birgalikda mazkur burchak “ho’kizlar” va “ayiqlar” kuchini ko’rsatadi. Umuman olganda esa ushbu chiziq baholar o’rtachalashtirilishidan iboratdir. Agarda mazkur chiziqni tegishli vazindagi baho sifatida tasavvur etilsa, unda yangining yuqoriga yoki pastga har qanday og’ishi Bull VS Bear kuchini ko’rsatadi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish