GNP S I G X – M,
bu yerda:
S – iste’mol; I – investitsiyalar; G – davlat xarajatlari; X – eksport; M – import.
Valyuta kursi va YaMM ko’rsatkichlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lib, u quyidagicha aks ettiriladi:
Bu chizmani quyidagicha izohlash mumkin: YaMM ning o’sishi iqtisodiyot umumiy holatining barqarorligini, sanoat ishlab chiqarishining kengayishini, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar oqimining kuchayishi va eksportning ortib borayotganligini bildiradi. Xorijiy investitsiyalar va eksportning o’sib borishi xorijliklar tomonidan milliy valyutaga bo’lgan talabining ortishiga olib keladi, bu esa kursning ko’tarilishida aks etadi. YaMM ning bir necha yillar davomida doimiy tarzda o’sishi iqtisodiyotning “qizib ketishiga”, inflyatsion jarayonlarning jadallashuvida, va buning natijasida (inflyatsiyaga qarshi asosiy chora sifatida) foiz stavkalarining ko’tarilishiga olib kelishi mumkin, bu ham valyutaga bo’lgan talabni oshiradi.
Real foiz stavkalari (Real Interest Rates)
Bu omilning ahamiyati shundan iboratki, u mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan quyilmalarning umumiy daromadlilik darajasini belgilaydi (bank depozitlari bo’yicha foizlar, obligatsiyalarga kiritilgan quyilmalarning daromadliligi, daromad normasining o’rtacha darajasi va h.k.).
Stavkalar haqida so’z yuritganda real foiz stavkalarini nazarda tutish lozim, zero u nominal foiz stavkasidan inflyatsiya darajasini chegirib tashlash natijasida hosil bo’ladi. Masalan, AQSh da 1994 yilda iqtisodiyotning barqaror o’sishi sharoitida foiz stavkalarining o’sish darajasi YaMM va inflyatsiyaning o’sish sur’atidan ortda qolardi, ya’ni pasayish tendensiyasiga ega edi. Federal zahira tizimi yil davomida bir necha marta hisob stavkasini oshirdi, faqatgina qat’iy harakatlar bilan iqtisodiy ko’tarilish jarayonini to’xtatib qo’ymaslik maqsadida stavkani katta darajaga oshirmadi. Natijada dollarning asosiy qat’iy valyutalarga nisbatan kursi butun 1994 yil davomida pasaya bordi (masalan, dollarning markaga nisbatan kursi 1994 yil yanvarda 1,76 dan oktyabrda 1,48 gacha tushdi).
1999-2000 yillar mobaynida FZT Yevropa Markaziy bankining stavkasiga nisbatan (AQSh dollarlarida) yuqori foiz stavkalarini belgilashi natijasida AQSh dagi yevrobozorlardan kapitalning oqib ketishi va EURUSD kursining 1999 yil boshida 1,16 dollardan 2000 yil oxirida 83 sentgacha pasayishi yuz berdi.
Chuqur tahlil qilgan holda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ikki valyuta almashuv kursining shakllanishida ikkala mamlakat foiz stavkalari o’rtasidagi farq asosiy o’rinni egallaydi (foiz differensiali). Ikkala mamlakatda real foiz stavkalarining darajasi deyarli bir xil bo’lgan sharoitda (bu ikkala mamlakatga kiritiladigan quyilmalar daromadliligining tengligini anglatadi), bir mamlakat markaziy banki tomonidan hisob stavkasining oshirilishi mazkur valyutada qilinadigan jamg’armalarning daromadlilik darajasini oshiradi, bu esa valyutaga bo’lgan talabning ortishi va uning kursining ko’tarilishiga olib keladi.
Ishsizlik (Unemployment)
Bandlik omili ikki xil kattalik ko’rinishida: yoki ishsizlik darajasi (ya’ni ishsizlar sonining mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbati), yoki unga teskari bo’lgan ko’rsatkich, ya’ni bandlar sonining ulushi sifatida qaralishi mumkin.
Ishsizlik darajasi odatda foizlarda aks ettiriladi, bunda valyuta kursi va ishsizlik darajasi o’rtasida teskari bog’liqlik kuzatiladi:
Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasiga ko’ra, ishsizlikning nolga teng darajasiga erishib bo’lmaydi (har doim mavsumiy, tarkibiy, friksion ishsizlik mavjud bo’ladi). Shu sababli, sanoati rivojlangan mamlakatlarda to’liq bandlik darajasi deganda ishsizlikning taxminan 6% ga teng darajasi tushuniladi.
Bandlikning o’zgarishini (xususan, AQShda) NFP (Non-Farm Payrolls) ko’rsatkichi, ya’ni noqishloq xo’jaligi tarmoqlarida band bo’lganlarning soni ifodalaydi (payrolls – statistikada hisobga olinadigan ish haqlarini to’lash bo’yicha hisobotlar). NFP ko’rsatkichining o’sgan qismi bandlikning oshganini xarakterlaydi va dollar kursining ortishiga olib keladi.
Inflyatsiya (Inflation)
Inflyatsiya, yoki milliy pul birligining qadrsizlanish darajasi narxning o’sishi sur’atlarida aks etadi. Narxlar o’zgarishining 2 xil ko’rsatkichi mavjud:
PPI (Producer Price Index) – ishlab chiqarish narxlarining o’zgarish indeksi (sanoat tovarlarining ulgurji partiyalari uchun). Mazkur ko’rsatkich o’tgan davrga nisbatan foizlarda hisoblanadi va inflyatsiyaning dastlabki belgilari sifatida namoyon bo’ladi, chunki ishlab chiqarish narxlari iste’mol narxlari tarkibiga kirib ketadi.
CPI (Comsumer Price Index) – iste’mol narxlari indeksi – inflyatsiya darajasini bevosita aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Inflyatsiya darajasi va valyuta kursi o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud:
Inflyatsiya holatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlardan biri bu muomaladagi pul massasining miqdoridir (money supply). Pul massasi likvidlik darajasi bo’yicha farqlanadigan bir nechta pul agregatlaridan tarkib topgan (M0 dan M4 gacha). M1 agregati naqd pullar va talab qilib olgunga qadar depozitlardan iborat bo’lib, uning inflyatsiyaga ta’siri eng sezilarli darajada bo’ladi.
Muomaladagi pul massasining ortishi va buning natijasida narxlarning o’sishiga olib keluvchi sabablardan yana biri bu davlat byudjeti defitsitining miqdori (budget deficit) dir, biroq ko’pincha bu ko’rsatkich valyuta kursining uzoq muddatli harakatini tahlil qilishda qo’llaniladi.
Narxlarning oshishiga olib keluvchi inflyatsiya valyuta kursining xarid qobiliyati pariteti bo’yicha o’zgarishiga olib keladi, shuningdek, nazorat ostidan chiqib ketgan holda mamlakatdagi ishbilarmonlik faoliyatini susaytiradi, YaMM o’sish sur’atlarining pasayishiga va mamlakatga keladigan investitsiyalar oqimining kamayishiga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi valyut kursi dinamikasining haqiqiy qiymatini aniqlashda hisobga olinadi. Bunda narxlar indeksi almashuv kursi dinamikasi bilan solishtiriladi. Agar muayyan davr ichida (masalan bir yilda) dollarning rublga nisbatan kursining oshishi (yoki rublning qadrsizlanishi) nominal qiymatda rublning inflyatsiyasiga qaraganda past bo’lsa, demak, haqiqatda rublning qiymati oshgan hisoblanadi.
To’lov balansi (Balance of Payments)
Mamlakatning xorijiy kirimlar va to’lovlar balansi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Savdo balansi (trade balance or trade gap)
Kapitallar harakati balansi (capital payments gap).
Xorijdan kirib keladigan pul oqimlarining xorijga qilinadigan to’lovlar miqdoridan ortishi to’lov balansining ijobiy bo’lishiga va milliy valyuta kursining ko’tarilishiga olib keladi. Va aksincha bo’lganida, to’lov balansining defitsiti yuzaga keladi va milliy valyuta kursi pasayadi.
Savdo balansi tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha to’lovlar balansidan tarkib topadi.
Agar eksport importdan ortsa – demak savdo balansi sal’dosi ijobiy bo’ladi.
Eksporterlar xorijiy valyutada olgan eksport tushumini milliy valyutaga almashtiradilar va shu bilan milliy valyuta kursining oshishiga olib keladilar. Mazkur holat Yaponiya va Germaniya davlatlar uchun xosdir – bu mamlakatlar an’anaviy tarzda savdo balansining ijobiy sal’dosiga ega, bu esa iena va nemis markasining boshqa valyutalarga nisbatan kursining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda ham savdo balansining ijobiy bo’lishiga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |