Xalqaro valyuta bozori


-jadval O’zbekiston Respublikasining 2002-2008 yillar uchun tashqi savdo aylanmasi (mln. AQSh dollarida)12



Download 0,64 Mb.
bet83/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

24-jadval

O’zbekiston Respublikasining 2002-2008 yillar uchun tashqi savdo aylanmasi (mln. AQSh dollarida)12

Ko’rsatkichlar

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Tashqi savdo aylanmasi

5659,8

6689,2

8669,0

9500,1

10785,7

15719,6

19077


Eksport

2971,0

3725,0

4853,0

5408,8

6389,8

8991,5

11572,9

Import

2688,8

2964,2

3816,0

4091,3

4395,9

6728,1

7504,1

Sal’do

282,2

760,8

1037,0

1317,5

1993,9

2263,4

4068,8

Agar import eksportdan ortib ketsa – demak, savdo balansida defitsit paydo bo’ladi (salbiy sal’do).

Mazkur vaziyatda importyorlar xorijiy tovarlarni sotib olish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirishga majbur bo’ladilar, buning natijasida valyuta kursining pasayishi yuz beradi. Masalan, 90-yillarda Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan savdo balansi manfiy sal’doda bo’lib, funt sterlingning kursi nemis markasiga nisbatan pasayib ketgan edi.



Kapitallar harakati balansi. Kapitallarning xalqaro harakati asosida yirik investorlarning (moliyaviy, sug’urta va boshqa fondlarning) investitsiyalashga oid rejalari yotadi, zero ular aholi va korporatsiyalarning katta hajmdagi pul resurslarini jalb qiladilar. Eng yirik va faol investorlarga yuz milliard dollarlik aktivlarga bo’lgan Amerika fondlarini kiritish mumkin. Aktivlarni joylashtirishdan maksimal darajada foyda olish maqsadida ular davriy ravishda investitsiyalar portfelining tarkibini o’zgartirib turadilar va mablag’larini turli investitsion instrumentlar – korporatsiyalar aksiyalari, hakumat va xususiy obligatsiyalar, bank depozitlari va boshqa instrumentlarga joylashtiradilar. Aytaylik, xorijiy moliyaviy instrumentlarning daromadlilik darajasi mahalliy instrumentlardan yuqori ekanligi aniqlandi. Mazkur vaziyatda mahalliy moliyaviy instrumentlarni sotish, pul mablag’larini milliy valyutadan xorijiy valyutaga almashtirish va mablag’larni xorijiy qimmatli qog’ozlarga joylashtirish avjga chiqadi. Buning natijasida milliy valyutaning kursi pasayib ketadi.

Mazkur omilni yanada chuqurroq o’rganganda uni foiz stavkalari darajasi va mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan quyilmalarning umumiy daromadliligi ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini aniqlash mumkinki, bu omillar sodir bo’layotgan o’zgarishlarning yanada chuqur sabablaridan hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda kapitallar harakati valyuta kursining o’rta muddatli dinamikasini boshqaradigan oraliq jarayondan iboratdir.



Sanoat ishlab chiqarishi (Industrial Production)

YaMM ko’rsatkichi kabi sanoat ishlab chiqarishidagi o’zgarishlar ham almashuv kursiga bevosita ta’sir ko’rsatadi:





Yetakchi ko’rsatkichlar indeksi (Leading Indicators Index - LEI)

Mazkur indeks asosiy iqtisodiy indikatorlarning o’rtacha hisoblangan ko’rsatkichi bo’lib, o’z ichiga ishsizlik darajasi, sanoat ishlab chiqarishi, savdo ko’rsatkichlari, fond indekslarining o’zgarishi va boshqa indikatorlarni qamrab oladi. Indeksning o’sishi iqtisodiyot holatining yaxshilanib borayotganligidan darak beradi va milliy valyuta kursining ko’tarilishiga olib keladi. (bu ko’rsatkich AQSh da qo’llaniladi.)



Ishbilarmonlik optimizmi indeksi

Rivojlangan mamlakatlarda doimiy ravishda chop etiladigan ishbilarmonlik optimizmi indekslari keng tarqalgan bo’lib, ular yetakchi ishbilarmon tadbirkorlar – yirik korporatsiyalar rahbarlarining iqtisodiyotning holati haqidagi sub’yektiv so’rovlari asosida hisoblanadi.

AQShda bu – NAPM (National Association of Purchasing Management) indeksi.

Buyuk Britaniyada – CBI (Corporation of British Industry) indeksi.

Mazkur indeksning ko’tarilishi milliy iqtisodiyotga bo’lgan ishonchni oshiradi va valyuta kursining ko’tarilishiga olib keladi:



Iste’mol kutishlari indeksi

Iste’mol kutishlari indeksi ham huddi shu tarzda amal qiladi. AQSh da bu ko’rsatkich Michigan universiteti tomonidan uy xo’jaliklari orasida ularning tovar va xizmatlar iste’moli uchun rejalashtirayotgan xarajatlari haqida o’tkaziladigan so’rov asosida ishlab chiqiladi va u siklga bog’liq ravishda 80 punktdan 95 punktgacha o’zgarib turadi. Iste’mol xarajatlarining oshishi iqtsodiyotdagi yalpi talabning ortishiga, sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida yangi buyurtmalarning kelib tushishiga olib keladi va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Indeks darajasining oshishi milliy valyuta kursining barqarorlashuviga olib keladi.

Qoida bo’yicha, fundamental omillar mo’ljallangan o’zgarishlarga olib keladi, biroq ularni qo’llashda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. Valyuta dileri bu omillardan birortasiga ham valyuta kursining maqsadli o’zgarishining to’liq kafolati sifatida qaramaydi, zero bunday holatda bozorning reaksiyasi juda tez va kuchli bo’lar edi. Haqiqatda har bir bozorda sub’yektiv omil – bitta vaziyatni turlicha baholash mavjud: optimistik (valyuta kursining o’sishiga olib keluvchi) va pessimistik (uning pasayishiga olib keluvchi) baholash. Pozitsiyani ochish to’g’risida qaror qabul qilishdan avval diler diqqat bilan bozorning kayfiyatini, u yoki bu omilning qanday baholanishini o’rganishi kerak, bundan so’ng esa olingan natijalarga qarab mos qarorni qabul qilishi lozim. Masalan, bir statistik ko’rsatkichni baholashga ikki xil yondashish mumkin:


  • Narxlarning o’sishi (CPI, PPI ning oshishi)da – optimistlar xulosa qilishadiki, tez orada qat’iy pul-kredit siyosati o’tkaziladi, foiz stavkalari ko’tariladi, shu sababli kurs ortishi kerak; pessimistlar esa aksincha, buni eksportning kamayishi, iqtisodiyotning yomonlashuvi va almashuv kursining pasayishiga olib keluvchi inflyatsiya deb hisoblaydilar;

  • YaMM ning ortishida – optimistlar ta’kidlashadiki, iqtisodiyot barqaror rivojlanmoqda, demak kurs ham oshadi; pessimistlar esa iqtisodiyotning tez rivojlanib ketishi sodir bo’lib, inflyatsiya darajasining ko’tarilishi, importning ortishi va valyuta kursining pasayishi yuz beradi, deb xulosa qiladilar.

Shunday qilib, bozorda market-meyker bo’lmagan diler pozitsiyani ochishda universal qoidaga amal qilishi, ya’ni bozordagi ko’pchilikning kutishlari va kayfiyatlariga mo’ljal qilishi kerak. Bunga publikatsiyalar asosida vaziyatni tahlil qilish, Reyter, Telereyt va Blumberg axborot agentliklarining bozor holati haqidagi ma’lumotlarini o’rganish, turli mamlakatlardagi banklarning dilerlari bilan fikr almashish orqali erishish mumkin. Olingan ma’lumotlarni valyuta kursi o’zgarishining turli variantlari modeliga kiritib, iqtisodiyot indikatorlar chop etilganidan so’ng kursning qanday o’zgarishini bilish mumkin. Bunda dilerning asosiy vazifasi – bozorning ko’pchilik qismi tomonidan aytilgan kursning harakatiga qo’shilib olish, ya’ni “qayiqqa o’tirib olish” (don't miss the boat) dan iborat.

Fond indekslari. Dou-Djons indeksi

Jahondagi eng birinchi fond indikatori XIX asrning oxirida ishlab chiqilgan va qo’llanilgan edi. 1884 yilda AQShda Charlz Dou o’sha vaqtdagi eng yirik 11 sanoat kompaniyalari aksiyalari kurs qiymatlarining o’zgarishi bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichni hisoblashni boshlagan edi.

1928 yildan boshlab ushbu indeks 30 firma bo’yicha hisoblana boshlandi. Bunda Dou-Djons firmasida qo’llaniladigan tarkibiy qismlarning soni va hisob-kitob uslubi hozirgi kungacha o’zgarmagan.

Qimmatli qog’ozlar bozoridagi asosiy jarayonlarni ushbu qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni oddiy o’rganish orqali tushunish deyarli mumkin emas. Shu sababli, qimmatli qog’ozlar bozorida umumiy aktivlik darajalarini aniqlash uchun bir nechta indekslar ishlab chiqilgan edi. Ularning ichida eng mashhuri “Dou-Djons” va “Nyu-York Taymz” indekslaridir. Ushbu indekslar bugungi bozorda vaziyat qanday ekanligini tez aniqlash imkonini beradi.

Dou-Djons indeksi aksiyalarning 4 guruhi va obligatsiyalarning 5 guruhi baholarining indekslarini o’z ichiga oladi. Aksiyalar 4 guruhining indekslari taqdimot aksiyalarning o’rtacha baholariga asoslanadi: 30 sanoat, 20 temir yo’l, 15 kommunal xizmatlar sohasida, 64 boshqa tarmoqlar.

Obligatsiyalar 5 guruhining indekslari taqdimot obligatsiyalarning o’rtachalashtirilgan baholariga asoslangan: 10 temir yo’l (oliy sinf), 10 temir yo’l (2-sinf), 10 kommunal xizmat sohasida, 10 sanoat va 40 boshqa tarmoqlar.

“Nyu-York Taymz” indeksi aksiya va obligatsiyalarni qamrab oladi. Indeksli aksiyalar taqdimot aksiyalarning o’rtachalashtirilgan baholariga asoslangandir: 25 temir yo’l, 25 sanoat va 50 boshqa tarmoqlar.

Obligatsiyalarning indekslari kommunal xizmat, temir yo’l, sanoat sohalari, obligatsiya baholari hamda ushbu uchta guruh obligatsiyalarning kombinatsiyalariga asoslangan.

Indekslar deganda o’rtacha tortilgan miqdorlar tushuniladi. Bu yerda indeks hisob-kitobida tarozi sifatida hisobga olingan kompaniyalarning bozorda muomalada bo’lgan aksiyalarining bozor qiymatining ko’rsatkichlari ko’p hollarda ishlatiladi. Agar indeks, uni tashkil etuvchilarining o’rtacha arifmetik miqdori sifatida hisoblansa, unda uning shakllanishiga “qimmat aksiyalar” sezilarli ta’sir etishi mumkin.

Agar indeksning hisob-kitobi uchun o’rtacha tortilgan ko’rsatkichlar olinsa, unda yirik korxonalar aksiyalari katta ahamiyat kasb etadi. Bunda indeksning katta yoki kichikligi ko’proq kompaniya aksiyadorlik kapitalining hajmiga bog’liq bo’ladi. Bunday holatda, indeks bo’yicha o’rtamiyonani topish uchun ixtisoslashgan maslahatchi-tahlil firmalari tomonidan ishlatiladigan turli yo’l va uslublardan foydalanish mumkin.

Dou-Djons kompaniyasi aksiyalar kotirovkasi bo’yicha 4 indeks va obligatsiyalar kotirovkasi bo’yicha 2 indeksning hisob-kitobini amalga oshiradi. Ishbilarmon doiralarda Dou-Djonsning sanoat indeksi keng tanilgan (The Dow Jones Industrial Average). Ushbu indeks 30 yirik sanoat kompaniyalari aksiyalariga bo’lgan baholar harakatining oddiy o’rtacha ko’rsatkichidir. Uning tarkibiy tashkil etuvchilari zimmasiga Nyu-York fond birjasida kotirovka qilinadigan aksiyalar bozor qiymatining 15-20 foizi to’g’ri keladi. Ushbu indeks punktlarda kotirovka qilinadi. Yuqoridagidan tashqari firma Dou-Djonsning transport indeksini (The Dow Jones Transportation Average) ham chop etadi. Bu 20 transport kompaniyalari aksiyalari kurslari harakatini ko’rsatuvchi o’rtacha ko’rsatkichdir.

Dou-Djonsning kommunal indeksi (The Dow Jones Utility Average) gaz va elektr ta’minoti bilan shug’ullanuvchi 15 kompaniya aksiyalari kurslari harakatining o’rtacha ko’rsatkichidir.

Dou-Djonsning tarkibiy indeksi (The Dow Jones Composite), uni boshqacha “Indeks 65” deb ham atashadi, Dou-Djonsning sanoat, tarnsport va kommunal indekslari zaminida tashkil etiladi.

Dou-Djons singari indekslardan samarali foydalanish uchun rivojlangan birja, fond bozori mavjud bo’lishi lozim. O’z navbatida, rivojlangan birja, fond bozorining paydo bo’lishi uchun nafaqat bunga muvofiq qonun-qoidalarni qabul qilish, balki birinchi navbatda, ommaviy ravishda xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish lozim, hamda ma’lumotlarning ochiqligi muammosini ham hal etish kerak.

“Uilshir 5000” (Wilshire 5000) indeksi va uning hisob-kitobini Amerikaning Wilshire Associates kompaniyasi amalga oshiradi. Ushbu indeks Nyu-York va Amerika fond birjalari hamda birjadan tashqaridagi muomalada bo’lgan barcha aksiyalarning mlrd. AQSh dollarlaridagi qiymatini aks ettiradi. Bunda aksiyalarning 5000 chiqariluvi hisobga olinadi. Bu AQSh fond bozorida chop etiladigan eng reprezentativ indeksdir.

Faynenshl Tayms” indeksi

Angliyada paydo bo’lgan dastlabki Yevropa indeksi ham 30 tarkibiy qismdan iborat bo’lgan. 1935 yilda “Financial news” gazetasida Angliyaning birinchi fond indeksi paydo bo’ldi. Ushbu gazetani keyinchalik jahonga mashhur “Financial Times” (FT) gazetasi yutib yuborgan.

Ushbu indeksni tuzuvchilar Britaniya sanoatida yetakchi bo’lgan 30 ta kompaniyani tanlab oladilar, zero mazkur kompaniyalarning tarkibiy tuzilmasi milliy iqtisoddagi tarmoqlar nisbatini aks ettirishi kerak edi.

Britaniyaning FT-30 “industrial” indeksi yuqorida zikr etilgan davr mobaynida rivojlanib borgan, uning tarkibida og’ir sanoatdan servis xizmati bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar tomon muntazam ravishda siljigan. Biroq bu indeks uchun hal qiluvchi davr bo’lib 1984 yil bo’ldi va bu yilda hisob-kitoblarda birinchi bor Vestminster milliy bankining moliyaviy aksiyasi ishlatildi. Shu daqiqadan boshlab FT-30 indeksi o’zining sanoat yo’nalishini yo’qotdi va hozirgi kunda bu indeks “Faynenshl Tayms” oddiy aksiyalari indeksi deb ataladi.

1962 yilda Aktuariylar indeksi kiritilgan edi, uning boshqacha nomi “Barcha aksiyalar” indeksidir. Ushbu indeksga iqtisodiyotning 700 tashkil etuvchilari kirgan. O’zining keng qamrovligi bilan u uzoq muddat davrida bozor o’zgarishini o’lchash instrumenti bo’lib xizmat qilishi mumkin. Aktuariy indeksining yana bir imtiyozli tomonlaridan biri shundaki, ushbu indeks investorlarga nafaqat bozorning yalpi harakatini, balki alohida sektorlar va tarmoqlardagi harakatni ham aks ettiradi.

1994 yilning yanvar oyida Britaniyaning eng mashhur indeksi Futsi-100 ga 10 yil bo’ldi. Ushbu indeks, har tomonlama olganda, o’rtacha holatni (zolotaya seredina) aks ettiradigan bo’ldi: tashkil etuvchilarning soni bozor tomonidan qoplanishning hajmi bilan balanslashtirilgan. Futsi-100 indeksi real vaqt rejimida hisob-kitob qilina boshlandi.

Jahon qimmatli qog’ozlar bozoridagi fond hududining globallashuvi va baynalmilallashuvi tovar bozorlaridagidan faolroq bormoqda. Bugungi kundagi investitsion jarayon ilgarigi tabiiy chegaralarga ega emas. Bunga yaqqol misol bo’lib, qimmatli qog’ozlar portfelining baynalmilallashuvi hisoblanadi, ya’ni ushbu portfelda milliy emitentlarning qimmatli qog’ozlari bilan birgalikda turli mamlakatlar va qit’alarda joylashgan emitentlar qimmatli qog’ozlari mavjud. Tabiiyki, ushbu ko’rinishdagi portfelni yaxshi boshqarish uchun o’z bozorining kon’yunkturasini yaxshi bilish kifoya qilmaydi, balki ushbu bozorni umumlashtiruvchi boshqa ko’rsatkichlar zarur.

1980-yillarning oxirida bozorga 11 hududiy indeksdan iborat jahon iqtisodiyotidagi ma’lumotlar chop etildi. Ushbu 11 hududiy indekslarni hisoblash uchun ma’lumotlar dunyoning yirik 7 iqtisodiy sektorlaridan yig’iladi. Bunda, 100 dan ortiq tarmoq osti kategoriyalardan olingan 36 tarkibiy tarmoq indekslari hisobga olinadi.

Umumjahon indeksi 24 mamlakatga aloqador bo’lgan 2,5 ming aksiyalarga asoslangan. Uning hisob-kitobi bilan 3 tuzilma shug’ullanadi, ya’ni “Faynenshl Taymz” gazetasi, “Goldman Zagz” Amerika investitsiya banki va “Kaunti Natvest Sekyuritiz” firmasi. Ushbu indeks jahonda yakka emas, miqyosi jihatidan unga yaqin bo’lgan yana 2 ta indikator mavjud, ya’ni “Morgan Stenli” xalqaro indeksi va “Birinchi Boston Yuromani” indeksi.

Yuqorida keltirilgan indekslar jahon fond bozorida mavjud bo’lgan nihoyatda katta miqdordagi indikatorlar turkumiga kiradi. Yig’ma va kompozit indekslardan tashqari ko’p miqdordagi ixtisoslashgan ko’rsatkichlar mavjud bo’lib, ushbu ko’rsatkichlarga asoslangan holda zamonaviy fond vositachilari jahon investitsiya jarayonini boshqaradilar.

Har qanday fond indeksi ishlab chiquvchilar tomonidan unga tarkibiy tashkil etuvchilarni tanlash va hisob-kitob uslublari orqali ato etilgan foydali xususiyatlarni aks ettiradi.

Odatda indeksdagi tashkil etuvchilarni tanlash imkoniyati qanchalik keng bo’lsa, indeks iqtisodiyot yoki tarmoq holatini aks ettiruvchi indikatorlarga shunchalik yaqin bo’ladi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish