Xalqaro valyuta bozori


-mavzu. Muddatli valyuta operatsiyalarining amal qilish mexanizmi



Download 0,64 Mb.
bet58/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

6-mavzu. Muddatli valyuta operatsiyalarining amal qilish mexanizmi

Reja

6.1.Muddatli valyuta operatsiyalari. Forvard operatsiyalari

6.2. Fyuchers operatsiyalari

6.3. Optsion shartnomalari
Real valyuta bilan muddatga shartnomalar tashqi-iqtisodiy operatsiyalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish va xorijdagi kapital qo’yilmalarni sug’urtalash hamda arbitraj foydasini olish maqsadida tuziladi.

Muddatli valyuta operatsiyalari deb, valyutalarni etkazib berish hamda ular bo’yicha hisob-kitoblarni kelgusida amalga oshirish sharti bilan shartnoma tuzilgan kun kursi asosida valyutani sotib olish yoki sotish tushuniladi. Ushbu operatsiyalar odatda valyuta kursi o’zgarishidan sug’urta qilishda yoki chayqov foydasini olishda ishlatiladi.

Banklararo muddatli valyuta operatsiyalari “forvard” operatsiyalari deb ataladi. Forvard operatsiyalari – birjadan tashqari muddatli valyuta operatsiyalari bo’lib, kelishuv asosida telefon yoki teleks orqali banklar va savdo-sanoat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.8 1984 yildan boshlab kredit (moliya) instrumentlari bilan operatsiyalar – ya’ni “kelgusida etkazib berish to’g’risida kelishuv” (forward rate agreements), o’tkazish amaliyoti qo’llaniladi. Ular bir yilgacha depozitlar bo’yicha foizlar o’zgarishi oqibatida ko’rilgan zararlarni o’zaro qoplash yuzasidan banklararo muddatli kelishuvlardan iborat bo’lib, odatda 1 mln. - 50 mln. AQSh dollari hajmidagi summalarga tuziladi.

Forvard shartnomasi tuzilayotganida uning muddati, kursi va summasi qat’iy belgilanadi. Ammo ijro muddati (1 yilgacha) etib kelguncha hisob raqamlari bo’yicha hech qanday summalar o’tkazilmaydi. Ko’pchilik banklar o’zlarida mijozlar tomonidan ochilgan hisob raqamlarda ma’lum bir summa bo’lishini xoxlaydilar. Biroq forvard shartnomalari hajm jihatidan chegaralanmay, pul ta’minotini talab etmaydilar.

Muddatli operatsiyalarga forvard, fyuchers va optsion shartnomalari kiradi. Forvard shartnomalari quyidagi ikki asosiy ko’rinishda amalga oshiriladi:

-oddiy forvard bitimi. Bunda ushbu bitimga teskari bo’lgan shartnoma shu vaqtning o’zida tuzilmaydi. Shartnomada ishtirok etayotgan taraflar faqat ma’lum bir summani belgilangan muddatga va kelishilgan kurs asosida etkazib berish haqida kelishib oladilar. Forvard shartnomasining ushbu turidan valyuta kursi o’zgarishi xavf-xataridan himoyalanish maqsadida foydalaniladi;

-svop bitimi. Svop shartnomasi – bu, banklar o’rtasida amalga oshiriladigan valyuta shartnomasi bo’lib, bir xil tur va hajmdagi valyutaning turli muddatlarga oldi-sotdi operatsiyalari kombinatsiyasidan iboratdir. Bir shartnoma doirasida valyutaning ma’lum bir summasi muddatga sotib olinadi va usha zahoti naqdli valyuta bozorida sotiladi yoki buning teskarisi bo’lishi mumkin.

Muddatli operatsiyalarni amalga oshirishning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, ular o’ziga xos (xususiyatli) aktiv va passivlarga qarshi qaratilmagan bo’lsa (ayniqsa forvard operatsiyasi) manyovr uchun katta imkoniyat beradi. Spot operatsiyalari zudlik bilan amalga oshirilishi yoki qoldirilishi lozim, oddiy forvard kontraktlari esa nazorat va tuzatishlarni amalga oshirish uchun vaqt qoldiradilar.

Forvard bozori kompaniyalar moliya bo’limlari boshqaruvchilari uchun ham muhimdir, chunki ular eksport va importning milliy valyutadagi qiymatini to’lov amalga oshishidan ancha oldin aniqlashlari mumkin. Moliya bo’limi boshqaruvchisi nufuzli bank bilan muddatli shartnoma tuzgan paytda uning birdan-bir vazifasi qandaydir bir sabablarga ko’ra tovar yoki to’lov olinmay qolgan taqdirda ochiq valyuta pozitsiyasi bilan qolmaslikdan iboratdir.

Professional dilerlar cheklanmagan bozor ma’lumotlariga ega bo’lgan holda o’zlarining tijorat bilan shug’ullanuvchi hamkasblariga qaraganda manyovr uchun keng imkoniyatlarga egadir. Shu bilan birgalikda muddatli shartnomalar bilan bog’liq ahamiyatli tavakkalchiliklar ham mavjud. Forvard shartnomasining muddati qanchalik uzun bo’lsa shartnoma bo’yicha kontragent moliyaviy axvolining yomonlashish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Shunday ehtimol ham mavjudki, shartnomada ishtirok etayotgan taraflar spot shartlari asosidagi shartnoma shartlarini bajara olmaslik sharoitiga tushib qolishlari ham mumkin. Ammo spot shartlari asosidagi shartnomaning bekor qilinish ehtimoli, forvard kontraktining bekor qilinish ehtimoliga ko’ra pastroqdir. Bunda shartnoma ishtirokchilaridan biri tomonidan majburiyatlar bajarilganda ikkinchisi tomonidan ularning bajarilmasligi eng yomon holatni yuzaga keltiradi.

Buday holat katta zararlarga yoki sudlashish jarayonlariga ham olib kelishi mumkin. Agarda, aybdor taraf o’z majburiyatlarini mutlaqo bajara olmasa, unda valyutadagi so’ndirilmagan qarzdorlik baribir joriy bozor kursi asosida qoplanishi lozim. Bundan chiqdi, ochiq valyuta pozitsiyasi bartaraf etilganda, keyingi zararlar paydo bo’lishi mumkin. Ammo ushbu operatsiyalar bo’yicha bekor qilingan shartnomalar yoki ko’rilgan zararlarni operatsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi nihoyatda kamdir.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish