Xalqaro valyuta bozori


Forvard bo’yicha hisob-kitob sanalari



Download 0,64 Mb.
bet59/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Forvard bo’yicha hisob-kitob sanalari

Forvard shartnomalari bo’yicha standart hisob-kitob sanalari 1, 2, 3, 6, 9, 12 oy hisoblanadi. Ko’pchilik fond va valyuta bozorlarida kelgusidagi kontraktlar 30, 60, 120 (va shu kabi) kunlarga doimo navbatdagi forvard sanasigacha bo’lgan 30 kun qo’shilishi bilan to’g’ri keladi, ya’ni taqvim oy tizimi qabul qilingan. Ammo shartnomada ishtirok etuvchi ikkala tarafning manfaatdorligi mavjud bo’lgan holatda shartnomalar turli boshqa muddatlarga ham tuzilishi mumkin.

Muddatlar taqvim tizimining soddaligi shundaki, agarda spot sanasi yanvar oyiga to’g’ri kelsa, unda bir oylik forvard muddati keyingi kalendar oyga, ya’ni fevral oyiga, ikki oyligi esa mart oyiga va shu kabi to’g’ri kelishi kerak. Agarda har bir taqvim oyning davomi 30 kunni tashkil etganda hech qanday muammo bo’lmas edi. Ammo agarda spot sanasi 31 yanvarga to’g’ri kelsa, fevral oyi esa atigi 28 kundan iborat bo’lsa nima qilish kerak.

Demak, forvard muddatlari aniqlanganda spot qoidasiga rioya etilishi zarur va unga asosan operatsiyalar amalga oshirilganda hisob-kitob kuni ikkala kliring tizimlarida ham bank kuni bo’lmog’i lozim. Shanba va yakshanba dam olish kunlaridan tashqari turli davlatlarda mahalliy hamda milliy bayramlar mavjud – bu vaziyatni ancha murakkablashtirib yuboradi.

Turli nomuvofiqliklar va amaliyotda qo’llanilish ehtimoli kamligiga qaramasdan forvard sanalarini belgilash tamoyilini quyidagidan ko’rishimiz mumkin:9

Agar spot sanasi 4-yanvarga to’g’ri kelsa

unda bir oy 4-fevralga

ikki oy 4-martga

uch oy 4-aprelga

olti oy 4-iyulga

to’qqiz oy 4-oktyabrga

o’n ikki oy 4-yanvarga (keyingi yil)

2 yil 4-yanvarga (2 yildan keyingi) to’g’ri keladi.
Kam uchraydigan standart forvard hisob-kitob sanalari, masalan 5, 7, 8 oy - taalluqli oyning 4-sanasiga to’g’ri keladi. Haftadagi etti kundan ikkitasi nobank (dam olish) kunlari hisoblanadi va to’lovlarning forvard sanasi dam olish kuniga to’g’ri kelsa, unda oyning ushbu kuni oylik taqvim jadvali harakat muddati davomida harakatdagi kun bo’lib hisoblanmaydi. Agarda mantiqiy forvard sanasi nobank kuniga to’g’ri kelsa, spot qoidasiga ko’ra ikkala kliring tizimida ham navbatdagi kelayotgan birinchi ish kuni hisob-kitoblarning forvard sanasiga aylanadi. Shunday qilib, valyuta bozoridagi bir oy 30, 31 va 35 hamda undan ortiq kunlarni o’z ichiga olishi mumkin.

Umumiy xulosa: agarda bir oylik sana, ya’ni yuqorida keltirilganidek 4 fevralga to’g’ri kelsa va bu sana kliring markazlaridan birida dam olish kuni bo’lsa, unda hisob-kitoblar kuni sifatida 5, 6 kun yoki boshqa bir sana belgilanishi mumkin.

Oylik muddat spot sanasiga to’g’ri keladigan oyning o’sha sanasiga to’g’ri kelmasa ham forvard hisob-kitoblarining boshqa sanalari 4-sanaga to’g’ri kelishi mumkin (agarda u ochiq kun talablariga muvofiq bo’lsa). Shunday qilib, agarda spot sanasi 4 yanvarga, oylik sana 6 fevralga to’g’ri kelsa, unda boshqa hisob-kitob muddatlari taalluqli oylarning 4-sanalariga to’g’ri kelishi mumkin. Amaliyotda qisqa va uzun forvard oylari paydo bo’ladi hamda ushbu dalilni forvardlar bozorida faoliyat ko’rsatuvchi dilerlar hisobga olishi zarur. Valyuta va depozit bozorlarida amalda bo’lgan oyni oxiridagi hisob-kitoblar tizimi halqaro zayomlar xaqida kelishayotgan taraflar uchun sana belgilashning noaniq (tortishuvli) amaliyotini tashkil etadi.

Agar taqvim uslubiga murojaat etilsa muammo tug’ilishi mumkin: agar oyning oxiriga to’g’ri keladigan spot sanasiga forvard oyida ushbu sanaga mos sana topilmasa nima qilish kerak. Masalan, bitim 29 yanvarda tugatilgan bo’lsa va spot sanasi 31 yanvarga to’g’ri kelsa, unda oylik forvard sana 31 yanvarga to’g’ri kelmasligi kerak, chunki fevral oyida 28 yoki 29 taqvim kunlari mavjud. Bu muammoni quyidagicha hal etish mumkin: agar spot kuni oyning so’nggi ish kuniga to’g’ri kelsa, unda ushbu kunga muvofiq keladigan forvard sanalari ham oyning so’nggi ish kuniga to’g’ri kelishi kerak.

Shunday qilib, 31 yanvar spot sanasiga 28 yoki 29 fevral forvard sanasi muvofiq keladi. Bunda agar fevralning 28 va 29-sanalari dam olish kuniga to’g’ri kelsa, unda forvard sanasi 26, 27-sanalarga yoki oyning boshqa so’nggi ish kuniga to’g’ri keladi. Valyuta bitimlarini oyning oxirida amalga oshirilishi forvard oyining oxirini avvalgi qator spot sanalari uchun forvard sanasiga aylanishiga olib kelishi mumkin. Buni quyidagi misolda ko’rish mumkin:


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish