2.3. Mehmonxonada dizaynning ahamiyati
“Dizayn” so‘zining ifodasi italyancha “disego” ya’ni dastlab Renessans asridan loyiha, chizma, tasvirlar va ish jarayonidagi g‘oyalar haqidagi tushunchalarni ifodalovchi so‘zdan yuzaga keldi. Keyinchalik XVI asrda Angliyada “design” tushunchasi yuzaga kelib, g‘oya, chizma, bezak va shuningdek loyihalash va konstruksiyalash kabilarni ifoda eta boshladi. Dizaynning torroq ma’nodagi ya’ni kasbiy tushunchasi yuqori iste’mol va estetik sifatga ega sanoat mahsulotlarini yaratish, inson uchun komfortli hayot muhitini – ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish, buyum va jihozlar muhitini tashkillashtirish bo‘yicha badiiy loyihalash faoliyatidir.
Disegno – Italiyada renesans davrida loyiha va rasmlarni, umuman g‘oyalar zamirida yotgan tasavvur shunday deb atalgan. XVI asrga kelib, Angliyada design so‘zi “g‘oya, chizgi, naqsh” yoki umuman loyihalash, konstruksiyalash ma’nolarida ishlatila boshlandi.
Dizayn kasb sifatida 100 yildan ko‘proq mavjud. Bu hisob XIX asr oxirlarida Uilyam Morris rahbarligidagi “San’at va kasb-hunar (hamkorligi, aloqadorligi uchun harakati boshlangan davrdan boshlanadi.)”
Aynan ana shu davrda dizaynning asosiy nazariyasi qoida va rivojlanish tamoyillari ishlab chiqildi.
Dizan ob’ekti sifatidahar qanday narsa buyumni qo‘llash mumkin. Narsa-buyumlardagi umumiyki, ular mavjud bo‘lgan muhit yoki har qanaqa ma’lumot (agar, ular inson hayotiga aloqador bo‘lsa). Ayni paytda ularning insonga aloqadorligi an’anaviy vositalar bilan aniqlanmaydi.
Dizayn maqsadi – insonni o‘rab olgan muhitni insoniylashtirish, ya’ni uning manfaatlariga o‘sha davr axloqiy va estetik me’yorlar asosida moslashtirish.
Dizayn uslublari – ko‘p jihatdan arxitektura uslublariga o‘xshab ketsa-da, ularning o‘ziga xos bo‘lgan evristik tomonlari mavjud. Ular dizayn uslublarining ko‘proq badiiy estetik va ilmiy-fantastik jihatlarida namoyon bo‘ladi.
Dizayner yoki uning buyurtmachisi (adresat sifatida har kim ham ishtirok etishi mumkin). Shuning uchun dizayn ijrosida faqat ergonometrik masalalargina emas, shuning bilan birga, ijtimoiy, madaniy masalalar, buyurtmachi shaxsning talab va ehtiyojlari u yoki bu dizayn mahsulotiga ishlov berishda e’tiborga olinadi.
Dizayning o‘ziga xosligi – dizayner mahorati, uning tafakkur va tasavvur darajasi bilan belgilanadi. Bu o‘rinda obrazlilik, yangilik, uzviylik kabi jihatlar hal qiluvchi hisoblanadi.
Dizayn bu turmushga yangi ijtimoiy-madaniy g‘oyalar olib kiruvchi, uni nafis, go‘zal muhitga aylantiruvchi yangicha loyihalash amaliyotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |