Qadimgi sharq, hindiston, xitoy, yaponiya
Xitoycha uslub yaratilgunga qarab 5-3 ming yilliklarda Xuanxe havza-sida yuksak rivojlangan Yanshao madaniyati mavjud bo‘lgan. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasini davriy klassifikatsiya qilish u yoki bu dinastiyalar boshqaruvi bilan aloqador.
Eramizgacha II ming eramizgacha III asrlar –Shan (In), Chjou, Sin, Xan dinastiyalari;
Eraga qadar XVI – XI asrlar Shan dinastiyasi;
Eragacha XI – III asrlar Chjou va Chjango dinastiyalari;
Eragacha III asrdan eramizning III asrlarida- Sin va Xan dinastiyalari;
III va IX asrlar – janubiy va shimoliy dinastiyalar-Xitoyning birlashuvi va Tan davlatining vujudga kelish davri;
X-XIV asrlar – bosh dinastiya (imperiya)ning birlashib, Sune imperiyasining vujudga kelishi, mug‘ullar istilosi va Yuan dinastiyasi boshqaruvi davrlari;
XV-XIX asrlar – Min dinastiyasi, Xitoyning manchjurlar tomonidan zabt etilishi, Manchjuriya dinastiyasi hukmronligi davri.
Xitoy me’morchiligi an’analar mustahkamligi bilan ajralib turadi. Qurilish materiallarining o‘ta oddiyligi (asosan yog‘och mahsulotlari) diniy qurilish binolari (xramlar) va asosiy shakl – karkaslari tashqi tomonda mustahkam ustunlarga tayanib turadi, tomida esa asosan ikki va to‘rt qavat (skat)li yopma ishlamalar o‘z yo‘nalishi, bo‘yicha tom burchagiga yotgach, yuqoriga ko‘tarib (burib) qo‘yilgan. O‘tkir, yorqin ranglar Xitoy arxitektura va dizaynining muhim xususiyatidir. Xitoy intereri (uy jihozlari)da mebel: stul, skameyka, krovat, taburet, kreslolardan keng foydalanadi. Xitoy uylarida ko‘pincha maxsus shifrlangan o‘quv-murojaatlar bo‘lib, ularni sharqda tarqalgan (o‘sha davrda) fenshuy falsafasi qonuniyatlarini exshi bilgan odamgina o‘qib talqin eta olgan. Xitoy uylarini farqli tarzda “bog‘-uylar” deb atash mumkin.
Hindcha uslub. Hind madaniyati tarixini shartli tarzda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin.
- eramizgacha III ming yillik – Harapt tamadduni;
- eramizgacha II ming yillik – Ved davri, Indra Kulti (shaxs) ila sig‘inish, braxmanum. Konstantin paydo bo‘lishi;
- eramizgacha IV-II asrlar-Maurlar davri. Buddizmning sezilarli ta’siri;
-eragacha III va eramizning V asrlari – Kushon-Gupt davri. Induizmning yangi diniy tizimi paydo bo‘ladi;
- VI-XII asrlar – bo‘linish (tarqoqlik bosqichi);
- XIII-XV asrlar – Dehli sultonligi davri;
- XVI-XVII arslar – Buyuk mug‘ul saltanati davri. Sikx diniy jamoasining vujudga kelishi;
- XVIII-XIX asrlar-Mustaqillikning boy berilish davri.
Hindistonning issiq va nam iqlimi o‘ziga xos arxitektura element-larini taqozo etadi: ichki hovlichalar, tor yorug‘ o‘tish yo‘laklari, “Chordji” karnizi “jami” panjaralari va hokazolar. Ustun va kolonnalar nafaqat tayanch nuqtalari, ayni paytda badiiy timsollar o‘rnida ham qo‘llanilgan. Turfa ranglar imoratlarni bezagan devor va bino shiftlarida o‘simlik va hayvonot olamiga xos rasmlar ko‘p bo‘lgan. Ularning barchasi muayyan belgi va simvol (ramz)lar ifoda etgan. Uncha baland bo‘lmagan, o‘yib naqsh berilgan mebel asosiy foydalaniladigan buyum hisoblangan. Laklash keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |