BOB. XALQARO BOZORLARDA TEXNOLOGIYALARNI
ALMASHTIRISH
Xalqaro bozorlarda texnologik bilimlarni almashtirishning mazmuni va xarakterlari
Xalqaro savdo amaliyotida ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirish jarayonida turli atamalardan foydalaniladi. Ko‘p xollarda —xalqaro texnologiyalar almashuvi”, —sanoat texnologiyalar almashuvi”, —ilmiy-texnik faoliyat natijalarini almashtirish”, —texnologiyalar etkazib berish” atamalari qo’llaniladi. Bu atamalarni qo’llanilganda turli davlatlar o’rtasida tijorat asosida ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirish tushiniladi. Shu bilan birga TMK va uning turli davlatlarda joylashgan shu'ba korxonalari o‘rtasidagi almashuv(firma ichidagi almashuv)da ham foydalanadi.
Bu jarayonda texnologik bilimlar va ixtirolar tijorat bitimi asosida oldi sotdi qilinadi yoki ma'lum vaqtga, ma'lum mablag‘ miqdoriga xizmat sifatida taklif qilinadi
Texnologik bilimlar bilan savdo qilish operatsiyalarining mazmuni deganda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy -texnik ish natijalarini tijorat asosida xorijiy kontagentlarga taklif qilish tushuniladi va u amaliyotda texnologiyalarni almashtirish deb yuritiladi.
Almashtirish uchun taklif qilinadigan yangi texnologiyalarni quyidagi turlarini ko‘rib chiqish mumkin:
ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni ixtiro va yangiliklarni foydali modellar, sanoat namunasi, tovar belgisidagi ko‘rinishida xalqaro tijorat bitimlari asosida sotish. Shuni ta'kidlash lozimki, sanoat modeli —kichik ixtiro”xisoblanadi, Sanoat namunasi sanoat maxsulotini yangicha estetik tarzda o‘zgartirishhisoblanadi. Tovar belgisi qaysi korxona qanday maxsulot yoki xizmat taklif etishini ko‘rsatadi va korxonaning imidji va uni reklama qilish maqsadida ishlatiladi.
Chop etilmagan, himoyalanmagan ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, boshqarish, tijorat, moliyaviy xarakterga ega bo‘lgan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va sotish uchun zarur bilim va tajribalarni xalqaro tijorat bitimlari orqali sotish. Bu xolat —nou- xau”tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, —qanday bajarishni bilaman” ma'nosini anglatadi.
Mazmuniga ko‘ra —nou-xau”lar texnologik, konstruktorlik, boshqarish, ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy bo‘lishi mumkin.
“Nou-xau”lar - ilmiy-texnik va iqtisodiy jixatdan bebaxoligi va amaliyotda ishlatila olish, konfidintsallik darajasining yuqoriligi bilan xarakterlanadi
“Nou-xau”lar xujjat (chizma, sxema, qo’llanma, instruktsiya, spetsifikatsiya) ko’rinishida yoki ishlab chiqarish tajribasiga, ko’nikmasiga ega bo’lgan “mutaxassislarni jo’natish” ko’rinishida taklif etiladi.
Bilim va tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan mutaxassislarni firma bitm asosida ishga qabul qilib, ishchining firmada amalga oshirgan barcha ixtirolar firmaning nomidan amalga oshirilishi ko’rsatiladi. Xodim xech kimga va hech qaerda ruxsatsiz ishlab chiqarish, texnologik, ilmiy ixtiro va boshqa firma sirini oshkor etmasligi, chop etmasligi va buning uchun kerak bo’lsa jinoiy javobgarligi ta'kidlanadi.
Ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishning xarakterlii xususiyatlari quyidagilar:
ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishni rivojlanishini ob'ektiv xarakterda ekanligi;
texnologik bilimlarni monopolashganligi;
firmalarda o’zaro korparatsion texnologiyalar almashinuvining qo’llanilishi;
ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirish jarayonida o’rta va kichik korxonalarning qatnashishi;
jahon bozorida TMK lar o’rtasida ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishda raqobotni kuchayishi va boshqalar.
TMK larning ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirish jarayonidagi siyosati
U yoki bu ixtironi monopol egallashiga qaramasdan, ilmiy qidiruv va ishlanmalarga tor ixtisoslashgan, ayrim hollarda fan va texnikaning turli sohalarida etakchi o’rinlarini egallashga imkon beruvchi velchur firmalari shu bilan birga chet elda o’z kuchi bilan ishlab chiqarishni ochishga qodir emaslar. O’z yutuqlarini chet elda ishlab chiqarishga qo’llash maqsadida ular xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etishga boradilar, hamkorlikda ilmiy-texnik loyihalarni bajarish mumkin bo’lgan sheriklarni topishga, fan va ishlab chiqarish sohasida kooperatsiyani yo’lga qo’yish, axborot kanallarini kengaytirish, ilmiy- texnik bazani kuchaytirishga harakat qiladilar. Bu ularga fan va texnika sohasida uzoq muddatli aloqalarni o’rnatishni ta'minlashga, ixtiro va yangiliklarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan vosita va vaqtni tejashga olib keladi.
Shunday qilib, iqtisodiy imkoniyatlarning chegaralanganligi, moliyaviy mablag’larning etishmasligi bir tomondan va foydani oshirishning zarurligi ikkinchi tomondan, venchur kompaniyalarni o’z texnologik sirlarini ochishga, chet elga ilmiy-texnik bilimlarni sotishga majbur qiladi.
AQSh da 1,5 mln.dan ortiq venchur kompaniyalari mavjud, va fuqaro ularning 1%dan kamrog‘i ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajaradilar. Ularning ulushi AQShdagi NIOKRga umumiy xarajatlarining 4-5%ini tashkil etadi.
Venchur firmalar mablag‘larni sochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va alohida yirik ilmiy dasturlar ustida ishlaydilar odatda ular asosan qarz kapitali evaziga ilmiy ishlanmalarni amalga oshiradilar. Qoidaga ko‘ra avanslovchi kompaniya bunday firmaning 20-40%ni aktsioner kopitaliga egalik asosida uning ishlab chiqarish va ilmiy-texnik faoliyatini nazorat qiladi.
Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda amerika kapitalining jami xarajatlarida venchur firmalarining ulushining uncha katta bo‘lmasligiga qaramasdan, ular ko‘plab muhim ilmiy-texnik echimlarini yaratish va tadbiq qilishda pionerlar hisoblanadi. Masalan, bir lahzada foto tushurish jarayoni —Istmen Kodak” tomonidan emas, balki kichik firmalar qatoriga kiruvchi —Polaroid” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan edi, lekin —istmen kodak” ushbu sohada etakchi o‘rinlarni egallab kelardi.
Radiotexnik sanoatda —Djeneral elektrik”, —Reydio korporeyshi of Amerika” va —Vestingauz” kabi elektrotexnik gigantlar emas, balki —Teksas instruments” va —Feyrchayld” kichik firmalari AQShda tranzistorlarni birinchi ishlab chiqaruvchilari bo‘lgan. Kserografiya jarayonini sanoat asosida o‘zlashtirishda pioner bo‘lib uncha katta bo‘lmagan —Xaloyd” firmasi hisoblanadi (hozirgi vaqtda —Kseroks korporeyshn” nomi bilan keng mashhur), garchi bu sohada yirik manopoliyalar —Istmen kodak” va —Andresofif-Maptifaf” hukumron pozitsiyalarni egallagana bo‘lsa ham.
Xalqaro texnologik almashuv sohasida ziddiatlarning kuchayishi to’g’risida. Jahonning uchta raqobatchilik markazi - AQSh, G’arbiy Evropa-Yaponiya o’rtasidagi raqobat kurashida texnologik raqobatchilik va texnologik farq ziddiyatlarining kuchayishida muhim omil bo‘ldi.
Fan-texnika taraqqiyotining eng muhim xususiyati hisoblangan yangi texnik va texnologiyaning murakkablashuvi, tajriba-konstruktorlik ishlarining keskin qimmatlashishga olib keladi. Bu jarayon sanoatning barcha tarmoqlarida yuz bermoqda, ammo u ko‘proq yangi ishlab chiqarishlarda, ya'ni fan-texnika yutuqlarining eng ilg’orlarini o’zida jamlagan korxonalarda namoyon bo’lmoqda. Fan va texnikani rivojlantirish va ular natijalarini amaliyotga qo‘llash uchun shunday katta moliyaviy resurslar zarurki, hech bir firma barcha sohalar bo’yicha ilmiy- tadqiqot ishlarini amalga oshira olmaydilar. Mana shu asosda fan va texnik sohasida xalqaro ixtisoslashuv amalga oshiriladi, ular yordamida yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan yirik firmalar o‘z mahsulotlarining yuqori darajadagi raqobatbardoshligiga erishadilar. Bu tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning keskinlashuviga olib keladi.
Fan-texnika taraqqiyotining ta'siri faqatgina xalqaro savdo aylanmasiga kelib tushadigan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan chegaralanib qolmaydi, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishiga va an'anaviy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini oshirishga ham olib keladi. Bu Transmilliy kompaniyalar o‘rtasida raqobat kurashining xarakteriga ham ta'sir ko‘rsatadi. U ko‘proq tadqiqotlar va ishlanmalar sohasiga ko‘chadi, chunki u erda ishlab chiqarish va sotish faoliyati muvoffaqiyati oldindan aniqlanadi.
Fan-texnika sohasida transmilliy kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
an'anaviy mahsulotlar turlarini jahon bozorining talablariga material sig‘imi, energiya tejashi, xavfsizligi, ishonchliligi, ta'mirlash qulayligi maqsadida jadal takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini va harakatlarni yuqori foyda ko‘rish mumkin bo‘lgan bozorlar va yangi turdagi tovarlarga mujassamlashtirish;
yuqori mehnat unumdorligiga erishish maqsadida yangi texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
G’arbiy Еvropa mamlakatlari va Yaponiyada i^iy-l^nik ishlanmalarni faol olib borish va amaliyotga qo‘llash ushbu mamlakat kompaniyalari mahsulotlarini jahon bozorida va AQSh bozorlarida raqobatbardoshligini oshishiga ko‘maklashdi. Bu, xususan televizorlar, avtomobillar, fotoapparatlar, kompyuterlar ham xosdir, ular texnik darajasi, sifat va qiymat xarakteristikalari bilan amerika tovarlardan ustun turadilar. Bu raqobatchilikning uchta markaziy transmilliy kompaniyalari o‘rtasidagi savdo ulushi va ziddiyatning keskinlashuviga olib keldi.
Ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yangi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan ilm ko‘p talab qiluvchi tarmoqlar mahsuloti savdosi tez ko‘paymoqda.
Patent va litsenziya bitimlarini tuzish yo’li bilan xalqaro texnologik almashuv bozorni yirik firmalar o‘rtasida taqsimlashning yangi usuli sifatida oldinga chiqmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda transmilliy kompaniyalar siyosati to‘g‘risida. Iqtisodiy mustaqillika erishgan yosh milliy davlatlar transmilliy kompaniyalarining ularga yangi texnologiyalarni berishi va foydalanishining maqsadga muvofiq siyosatiga duch kelmoqdalar. Transmilliy kompaniyalar xalqaro mehnat taqsimotining shunday tarkibini yaratishga harakat qilmoqdalarki, natijada u rivojlanayotgan mamlakatlarning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining yangi bosqichida iqtisodiy va texnologik qaramligiga keltirmoqda.
Qoidaga ko‘ra, transmilliy kompaniyalar rivojlanayotgan mamlakatlarda faqat ayrim uzel va detallarni ishlab chiqarishini tashkil etmoqdalar, ular esa boshqa mamlakatlardagi —qiz” korxonalariga butlovchi qismlar sifatida etkazib beriladi.
Shuning uchun texnologiyalarni berish ushbu mamlakatlardagi ishchi kuchining arzonligi va tovarlar bahosining arzonligini ta'minlash maqsadida yaratiladi.
Transmilliy kompaniyalar rivojlanayotgan mamlakatlarga —pishgan” deb nomlanuvchi tovarlarini ishlab chiqarishga ko‘chiradilar, bunday tovarlarning hayot sikli o‘tab bo‘lgan va ularni sotishdan foyda normasi kamaygan bo‘ladi. Ular ushbu tovarni rivojlanayotgan mamlakat firmalaridan arzon narxlarda sotib oladigan va ularga hatto normal foyda olishga imkon bermaydi. Ushbu tovarlarni o‘zining savdo tarmog‘i orqali bozordagi mashhur savdo belgisi orqali sotib, transmilliy kompaniyalar yuqori savdo foydasini oladilar.
Trans milliy kompaniyalar rivojlanayotgan davlatlarga texnologiyalarini berish amaliyoti —texnologik farq”ni qisqarishiga yordam bermaydi.
Rivojlanayotgan davlatlar ulushiga xalqaro texnologik almashuvning 10%ga yaqini to‘g‘ri keladi, shu bilan 6 ta mamlakat ulushiga barcha rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarayotgan texnologiyalar xaridini yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi. Qolgan boshqa 100dan ortiq mamlakatlar ulushiga xarid qilinayotgan texnologik tajribaning uncha katta bo‘lmagan qismi to‘g‘ri keladi.
Rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan texnologiya ularning imkoniyatlariga yomon moslashgan bo‘ladi, chunki u rivojlangan mamlakatlar sanoati tarkibiga mos qilib ishlab chiqilgan, ularning rivojlangan infratuzilmasi va tayyorlangan injener-texnik xodimlarini hisobga oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni xorijiy kapital jalb etib industrializatsiya qilish ularning iqtisodiy manfaatlariga teskari holda amalga oshiriladi. Trasmilliy kompaniyalar o’z strategiyalarini amalga oshirishga intilib, ushbu mamlakatlarni xalqaro mehnat taqsimoti tizimida bo’ysunuvchi holatni saqlab qolishga qarab, ularni “texnologik bog’liqlik” zanjirlari bilan mustahkam o‘rab tashlaydilar.
Transmilliy kompaniyalar ular kopitalini qabul qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligi va bog‘liqligi hisobidan boyishga harakat qiladilar. Ular bilib turib, beriladigan texnologiyalari narxlarini oshiradilar, ular rivojlanayotgan mamlakatlarda uning alternativ manbalari va etarlicha axborotga ega emasligini biladilar, ularni texnologiyalarining real bahosini bilmasliklaridan foydalanadilar, chunki bunday axborotga faqat yirik kompaniyalargina egalik qilishadi.
Biroq trasmilliy kompaniyalarning neokolonnalistik siyosatiga qaramasdan ayrim mamlakatlarda (Hindistonda, Braziliyada, Meksikada) istor texnologiyalar asosida tovarni milliy ishlab chiqarishi rivojlanishi boshlanmoqda, bu esa ularga o‘z mahsulotlarini jahon bozoriga muvoffaqiyatli kiritishiga imkon bermoqda. Masalan, meksikaning “Xilsa” firmasi ishlab chiqarish xarajatlari 1 tonnasi 150 dollar bo‘lgan po‘lat ishlab chiqarishning arzon ususlini ishlab chiqdi, AQShda esa bu 1 tonnasiga 260 dollarni tashkil etadi, meksikada esa po‘latni eritishning an'anaviy usulidan foydalaniladi.
Meksika texnologiyasi bo‘yicha po‘lat eritish zavodlarini ko‘rinishi Braziliya, Indoneziya, Venesuelada amalga oshirilmoqda.
Transmilliy kompaniyalar rivojlanayotgan mamlakatlar firmalar bilan litsenzion bitimlari ko‘p hollarda korxonani boshqarishga kontraktlar bilan to‘ldiriladi. Ayniqsa bu texnologiyalarni amaliy o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelgan mamlakatlar uchun xarakterlidir, chunki ular zamonaviy texnologiyani tadbiq etish uchun o‘zlarining malakali kadrlariga ega emasdirlar. Firmani boshqarishda litsenziya beruvchining ishtiroki uning xo‘jalik faoliyati ustidan haqiqiy nazorat o‘rnatishni bildiradi.
Hozirgi sharoitlarda ilmiy- texnik bilimlarni xalqaro
savdosining mohiyati va xususiyatlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi rivojlanish bosqichi uchun milliy-texnik bilimlarni almashuvining quyidagi shakllari keng tarqalishi xarakterlidir: omborxonalarni ijaraga berish, xalqaro turizm, kinofilmlar prokati, chet el portlarida kemalarga xizmat ko’rsatish, maslahat- boshqaruv xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar. Moddiy boyliklarni sotishda farqli ravishda bu erda xalqaro almashuv predmeti bo‘lib, “ko’rinmas tovarlar” nomini olgan xizmatlar yoki faoliyat natijalari bo‘ladi. Xizmatning tovar sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundaki, u biror bir narsa shakliga ega emas, balki ma'lum faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xizmatlarni ishlab chiqarish va savdo-sotiq qilish qiymat qonuniga bo‘ysunadi, va ularni bir shakldagi tovarlarga yoki xizmatlarga almashtirish ularga ishlab chiqarishda sarflangan mehnat miqdoriga mos ravishda amalga oshiriladi.
Halqaro iqtisodiy munosabatlarda ayrim turdagi xizmatlar roli va mohiyati bir xil emas. Iqtisodiy munosabatlarning bu sohasidagi muhim ahamiyatga ilmiy-texnik bilimlargina ega, u esa hozirgi sharoitda juda keng tarqalmoqda. Bu avvalo fan-texnika taraqqiyoti va faning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi bilan bog‘liqdir. Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning chuqurlashuvi va kengayishi katta moliyaviy xarajatlarni, zamonaviy qimmatbaho uskunalarni, materiallarni hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga qodir, yuqori malakali mutaxassislarning katta rezervlarini talab qiladi.
Bu firmalarni xalqaro mehnatining ilmiy-texnik taqsimotida ishtirok etishga majbur qiladi. Texnik bilimlarining sohalari va yo‘nalishlarining kengayishi, ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro ixtissoslashuvning kuchayishi firmalar o‘rtasida ilmiy texnik bilimlarni, savdosiga asoslangan almashuvlarni rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi sharoitda ilmiy-texnik bilimlarni savdosining tez rivojlanishini ko‘plab sabablar aniqlaydi. Eng asosiylaridan biri-ayrim mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida bir tekislik bo‘lmaganligi hamda ulardagi fan va texnik darajasining bir xil emas ekanligidadir.
Masalan, AQSh ayrim mamlakatlarga nisbatan NIOKR uchun faqatgina yalpi ichki mahsulotning yuqori ulushini sariflamasdan, balki aholi jon boshiga nisbatan ham mutloq miqdorda eng ko‘p mablag‘larni ajratadi.
AQShda NIOKR uchun xarajatlar summasi Germaniya, Frantsiya, Angliya, Italiya va Yaponiyani birga olgandagi xarajatlarida ko‘proqni tashkil etadi.
Buning natijasida ilg‘or ilmiy tadqiqotlarning eng katta qismi aynan AQShda to‘plangan. Bu shunga olib keldiki, AQSh ko‘plab ilmiy yutuqlarda monopolist bo‘lib qolmoqda. Ilmiy tadqiqotlarga bunday katta mablag’larni sariflay olmaydigan mamlakatlar xorijiy ilmiy-texnik bilimlarni sotib olish va ulardan o‘z mamlakatlari sanoatida foydalanish yo‘liga o‘tdilar.
Xorijiy ilmiy-texnik bilimlardan keng foydalanish bo’yicha eng yorqin bo’lib Yaponiya hisoblanadi. Xorijiy ilmiy-texnik bilimlar va tajriba Yaponiyaga faqatgina texnik yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etibgina qolmay, balki o‘zining mavjud ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarini takomillashtirishga hamda ushbu mahsulot bilan jahon bozorlariga muvaffaqiyatli chiqishga imkon beradi.
O‘zining iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun Germaniya ham ancha miqdorda xalqaro ilmiy-texnik aloqalardan foydalandi. Xorijiy litsenziyalarni sotib olish evaziga Germaniya Kimyo, elektrotexnik, transport mashinasozligi tarmoqlarida ishlab chiqarish apparatini tezda modernizatsiya qila oldi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sotib olish, texnik qoloqligini bartaraf etishda, ichki bozorining talablarini zarur tovarlar bilan to‘ldirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishda muhim vosita hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda litsenziyalar importining katta qismi transmilliy kompaniyalar nazorat qiluvchi korxonalarga to‘g‘ri keladi.
Ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro savdosining o‘sishiga birinchi navbatda NIOKR o‘tkazishga etarlicha mablag‘i bo‘lmagan ayrim manfaatdor mamlakatlar ko‘maklashadi. Ilmiy-texnik bilimlar savdosini o‘sishining boshqa sababi-yirik firmalar tomonidan fan-texnika taraqqiyotini monopollashuvi hisoblanadi, chunki faqat ularning uzoq muddatli qimmatbaho ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga qurbi etadi. Buning natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning ilmiy-texnik tadqiqotlarida eng ko‘p tadqiqotlar yirik transmilliy kompaniyalarda jamlangan bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga katta mablag‘lar sarflab, tezda ma'naviy eskirishdan qo‘rqib, firmalar iloji boricha tezda ularni qoplashga harakat qiladilar, xususan, litsenziyalarni sotish va mukofotlarni olish hamda turli xildagi texnik xizmatlarni ko‘rsatish.
Shu vaqtning o‘zida tez fan-texnika taraqqiyoti sharoitida firmalar xorijiy litsenziyalarni sotib olishga majburdirlar, chunki raqobatbardoshlik savdo yangi, texnik jihatdan takomillashgan tovarlarga ega bo‘lishga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy-texnik bilimlarni asosiy xaridorlari bo‘lib ya'ni moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda qimmatbaho texnik yangiliklarni xarid qiladigan va ulardan samarali foydalanadigan yirik firmalar hisoblanadi.
Ilmiy-texnik bilimlarni xalqaro savdosini rivojlanishiga ko‘maklashuvchi muhim sabablar bo‘lib, jahon bozoridagi raqobat kurashining kuchayishi, bozorlarda firmalarning o‘z pozitsiyalarini ushlab turishi hisoblanadi. Yirik transmilliy kompaniyalar fan va t exnikaning eng yangi yutuqlarini eksportini chet elda filiallarini yaratish yoki boshqa mamlakatlar firmalar ustidan nazoratni o‘rnatish vositasi sifatida foydalanadilar. Ular avvalo sanoatning progressiv tarmoqlari-elektron, kimyo, aviatsiya, avtomobil hamda muhim xom ashyo manbalariga kirishga harakat qiladilar.
Texnologiyalarni uzatish sohasida chegaralangan ishbilarmon amaliyot texnologiyalarini uzatish sohasida raqobatni chegaralash-normal ishbilarmon amaliyotdir, u tegishli qonunchiligida o‘rnatilgan doiralarda patent egasiga monopol huquqlardan foydalanishdan kelib chiqadi.
Ishbilarmon amaliyotni chegaralash uchun transmilliy kompaniyalar foydalanadigan usul va vositalarni quyidagicha xarakterlash mumkin.
Texnik yangiliklar tarqalishini ongli ravishda chegaralash to‘g‘risida. Firma patentni bergan mamlakatda foydalanish yoki uni mustaqil foydalanish, boshqa manfaatdor firmalarga litsenziya berishdan bosh tortishini o‘zi mustaqil hal qiladi. Yirik kompaniyalar tomonidan yaratilgan patent fondlari ular tomonidan raqobatchilarning bozor operatsiyalarini su'niy to‘sish yoki ilmiy-tadqiqot ishlariga to‘sqinlik qilishda foydalaniladi. Shunday qilib, —Polaroid” firmasi —Kodak” firmasiga tezda surat chiqarish uchun o‘z kamerasini yaratishga 15 yil to‘sqinlik qildi, —Kseroks” firmasi esa unga tegishli bo‘lgan 1700ga patentga litsenziya berishidan bosh tortdi.
Litsenzion(litsenziya xaridori)ni raqobatchi sifatida chegaralash to‘g‘risida. Litsenziantning huquqlari quyidagicha chegaralanadi;
litsenziyalanadigan texnologiyadan foydalanish bo‘yicha: tegishli patent vaqti tugashi bilan texnologiyadan foydalanishni cheklash, litsenziantning mustaqil texnik siyosatini o‘tkazishini-ayrim yo‘nalishlarda NIOKR o‘tkazishni, raqobatlashuvchi texnologiyalarni sotib olishini cheklash; sotib olingan texnologiyani yaxshilash uchun barcha narsalarni litsenziar ( litsenziya sotuvchisi)dan xarid qilishga majbur qilish;
litsenzianatning tijorat faoliyati erkinligini chegaralash: ishlab chiqarish darajasini belgilash, bozor ulushi, ruxsat etilgan narxni (narx chegarasi) belgilash; raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarishi va sotish bilan shug‘ullanishini taqiqlash; litsenziyalangan mahsulot eksportiga limit o’rnatish; litsenziya to’lovlarini litsenziat aktsiyalari bilan to’lashni talab qilish; litsenziant korxonasi boshqaruvchida ishtirok etish;
- to‘lovlar tartibi: ro‘yxatdan o‘tmagan patentlar yoki qaysidir sabablarga ko‘ra o‘z kuchini yo‘qotgan patentlarga to‘lovlarni talab qilish; to‘lovlarni ko‘p martalab olish; to‘lovlarning kafolatlangan summasini o‘rnatish.
Sof patent bazasida monopolistlar ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida. Qoidaga ko‘ra, bu ikki tomonli ittifoqlar. Ular asosida sanoat mulkiga huquqlar kesishgan litsenziyalashtirishdan iborat. Ular firmalar ilmiy- texnik hamkorlik yoki firmalarning hech qaysisi ishlab chiqarishni boshlay olmaslik bo‘yicha bog‘liq patentlarga ega bo‘lganda amalga oshiriladi va tashkil etiladi.
Bunday texnologik almashuv (bu oddiy tijorat amaliyoti hisoblanadi) bozorlarni bo‘lish raqobatchilarni diskriminatsiyalash va o‘z patenti hamda hamkor patenti yordamida bozorlar ustidan nazoratni ko‘chaytirish bilan to’ldiriladi. Masalan, angliyaning “Begim” firmasi va amerikaning “Bristol-Mayerz” firmalari Angliya va AQShdagi ular tomonidan ishlab chiqariladigan dorilar bozorlarini bo’lib oldilar. “DYuPON”, “IKI” bilan patent almashish shartlari bo‘yicha AQSh bozorida polietelin va terilan ishlab chiqarishda uzoq yillar manopolist bo‘lab qoldi.
Patent pullarini tashkil etish to’g’risida. Ularning asosi - autsayderlar uchun yopiq bo‘lgan, yagona blokka o‘z patentlari bo‘yicha litsenziyalarini birlashtirish hisoblanadi. Natijada raqobatdan to‘silgan firmalar bozorda o‘zlarini erkin tutadilar. Masalan, faqat AQShda shisha va tamaki antibiotiklar, sanitariya uskunalari, radiotexnika, poyafzal mashinalari patent pullari harakat qilganlar.
Pul ishtirokchilari tez-tez patent yoki patentlar bloki atrofida guruhlashgan va xalqaro partellarni tashkil etganlar (masalan, elektrolampalar karteli uning patentlari katrelning ma'muriy markazi - “Febus” jamiyatida, Shveytsariyada joylashgan), “Djeneraya elektrik” va “Vestingauz” xalqaro elektrotexnik kartelda ishtirok etshanlar, uning tarkibiga yana turli mamlakatlarning 40ta firmasi kirgan va G‘arbiy Evropaning barcha yirik firmalarni bilan yo’lga qo’yilgan patent-litsenziya aloqalariga ega bo‘lgan.
Raqobatli chegaralashning ushbu vositalari transmilliy kompaniyalarga o’z foydasiga “texnologik rent”ni qayta taqsimlashga imkon beradi, u esa ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalariga xususiy mulkchilik beradi, monopollashmagan tarmoqlarga zarar etkazib, bozordagi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar transmilliy kompaniyalarga qarshi kurash olib boradilar, bazan bu muvaffaqiyatli bo‘ladi, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha texnologiyalarni uzatishda tartiblarni o’rnatish uchun;
- milliy davlatlarning o‘z manfaatlarini himoyalashda tadbirlardan foydalanish, ya'ni, xorijiy texnologiyalarni sotib olishda bog’liq masalalarni davlat tomonidan tartibga solish; xududiy asosda ayrim mamlakatlar kuchini birlashtirish; texnologiyalar olish tamoyillarini ishlab chiqish; texnologiyalarni uzatishda bog’liq bo’lgan chegaralanuvchi shartlarni olib tashlashda xalqaro tashkilotlardan foydalanish; texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarni xalqaro kodeksini ishlab chiqish.
Texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarning xalqaro kodeksini ishlab chiqish zarurati to’g’risidagi qaror BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1974 yilda qabul qilingan. 1978 yilda esa YuNKTAD tomonidan Kodeks loyihasi tayyorlangan.
Texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarning xalqaro Kodeksining maqsadi bo’lib, texnologiyalarni uzatish sohasida rivojlanayotgan davlatlar teng asosda va diskriminatsiyasiz ilg’or texnologiyalarga kirishini ta'minlash xalqaro usullarini shakllantirishdan iborat edi.
Kodeks loyihasi kirish qismi va o’nta bobni o’z ichiga oladi: 1) ta'rifi va qo’llanish sohasi; 2) maqsadi va tamoyillari; 3) texnologiyalarni uzatish bo’yicha bitimlarni milliy tartibga solish; 4) ODP; 5) tomonlarning javobgarligi va majburiyatlari; 6) rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus tartibga solish; 7) halqaro hamkorlik; 8) xalqaro iystitutsional mexanizm; 9) qo’llaniladigan huquq va baholarni echish; 10) boshqa shartlar.
Kodeks loyihasini tavsiyanoma hujjati tartibida qarab chiqish qabul qilindi. Kodeksning aniq ob'ektlar va qo’llash sohalari bo’yicha kelishuvga erishildi. Masalan, uning ob'ektlari quyidagilar bo’lishi mumkin: sof texnologik bitimlar; texnik yordam ko’rsatish sifatidagi texnologik mazmundagi bitimlar; “kalit bilan” loyihalari; sanoat mulkidagi ob'ektlarga litsenziyalarni sotish yoki berish bo’yicha; ishlab chiqarish kooperatsiyasi bo’yicha texnologik mazmundagi kelishuvlar.
Qisqacha xulosa
Texnologik bilimlar bilan savdo qilish operatsiyalarining mazmuni deganda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy -texnik ish natijalarini tijorat asosida xorijiy kontagentlarga taklif qilish tushuniladi
Fan-texnika sohasida transmilliy kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
an'anaviy mahsulotlar turlarini jahon bozorining talablariga mat erial sig’imi, energiya tejashi, xavfsizligi, ishonchliligi, ta'mirlash qulayligi maqsadida jadal takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini va harakatlarni yuqori foyda ko‘rish mumkin bo‘lgan bozorlar va yangi turdagi tovarlarga mujassamlashtirish;
yuqori mehnat unumdorligiga erishish maqsadida yangi texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
Ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishning xarakterlii xususiyatlari quyidagilar:
ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishni rivojlanishini ob'ektiv xarakterda ekanligi;
texnologik bilimlarni monopolashganligi;
firmalarda o‘zaro korparatsion texnologiyalar almashinuvining qo‘llanilishi;
ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirish jarayonida o‘rta va kichik korxonalarning qatnashishi;
jahon bozorida TMK lar o‘rtasida ilmiy-texnik bilimlarni, ixtiro va yangiliklarni almashtirishda raqobotni kuchayishi va boshqalar.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi rivojlanish bosqichi uchun milliy-texnik bilimlarni almashuvining quyidagi shakllari keng tarqalishi xarakterlidir: omborxonalarni ijaraga berish, xalqaro turizm, kinofilmlar prokati, chet el portlarida kemalarga xizmat ko‘rsatish, maslahat- boshqaruv xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar. Moddiy boyliklarni sotishda farqli ravishda bu erda xalqaro almashuv predmeti bo‘lib, “ko’rinmas tovarlar” nomini olgan xizmatlar yoki faoliyat natijalari bo‘ladi. Xizmatning tovar sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundaki, u biror bir narsa shakliga ega emas, balki ma'lum faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro savdosining o‘sishiga birinchi navbatda NIOKR o‘tkazishga etarlicha mablag‘i bo‘lmagan ayrim manfaatdor mamlakatlar ko‘maklashadi. Ilmiy-texnik bilimlar savdosini o‘sishining boshqa sababi-yirik firmalar tomonidan fan-texnika taraqqiyotini monopollashuvi hisoblanadi, chunki faqat ularning uzoq muddatli qimmatbaho ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga qurbi etadi. Ilmiy-texnik bilimlarni xalqaro savdosini rivojlanishiga ko‘maklashuvchi muhim sabablar bo‘lib, jahon bozoridagi raqobat kurashining kuchayishi, bozorlarda firmalarning o‘z pozitsiyalarini ushlab turishi hisoblanadi. Yirik transmilliy kompaniyalar fan va t exnikaning eng yangi yutuqlarini eksportini chet elda filiallarini yaratish yoki boshqa mamlakatlar firmalar ustidan nazoratni o‘rnatish vositasi sifatida foydalanadilar. Ular avvalo sanoatning progressiv tarmoqlari-elektron, kimyo, aviatsiya, avtomobil hamda muhim xom ashyo manbalariga kirishga harakat qiladilar.
Texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarning xalqaro Kodeksining maqsadi bo‘lib, texnologiyalarni uzatish sohasida rivojlanayotgan davlatlar teng asosda va diskriminatsiyasiz ilg‘or texnologiyalarga kirishini ta'minlash xalqaro usullarini shakllantirishdan iborat edi.
Kodeks loyihasi kirish qismi va o‘nta bobni o‘z ichiga oladi: 1) ta'rifi va qo‘llanish sohasi; 2) maqsadi va tamoyillari; 3) texnologiyalarni uzatish bo‘yicha bitimlarni milliy tartibga solish; 4) ODP; 5) tomonlarning javobgarligi va majburiyatlari; 6) rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus tartibga solish; 7) halqaro hamkorlik; 8) xalqaro iystitutsional mexanizm; 9) qo‘llaniladigan huquq va baholarni echish; 10) boshqa shartlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |