Xalqaro tijorat ishi


Sirtqi yoki tashqi reklamalar



Download 3,44 Mb.
bet143/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Sirtqi yoki tashqi reklamalar xorijiy mamlakatlar reklama vositalari ichida asosiy rol o‘ynaydi. hozirgi kunda zamonaviy shaharlarni tashqi reklamalarsiz tasavvur qilish qiyin.
Tashqi reklamalarga ko‘chalardagi, transportlardagi va yoruq reklamalar kiradi.
Ko‘cha va transportlardagi reklamalar asosan chegaralangan, chunki ular o‘tib ketayotgan kishilarda tovar haqida faqatgina eslatmalar bera oladi, xolos. Bu reklamaning asosiy murakkabligi shundaki, u kishilarni qandaydir lahzalarda tovarning asosiy maqsadini tushuna olishga o‘rgatishi kerak. Bu reklama asosan, AQSH, Italiya, Belgiya, Frantsiyada keng tarqalgan. AQSHda 30 % tashqi reklama «Foster end Kleyzer» reklama agentligi tomonidan nazorat qilinadi.
Ko‘cha reklamalari (yo‘l chetidagi va dam olish hududlaridagi) turli namuna vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ulardan keng tarqalganlari plakatlar, afishalar, lavhalar va transporantlardir. Transportdagi reklama turli transport vositalarining ichidagi reklama hisoblanadi. Yorug‘ reklamalarga asosan, yorug‘ belgilar, yonib turgan maxsus rasmlar va xarakatli yonib turgan reklamalarni kiritish mumkin.
Savdo joylaridagi reklama magazin, namoyish zali, salonlarning ichida va tashqarisida amalga oshiriladi. Savdo joyidagi reklamaning asosiy ko‘rinishlariga vitrinalar, tashqi e‘lon va magazin bezaklari, magazin ichi va tashqarisidagi plakat va afishalar magazin ichidagi diapozitivlarni ko‘rsatish uchun loyihalarni o‘rnatish, magazin ichida, namoyish zallarida, salonlarda tovarlarni ishlatib ko‘rsatish, magazin ichida radio reklamasi kabilarni kiritish mumkin.
Ashyoviy reklama doimiy kontragentlarga, shuningdek, chakana iste‘molchilarga tovar namunalarini, mukofotlarni bepul sovg‘a sifatida ulashishni nazarda tutadi.
Reklama sovg’alari firma va magazin xaridorlarini ular haqida eslatib turish uchun beriladi. Reklama sovg’alari va suvinerlar sifatida ko’pincha unchalik qimmat bo’lmagan - kalendarlar, avtoruchkalar, yon daftarlar, portsigarlar, kuldonlar, zajigalkalar, znachoklardan foydalaniladi. Bu predmetlarga firmaning nomi yoziladi ba’zi hollarda manzil va faoliyat xarakteri ham ko’rsatilishi mumkin (masalan, kalendar va yon daftarchalarga). Shu narsa aniqki, sovg’alar ulashish xaridorlarni tovarlarni sotib olishga majburlamaydi, lekin ularda firma va uning vakillariga nisbatan qulay va ijobiy munosabat yuzaga keltiradi.
Mukofot chakana xaridorlarga ma’lum xarid yoki aniq summadagi bir necha xaridlarni, mavsumiy bo’lmagan tovarlarni (masalan, yozda isituvchi priborlarni) xarid qilganliklari uchun taklif etiladi. Mukofot ko’rinishlariga, odatda, unchalik qimmat bo’lmagan uy jihozlari, kosmetika vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, o’yinchoqlar va boshqalar kiradi. Bunday xaridlarda qaysi tovar sotilganda, unga mukofot tarzida qanday mahsulot qo’shib berilishi oldindan e’lon qilinadi.
Namunalar reklama qilinayotgan tovarni salohiyatli xaridorlarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida va ularda xarid qilish istagini uyg’otish maqsadida taqdim etiladi. Namunalarni yuborish kosmetika, parfyumeriya, oziq-ovqat mahsulotlari, tamaki mahsulotlarini sotishda kengroq qo’llaniladi. Namunalarni tarqatish uslubi bilan «sempling» kompaniyasi katta yutug’larni qo’lga kiritgan. Ular salohiyatli xaridorlarga o’z mahsulotlarini ishlatish uchun namuna sifatida bepul jo’natganlar. Bunday uslub asosan, televizor, kir yuvish mashinalari, sovutgichlar, chang yutgichlar va boshqa uzoq foydalaniladigan tovarlar uchun qo’llaniladi. Bu uslub keyinchalik mashina va uskunalar savdosida ham qo’llanila boshladi. Bepul berilgan mashina va uskunalar evaziga ulardan ozgina badal yoki oxirigi xaridorga borgunga qadar uni ishlatganlardan uning sifati va foydalanilishi haqida axborotlar talab qilindi. Bu ma’lumotlar kelajakda sotuvchi kompaniya uchun reklamalar tayyorlash uchun qo’llanildi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish