30-rasm. Reklamaning asosiy vositalari
Pechat reklamasi bosmaxona uslubida chop etiladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda reklamaning bu turi reklama xarajatlari umumiy summasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Pechat reklamasining asosiy xususiyati shundaki, u aniq va oldindan belgilangan iste‘molchilar doirasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular orasida bepul tarqatiladi. Pechat reklamasi mohiyatiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: kataloglar, prospektlar, reklama qog‘ozlari va bukletlar, reklama xatlari, reklama yubormalari, xariddagi reklama ilovalari.
Kataloglar - turli model va turli guruhdagi tovarlarni tasvirlashni o’z ichiga oladi. Katalogni asosan, qisqa tasvir, texnik ma‘lumotlar, savdo shartlari tashkil qiladi. Kataloglar, odatda aniq muddatga to‘g‘irlab chiqariladi. Kataloglar mashina va uskunalar, shuningdek posilka savdosida reklama vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Ba’zan kataloglarda unda keltirilgan tovarlarning narxlari ham ko’rsatilgan bo’ladi. Bunday hollarda bu kataloglar katalog-preyskurant sifatida ishtirok etadi. Kataloglarni poligrafik bezatishlar turlicha bo‘ladi. Ular albom, broshyura, varaq va buklet ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Prospekt - bir modeldagi tovarlar va ularning modifikatsiyasi haqida qisqa ma‘lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan nashr hisoblanadi. Prospektda sifat tasviri, konstruktsiya xususiyatlari, boshqa o‘xshash tovarlar bilan qiyoslagandagi afzalliklar, ekspluatatsiya uslublari aks ettiriladi. Bu tasvirlar tovar mohiyatini chuqurroq tushunish imkonini beruvchi chizmalar, rasmlar, fotosuratlardan iborat bo‘lishi mumkin. Mashina va uskunalar uchun prospektlarda majmuaviy detallar va instrumentlar, qadoqlash va boshqalar olib boriladi. Prospektlar broshyura, varaqalar va bukletlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Reklama varag’i va bukletlar odatda, tovar haqidagi eng umumiy ma‘lumotlarni beradi va tovar sifati, tovarning tashqi ko‘rinishidagi afzalliklarni aks ettiradi. Ularning vazifasi - xaridorlarda reklama qilinayotgan tovar yoki xizmat haqida qiziqish uyg‘otish va uni sotib olishga undash hisoblanadi.
Reklama yozuvlar yoki rasm(otkritka)lar iste‘molchilarning ma‘lum doirasi uchun pochta orqali yuboriladi. Yuboruvchi odatda, o‘z xatida shaxsiy, intim ma‘nodagi yubormalarni yuboradi. Bunda u yuborayotgan odamining manzili, lovozimini aniq biladi. Ba‘zan firmalarga yuborilayotgan xatlar faoliyat ko‘rinishiga ega bo‘ladi va ma‘lum tovarning taklifidan kelib chiqadi.
Reklama maktublari - pochta orqali yuborilgan buyurtma blankalari, kartochka yoki otkritkalar, konvertga solingan xatlar bo‘lishi mumkin. Pochta kartochkalarining turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular yirik magazinlardagi tovarlarning arzonlashganligi xaqidagi reklama xabarlarini, mavsumiy tovarlarni olib borish, yangi tovarlarning paydo bo‘lganligi haqida, qaysidir magazin va xizmatning reklamasi haqida axborotlarni berishi mumkin. Ko‘pincha joriy korrespondentsiya bilan firma kontragent manziliga yoki magazinning doimiy xaridoriga yuborilgan konvertda reklama qilinayotgan tovar haqidagi asosiy axborotlar beriladigan reklama qog‘ozlari ham bo‘ladi.
Reklama ilovalari tovarni qayta o‘zlashtirishni yoki boshqa tovarlarni sotishni rag‘batlantirish uchun magazinlar tomonidan xaridorlarga tavsiya etiladi.
Pechat reklamasining tarqalish usullari turlichadir: pochta orqali; yarmarka va ko’rgazmalarda; namoyish zallarida; tematik konferantsiyalarda; kinofilmlarning maxsus namoyishlarida; vokzalning ichki qismlaridagi plakat va afishalarda; mehmonxonalarda, restoranlarda, o‘quv yurtlarida, ishbilarmon kishilarning shaxsiy uchrashuvlarida, tijorat muzokaralari davrida taqdim etilishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda pechat reklamasining pochta orqali yuboriladigan turi keng tarqalgan. Bu usul «direk meyl» deb nomlanadi. Bu pechat reklamasini iste‘molchilarning tor doirasi uchun avvaldan o‘rnatilgan turi bo‘lib, u bu reklamaning keng yoyilishi uchun xizmat qiladi. Pochta orqali reklama qilish uchun plakat va afishalardan boshqa pechat reklamasining barcha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, eng katta solishtirma og‘irlik, kataloglar, prospektlar, va varaqalarga to‘g‘ri keladi. Pochta orqali reklamaning afzalligi shundaki, u personal yoki saylov xarakteriga ega. Uy manziliga yo‘naltirilgan pochta reklama samarali hisoblanadi. Xaridorlar ro‘yhati yoki manzillarning shaxsiy kartotekalari va manzillar kitobiga ega firmalarning reklama idoralari tomonidan yoki xardorlar haqida keng ma‘lumotga ega ixtisoslashgan firma, byuro va reklama agentliklari tomonidan yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |