Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet142/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Kinoreklama. Bu reklama kinoning keng imkoniyatlari va katta ommaviyligi evaziga juda keng tarqalgan. Bu reklama asosan, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan. AQSH va Yaponiyada bu umuman qo‘llanilmaydi. Reklama kinofilmlarining ob‘ekti: bir firma tomonidan sotilayotgan bir va bir necha xil tovar; xizmatlar - maishiy, transport, turistik marshrutlar, sanoat va savdo firmalari, univermaglar, restoranlar, banklar, sug‘urta jamiyatlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Kino reklamasi uni amalga oshirish uslubidan qat‘iy nazar ikkiga to‘g‘ri (sof) va egri (yopiq) ga bo‘linadi. Sof reklama filmlarining maqsadi reklama qilinayotgan tovarning yuqori sifati va afzalliklariga tomoshabinlarni ochiqdan ochiq ishontirish va uni tovarni sotib olishga undash hisoblanadi. Reklama qilinayotgan tovarning xarakteridan qat‘iy nazar sof reklama kinofilmlarini umumiy va maxsus kinofilmlarga ajratish mumkin.
Umumiy reklama filmlari ommaviy iste’molchilarga mo’ljallangan bo’lib, bu erda reklama ob’ekti iste’mol tovarlari va xizmatlari hisoblanadi. Bunday filmlar seans boshlanishidan 2 -3 minutdan oshmagan holda namoyish etiladi. Kinoreklamaning bunday turining asosiy afzalligi shundaki, bu filmni tomoshabinlar xohlasalar, xohlamasalar tomosha qilishga majburlar. Reklama filmini kinoteatrlarda bir xafta davomida namoyish etilganidan keyin bir necha vaqt (ba‘zan kuniga bir necha marta) kinoteratrlarga kirmagan tomoshabinlar uchun namoyish etiladi.
Maxsus filmlar sanoat firmalari, kommersantlar, o‘quvchilar va boshqa mutaxassislar aniq doirasi uchun mo‘ljallanadi. Maqsadiga ko‘ra, ular ilmiy-texnik, tijorat, ilmi-ommaviy, turistik va boshqalarga bo‘linadi. Ilmiy-texnik kinofilmlar mashina va uskunalarni namoyish etish uchun, uning konstruktsiyasi va foydalanishdagi afzalliklarini tushuntirishda qo‘llaniladi. Bunday filmlarni ko‘rish uchun firmalarning ilmiy-texnik personallari, sanoat korxonalari rahbarlari, fermerlar, ilmiy xodimlar taklif etiladilar. Tijorat filmlari ma‘lum tovarni savdo tarmog‘iga joriy etish uchun yaratiladi. Bunday hollarda namoyishga ulgurji va chakana savdogarlar taklif etiladilar va ularga reklama materiallari, shuningdek reklama qilinayotgan tovar namunalari tarqatiladi. Maxsus filmlar shu maqsadda ijaraga olingan kinoteatrlarda, yarmarka va ko‘rgazmalarda, namoyish zallarida, namuna ko‘rgazmalari va maxkamalarda, konferantsiya va simfpoziumlarda namoyish etiladi. Ular odatda, 10-20 minut davom etadi.
Kinodagi egri (yopiq) reklama juda keng tarqalgan. Bu xaridorlarga berilayotgan to‘g‘ri reklamaning katta oqimida u doimo o‘z maqsadiga erishadi va xaridorlarni ogohlantira oladi. Yopiq reklama xaridorda ob‘ektiv taassurot qoldiradi. Shuning uchun yirik sanoat firmalari o‘z tovarlarini ommalashtirish uchun mashhur artistlar jalb etilgan badiiy filmlarni yaratishni moliyalashtirish yo‘lidan bordilar. Bunday kompaniyalarga asosan, avtomobil kompaniyalari ko‘proq murojaat etdilar. Bu filmlar qiziqtiruvchi syujetlarga ega bo‘lib, reklama qilingan tovarlar ham kishilarda alohida taassurot qoldiradi. Bunday filmlar firma, tarmoq, mamlakat to‘g‘risida ijobiy taassurot qoldirish niyatida ishlanadi.
Instruktiv filmlar mashina va uskunalar xarakati tartibini ko‘rsatuvchi yopiq reklama turiga kiradi. Bunday reklamalarga o‘qitish niyatida texnik bilim yurtlari va institutlarda namoyish etiladigan ta‘lim filmlarini kiritish mumkin. Bunday filmlar umidlilik, oddiylik, jarayonlarning texnik aniqligini namunali misollar bilan yaqqol ko‘rsatib beradi. Agar bu tomoshabin uchun qulay va ishonarli bo‘lsa, u ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadi va filmda ko‘rgan mahsulotining tashviqotchisiga aylanadi. Bunday filmlarni namoyish etish asosan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Bunday mamlakatlarda odatda mashina va uskunalar milliy texnika intelligentsiyasi o’quv yurtlarini tamomlagan mamlakatlar uchun muvaffaqiyatli sotilishi bejiz emas.
Kollektsion film deb ataluvchi alohida guruh ham aniqlanganki, ular bir korxona tomonidan chiqarilgan tovarlarning keng nomenklaturasini taklif etadilar. Bunday filmlarni ishlash tovarlarning keng profilliligi barcha tovar namunalarini namoyish etish imkonini bermaydigan (xususan yangi bozorlarda) korxonalar uchun xarakterlidir.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish