Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet105/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

OPERATSIYALAR

    1. Xalqaro to'qnash (uchrashgan) savdo tushunchasining
      mazmuni va xususiyatlari


XX asrning yillarida xalqaro tijorat operatsiyalarini amalga oshirish texnikasida printsipial xarakterdagi yangi jarayonlar yuz berdi.
Bunday jarayonlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hamkorlar tomonidan qabul qilingan to‘qnashgan majburiyatlar: eksport qiluvchining import qiluvchidan ma‘lum tovar va xizmatlarni sotib olish, import qiluvchi tomonidan esa eksport qiluvchiga kelishilgan tovar va xizmatlarni etkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Bu turdagi operatsiyalar xalqaro to‘qnash operatsiyalar, deb nomlanadi. Ularning rivojlanishi tez sur‘atliligi bilan farqlanadi. Shunga asoslanib, operatsiyalar nazariyasi va amaliyotida yangi “to’qnash savdo” tushunchasi paydo bo’ldi.
Zamonaviy bosqichda to‘qnash savdo xalqaro tovar almashishini tartibga soluvchi, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va texnik-ishlab chiqarishga yordamlashish, xalqaro hisob-kitoblarni tartibga solish va barqarorlashtirilishining asosiy vositalardan biriga aylandi.
Xalqaro to‘qnash savdo hajmining o‘sishi bilan uning boshqaruvchilik roli ham oshib boradi. Agar 80-yillar o‘rtalarida to‘qnash savdo xalqaro tovar aylanmasining uchdan birni tashkil etgan bo‘lsa, 80- yillar oxiriga borib, uning ulushi 40% ga etdi. Bu bilan to‘qnash savdoning geografiyasi sezilarli kengaygan.
Turli mamlakatlarni birlashtirgan guruhlarning paydo bo‘lishi va savdo iqtisodiy tartiblarini o‘rnatishi xalqaro to‘qnash operatsiyalarning keng tarqalishiga olib keldi. Savdo va to‘lov balansining tanqisligi, konvertirlangan valyutaning etishmasligi yoki umuman yo‘g‘ligi, tashqi savdo operatsiyalarida davlat boshqaruvi tizimi va nazoratining mavjudligi, shuningdek, ko‘p mamlakatlarda yuz berayotgan infelyatsion jarayon, xalqaro valyuta-kredit tizimi va xalqaro hisob tizimining beqarorligi xalqaro to‘qnash operatsiyalarning keng tarqalishiga olib keldi.
To‘qnash savdoning xalqaro tovar aylanmasidagi o‘sishi egiluvchan bo‘lib, undagi kontragentlar jahon bozoridagi o‘zgarishlarga tez ko‘nikadilar va moslashadilar. Bu egiluvchanlik mamlakatlarga o‘z eksportlarini biror bir maqsadga yo‘naltirilgan holda diverfikatsiyalash imkonini beradi, noan‘anaviy savdo bozoriga, jumladan, rivojlangan mamlakatlarning protektsionistik barerlar qo‘yilgan, kirish qiyin bo‘lgan bozorlarini ham egallash imkonini beradi, valyutani tejash, tovar va xizmatlarni xalqaro ayirboshlash uchun sharoit yaratadi.
Xalqaro to‘qnash savdolarni rivojlanishida ichki kompyuterlashtirishni joriy qilish muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat, xalqaro tijorat operatsiyalari texnologiyasi va muolajalarini sifatli o‘zgartirish va kontregentlar o‘rtasida o‘zaro hisoblarni engillashtirish, shuningdek, bitimlar samaradorligini oldindan aniqlash, konyunktura va narx o‘sish tendentsiyasini hisobga olish, aniq mamlakat tovar aylanmasi tuzilmasini shakllantirish imkonini ham beradi.
Shulardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, to‘qnash savdolar xalqaro tijorat operatsiyalarini amalga oshirishdagi yangi shakllar, uslublar, texnologiyalarni o‘z ichiga olgan xalqaro tovar almashinuvining progressiv iqtisodiy mexanizmi mujassamlashtirgan.
Bu mexanizm asosini tijorat amaliyotida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida keng tarqalgan bitimlar tashkil qiladi. Ular jumlasiga: «mahsulotlarni ajratish haqida», «import- rivojlanish», «pod klyuch» kreditlashtirish maqsadidagi sanoat ob‘ektlarining qurilishi haqida, shuningdek, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va ixtisoslashtirilishi haqidagi, sanoat ob‘ektlarini qurish haqidagi, rivojlangan mamlakatlar va boshqa davlatlarning unga muvofiq keluvchi tashkilotlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish hamkorligi to‘g‘risidagi kelishilgan bitimlarni kiritish mumkin.
O‘zaro kompensatsiya asosidagi xalqaro bitimlar turli shakllarda bo‘lishiga qaramay, amalga oshirish texnologiyalari bilan, bitimlarning maqsadi va xarakteriga ko‘ra farqlanadilar.

Xalqaro to‘qnash savdolar ishlab chiqarish doirasidagi ishtirokchilarning samarali, uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorligiga mos keluvchi tijorat operatsiyalarini tashkillashtirishning tez rivojlanuvchi shakli hisoblanadi. Bu to‘qnash savdo operatsiyalarining ob‘ektiv zarurligi va uning porloq istiqboli haqida gapirish imkonini beradi. Shu narsa aniqki, to‘qnash savdo eksport qiluvchilar uchun afzalliklarga ega, ular shu orqali hamkorlari bilan manfaatdorlik yo‘lida faol munosabatda bo‘ladilar. Bu degani, to‘qnash savdodan tushgan tushumlar ikkala tomon uchun ma‘lum afzalliklarga ega. Amaliyotdan ma‘lumki, savdoning bu shakli kundan-kunga yanada rivojlanib bormoqda. Shu bilan bog‘liq holda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun muhim yo‘nalish yuzaga kelmoqda. To‘qnash savdodan foydalanish eksport tuzilmasi yaxshilanishi uchun, uning samaradorligini oshirish uchun muhim omil bo‘lib qolmoqda. Gap faqat hozir bu shakl ilg‘or rivojlangan
tarmoqlar haqidagina emas, balki qayta ishlash sanoati haqida ham ketyapti. Shubhasizki, bu bilan bog’liq holda to’qnash savdoni rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribalarini qo‘llash talab qilinadi. (Rasmga qarang).

  1. r
    1.2 bajarilish muddati uzoq bo'lgan bitimlar
    asm Valyutasiz asosdagi tovar almashinuvili va

    kompensatsiya bitimlar


  1. bir vaqtdagi o’tkazmalar
    bitimlari

Global kelishuvlar

  1. Barter bitimlari


  1. bazali bitimlar




  1. y
    1.1.2 to’g’ri kompensatsiya
    ozuv-majburiyati asosidagi tovaralmashinuv quyidagi kelishuvlar


rasm. Ishlab chiqarish hamkorligi kelishuvlari asosidagi

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish