Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet16/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

me'yoriy ko'rsatkichlar mahsulotning bir mamlakatda belgilangan majburiy standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkichlarsiz mahsulot bozorga chiqa olmaydi va ishlatilmaydi. Shuning uchun ham mahsulot raqobatbardoshligining me‘yoriy ko‘rsatkichlarning bittasiga bo‘lsa-da, mos kelmasligi boshqa ko‘rsatkichlarni foydasiz va keraksiz qilib qo‘yadi. Me‘yoriy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  • belgilangan qonunchilikka muvofiq, mahalliy ishlab chiqarish detallari va tayyor mahsulot qismlarining ulushi;

  • mahsulotning unifikatsiya darajasi va unda standart detallardan foydalanish;

  • ko‘pgina mamlakatlar qonunchilik aktlarida, shuningdek xalqaro me‘yorlar va qonunlarda ko‘rib chiqilgan xavfsizlik bo‘yicha tadbirlar; mahsulotning xavfsizligi ko‘rsatkichlari avariya xollarida, mahsulotdan foydalanish tartibi buzilganida insonni himoyalash nuqtai nazaridan uning xususiyatlarini xarakterlaydi.

  • huquqiy patent ko'rsatkichlar mahsulotning patent sofligini aniqlaydi va bir bozorda mahsulot sotish uchun to‘siqlar borligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Patent sofligining yo‘qligi muvofiq bozorda mahsulotlarning raqobatbardosh emasligini ko‘rsatadi.

    1. Bozor tadqiqotining mazmuni

    Bozor tadqiqoti marketing tadqiqotining tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Bozor tadqiqotining asosiy masalalaridan biri - bozordagi tovarlarning talab va takliflari o‘rtasidagi maqbul munosabatga erishishdagi sharoitlarni aniqlashdan iborat. Talab va taklifni tahlil qilish bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘ladi, tahlil qilinayotgan davrda va kelajakda talab va taklif rivojlanishi va shakllanishi tendentsiyasini aniqlash shartlari qanday, degan savollarga javob topish imkonini beradi.
    Bozorni tadqiq qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
    bozorni o‘rganish uchun tanlangan bozorning rivojlanish tendentsiyasiga, tuzilmasiga, munosabatlari xarakteriga ta‘sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni o‘rganish, tahlil qilish, va baholash

    ;


    muvofiq mamlakatlar kon’yunkturasi va tovar bozorlarining muvofiq kon’yunkturasining umumxo’jalik rivojlanishi tendentsiyalari va holatiga o‘zaro bog‘liq holda bozor sharoitlarini o‘rganish.
    Bozor tadqiqotining mazmuni uning tuzilmasida o‘z aksini topadi va aniq bozor - tadqiqot ob’ektida taxminan nimani tadqiq qilish kerak degan savolga javob beradi.
    Bozor tadqiqoti jahon tovar bozorlari, mamlakat tarmoq bozorlari yoki uning aniq segmentlari (tarmoqlari), ichki yoki tashqi bozorlarni qamrab oladi. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, tadqiqot ob‘ekti aniqlanadi: tadqiq qilinuvchi aniq tovar va ichki yoki tashqi bozor*.
    Bozor tadqiqoti tuzilmasi 2- rasmda beriligan:

    1. r asm. Bozorni tadqiq qilish. Talabni tahlil qilish

    Talab - tovar muomalasi doirasidagi ehtiyojlarni, pul ekvivalentini ta‘minlovchi ehtiyojlarning yuzaga kelishi shaklidir. Talab hajmi tovarlarning narx darajasi va talab to‘lov qobiliyatiga bog‘liq. To‘lov qobiliyatiga ega talab ishlab chiqarish kuchi rivojlanishi darajasini, taqsimlash uslublarini, aholining yashash sharoitlarini aks ettiradi. Talab xarid qobiliyati shaklida ishtirok etadi, lekin uning aynan o‘zi bo‘la olmaydi.
    Shu tarzda talab jamiyat ehtiyojlari tuzilmasi va hajmini aks ettiradi va aholining xarid qobiliyati bilan chegaralanadi.
    Talabning rivojlanishi aholining ilgari qondirilmagan ehtiyojlari tovar va xizmatlar bilan qondirila boshlagan lahzadan boshlanadi.
    Talab doirasini bir necha davrlarga bo‘lish mumkin:

    • talabning yuzaga kelishi tarmoqning yoki bir necha firmalarning o’zini tiklashi, bunda ular liderlikka intiladilar va o’zaro raqobatga kirishadilar;

    • taklifning ilgarilab ketishi bilan birgalikda talab o‘sishining tezlashishi, bunda bozordagi raqobatchilar daromadi orta boradi.

    • taklif o‘sib ketganida talabning to‘yinganligi belgilarining yuzaga kelishi va talab o‘sishining pasayishi;

    • talab to‘yinganlikka etishganida va sezilarli ortiqcha quvvatga ega bo‘lganida talabning etukligi;

    • talabning so‘nib borishi, uzoq vaqtli demografik va iqtisodiy sharoitlari (aholining yoki yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur‘ati pasaygani)da mahsulot talabining eskirish yoki kamayishi bilan talab xajmining pasayishi ro‘y beradi.

    Talab darajasi, o‘z navbatida, tovarning hayotiylik darajasi shartlari va davomiyligi bilan aniqlanadi.
    Hayot doirasi boshlanishida, tovar endigina paydo bo‘lgan davrda yangi ehtiyojlarning tez rivojlanishi bilan talab o‘sishi kuzatiladi. Talab taklifni oshirgan paytda yangi tovarga ehtiyoj etarli darajada qondirilmasa, iste‘molchining tovarga yangi talablari ham yuzaga kelmaydi.
    Ishlab chiqaruvchi firma tovarning hayotiylik doirasi (tsikli) ustidan doimo kuzatuv olib borishi lozim. Tovarga talabning tushib ketishi davrida uni bozordan o‘z vaqtida chiqarish va o‘rniga iste‘mol xususiyatlari iste‘molchi talablarni yuqori darajada qondiradigan yangi tovarlarni chiqarishi lozim. Iste‘mol tovarlariga talab darajasiga moda va mavsumiylik jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ularning tebranishi ishlab chiqaruvchilar va savdo firmalari tomonidan doimo hisobga olinadi. Ular mavsum oxirida sotilmagan tovarlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotishga xarakat qiladilar. Mavsumiy arzonlashtirish hajmi aholi talabining to‘lov qobiliyati holatiga va narx darajasi tebranishiga bog‘liq.
    Iste‘molchi krediti uzoq muddatda foydalaniladigan tovarlarga talabning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, tijorat krediti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar talabida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bozor talabini o‘rganishda aniq bozorda mahsulot qanday talablarni qondirishi, u xaridorlar tomonidan qanday qo‘llanilishi va qanday doiralarda qo‘llanilishi aniq ko‘rsatilishi lozim.
    Iste‘mol talabini tahlil qilish talab holatiga va uning dinamikasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi demografik omillarning, aholi o‘sishi tarkibini, aholining geografik bo‘linishini o‘rganishni talab qiladi.
    Aholining xarid qobiliyatini tahlil qilishda aholi daromadlari darajasi, taklif etilgan iste’mol kreditining shartlari va hajmi, aholining ta’lim va kasbiy tarkibi darajasi aniqlanadi. Tovarga talabning miqdoriy ko’rsatkichlari, odatda, tadqiq qilinayotgan davrda tovar iste’moli haqidagi statistik ma‘lumotlar asosida aniqlanadi. Agar statistika bunday ma‘lumotlarga ega bo‘lmasa, ularni ishlab chiqarish, import, eksport ma’lumotlari va mazkur tovar zaxiralari asosida iste’molchi balansini tuzish yo‘li bilan hisoblanadi. Bunday ko‘rsatkich «Bozor sig‘imi» nomini olgan. Ayrim tovarlar uchun, masalan, avtomobillar uchun iste’molni baholash belgilangan vaqt yoki aniqlangan sanada avtomobillar qayd qilinganligi haqidagi ma‘lumotlar asosida o‘tkaziladi. Axborotlarning ixtisoslashgan manbalari mamlakatlar, firmalar va avtomobil markalari va modellari bo’yicha rejalashtirilgan ma’lumotlar asosida o’tkaziladi. Ular talab tahlilini jiddiy ravishda engillashtiradi.
    Talabni, iste’mol hajmi va iste’mol tovarlari bozorining sig’imini tahlil qilishda ishchi va xodimlarning ish haqi haqidagi, boshqaruv xodimlarining daromadlari, soliqqa tortish stavkasi, kvartira to‘lovi qiymati va xizmatlarning boshqa turlari, iste’mol tovarlariga narxlar haqidagi ma‘lumotlar asosida aholining xarid qobiliyati o‘rganiladi.
    Tahlil qilishda yangi tovarlar, ularning texnik-iqtisodiy tavsifi, shuningdek, ilmiy-tcxnik progressing iste’mol tovari holatiga va uning o‘sishga ta‘siri muhim ahamiyatga ega.
    Taklif tahlili
    Tovar taklifi tahlilini o‘tkazishda quyidagilar asosiy ahamiyatga ega: ma‘lum tovar taklifini miqdoriy baholash; taklif tuzilmasi; yangi tovarlarning ahamiyati, yangi va istiqbolli tovarlarning texnik-iqtisodiy tavsifi; turli model va modifikatsiyadagi tovarlarning narx darajasi; firma - bozordagi yirik etkazib beruvchilarning ulushi, ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash; tovarning jahon tovar bozori, jahon xo‘jaligi rivojlanishi tendentsiyasi hisobi bilan taklifning kelajakdagi rivojlanishini baholash.
    Taklifni miqdoriy baholash ishlab chiqarish va tovarlar importi xaqidagi statistik ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bu ma‘lumotlar milliy mamlakatlar manbalaridan va xalqaro tarmoq statistikasi nashrlaridan olinadi.
    Taklif tuzilmasi o‘zlashtirilgan tovar ishlab chiqarishning oshishi va yangi tovarlar hisobiga yangi ehtiyojlar tashkil etilishi va doimiy o‘zgarishlar bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning tez rivojlanayotgan sharoitida yangi tovarlar taklifning katta qismini egallaydi va talabning tuzilishi va hajmiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish ham narx darajasi va talabning to‘lov qobiliyatini shakllantirish bilan talabga o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.
    Firmaning yillik hisobotlari asosida miqdoriy va qiymat ko‘rinishida firma tomonidan chiqarilgan aniq tovarlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Firmalarning yillik hisobotidan va davriy matbuotdan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo’yicha alohida kompaniyalarning dastur va rejalari haqidagi ma’lumotlar olinadi.
    Aniq tovarga taklifni tahlil qilishda muvofiq tovar bozori rivojlanish tendentsiyasi va qolatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu zamonaviy sharoitlarda tovarlar nomenklaturasining tez sur‘atda kengayishi va tiklanishi bilan shartlanadi. Bu oldingi tovarlarning tez yangilanishi va oldin bozorda bo‘lmagan yangi mahsulotlarning ilmiy-texnika asosida yangilanayotganligi bilan bog‘liq. Natijada bozorda iste‘molga va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tovarlarning yangi model va modifikatsiyalari miqdori sezilarli darajada kengaydi. Shuning uchun firmalar ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishi istiqbollarini aniqlash bo‘yicha uzluksiz tadqiqotlar olib bormoqdalar. Bular asosan, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, elektronika va boshqa sohalarda yaqqol namoyon bo‘ldi.
    Bozor sharoitlarni tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar: alohida firmalar va tarmoqlarning asosiy kapitalini tiklash va kengaytirishda kapital qo‘yilmasining hajmi; ishlab chiqarish indeksi, mahsulot chiqarish xajmi, tovar zahiralari, alohida firmalar va tarmoqlar bo‘yicha buyurtmalar tushishi va buyurtma portfeli; aholi daromadlarini qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadigan to‘lov qobiliyati talabi; bozorga kirgan yangi tovarlarning miqdori va ulushi; narx darajasi miqdoriy ko‘rsatkichlari dinamikasi; alohida tovarlar xalqaro savdosining hajmi, dinamikasi va tuzilmasi; mazkur tovarning eksport va import bo‘yicha geografik taqsimlanishi; davlatning bozor munosabatlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan tadbirlari; kredit va soliq siyosati; tadbirkorlik faoliyatiga tashkiliy va moliyaviy yordam ko‘rsatish siyosati hisoblanadi.
    Iste'molchining tovarga talablari tahlili
    Talab tahlilida xaridor unga taklif etilgan tovarlardan o‘z ehtiyojiga mos keladiganini tanlab olishidan kelib chiqiladi. Shuning uchun bozorni o‘rganishda iste‘molchining tovarga talablarini sinchiklab o‘rganish juda muhim.
    Iste’molchining tovarlarga umumiy talablari ichidan quyidagilarni ajratish mumkin: mahsulotning yangiligi va yuqori texnik darajasi; tayyorlanishining yuqori sifati, foydalanilishining davomiyligi; sotuvdan keyingi texnik xizmat ko’rsatish darajasi va sotuvchi tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar xarakteri; mahsulot narxining muvofiq kelishi va undan foydalanishning foydali samarasi.
    Maxsus talablarga xaridorlar talablarining ishonchliligi va mahsulotning foylanishdagi engilligi, kamchiliksizligi, pishiqligini ham kiritish mumkin.
    Iste‘molchi uchun afzallikni tahlil qilishda tovar xarakteri va uning vazifasini hisobga olib tovarni qanday tanlash va uning bahosini qanday ishlab chiqish kerakligini aniqlab olish lozim.
    Asbob-uskuna iste‘molchilari universal uskunalardan ko‘ra, ixtisoslangan uskunalarni afzal ko‘radilar. Ular yuqori narxli uskunalarni sotib olishni afzal ko‘radilar, chunki bunday mahsulotlarning foydalanish uchun ketadigan xarajatlari kam bo‘ladi.
    Shunday qilib, iste‘molchi o‘z ehtiyojlarni yuqori darajada qondira oladigan tovarning sifati va iste‘mol xususiyatlari, tovar narxining mahbulligini ta‘minlovchi firmalarni afzal ko‘radilar.
    Bozor rivojlanishi istiqbolining tahlili
    Bozor sharoitining tahlili aniq tovarning bozordagi rivojlanishi istiqbol (prognoz)ini tuzish bilan yakunlansa-da, marketing dasturini ishlab chiqish uchun asosiy natija bo‘lib xizmat qiladigan qisqa muddatli istiqbol va uzoq muddatli tendentsiyalarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Talab, taklif va xaridorlarning tovarga talablarini sinchliklab o‘rganish va tahlil qilish asosida bozor tadqiqotini o‘tkazishda ma‘lum bozorda tovarlarga talab rivojlanishi istiqboli baholanadi. Masalan, tovarga talabning o‘sishi yoki kamayishi; tovarning hayotiylik doirasining kengayishi; sifat va mahsulotning iste‘mol xususiyatlariga bozor talabining o‘zgarishi; tovarlarning yangi doirasining paydo bo‘lishi. Shuningdek, bunda miqdoriy ko‘rinishda iste‘molchilik talablarining kelajakdagi tuzilmasi va o‘sishi hamda tarmoqlardagi ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishi istiqbollari baholanadi.
    Bozor sig‘imining kelajakdagi o‘zgarishini aniqlash uchun ishlab chiqarish rivojlanishidagi tendentsiya, mamlakatda mazkur tovarning chiqarilishi tendentsiyasi, xomashyo bazasi bilan ta‘minlanganlik, yangi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishga topshirilishi, talab kuchli bo‘lgan tarmoqlarning rivojlanishi, yangi o‘rindosh tovarlarning yuzaga kelishi, tashqi talab tuzilmasining o’zgarishi, aniq tovarning eksport va import rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish lozim.
    Bozorning kelajakda rivojlanishini tahlil qilishda konyunktura holatini kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Masalan, talab qilinayotgan tovarlarni chiqaruvchi ishlab chiqarish tarmog‘i qaysi fazada joylashganligini aniqlash.
    Bozor konyunkturasini tahlil qilish ishlab chiqarish, iste‘mol, narx darajasi va dinamikasi, aniq tovar yoki guruh tovarlarining xalqaro savdosi istiqbollarini aniqlashni nazarda tutadi.
    Savdoning shakl va uslublarini o'rganish
    Savdoning shakl va uslublarini o‘rganish bir tovar va tovarlar guruhining aniq xaridori yoki sotuvchisi sifatida xalqaro tovar bozori yoki tarmoq bozorlarida ishtirok etuvchi firmalar faoliyatini baholash hamda tahlil qilish maqsadida olib boriladi. Bunda mazkur tovarlarning bozordagi o‘rni, sotish kanallari va uslublari ham hisobga olinadi.
    Savdoning shakl va uslublarini tahlil qilishda bozorga tovarlarni chiqargan firma (o‘z mamlakatining ishlab chiqaruvchi-firmalari, xorijiy ishlab chiqaruvchi firmalar, ularning shu‘ba kompaniyalari, o‘z mamlakati yoki boshqa mamlakatlar tadbirkorlariga tegishli savdo-vositachilik firmalari), o‘rganilayotgan tovar bo‘yicha bozorga raqobatchi tovarni chiqarayotgan firmalar miqdori; salohiyatli xaridorlar; mazkur tovarning bevosita iste‘molchisi sifatida ishtirok etuvchi firmalar yoki savdo vositachilari; bozor monopollik darajasi, unda kartel bitimlarning mavjudligi va raqobatchi firmalarning ishtirok etishi kabi vaziyatlar tadqiq qilinadi.

    Download 3,44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish