Xalqaro tijorat ishi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 3,44 Mb.
bet148/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Texnologik bilimlar bilan savdo qilish operatsiyalarining mazmunini tushuntiring.

  2. Fan-texnika sohasida transmilliy kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qanday?

  3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi rivojlanish bosqichi uchun milliy-texnik bilimlarni almashuvining qanday shakllari keng tarqalgan?

  4. Texnik yangiliklar tarqalishini ongli ravishda chegaralash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  5. Ilmiy-texnik bilimlarning xalqaro savdosining o‘sishiga ko‘maklashuvchi asosiy sabablar nimalardan iborat?

  6. Litsenziyalar importining katta qismi kimlar tomonidan nazorat qilinadi?

  7. Litsenziya xaridorini raqobatchi sifatida chegaralash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  8. Sof patent bazasida monopolistlar ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  9. Texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarning xalqaro Kodeksining asosiy maqsadi nimadan iborat?

  10. Texnologiyalarni uzatish sohasida hatti-harakatlarning xalqaro Kodeksining boblarini mazmunini tushuntiring.

Asosiy adabiyotlar

  1. Карпова С.В. Практикум по международному маркетингу:

учебное пособие / С.В. Карпова. - М.: КНОРУС, 2010. - 200 с.

  1. Егорова Е.Н., Логинова Е.Ю. Коммерческая деятельность. Шпаргалки. - М.: «Эксмо». -2007. - 30 с.

  2. Короткова Т.Л. Коммерческая деятельность: учебник / под ред. Н.К. Моисеевой. - М.: Финансы и статистика, 2007. - 416 с.

  3. Лемке Г.Э. Секреты коммерческой разведки.- М.: «Ось-89», 2008.-416с.

  4. Минько Э.В. Основы коммерции: учеб. пособ. М.: ЮНИТИ- ДАНА, 2007. - 512 с.

  5. «Инкотермс»: Международные правила толкования торговых терминов. - М.: «Омега-Л», 2009. - 76 с.

МДХ мамлакатлари бозорига экспорт килиш: Амалий Кулланма.-Т.: Узбекистан бизнес форуми, 2009. 144б.12- BOB. XALQARO ShARTNOMALAR VA SANOAT
OB'EKTLARINI QURISY BO'YICHA FIRMALARNING
QO'SHMA FAOLIYFTINI TASHKIL ETISH

Ishlab chiqarish texnik aloqalarning bu ko’rinishi ikki yoki bir necha firmalarning buyurtmachi topshirig’i bo’yicha aniq natijaga - ma'lum bir sanoat ob'ektini qurishga yo’naltirilgan, qo’shma kelishilgan va kordinatsiya qilingan faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu faoliyat sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilish bilan birga loyihaviy, qurilish, injinerlik va boshqa ishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bunday tashkiliy hamkorlik sanoat ob'ektlarini qurishning xalqaro shartnomalari, ishlab chiqarish texnik hamkorlik hamda sanoat hamkorligi haqidagi kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Bunday kelishuvlar hamkorlarning ma'lum bir ob'ekt qurilishida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda o‘z vositalari va kuchlari bilan ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Bunda hamkorlar o‘rtasidagi munosabat mo‘ljallangan dastur bajarilganidan keyin kelishuv xarakatining muddati bilan chegaralanadi. Bunday kelishuvlar, qoidaga ko‘ra, mashina va uskunalar oldi-sotdisining oddiy shartnomalaridagiga qaraganda, tomonlar o‘rtasidagi munosabatning uzoq va ko‘p tomonliligini nazarda tutadi.
Sanoat ob'ektlarini qurishning xalqaro shartnomalari ishtirokchilarining miqdori va roli turli xil bo‘lishi mumkin. Birinchi tomondan, har doim buyurtmachi ishtirok etadi. Ikkinchi tomondan esa, har doim alohida mustaqil firmalar; uskuna yoki sanoat o‘rnatmalarining vositachisi yoki bir necha vositachilari; qurilish va injinerlik ishlari bo‘yicha pudratchilar va bir necha pudratchilar; konstruktorlik byurolari va maslahat firmalari; litsenziya kelishuvlari asosida texnologiya va xujjatlashtirishdagi ilg‘or firmalar; kompaniya kapitali bo‘yicha aralash, yuridik shaxs hisoblangan qo‘shma korxonalar; yuridik shaxs bo‘lmagan konsortsium, uyushma va boshqa birlashmalar ishtirok etadilar.

  1. Sanoat ob'ektlari qurilishi shartnomasining ko'rinishlari va
    mazmuni


Mustaqil firmalar bilan buyurtmachi quyidagi shartnomalarni imzolashi mumkin:
bir tomondan, sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilish ishlari bo‘yicha alohida shartnomalar, ikkinchi tomondan, qurilish va injenerlik ishlarini bajarish bo‘yicha alohida shartnomalar;
qurilish va injenerlik ishlarini bajarishga hamda sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilishni birdek ko’rib chiqadigan majmuali shartnoma. Bunday holatda buyurtmachi kontragenti sifatida bir firma - bosh kontragent ishtirok etadi, u barcha o‘tkazma va ishlar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi, hattoki u o‘tkazmalar va ishlarning bir qismini boshqa ishtirokchi - subvositachi yoki subpudratchiga bersa ham;
kalit osti” shartnoma buyurtmachi kontragenti buyurtmachiga munosabat bo‘yicha sanoat ob'ekti qurilishi ustidan to‘liq nazoratni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadi.
Buyurtmachi bilan sanoat uskunalarining bir yoki bir necha vositachilari yoki qurilish yohud injinerlik ishlari bo‘yicha pudratchi yoki pudratchilar bilan alohida shartnomalar imzolanganida har bir kontragent buyurtmachi oldida uni buyurtmachi bilan bog‘lovchi aniq shartnoma shartlariga muvofiq, unga topshirilgan o‘tkazma yoki ishning bajarilishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Bunda buyurtmachi yoki zaruriy natijaviylikni kuzatish maqsadida alohida o‘tkazmalarning bajarilishini hamda ish ko‘rinishlarini nazorat qilishni ta'minlaydi, yoki injener maslahatchini tayinlaydi va unga buyurtmachi nomidan bunday nazorat o‘tkazishni topshiradi va u bilan injinerlik- maslahat xizmatlarini taqdim etish haqida shartnoma imzolaydi.
Alohida shartnomalarni imzolashda buyurtmachining o‘zi, odatda, loyihani, loyiha konstruktorlik ishlarini ishlab chiqishga va qurilish maydonini tanlashga olib boradigan dastlabki tadqiqotlarni olib boradi. Lekin u muvofiq shartnomalar asosida bu ishni konstruktorlik byurolariga yoki injiner-maslahatchilarga ham topshirishi mumkin. Bu holatlarning har ikkisida ham buyurtmachi sanoat uskunalari vositachilari hamda qurilish va injenerlik ishlari bo‘yicha pudratchilar oldida ham mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ba'zan pudrat shartnomasida maxsus ta'kidlanadiki, qurilish va injenerlik ishlari bo‘yicha pudratchi qurilish maydoni loyihasi ma'lumotlarini tekshirish mas'uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Ayrim holatlarda buyurtmachi qurilish yoki injinerlik ishlari bo‘yicha pudratchiga qurilish maydoni bilan bog‘liq masalalarning hal qilinishi yuzasidan mas'uliyatni ham yuklaydi.
Buyurtmachi o‘z kontragentlarining har biri bilan alohida shartnoma imzolaydi, buning uchun u qoidaga ko‘ra, o‘zi imzolayotgan bitim toifasiga muvofiq keladigan oddiy shartnoma shaklidan foydalanadi. Bu ish va xizmatlar qurilish ob'ekti bo‘yicha ishlar butun hajmining tarkibiy qismi hisoblanishi haqidagi dalil buyurtmachi va uning kontragentlaridan har biri o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni deyarli o‘zgartirmaydi, modomiki, loyihaning muvaffaqiyatli tugallanishi uchun javobgarlik butunlay buyurtmachi zimmasiga tushadi. Bunda shuni ham ta'kidlash lozimki, buyurtmachi o’z kontragentlariga bu imkoniyat alohida shartnomalarda qanday ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shu darajada to‘qnash talablarni namoyon etishi mumkin. Shuning uchun ham buyurtmachi alohida shartnomalar asosida o’z kontragentlari majburiyatlari va mas'uliyatini sinchiklab aniqlash bilan birga, odatda, oldinda turgan ishlarning rejasi va dasturlarini tuzadi, shuningdek, ishning moddiy tomonini tashkil etadi, imkoni boricha kechikishlar xavfini kamaytirish, sanoat ob'ektlari qurilishi uchun zarur bo’lgan ishlar bajarilishidagi o’zaro nomuvofiqlik va ishlarning tugallanmaganligi kabi holatlarni kamaytirish maqsadida ishlar koordinatsiyasi va nazoratini amalga oshiradi.
Agar buyurtmachi o’zi etarli darajada to’liq qimmatga ega bo’lgan loyihaviy-konstruktorlik byurosiga ega bo’lsa, yoki uni yaratsa, unda u mazkur byuroga ishlarning loyihasini ishlab chiqish, tashkil etish, koordinatsiya va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasini yuklaydi. Boshqa holatda u bu ishni ixtisoslashgan konstruktorlik byurosiga yoki injener-maslahat firmasiga yoki ishlab chiqarishning xuddi shu tarmog’idagi boshqa sanoat korxonasiga topshiradi.
Qurilish sanoat ob'ektlari, shuningdek, qurilish va injenerlik ishlarining alohida shartnomalarini imzolash uslubidan quyidagi holatda foydalaniladi: agar buyurtmachi bir vaqtda qurilayotgan ob'ektda qo’llaniladigan ishlab chiqarish texnoloigyasining muallifi hisoblansa yoki agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni buyurtmachining o’zi tomonidan ishlab chiqilmagan va unga uchinchi tomondan taqdim etilgan bo’lsa. Bunday holatda buyurtmachi boshqa kontragentlar oldida ishlab chiqarishning mazkur texnologik jarayoni ustidan mas'uliyatni o’z zimmasiga oladi.
Sanoat ob'ekti qurilishi uchun texnologik jarayon vositachisi, odatda, mazkur loyihani amalga oshirish bilan bog’liq boshqa o’tkazmalar va xizmatlar shartnomalarini imzolashdan ham manfaatdor. Bu shu bilan shartlashganki, bunda agar u qurilishda umuman ishtirok etmagan bo’lsa, unga taqdim etilgan texnologiya asosida ob'ekt ishi natijalari ustidan mas'uliyatni o’z zimmasiga olishi juda qiyin bo’ladi.
Agar vositachiga qurilish uchun zarur bo’lgan loyihani va bir qator o’tkazma va xizmatlarni ishlab chiqish topshirilsa, unda u bosh kontragent hisoblangan holda ob'ektning loyihaviy ko’rsatkichlariga erishish kafolatini o’z zimmasiga oladi.
Buyurtmachi tomonidan qurilish va montaj ishlari hamda sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilish kabi ishlarni nazarda tutadigan majmuali shartnomalar imzolanishida ob'ekt qurilishi javobgarligi bosh kontragent zimmasiga yuklatiladi. Bu vazifani ko’pincha ishning katta qismini bajaradigan firma amalga oshiradi.
Xususan, qachonki, qurilish ishlari qiymati sanoat qurilmalari qiymatidan oshib ketsa, yoki qurilish ishlari bitimning bosh predmeti hisoblansa, bosh kontragent sifatida firma-pudratchi tayinlanadi.
Va, aksincha, qachonki, sanoat uskunasining vositachisi - bosh kontragent bo‘lsa, u buyurtmachi bilan, odatda bunday ishlarni tartibga soladigan shartnoma asosida qurilish va injenerlik ishlari subpudratchisiga uzatish imkonini beradigan nizomdan iborat bo‘lgan bosh shartnomani imzolaydi.
Buyurtmachi bilan “kalit osti” shartnomasini imzolashda kontragent buyurtmachiga munosabat bo‘yicha shartnoma shartlari, xususiyatlari va kafolatlariga muvofiq, foydalanish uchun tayyor bo‘lgan ob'ektni —buyurtmachi qo‘liga uzatish” va ob'ekt qurilishi ustidan to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. —Kalit osti” to‘liq shartnomasi, odatda, buyurtmachiga kontragent tomonidan sanoat ob'ektini topshirish, bu ob'ektdan foydalanishga tegishli bo‘lgan texnik xujjatlar va ko‘rsatmalarni nazarda tutadi. Ayrim holatlarda u dastlabki foydalanishda texnik yordam ko‘rsatish haqida qo‘shimcha nizomlarni, personalni o‘qitish yoki sanoat hamkorligining boshqa ko‘rinishlarini ham o‘z ichiga oladi. Bu qo‘shimcha nizomlar alohida bitimlarni imzolash yo‘li bilan ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit osti” shartnomalarida xorijda yaxlit sanoat majmuasini qurishda ko‘pincha, shu narsa ham nazarda tutiladiki, bunda buyurtmachi qurilish uchun zarur bo‘lgan yordamchi ishchi kuchini, ob'ektdan foydalanishda band bo‘ladigan ishchi kuchini, shuningdek, ob'ektni topshirish va kafolat muddati davomida uning ishi bilan bog‘liq sinovlar uchun zarur bo‘ladigan xom ashyo, xizmatlar va boshqalarni kontragent ixtiyoriga taqdim etadi. Ayrim shartnomalarda buyurtmachi qurilish maydonini tanlash ustidan javobgarlikni ham oladi.
Kontragent, qoidaga ko‘ra, —kalit osti” shartnomasi bo‘yicha o‘tkazma va ishlarni tashkil etish va koordinatsiya qilish ustidan javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oladi. Unga, odatda, subpudratchilarni tanlash huquqi beriladi, modomiki, buyurtmachi bu tanlovni ma'qul deb hisoblaydi, lekin kontragentning subpudratchi bilan keyingi munosabatlariga aralashmaydi. Bunday holatlarda kontragent bosh kontragent sifatida ishtirok etadi va bir o‘zi buyurtmachi oldida nafaqat o‘z shaxsiy xarakatlari yoki xatolari, shuningdek, o’z pudratchilarining harakatlari va xatolari ustidan ham javobgarlikni zimmasiga oladi.
Ba'zan buyurtmachi bosh kontragentda subpudratchini tanlash huquqini qoldirgan holda undan imzolangan subpudratli shartnomalar haqida axborotlarni talab qiladi. Ayrim holatlarda buyurtmachi ular tanlangan subpudratchilarni tanishtirishni, shuningdek, ular bilan imzolangan shartnomalarni taqdim etishlarini talab qiladi. Buyurtmachi hattoki bosh kontragentga subpudratchini ko‘rsatishi mumkinki, agar subpudratchi talab qilingan majburiyatni o‘z zimmasiga ololmasa kontragent uni rad etishi yoki rag‘batlantirishi mumkin.
Ayrim mamlakatlarda yirik sanoat ob'ektlari qurilishi bilan bog‘liq, ayrim injenerlik ishlariga, ba'zan esa uskunalarning alohida ko‘rinishlarini etkazib berishga taalluqli bo‘lgan ishlarning bir qismi buyurtmachi mamlakatning milliy korxonalarida qoldirishni afzal ko‘radilar. Bunday holatda bosh kontragent erkin tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan holda firma subpudratchisi sifatida ularni jalb qilishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, bu uni buyurtmachi oldidagi mas'uliyatdan ozod qilmaydi: u o‘z majburiyatlari uchun ham, subpudratchi majburiyatlari bajarilishi ustidan ham to‘liq javob beradi. Sanoat ob'ektlari qurilishi uchun xalqaro shartnomalarda tomonlar o‘rtasidagi hisob-kitob muammolarining murakkabligida, odatda, hisob-kitoblar tartibini aniqlashga katta e'tibor qaratiladi. Xususan, to‘lovlarni naqd, sotuvchi krediti bilan, xaridor krediti bilan, avans bilan to‘lash usullaridagi kelishuvlardan tashqari, bitimlarda, odatda, quyidagi masalalar ham juda aniq belgilangan:
tayyor mahsulot va bu mahsulotning tarkibiy qismlari hamkorlari orasida shart-sharoitning almashishi;
hamkorlik natijasida olingan tayyor mahsulot yoki uning komponentlari vositasida bir hamkordan ikkinchisiga taqdim etiladigan kreditlarni to‘liq yoki qisman qoplash sharti.
Tadqiqot va ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash;
Qo‘shma savdoni tashkil qilish;
Hamkorlik natijasida olingan daromadlarda tomonlarning ishtirok etishi;
Hamkorlardan birining qo‘shimcha xarajatlarni pul ko‘rinishida yoki mqhsulot ko‘rinishida yoki pul ko‘rinishidagi qisman vositalar yoki qisman mahsulotlar bilan to‘lashi tartibi;
Ob'ekt qurilayotgan mamlakatda sanoat hamkorligidan olingan daromadlarning reinvestitsiyasi tartibi;
Shartnoma ishtirokchilari to‘laydigan to‘lov valyutasi va shartnoma valyutasini aniqlash, shuningdek, almashinuv kurslarini moslashtirish.
Shartnomaning yana bir muhim punkti fors-major holatlarining yuzaga kelishi haqidagi vaziyatlar hisoblanadi. Bunday vaziyatlarga, xususan, eplab bo’lmaydigan kuchli vaziyatlar yuzaga kelganida ishtirokchi kompaniyalardan birining shartnoma bo‘yicha o‘z majuburiyatlarini bajara olmaganida buyurtmachi bilan shartnomaning amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi, shuning uchun kompaniya chiqaradigan mahsulot noyob bo‘lganligi uchun uni almashtirish imkoni bo‘lmaydi.
Xalqaro xo‘jalik yuritish tizimidagi iqtisodiy holatning beqarorligi uzoq muddatga imzolangan sanoat ob'ektlari qurilishining xalqaro shartnomalari bo‘yicha hamkorlarni vaziyatga bog‘liq holda yoki shartnomani o‘zgartirish yoki uni vaqtincha to‘xtatib turish bilan bog‘liq ma'lum mumkin bo‘lgan egiluvchanlikni ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shuning uchun ham shartnomada eng avvalo, tomonlarning fikriga ko‘ra, shartnoma bajarilishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatni aniqlash juda muhim. Bunday vaziyatlarga, quyidagilarni kiritish mumkin: hamkorlik natijasida olinadigan tovarlar kelib tushadigan bozorlardagi jiddiy o‘zgarishlar; bu tovarlarga xalqaro narxlarning tebranishi; ularni sotish imkoniyatlarining o‘zgarishi; hamkorlik mamlakatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, rejalari va dasturlarining o‘zgarishi; milliy qonunchilik, texnologiya, tannarx, xom ashyo materiallarining mavjudligi; hamkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar. Vaziyatlarning bu ro‘yhatini yana davom ettirish mumkin. Lekin u o‘zgartirib bo‘lmaydigan kuchlar vaziyatiga teng bo‘lmaydigan vaziyatlar haqida gap ketayotganligini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatlar haqiqatan ham, shartnoma bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan holatlardan mustasno.
Xuddi boshqa shartnomalar kabi, yirik sanoat ob'ektlarini qurishning xalqaro shartnomalari ularning ishtirokchilari o‘rtasida baxslarni tartibga solish xolatlari arbitraji haqidagi moddadan iborat.
Bunday shartnomadagi tomonlar xuddi xalqaro shartnomalardagi kabi qo‘llaniladigan huquqning erkin tanlovidan foydalanadilar. Bundan tashqari, alohida mamlakatlarning milliy xususiy huquqi, qoidaga ko‘ra, sanoat hamkorligida yuzaga keladigan yangi shartnomaviy munosabatlarni tartibga soladigan aniq me'yorlardan iborat emas. Shuning uchun ham tomonlar, odatda, shartnomada o‘z shaxsiy huquqiy o‘zaro munosabatlarini yaxshilab aniqlab oladilar, shuningdek, shartnomada tartibga solinmagan, ularning munosabatlariga mos keladigan savdo amaliyoti hamda qonunchiligi masalalariga boshchilik qiladilar.
Ko’pgina holatlarda yirik sanoat ob'ektini qurish shartnomasi bo’yicha tomonlarning o’zaro munosabati ob'ekt qurilishi tugaganidan keyin ham to‘xtatilmaydi, balki undan foydalanish bilan bog‘liq holda davom etadi. Bunday munosabatlarning huquqiy asosi hamkorlar o‘rtasida sanoat hamkorligi haqida imzolangan kelishuvdan iboratdir. Yirik sanoat ob'ektlari qurilishi bilan bog’liq shartnomalarda kontragentlar manfaatlari turli-tuman, bunda qanday ob'ekt qurish haqidagi istak bundan mustasno, buning ustiga sanoat hamkorligi haqidagi shartnoma doirasida sanoat ob'ektidan foydalanish bilan bog‘liq ular o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish barcha ishtirokchilar o‘rtasida sanoat ob'ektini maksimal darajada samarali bo‘lishiga umumiy holda intilishga asoslangan ma'lum bir umumiy manfaatlarni yaratish bilan muvofiqlashadi. Shunday qilib, vositachi ham, buyurtmachi ham oxir-oqibatda, bir vaqtda ob'ekt qurilishidan olinadigan mahsulot yoki uning komponentlari etkazib berishni nazarda tutadigan sanoat hamkorligi haqidagi shartnoma va ob'ekt qurilishi haqidagi shartnomaning predmeti hisoblanadi.
Shuni ham eslatib o‘tish joizki, mahsulot komponentlarini yoki oxirigi mahsulotni buyurtmachidan vositachiga etkazib berish ob'ekt qurilishi haqida xalqaro shartnomalar doirasida ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, yirik sanoat ob'ektlari qurilishini hamkorlik haqidagi shartnomalarni birlashtiradigan majmuali shartnomalarda uskuna vositachisi komponentlar yoki oxirigi mahsulotni uzatish vositasida uskunalar qiymatini to‘liq yoki qisman to‘lashga osonlik bilan rozi bo‘lishlari mumkin, modomiki, u o‘rnatmadan foydalanish bilan chambarchas bog‘langan va sifatga, o‘tkazmalarning boshqaruvchanligiga va narx darajasiga ahamiyatli kafolatlarni olishi mumkin. Bu agar yirik sanoat ob'ektlari qurilishi bilan bog‘liq sanoat hamkorligi haqidagi shartnomalar mahsulotni birgalikda sotishni nazarda tutsa, katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sanoat ob'ektlari qurilishi haqidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirish vositachi va buyurtmachi o‘rtasida hamda vositachi va buyurtmachi mamlakatidagi hamda uchinchi mamlakatlardagi subvositachilar o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomalarini imzolash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ba'zan sanoat ob'ekti qurilishi haqidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun texnik xizmatlarning, o‘tkazmalarning tovar harakati bilan bog‘liq xizmatlarning turli toifasini taqdim etish va tovarlar oldi-sotdisining 60-70 ta shartnomalari imzolanadi. Bunday shartnomalar ishtirokchi firmalarning milliy qonunchiligiga muvofiq, tartibga solinadi. Shu bilan bog‘liq holda sanoat ob'ektlari qurilishi bo’yicha xalqaro shartnomalarni imzolashda shartnomalarning ijrochi-firmalari tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy tartibga solishning yaxlit milliy xususiyatlari majmuasini hisobga olish zarur: fuqarolik, savdo huquqi me'yorlari, milliy qonunchilikning boshqa tarmoqlari. Yollanish, bo‘shatish haq to‘lash va boshqa mahalliy ishchilar mehnat sharoitlariga taalluqli bo’lgan buyurtmachi mamlakatning mehnat qonunchligi me'yorlarini kuzatishga, mehnat bitimlari, ijtimoiy sug’urta, soliqqa tortish va boshqalar bo‘yicha muvofiq hisobot va xujjat ishlarini yuritishga alohida ahamiyat berish lozim.

  1. Turli mamlakatlar firmalari bilan aniq loyihalarni amalga
    oshirishning tashkiliy shakllari


Yirik sanoat ob'ektlarini qurish bo‘yicha xalqaro shartnomalarda bir tomon sifatida ishtirok etuvchi qo‘shma kompaniyalar, konsortsiumlar, uyushmalar shaklida yaratilgan firmalarning birlashishi yirik sanoat ob'ektlarini qurish bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq barcha ishlarni bajarish ustidan buyurtmachi oldida to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Uyushma ichida uyushmaning har bir a'zosining funktsiyasi v mas'uliyati uyushma a'zolari o‘rtasida imzolangan maxsus ta'sis kelishuv bilan aniqlashtiriladi. Bu kelishuvda, xususan, uyushmaning yaratilishi maqsadi, uning amal qilishi tartibi, turli ishtirokchilarning majburiyatlari, har bir hamkor tomonidan bajariladigan xizmatlarning xarakteri, moliyalashtirish uslublari, buyurtmachiga munosabat bo‘yicha uyushmaning javobgarligi, bu javobgarlikning uyushma ichida taqsimlanishi, shuningdek, uyushmaning bekor qilinishi shartlari belgilanadi. Modomiki, odatda, buyurtmachi bir firma bilan ish olib borishni afzal ko‘radi, uyushma ishtirokchilari uyushmani holi qo‘yishni topshiradigan bosh yoki etakchi firmani tanlaydilar. Bu firma uyushma zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish ustidan buyurtmachi oldida javob beradi. Bunda u buyurtmachi bilan muzokaralar uchun aniq holatlarda u buyurtma talablariga bevosita tegishli bo‘lgan uyushmaning boshqa a'zolari yordamiga tayanadilar.
A'zolar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash doirasida shartnoma asosida yaratiladigan birlashmalarda (konsortsiumlarda, uyushmalarda), qoidaga ko‘ra, buyurtmachi oldida to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan bosh yoki etakchi firma tomonidan amalga oshiriladigan ishlar koordinatsiyasi haqidagi masalalarni hal qilishi zarur.
Bunday holatda bosh firma olingan qo‘yilmaga muvofiq unga tegishli bo’lgan mukofotdan tashqari ishlarning koordinatsiyasi bo’yicha qo‘shimcha majburiyatlar bilan bog‘liq alohida mukofotlarni ham oladi (yoki operatsiyalarning umumiy summasidan ma'lum bir foiz ko’rinishida yoki oldindan kelishilgan summa ko’rinishida).
Firmalarning birlashishi, odatda, ob'ekt qurilishi jarayonida (boshqa mamlakatlarning tabiiy resurslarni ishlab chiqish, qayta ishlash korxonalarini qurish va boshqalar) hamda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bosqichi tugaganidan keyin hamkorlar o’rtasidagi o’zaro aloqani, bu mahsulotning manzilli etkazmalar shaklidagi afzalligini nazarda tutadi. U hamkorlarning moliyaviy resurslarini birlashtirishni, qurilishni uskuna, materiallar va xizmatlarning aniq ko’rinishlari bilan moddiy-texnik ta'minotini nazarda tutishi mumkin. Bu shu bilan shartlashganki, yirik sanoat ob'ektlari qurilishi hamkor firmalarning muvofiq ixtisoslashuvini nazarda tutadigan murakkab texnologiyani, shuningdek, katta kapital qo’yilmalarini talab qiladi.
Shuning uchun ham moliyalashtirish muammolari firma birlashmalari ishtirokidagi yirik sanoat ob'ektlarini qurishda katta rol o’ynaydi.
Ob'ekt qurilishini moliyalashtirish uchun, odatda, ishlarning barcha ko’rinishlarini amalga oshirish xarajatlarini o’z ichiga oladigan moliyalashtirishning umumiy fondini yaratadi. Bu qo’shma fond, qoidaga ko’ra, uyushma a'zolarining badallari yordamida ularning ishning umumiy hajmida ishtiroki qiymatiga proportsional ravishda shakllanadi.
Konsortsium va uyushmalarda moliyalashtirish muammolari ba'zan har bir a'zoga xizmatlar qiymatini mustaqil moliyalashtirish majburiyatini ajratish yo’li bilan hal qilinadi, bu majburiyat unga shartnoma bo’yicha yuklanadi. Bunday uyushmalarning a'zolari, ma'lum bir ishlarni bajarish bo’yicha schetni buyurtmachiga yoki bosh firma orqali yoki bevosita taqdim etadi. Ba'zan umumiy schet shakli qabul qilinadi, bu holat uyushmaning har bir a'zosi uyushma a'zolari o’rtasidagi ishlar umumiy qiymatini taqsimlashga bog’liq holda kiritilgan o’z shaxsiy schetlarini ularni tekshiradigan, jamlaydigan va ularni umumiy xarajatlarga xos bo’lgan qismga qo’shadigan ish rahbariga yuborganida yuz beradi, bu rahbar buyurtmachiga birlashma (konsortsium, uyushma) nomidan yagona schetni taqdim etadi. Buyurtmachi tomonidan schet to’langanidan so’ng bosh firma umumiy xarajatlar va soliqlarni chegirgan holda ular oldindan tasdiqlagan shaxsiy schetlar asosida manfaatdor a'zolar o’rtasida olingan summani taqsimlaydi.
Birlashma a'zolari o‘rtasidagi hisob-kitoblardagi alohida muammo ob'ekt qurilishi to’lovlari qurilgan korxonada chiqariladigan tovarlarni manzilli etkazib berishning ma'lum bir qismida amalga oshirilgan holatlarda yuzaga keladi. Bunda uyushmaning ba'zi a'zolari tovar shaklida olingan to‘lovlardan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda shartnoma tovarning umumiy qiymati valyutada yoki kelishilgan valyutada kompensatsiya ko‘rinishida beriladigan aniqlanadi va bu qiymat xizmatlardan yoki uyushmadagi ulushdan manfaatdor a'zolarning narxi yoki daromadi qismida hisoblanadi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, kompensatsiya ko‘rinishida beriladigan tovarlar qiymati bu tovarni olgan birlashma a'zosiga belgilangan summadan oshib ketadi. Bunda u o‘ziga tegishli ulushga bog‘liq holda o‘zining boshqa a'zolari orasida ajratib turgan ortiqcha ulushni birlashmaga qaytarishga majbur. Ba'zan kelishuvda uyushma haqida tartib oldindan belgilanadi. Unga muvofiq, savdo birgalikda amalga oshiriladi yoki kompensatsiya sifatida buyurtmachi tomonidan qo‘yilgan barcha tovarlar yoki ularning bir qismi maxsus organ orqali beriladi va olingan foyda muvofiq proportsiyada birlashma a'zolariga to‘lanadi.

  1. Tabiiy resurslarni ishlab chiqishda hamkorlik haqidagi
    bitimlarning xususiyatlari


Xalqaro amaliyotda foydali qazilmalarni razvedka qilish va qazish bo‘yicha bir tomondan rivojlanayotgan mamlakatlar davlat organlari, ikkinchi tomondan xorijiy firmalar(firma birlashmalari) o‘rtasida imzolanadigan bitimlar keng tarqalgan. Bunday bitimlar kontsession nomini olgan.
Tabiiy resurslarni ishlab chiqishdagi hamkorlikning asosiy xususiyatlaridan yana biri unga tegishli bo‘lgan kelishuvlar razvedkaning dastlabki bosqichlarini nazarda tutishidir. Bu masala manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi kelgusi munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, razvedka katta xarajatlar bilan, ko’pgina hollarda - ijobiy natijalar bermaydigan kapital qo‘yilmalari bilan bog‘liq. Shuning uchun ham tabiiy resurslarni razvedka qilish haqidagi bitimlarda xarajatlarni, bu xarajatlar amortizatsiyasini, va muvaffaqiyasizlik holatlarida risklarning tomonlar o‘rtasida taqsimlanishi belgilab olinadi. Agar razvedka ijobiy natijalarga erishsa va tabiiy resurslarni amaliy qazib olishga olib kelsa, bitimda manfaatdor tomonlarning ishlanmani tashkil etish va amalga oshirishdagi ishtirok etishi tartibi aniqlanadi. Salbiy natijalar olinganida ko‘pincha xarajatlarni razvedka ishlari topshirilgan xorijiy firma o’z zimmasiga oladi ayrim holatlarda bu xarajatlar dastlabki shartnomada b elgilangan chizmaga muvofiq, tomonlar orasida taqsimlanadi.
Ijobiy natijalarga erishilganda, agar resurslarni ishlab chiqish razvedkada ishtirok etgan tomonlar hamkorligi asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lsa, dastlabki shartnomalarda razvedka bo‘yicha xarajatlarni kim o‘z zimmasiga olishi kerakligi haqidagi masala, shuningdek, javobgarlikni taqsimlash haqidagi hamda o‘zlashtirish bosqichida tomonlar o‘rtasidagi mukofotlarni taqsimlash masalalari belgilab olinadi.
Ko‘pgina holatlarda tabiiy resurslarni ishlab chiqishda ishtirok etgan xorijiy firmani taqdirlash qazilgan mahsulotni yoki dastlabki ko‘rinishda, yoki qazib olingan mamlakatda qayta ishlangan holatida berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Olingan bunday mahsulotlar, qoidaga ko‘ra, bunday bitimlarning bosh maqsadi hisoblanadi. Xorijiy firma - tabiiy resurslarni razvedka qilish va qazib olish uchun uskuna va texnologiyalarni etkazib berish orqali nisbatan arzon narxlarda tanqis xom ashyoni doimiy olish uchun tabiiy resurslarni topish va qazib chiqarishda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar va riskni o‘z zimmasiga oladi. U ko‘pincha hamkorlik natijasida olingan tovarlarni mazkur resurslarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilish uchun belgilangan muddatdan oshmagan vaqtda etkazib berish haqidagi shartnomani imzolashga xarakat qiladi. Shuning uchun ham amaliyotda tabiiy resurslarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish haqidagi shunday shartnomalar uchraydiki, ularga muvofiq, resurslarni qo‘shma ishlab chiqish haqidagi bitim muddati tugaganidan keyin resurslarni ishlab chiqish uchun texnologiya, texnik yordam va uskunalarni berishga kelishilgan tomon tovar etkazib berish shartnomasini cho‘zish yoki resurslarni ishlab chiqishda hamkorlik haqidagi shartnoma xarakatini va tovar etkazib berishni bir vaqtda to‘xtatishdan birini tanlashi lozim.
Mazkur masala bo‘yicha qanday qaror qabul qilinishidan qat'iy nazar shartnomada resurslarni ishlab chiqish natijasida mahsulot oladigan xorijiy firmaga tovar etkazib berishda tovar etkazib berish ob'ektlari, aniqlash va ularning narxlarni o‘zgartirish uslublari ko‘rsatilishi lozim. Narxlar razvedka va ishlab chiqish bosqichida xorijiy firma tomonidan kiritilgan foyda uchun mukofotning bir qismini tashkil qiladigan katta yoki unchalik katta bo‘lmagan chegirmalar bilan birga bozor narxlari bazasida belgilanadi. Bundan tashqari, bunday shartnomalar narxni ko‘rib chiqish haqidagi bo‘limda ham belgilanishi mumkin. Bunda narxlar hamkorlik shartnomasining muddati tugagunga qadar resurslarni ishlab chiqish natijasida olingan tovarlarni etkazib berish haqida yoki shartnoma amal qilishi muddati tugaganda tovarlarni etkazib berish haqida gap ketayotganligiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.
Tabiiy resurslarni ishlab chiqish hamkorligining xususiyati - xorijiy ishtirokchi bilan hamkorlik natijasida olingan mahsulotning katta qismi qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yangi sanoat ob'ektlarini yaratish imkoniyatidir.

  1. TABIIY RESURSLARNI IShLAB ChIQISh VA QAZISh
    UChUN QO'ShMA KORXONALARNI YARATISh


Xalqaro amaliyotda tabiiy resurslarni razvedka qilish va ishlab chiqish, bu ob'ektlar bilan bog‘liq qurilish sohasida hamkorlikning tashkiliy shakli sifatida tabiy resurs egasi bo‘lgan mamlakatning davlat tashkiloti va xorijiy firma ishtirokidagi qo‘shma korxona tuzish juda keng tarqalgan.
Foydali qazilmalar konlarini razvedka qilish va ishlab chiqish ko‘pincha quvur o‘tkazgichlari, elektrostantsiyalar, portlar, sanoatni qayta ishlash korxonalari qurilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham qo‘shma kompaniyalar foydali qazilmalarni razvedka qilish hamda qazish va sanoat ob'ektlarini va infratuzilma ob'ektlarini qurishni o‘z ichiga olgan yirik shartnomalarni bajarish uchun vaqtincha birlashadi. Bu maqsadda qo‘shma korxonalarni tuzish rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham birdek keng tarqalgan. Modomiki, ularning yaratilish motivi va birlashma xarakteri ko‘p holatlarda butunlay boshqacha.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, avvalo, xom ashyo manbalariga kirish va savdo bozorlarini egallab olish maqsadini nazarda tutadi. Xom ashyoni qazib chiqqan va uni dastlabki qayta ishlagan qo‘shma korxona(xorijiy firma) xom ashyo egasi va etkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Bu, zamonaviy xom ashyoni qazish va qayta ishlash ko‘p kapital talab qiladigan, resurslari nisbatan cheklangan bir sharoitda, xorijiy firmaga katta daromad keltiradi. Yirik kompaniyalar o‘z kapital va kuchlarini birlashtirib, xom ashyo manbalarini egallab, mahalliy ishchilarga kam ish haqi to‘lagan holda korxonalarda yangi texnikadan foydalanish natijasida yuqori daromad olishni maqsad qilib qo‘yadilar. Ularning yana bir xarakterli xususiyati rivojlanayotgan mamlakatlar davlat kapitalining bunday qo‘shma korxonalarda yanada kengroq ishtirok etishidir. Davlat kapitali va rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy korxonalarini qo‘shma korxonalarda ishtirok etishga jalb qilish, bir tomondan, bu mamlakatlar hukumatlarining talablari va xorijiy kapitalni jalb qilishdan ularning manfaatdorligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, TMKlarning rivojlanayotgan mamlakatlardagi mahalliy korxonalar uchun berilayotgan ma'lum bir imtiyoz va engilliklardan foydalanish maqsadida tuziladi.
Shunday qilib, qo‘shma kompaniyalar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladigan qo‘shma tadbirkorlik faoliyati TMK larning sanoat ob'ektlarini qurishda rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumati bilan ishlab chiqarish aloqalarini amalga oshirishning namunaviy shakllaridan biriga aylandi. U ko‘p hollarda hamkorlarni xom ashyo qurilgan ob'ekt materiallari bilan ta'minlashga yo‘naltiriladi va ularning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlashni ta'minlaydi.
Ikki yoki bir necha firmalar tomonidan tabiiy resurslarni razvedka qilish va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni amalga oshirish uchun uyushmalarni yaratish ishlab chiqarish texnik hamkorligining etarli darajada keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Uyushmalar, odatda, tabiiy resurslarni ishlab chiqishda hamkorlik haqidagi aniq shartnomalarni amalga oshirish uchun yaratiladi.
Qisqa xulosalar
Ishlab chiqarish texnik aloqalarning bu ko‘rinishi ikki yoki bir necha firmalarning buyurtmachi topshirig’i bo’yicha aniq natijaga - ma'lum bir sanoat ob'ektini qurishga yo‘naltirilgan, qo‘shma kelishilgan va kordinatsiya qilingan faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu faoliyat sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilish bilan birga loyihaviy, qurilish, injinerlik va boshqa ishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bunday kelishuvlar hamkorlarning ma'lum bir ob'ekt qurilishida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda o‘z vositalari va kuchlari bilan ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Bunda hamkorlar o‘rtasidagi munosabat mo‘ljallangan dastur bajarilganidan keyin kelishuv xarakatining muddati bilan chegaralanadi. Bunday kelishuvlar, qoidaga ko‘ra, mashina va uskunalar oldi-sotdisining oddiy shartnomalaridagiga qaraganda, tomonlar o‘rtasidagi munosabatning uzoq va ko‘p tomonliligini nazarda tutadi.
Mustaqil firmalar bilan buyurtmachi quyidagi shartnomalarni imzolashi mumkin:
bir tomondan, sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilish ishlari bo‘yicha alohida shartnomalar, ikkinchi tomondan, qurilish va injenerlik ishlarini bajarish bo’yicha alohida shartnomalar;
qurilish va injenerlik ishlarini bajarishga hamda sanoat uskunalarini etkazib berish va montaj qilishni birdek ko‘rib chiqadigan majmuali shartnoma. Bunday holatda buyurtmachi kontragenti sifatida bir firma - bosh kontragent ishtirok etadi, u barcha o‘tkazma va ishlar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi, hattoki u o‘tkazmalar va ishlarning bir qismini boshqa ishtirokchi - subvositachi yoki subpudratchiga bersa ham;
kalit osti” shartnoma buyurtmachi kontragenti buyurtmachiga munosabat bo‘yicha sanoat ob'ekti qurilishi ustidan to‘liq nazoratni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadi.
Ob'ekt qurilishini moliyalashtirish uchun, odatda, ishlarning barcha ko‘rinishlarini amalga oshirish xarajatlarini o‘z ichiga oladigan moliyalashtirishning umumiy fondini yaratadi. Bu qo‘shma fond, qoidaga ko‘ra, uyushma a'zolarining badallari yordamida ularning ishning umumiy hajmida ishtiroki qiymatiga proportsional ravishda shakllanadi.
Sanoat ob'ektlari qurilishi uchun xalqaro shartnomalarda tomonlar o‘rtasidagi hisob-kitob muammolarining murakkabligida, odatda, hisob- kitoblar tartibini aniqlashga katta e'tibor qaratiladi. Xususan, to‘lovlarni naqd, sotuvchi krediti bilan, xaridor krediti bilan, avans bilan to‘lash usullaridagi kelishuvlari aniq belgilanadi
Yirik sanoat ob'ektlarini qurish bo‘yicha xalqaro shartnomalarda bir tomon sifatida ishtirok etuvchi qo‘shma kompaniyalar, konsortsiumlar, uyushmalar shaklida yaratilgan firmalarning birlashishi yirik sanoat ob'ektlarini qurish bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq barcha ishlarni bajarish ustidan buyurtmachi oldida to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Xalqaro amaliyotda foydali qazilmalarni razvedka qilish va qazish bo‘yicha bir tomondan rivojlanayotgan mamlakatlar davlat organlari, ikkinchi tomondan xorijiy firmalar(firma birlashmalari) o‘rtasida imzolanadigan kontsession bitimlar keng tarqalgan.
Foydali qazilmalar konlarini razvedka qilish va ishlab chiqish ko‘pincha quvur o‘tkazgichlari, elektrostantsiyalar, portlar, sanoatni qayta ishlash korxonalari qurilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham qo‘shma kompaniyalar foydali qazilmalarni razvedka qilish hamda qazish va sanoat ob'ektlarini va infratuzilma ob'ektlarini qurishni o‘z ichiga olgan yirik shartnomalarni bajarish uchun vaqtincha birlashish maqsadida yaratiladi.
Ikki yoki bir necha firmalar tomonidan tabiiy resurslarni razvedka qilish va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni amalga oshirish uchun uyushmalarni yaratish ishlab chiqarish texnik hamkorligining etarli darajada keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Uyushmalar, odatda, tabiiy resurslarni ishlab chiqishda hamkorlik haqidagi aniq shartnomalarni amalga oshirish uchun yaratiladi

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish