Xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda tuziladigan tijorat bitimlar turlari.
Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda tuziladigan kontraktlarning asosiy turi - bu keyinchalik tovarni qo‘yish bilan qo‘yilgan namunalar bo‘yicha bitimlardi (modellar, chizmalar, kataloglar bo‘yicha).
Bitimning boshqa turi - eksponatlarni o‘zini sotish: mashina va uskunalar, uzoq foydalaniladigan predmetlar va keng iste‘moldagi ba‘zi bir tovarlar. Bunday bitimlarni tuzishda xaridor sotib olingan tovarni ko‘rgazma yoki yarmarka yopilishi birlan olib ketishi kelishib olinadi. Bunday bitimlar odatda franko-yarmarka sharti bilan tuziladi. Ayrim hollarda eksponent tovarni xaridorga etkazib berishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda tovar ushbu mamlakatdan reeksport qilinmasa, kim bojxona bojini to‘lashi belgilanadi.
Ushbu ko‘rgazma yoki yarmarkada o‘rnatilgan umumiy qoidalarga aosan yoki hukumatlararo kelishuvga muvofiq eksponentlar kontengentlar o‘rnatish chegaralarda ko‘rgazma yoki yarmarka hududidagi ma‘lum miqdorda tovarlar olib kirishi va sotish mumkin. Ushbu kontingentlar o‘lchami eksponentga barcha xarajatlarini mahalliy valyutada qoplashga imkon beruvchi, stendlar band etgan maydonlar, transport xarajatlari va uning a‘zolarining etib kelishi xarajatlarini qoplash summasi belgilanadi.
Ko'rgazma va yarmarkalar faoliyatini tartibga so luvchi
tashkilotlar.
Ko‘rgazma va yarmarkalar faoliyatini tartibga solish ko‘rgazma yoki yarmarka o‘tkazilayotgan davlat idoralar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
- Mahalliy idoralar-bular xalqaro aloqalar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi vazirliklar va muassasalar, savdo palatalari, sanoatchilar va savdo qiluvchilar assotsiatsiyasi, jamoat tashkilotlari va shahar munitsipalitetlaridir. Ular tomonidan yarmarkalarni boshqarish bo‘yicha doimiy ishchi organlar va vaqtinchalik bo‘lgan yuridik shaxs maqomini olgan ko‘rgazmalarni boshqarish bo‘yicha ko‘rgazma ko‘mitalari yoki boshqarmalari tashkil etiladi. Boshqarma yoki qo’mitalar tegishli apparat orqali ko‘rgazma va yarmarkalarni tayyorlash va o‘tkazilishni tashkil etadilar. Ko‘rgazma va yarmarkalar ishtirokchilari va ularni tashkil etuvchilarning huquqiy holati belgilangan tartibdagi reglament yoki ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish qoidalari bilan aniqlanadi.
Ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkaziladigan mamlakatlar hukumati ularga moddiy bazani yaratishda va eksponentlar va ular yuklariga turli imtiyozlar yaratishda ko‘maklashadilar.
Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar ko‘mitalari va boshqarmalarining tashkiliy-texnik ishini muhim shakli bo‘lib, ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy- texnik tajribani almashishga ko‘maklashuvchi tadbirlarni o‘tkazish, tovarlar reklamasini amalga oshirish hisoblanadi. Bu tadbirlar xalqaro savdoga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘rgazmaga mutaxassislar, sanoatchilar, savdo xodimlarini jalb etish orqali eksport-import bitimlarining summasini ko‘paytiradi. Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish shakllari va tartibga solish ayrim mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
- Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarga quyidagilar kiradi.
1931 yilda tashkil etilgan ko‘rgazmalar xalqaro byurosi, u 1928 yildagi Parij konventsiyasini bajarishni kuzatish uchun yaratilgan. Konventsiyaning vazifalariga turli mamlakatlar o‘rtasida mumkin bo‘lgan etishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida rasmiy xalqaro ko‘rgazmalarni tashkil etish tartibini reglamentlash, ko‘rgazmalarni tasniflash, ko‘rgazmalarni tashkil etuvchi va unda qatnashuvchi mamlakatlar huquq va majburiyatlarini aniqlash, eksponent tovarlaga munosabatlar belgilash tartibini ishlab chiqish kiradi. Konventsiya ko‘rgazmalar tashkil etish muddatini, ular kategoriyasiga, qarab aniqlanadi. Ko‘rgazmani tashkil etuvchi mamlakat taklifnomalarni tarqatishdan 6 oy avval uni xalqaro ko‘rgazmalar byurosida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.
Konventsiya ko‘rgazma ishtirokchilari uchun qator imtiyozlarni ko‘zda tutadi; eksponatlar uchun maydonlarni tekin berish; eksponatlarni orqaga qaytarib olib ketish majburiyati bilan vaqtinchalik poshlinasiz keltirish; pavilon va stendlarni yaratish uchun qurilish materiallari, kataloglar va boshqa reklama nashrlarini poshlinasiz olib kirish. Agar bunga mamlakat qonunlari to‘sqinlik qilmasa, eksponent o‘z eksponatlarini ko‘rgazma tugashi bilan sotish huquqiga ega.
Xalqaro yarmarkalar ittifoqi 1925 yilda xalqaro yarmarkalar doimiy hamkorligini qo‘llab-quvvatlash va va tashkil etish, ular faoliyati doiralarini kengaytirish va davlatlararo tovaraylanishi rivojlanishiga ko‘maklashish, ular huquqlarini rivojlanishiga ko‘maklashish, ular huquqlarini himoyalash maqsadida yaratilgan. Ittifoq xususiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq a‘zolari ta‘sischi-a‘zolar, huquqiy va favquloddagi a‘zolarga bo‘linadi. Ta‘sischi-a‘zolar bo‘lib shunday yarmarkalar hisoblanadiki, ya‘ni ular tashabbusi bilan ittifoq tuzilgan bo‘ladi. Ittifoqning haqiqiy a‘zoligiga o‘z mamlakati hukumati tomonidan xalqaro deb huquqiy tan olingan, nufuzli tashkilotlar tomonidan yaratilgan, b esh yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat olib boruvchi, uning yarmarka jihozlariga ega, vositachilarga bog‘liq bo‘lmasdan sanoat va savdo firmalarini ishtirokchi sifatida jalb etuvchi yarmarkalar qabul qilinadi. Haqiqiy a‘zolari bo‘lib, ittifoq a‘zolari bo‘lgan, boradigan mamlakatlarida xalqaro yarmarkalarga bo‘lmaydigan yarmarkalar bo‘lishi mumkin. Favqulodda a‘zolari sifatida shunday yarmarkalar qabul qilinadiki, ular bitta yoki bir necha xalqaro yarmarkalar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda tashkil etilgan bo‘ladilar.
Xalqaro yarmarkalar ittifoqi yarmarkalar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi tadbirlar loyihasini ishlab chiqadilar, yarmarkalar o‘tkazish kalendar jadvalini tuzadilar, o‘z a‘zolari o‘rtasidagi tortishuvlarni echish uchun arbitraj komissiyasini tuzadilar, xalqaro yarmarkalar reklamasiga ko‘maklashadi, oylik jurnal chop etadi. Ittifoq o‘z faoliyatida quyidagi natijalarga erishdi: xalqaro yarmarkalar hududida bojxona omborlari to‘g‘risidagi nizomni tarqatdilar; bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirdilar; yarmarka ishtirokchilariga import kontingentlarini ajratish, yarmarkada o‘rnatilgan ixtirolar yarmarka yuklarini tashishiga imtiyozli transport tariflarini belgilash.
BMT Evropa iqtisodiy komisiyasi huzuridagi tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha komissiya ishchi guruhi 1955 yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga 20ta mamlakat vakillari hamda xalqaro yarmarkalar ittifoqi va xalqaro savdo palatasi kiradi. Guruh BMT a‘zo mamlakatlari xukumatlariga namunalar yarmarkasi va ko‘rgazmasi bo‘yicha ma‘muriy imtiyozlar, ishlab chiqqan. Ushbu tavsiyalar ko‘rgazma va yarmarkalar ishtirokchilariga vizalar berish (bepul, qisqa muddatlarda-15 kundan ortiq emas), stendlarni bezash uchun (poshlinasiz) reklama va qurilish materiallarini kiritish, eksponat va sinab ko‘rish uchun namunalar (poshlinasiz), eksponentlarga xorijiy valyutani olish tartibi, ularga tovar kontingentlarini berish tartibini aniqlaydi.
Sanab o‘tilgan xalqaro tashkilotlardan tashqari ayrim tovar guruhlari bo‘yicha xalqaro tarmoq ko‘rgazmalari va yarmarkalari vaqtinchalik birlashmalari ham mavjud: avtomobillar; mototsikllar, metall qirquvchi stanoklar, poligrafiya uskunalari, tekstil bo’yicha. Ushbu xalqaro tashkilotlar xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etishga
ko‘maklashadilar, uning ishtirokchilari uchun imtiyozlarni yoyishga harakat qiladilar.
Qisqa xulosalar
Reklama (lotincha - qichqirmoq) bu biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir.
Reklamaning asosiy vositalariga spravochnik va vaqtli matbuot reklamasi, pechat reklamasi radio va elevidenie reklamasi, kinoreklama, sirtqi yoki tashqi reklamalar, savdo joylaridagi reklama, ashyoviy reklama, tovar bezagidagi reklamalar, nufuzli reklama va tovarni ishlatib ko‘rish yo‘li bilan reklama qilish va boshqalar kiradi.
Reklama agentligi - ixtisoslashgan firma bo’lib, o’z mijozlariga loyihalar tuzish va reklamani amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi.
Reklama agentliklarini quyidagi tamoyillar bo‘yicha tasniflash mumkin:
ko‘rsatilgan xizmat xajmi bo‘yicha - «butunlay xizmat ko‘rsatuvchi» agentliklar (bozorni tadqiq qilishdan tortib barcha xizmatlarni o‘z zimmasiga oladi) va xizmati cheklangan agentliklar;
ko‘rsatilgan xizmatning ko‘rinishi bo‘yicha - universal, ixtisoslashgan (ma‘lum tovarlar yoki reklama vositalari bo‘yicha);
faoliyat doirasi bo‘yicha - ichki bozordagi va ichki hamda tashqi bozordagi.
«butunlay xizmat ko‘rsatuvchi» agentliklar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga savdo-reklama siyosatining umumiy va alohida masalalari bo‘yicha maslahatlar beradilar; sanoat firmalariga u yoki bu tovar chiqarishning maqbulligi haqida tavsiyalar beradilar; reklama kompaniyasining reja va smetalarini tuzadilar, uning harakati muddati va davomiyligi aniqlaydilar; kompaniya rejasiga muvofiq xarid joyi, vaqti va xizmatini amalga oshiradilar; reklamaga tayyorgarlikni amalga oshiradilar. Shu tarzda «butunlay xizmat ko‘rsatish agentligi» reklama kompaniyasini ishlab chiqish va yurgizish bilan bir qatorda marketing bilan bog‘liq bir qator xizmatlarni ham bajaradi.
Reklama beruvchilar sifatida nafaqat sanoat korxonalari, shuningdek, turli xil xizmatlarni, inijiring, transport, sug‘urta, maslahat va boshqa xizmatlarni taklif etuvchi firmalar ham ishtirok etishlari mumkin.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Xalqaro amaliyotda reklamaning o‘rni qanday?
Xalqaro amaliyotda ko‘rgazmaning o‘rni qanday?
Xalqaro amaliyotda yarmarkalar faoliyatining o‘rni qanday?
Mamlakatimizda reklamaning rivojlanishi haqida nima deya olasiz?
Reklama faoliyatini tashkil qilish qanday olib boriladi?
Reklamaning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini tushuntiring.
Reklamaning asosiy vositalari nimaladan iborat?
Reklamani amalga oshirishning tashkiliy shakllari qanday?
Asosiy adabiyotlar
Карпова С.В. Практикум по международному маркетингу: учебное пособие / С.В. Карпова. - М.: КНОРУС, 2010. - 200 с.
Егорова Е.Н., Логинова Е.Ю. Коммерческая деятельность. Шпаргалки. - М.: «Эксмо». -2007. - 30 с.
Короткова Т.Л. Коммерческая деятельность: учебник / под ред. Н.К. Моисеевой. - М.: Финансы и статистика, 2007. - 416 с.
Лемке Г.Э. Секреты коммерческой разведки.- М.: «Ось-89», 2008.-416с.
Минько Э.В. Основы коммерции: учеб. пособ. М.: ЮНИТИ- ДАНА, 2007. - 512 с.
«Инкотермс»: Международные правила толкования торговых терминов. - М.: «Омега-Л», 2009. - 76 с.
МДХ мамлакатлари бозорига экспорт килиш: Амалий Кулланма.-Т.: Узбекистан бизнес форуми, 2009. 144б.
Do'stlaringiz bilan baham: |