Xalqaro tijorat ishi


Tovar bezagidagi reklamalar



Download 3,44 Mb.
bet144/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Tovar bezagidagi reklamalar. Bu bezaklar bevosita tovar qadoqlanishi bilan bog’liq (etiketkalar, karobkalar, flakonlar, paketlar). Yaxshi bezatilgan qadoq salohiyatli iste’molchilarning e’tiborini tortishning faol vositasi bo’lib, unda reklama qilinayotgan tovarni sotib olishga istak uyg’otadi.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi magazinlarda, posilka savdosida qadoqlash sotuvchining ko’p vazifalarini bajara boshladi. U tovar haqida barcha ma’lumotlarni bera boshladi: narxi, og’irligi, yaroqlilik muddati, qo‘llash usuli yoki tayyorlanishi.
Tovarni ishlatib ko'rish yo'li bilan reklama qilish. Tovarlarni yarmarka va ko‘rgazmalarda, xonadagi namunalarda, konsignatsion omborlarda namoyish qilish reklamaning ishochli vositalaridandir. U xaridorlarga tovarning afzalliklar va xususiyatlarini yaxshi tushunishda yordam beradi. Bu asosan, mashinalarni, uskuna va priborlarini namoyish qilishga taalluqli bo‘lib, xaridorlarni konstruktsiyalarning afzalliklariga, yuqori ishlab chiqaruvchanligiga, chiqarilgan mahsulotning sifatiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Namoyish davrida sotish shartlari, narxi, muddati, etkazib berish muddati va boshqalar haqida axborot qabul qilish mumkin.
Nufuzli reklama («Pablik rileyshnz») faqat tovar reklamasinigina emas, firma reklamasini ham o‘z ichiga oladi. Tayyorlovchi firmaning ilmiy tadqiqotlardagi, zamonaviy loyihalashtirishdagi, ishlab chqarishning ilg‘or usullaridagi va yangi texnologiyalar bilan ta‘minlanganligidagi, xaridorlarga ongli xizmat ko‘rsatishdagi muvaffaqiyatlari ommalashtiriladi. Ommalashtirish ob‘ekti korxonaning umumiy siyosati, uning tarixi, malaka oshirishning zavod tizimi, alohida rahbar xodimlar hisoblanadilar.
Nufuzli reklama ongli, rejali, davomiy tadbirlarni o‘tkazishni nazarda tutadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: axborot - firma faoliyati, uning imkoniyatlari, mahsulot nomenklaturasi haqida turli ma’lumotlar; nufuzli - ishlab chiqarish texnologiyalarining yuqori darajasi firmaning keng aloqalari, rahbarlarning kompetentliligi haqida taassurot uyg‘otish; barerli - tashviqotchilik usullari yordamida reklamadagi raqobatchilarning tovarlariga nisbatan va ularning bozorga chiqishida qiyinchiliklar tug‘dirish; reklama oldi - xaridorlarda tovar reklamasini o‘zlashtirishni engillashtirish natijasida uyushmalar ma‘lum namunalar yaratish; eslatuvchi - tovar belgisini tashviqot va reklama qilish va ommalashtirishning boshqa shakllari.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun turli vositalardan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: pechat axboroti, press-konferentsiya, press- suhbat, ommaviy ma‘ruzalar, korxonalarga safar uyushtirish, kino, radio, televidenie, stipendiya va fond muassasalari, o‘quv yurtlariga va boshqa muassasalarga o‘quv qo‘llanmalarini berish, sovg‘alar va kichik suvinerlar berish.

  1. Reklamani amalga oshirishning tashkiliy shakllari

Reklama ishlarining hajmi, reklama vositalarining qo’llanilishidan qat’iy nazar rivojlangan mamlakatlarda reklama tadbirlarini o’tkazish turlicha tashkil qilinadi. Ular yoki o‘z shaxsiy reklama bo‘limlarini o‘zlari tashkil qiladilar va reklamani o‘zlari pechatga tayyorlaydilar yoki ixtisoslashgan reklama agentliklari xizmatidan foydalanadilar.
Reklama bo’limlari. Reklama ishlari unchalik ko’p bo’lmagan firmalarda reklama bo‘limlari bevosita tijorat direktoriga bo‘yinsunadilar. Bu direktorlar asosiy masalalarni aniqlaydilar va ularni ishlab chiqish, bajarish va nazorat qilish uchun reklama bo‘limlariga uzatadilar. Reklama hajmi katta bo‘lgan yirik firmalarda reklama bo‘limlari boshqaruvchi boshchiligida ishlab chiqarish bo‘limlarida tashkil etiladi.
Reklama bo‘limi odatda, o‘z guruhi tarkibida funktsional tamoyil asosida va reklamaning asosiy vositalari bo‘yicha qurilgan tarmoq guruhlariga ega.
Savdoni kengaytirish bo‘yicha guruhlar firma tomonidan chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
xaridorlar tomonidan talab va so‘rovlar tadqiqoti asosida bozorni o‘rganuvchi guruh firma faoliyatini umumiy yo‘nalishini aniqlashda hisobga olinadigan marketing bo‘limiga tavsiyalar beradi;
reklama samaradorligi va reklama vositalari xarajatlari ustidan nazorat guruhlari reklama kompaniyalari ishlarini nazorat qiladi va ularning samaradorligini reklama vositalarining yaxlit va alohida ko‘rinishlari bo‘yicha aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Reklama bo‘limi tarmoqlari vazifalariga reklama usullari va vositalarini tanlash, turli reklama materiallarini tayyorlash (katalog, prospekt va boshqalar), pechat va boshqa reklama turlarini (kinoreklama, televidenie reklamasi) tayyorlashga buyurmalarni joylashtirish, ko‘rgazmalarni tayyorlash va o‘tkazish, nashriyotlarda joylarni band qilish, radio va televidenie kompaniyalarida vaqtni xarid qilish ham kiradi. Reklama bo‘limining ishlab chiqarish tarmog‘i reklama materiallarining asosiy qismini mustaqil tayyorlaydilar.
Agar reklama bo‘limi reklama agentligi bilan bog‘lanmasa, unda reklama mahsulotlarini tayyorlash va reklamalarni tarqatish vositalari bilan aloqador mutaxassislarga ega bo‘lishlari kerak.
Reklama bo‘limi ishlab chiqarish bo‘limi bilan mustahkam aloqada bo‘lishi lozim.
Reklama agentligi - ixtisoslashgan firma bo’lib, o’z mijozlariga loyihalar tuzish va reklamani amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. Ular bir tomondan, o’z tovarlarini reklama qiluvchi sanoat, savdo va boshqa firmalar o’rtasidagi vositachi sifatida, ikkinchi tomondan, gazeta va jurnal kontsernlari, radio va televizion kompaniyalari o’rtasidagi vositachi sifatida ishtirok etadilar.
Reklama agentliklarini quyidagi tamoyillar bo’yicha tasniflash mumkin:

  • ko’rsatilgan xizmat xajmi bo’yicha - «butunlay xizmat ko’rsatuvchi» agentliklar (bozorni tadqiq qilishdan tortib barcha xizmatlarni o’z zimmasiga oladi) va xizmati cheklangan agentliklar;

  • ko’rsatilgan xizmatning ko’rinishi bo’yicha - universal, ixtisoslashgan (ma’lum tovarlar yoki reklama vositalari bo’yicha);

  • faoliyat doirasi bo’yicha - ichki bozordagi va ichki hamda tashqi bozordagi.

«butunlay xizmat ko’rsatuvchi» agentliklar juda keng tarqalgan bo’lib, ular o’z mijozlariga savdo-reklama siyosatining umumiy va alohida masalalari bo’yicha maslahatlar beradilar; sanoat firmalariga u yoki bu tovar chiqarishning maqbulligi haqida tavsiyalar beradilar; reklama kompaniyasining reja va smetalarini tuzadilar, uning harakati muddati va davomiyligi aniqlaydilar; kompaniya rejasiga muvofiq xarid joyi, vaqti va xizmatini amalga oshiradilar; reklamaga tayyorgarlikni amalga oshiradilar. Shu tarzda «butunlay xizmat ko’rsatish agentligi» reklama kompaniyasini ishlab chiqish va yurgizish bilan bir qatorda marketing bilan bog’liq bir qator xizmatlarni ham bajaradi. Agentlik reklama beruvchilar bilan dastlabki sotuv rejasini tuzish davridayoq hamkorlik qila boshlaydi.
Reklama beruvchi va agentlik o’rtasidagi munosabat ular o’rtasidagi kelishuv asosida imzolanadi. Bu kelishuvda agentlik tomonidan taklif etiladigan barcha xizmatlarning kompleksi hisobga olinadi. Reklama agentligi reklamani tarqatish vositalari to’lovlarini o’z mijozi hisobidan amalga oshiradi. Shuning uchun mijoz agentlik hisobiga to’lovlarni o’z vaqtida to’lashi lozim. Reklama agentlarining xizmatlari reklama beruvchilar tomonidan emas, agentlik reklamani joylashtirgan reklama vositasi orqali to’lanadi. Oddiy komission mukofot hajmi reklama qiymatidan 15% iga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, «butunlay xizmat ko’rsatuvchi» agentliklar xarajatlar qiymati qo’shilgan kompensatsiya va bozorni o’rganish, iste’molchilar tovarlari tuzilishini tahlil qilish xaridorlar psixologiyasiga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish kabi xizmatlar uchun kafolatli daromadlar oladilar. Agentliklar reklama beruvchilardan tez-tez reklamani ishlab chiqarish qiymati to’lovi ko’rinishidagi aniq summa va reklamaga buyurtmalarning shartnomaga kiritilgan hajmi bajarilmaganli uchun kompensatsiya, bir martalik favqulotdagi buyurtmalar uchun mukofotlar ham oladilar.
Rivojlangan mamlakatlarda reklama agentliklarining ahamiyatli miqdori hisobga olingan. Lekin ularning ichida o’z qo’lida katta reklama faoliyatni jamlagan yirik reklama agentliklar sanog‘lidir. Dunyodagi eng yirik reklama agentligi Yaponiyaning «Dentsu» reklama kontserni hisoblanadi. AQSHning yirik reklama agentliklar - «Yang end Rubikem», «Ogilvi end Mazer», «Batten, Barton, Durstin end Osborn», «BBDO». Bu gigant-agentliklar o‘zida xorijda bir qancha filial va shu‘ba korxonalariga ega yirik xalqaro firmalarni mujassamlashtirgan.
Angliya reklama bozorida o‘nta yirik reklama agentligi mavjudki, ularning ulushiga reklama xarajatlari umumiy summasining 24% to‘g‘ri keladi. Ulardan 6 tasi amerika gigant agentliklari filiallaridir. Masalan, «Dj. Uolter Tompson», «London Press Ischeyndj», «S.X. Benson».
Reklama beruvchilar sifatida nafaqat sanoat korxonalari, shuningdek, turli xil xizmatlarni, inijiring, transport, sug‘urta, maslahat va boshqa xizmatlarni taklif etuvchi firmalar ham ishtirok etishlari mumkin. Sanoat korxonalari ichida reklamaga katta mablag‘ sarflovchi firma-gigantlarni ajratish mumkin. AQSHda 110 ta yirik korporatsiya ulushiga iste‘mol tovarlari reklamasiga ketgan xarajatlarning 56% i to‘g‘ri keladi. O‘nta yirik reklama beruvchi ulushiga AQSH dagi reklama xarajatlari umumiy hajmining 10% i to‘g‘ri keladi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish