Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Download 417,74 Kb.
bet20/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Diplom ishi

* geografik chegaralanmaganlik;
* raqobatning deyarli yoʻqligi;
* tinglovchilar radio havolasidan saytga oʻtib, istalgan eshittirish yoki musiqani tanlab eshitishlari. Nega onlayn-radio bugungi kunda dolzarb? Avvalo:
* inson jahonning istalgan nuqtasida jonajon radiosini oʻz ona tilida eshita olishi;
*onlayn radio eshitish bilan bir qatning oʻzida boshqa saytlardan maʼlumotlarni izlashi yoki zarur ishini bajarishi;
*arzimagan toʻlov evaziga foydalanuvchilar tavsiya etilayotgan xizmatlardan foydalanib oʻz radioshousini yarata olishlari;
* MP3-fayllarni arxivga saqlab qolib, uni keyinroq tinglashlari;
* onlayn radio tok-shousiga bevosita qatnashishlari;
* onlayn radioni har bir qiziqqan odam oʻzi minimal toʻlov va uskunalar – kompyuter, mikrofon va internet toʻlovi orqali tashkil eta olishi va hokazo52.
Xususiy onlayn radioni ochish uchun quyidagi bepul platformalar mavjud:
* Blog Talk Radio
* Live365
* Streema
* Tuner 24
* Tune In
* Streaming The Net53
Internet radio anʼanaviy radiodan farqli oʻlaroq oʻz eshittirishlarini bir necha marotaba efirga uzatishi mumkin. Yaʼni, foydalanuvchi radio havolasi bilan ulashilsa, boshqa tinglovchi xuddi shu eshittirishni oʻzi istagan paytda tinglash imkoniyatiga ega boʻladi.
Bugungi kunda yurtimizdagi deyarli barcha radiokanallar ushbu tizimga joylashtirilgan. Masalan, “Oʻzbekiston”(www.uzbekradio.uz), “Oʻzbegim taronasi”(www.fm101.uz), “Yoshlar”(www.fmyoshlar.uz) va «Grand» (www.grand.uz ) shular jumlasidan. Respublikada FM formatida NavoOnline, Qalbim navosi, TTV.Radio, uRadio, Uzbek.FM, “Uzbek.FM Online radio” kabi onlayn radiolar faoliyat yuritib kelmoqda. Masalan, “Uzbek.FM Online radio” uzluksiz shaklda uzatiladigan, internetda uzbek.fm domeni ostida faoliyat yuritayotgan kanal. Radio 24 soat uzluksiz faoliyat yuritadi. Har kuni Toshkent vaqti bilan kechasi 12 da shu kungi dastur boshlanadi va kun davomida yangi xabarlar bilan yangilanib turadi. Radio saytida tinglovchilar uchun “ovozli maktub” xizmati yoʻlga qoʻyilgan. Tinglovchi radioga fikr-mulohazasini mikrofon orqali yozilgan ovoz tarzida yuborishi mumkin. Onlayn radio “Uzbek.FM«da madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixiga oid tahliliy mavzular bilan bir qatorda, inson huquqlari, adolat va erkinliklar uchun kurash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbek radiosi mualliflari bu radioning oddiy tinglovchilarga minbar sifatida xizmat qilishi va kelajakda jamoatchilik radiosiga aylantirish istagida ekanini yashirishmaydi.
Sayt bir nechta boʻlimdan iborat. “Bosh bet”, “Estrada”, “Qoraqalpogʻiston yangiliklari”, “Media”, “Foto”, “Yulduzlar”, “Forum” va “SMS”.
Har bir boʻlimda qiziqarli xabar va yangilik, eshittirishlar joy olgan. Masalan, «Qaraqalpaqstan janaliqlari» boʻlimida izchil ravishda yangiliklar berib boriladi. Unga radio orqali uzatiladigan «Kun janaligʻi» joylashtiriladi. Ammo, baʼzida yangiliklar yangilanmay qoladi.
“Estrada” boʻlimida esa, qoraqalpoq estradasi haqidagi turkum eshittirish va xonandalar haqida maʼlumotlar beriladi. “SMS” boʻlimiga sayt mijozlari oʻzlarining dasturlar, sayt haqidagi taklif va fikrlarini bildiradi. Foydalanuvchilar tomonidan saytga joylangan videolarning baʼzilarini koʻrish imkoni yoʻqligi va dasturlar tez-tez yangilanib turishini xohlashini bildirishgan. Radio internetda oʻzining anʼanaviy yutuqlari (ovoz, musiqa, badiiy shovqin)dan tashqari yana bir qator imtiyozlarga ega. Internet esa oʻzida bir qator funksiyalarni mujassamlashtirdi: elektron pochta, reklama, eʼlonlar, elektron savdo, kutubxonalar va boshqalar. Bularning asosiysi – isteʼmolchiga turli mazmundagi axborotlarni yetkazish boʻldi. Bu yerda vaqtning “temir oqimi” (lineynost vremeni) isteʼmolchiga taʼsir qilolmaydi. Onlayn radioning eng katta yutuqlaridan biri - u ovoz bilan tasvirni oʻz ichiga qamrab oladi. “Nukus FM” radiosida ham kunlik eshittirishlarning koʻp qismi ovoz shaklida uzatiladi. “Estrada”, “Yulduzlar”, “Media” boʻlimlari esa tasvirdan iborat54.
Isteʼmolchi mazkur boʻlimdagi qoʻshiq va videolarni tomosha qilishi va uni koʻchirib olishi imkoniga ega. Buning uchun esa u saytning faol ishtirokchisi boʻlishi lozim.
Saytdagi dasturlarni eshitishda qisqa uzilishlarni kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa, bu videolarni tomosha qilishda 2-3 daqiqaga choʻziladi. Bu esa sayt isteʼmolchisini zeriktirishi va qiziqishining susayishiga sabab boʻlishi mumkin.
Onlayn radio ochiq-oshkora faoliyat koʻrsatadi55. Unda OAVning boshqa turlariga nisbatan radioeshittirishlarning virtual kenglikda joylashtirilishi ancha oson kechadi. Chunki ovozni internetda joylashtirish texnik jihatdan hech qanday muammo emas. Buning uchun audioplatoning oʻzi kifoya56.
Hozirda O‘zbekistonda “A’lo FM”, “Navo-Onlayn”, “Radio Maxima”, “Qalbim navosi”, “Life FM”, “Radio-uzbek FM”, “Oriat Dono” kabi onlayn radiolar faoliyat yuritadi. Ularda dasturlarning aksariyati ko‘ngilochar. Musiqiy kompozitsiya, radio fonotekasidagi yozuvlar, o`tmishga sayohat, olis va yaqin hindistoan, bu sizga, davr, tug`ilgan kuningiz bilan, tungi dildosh, yo‘ldoshingiz va boshqa eshittieishlar berib boriladi.
Internet jurnalistikasini Oʻzbekistonda paydo boʻlishiga dastlabki qadamlar Xalq soʻzi” «Narodnoye slovo» «Pravda Vostoka» «Zerkalo XXI» kabi gazetalari oʻzining elektron nusxalarini yaratilishi bilan asos solindi. Oʻsha davrda sanoqli boʻlgan electron nashrlar bugungi kunga kelib, yaʼni 1254 ta OAV roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shulardan 173 tasi veb-resurslardir (2012-yil maʼlumotiga koʻra). Bu Oʻzbekistondagi umumiy ommaviy axborot vositalarining taxminan 14% ini elektron nashrlar tashkil qiladi deganidir. Shulardan 13%i davlat 87%i nodavlat elektron nashrlar hissasiga toʻgʻri keladi. Hozirgi kunda har bir radiostansiya o‘z rasmiy sahifasiga ega. Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat radiostansiyalar faoliyatiga doir fikrlarni bildirish imkoniyatini berdi, hattoki radiodasturlarga o‘zgartirishlar kiritishga ham sababchi bo‘ldi. Tinglovchilar o‘z fikrini bildirishiga keng yo‘l ochildi. Endilikda, insonlar biror voqeaning guvohi bo‘lishsa, telegram va instagram orqali radiostansiyaga xabar berishadi, telegram messenjeri orqali ovozli xabar yo‘llashadi. Bu xabarlar saralab olinib, efirga uzatiladi. Masalan, “Avtoradio” da “Xalqona telegram” loyihasi mavjud. Bunda tinglovchilar haydovchi va piyodalarga o`z murojaatini yo‘llaydi, ko`chalardagi tirbandliklar haqida ma’lumot berib, boshqa yo`ldan aylanib o`tishni tavsiya etishadi. Shuningdek , haydovchilar o`z boshidan o`tgan voqelarni so`zlab beradi, haydovchilarni ogohlikka chaqiradi. “Davlatim otam”, “Jannatim onam” radioeshittirishlarida tinglovchilar ota-onasiga audioxabarlar yo‘llashadi. Bugun tinglovchilar radioeshittirishlar tayyorlashda to‘laqonli qatnashmoqda. Italiya davlat radiostansiyasi “Rai Radio 3” o‘zining “Twitter”dagi obunachilari soni bilan maqtana oladi. Ular juda faol bo‘lib, har bir eshittirishni muhokama qilishadi. O‘tgan davr bilan solishtirganda, zamonaviy radiotinglovchilarning imkoniyatlari bisyor. Ular matnli, audio xabar yozishadi, hattoki radio ijodkorlariga video murojaat ham yo‘llashi mumkin. Avvallari radioga reklama beruvchilar tinglovchilarga e’tibor berishar edi. Bugun tadbirkorlarning e’lonlari radiostansiyalarning rasmiy sahifasiga ham joylashtiriladi. Bu holatda tinglovchilar bilan bir qatorda, internet foydalanuvchilari ham xizmatlar va mahsulotlar haqida ma’lumot olishadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz onlayn ommaviy axborot vositalari eng samarali axborot uzatish va muloqot vositasi, zamonaviy jamiyatning muhim ijtimoiy institutlaridan biriga aylandi. Aynan uning zimmasiga ijtimoiy ong shakllanishi va taraqqiyotiga oid eng muhim vazifalar yuklatiladiki, ularni amalga oshirishda muttasil takomillashuv jarayoni alohida oʻrin tutadi. Shu oʻrinda, onlayn jurnalistikasining oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlgan qisqalik va loʻndalik bevosita onlayn OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalist ijodiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Chunki onlayn jurnalist axborotni bir necha koʻrinishda uzatar ekan, unda qoʻllanilgan uslub vositalari foydalanuvchiga oʻziga xos taʼsir oʻtkazadi. Internetda axborot matn shaklda uzatsa, u bemalol boshqa elementlardan (sxemalar, ovozlar va boshqalar)dan foydalanish imkoniga ega. Matnga qoʻyilgan foto, yaʼni vaqtga muhrlangan voqealar aksi uzatilayotgan axborotning taʼsirchanligini yana-da oshiradi. Matnga qoʻyilgan ovoz foydalanuvchiga hissiy taʼsir qiladi, uzatilayotgan axborot samaradorligini oshiradi va taʼsirini kuchaytiradi, videosyujetlar, animatsiya axborotni kengaytirilgan, toʻliq shaklda berish imkonini yaratadi. Albatta, jurnalistikadagi konvergensiya jarayoni materialning yana-da oʻqishli, axborotning esa keng koʻlamli boʻlishini taʼminlaydi. Ammo, shu oʻrinda bir savol yuzaga keladi. Internet materialning tili auditoriyani oʻylantirishi, unga hissiy taʼsir oʻtkazishi uchun qanday boʻlishi lozim? Maʼlumki, til jamiyatga nisbatan olib qaraganda, oʻziga xos funksiyani bajaradi va bu nutq faoliyatida oʻz aksini topadi. Bular: 1) kommunikativ funksiya; 2) fikrni ifodalash funksiyasi; 3) soʻzlovchining ichki holatini ifodalash funksiyasi yoki ekspressiv funksiyadir. Til vositalaridan nutq faoliyatida foydalanishda jamiyat tomonidan oʻrnatilgan muayyan ijtimoiy, aniqrogʻi, maʼrifiy va madaniy meʼyorlarga rioya qilish talab etiladi. Buni internet jurnalisti ijodida ham koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtgan va internet tizimida ommaviy axborot vositalari maqomi asosida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat veb-saytlar ham anʼanaviy OAV kabi yagona oʻzbek adabiy tili vositalaridan foydalanadi. Ammo internet materiallarida juda ham koʻp grammatik xatolar uchraydi. Bu soʻz tuzilishi, jumlada soʻzlarning bogʻlanishi, gap qurilishi gʻalizligi jurnalistga nisbatan salbiy munosabatga va foydalanuvchiga maʼlumotni toʻgʻri yetkazishda toʻsqinlikka sabab boʻladi. Koʻp hollarda soʻzlarning notoʻgʻri joylashuvi gap mazmunini tushunishda qiyinchilik tugʻdiradi. Masalan: kun.uz saytida muallifi koʻrsatilmagan “Mahallada xotira kuni nishonlandi” materialida ketgan uslubiy gʻaliz gapni uchratish mumkin: “Mana ikki-uch kundan beri hamma bir-birini tabriklagan gʻalaba bilan, deydi” degan gapni olsak, uning toʻgʻri koʻrinishi quyidagi shaklda boʻlishi lozim: “Mana, ikki - uch kundan buyon hamma bir-birini gʻalaba bilan tabriklagan”. Koʻp hollarda jurnalistlar otlarni kelishiklarda notoʻgʻri qoʻllab, xatoga yoʻl qoʻyadi.
Xalq soʻzi” gazetasining https://xs.uz/uz sayti mavjud boʻlib, unda 8 ta rukn bor. Ular: Siyosat, Hujjatlar, Iqtisodiyot, jamiyat, Dunyo, Sport, Madaniyat, Ilm-fan va innovatsiya. Har bir rukn oʻziga xos materiallar uzluksiz berib boriladi. Shuningdek, ularda gazetaning ayrim maqolalari ham berib boriladi. Oʻzbekistonda koʻplab gazetalarning saytlari mavjud boʻlib, ularda muntazam materiallar berib boriladi. Gazetaning saytlardan farqi, unda materiallarning nisbatan hajmi katta, tahliliy boʻladi. Saytlar qisqalikka asoslangani uchun, gazetadagi materiallarning aksariyati saytda ketmaydi, ketsa ham qisqartirilgan holatda beriladi. Chunki auditoriya oʻziga kerakli maʼlumotni qisqa va tushunarli olishni xohlaydi. Mazkur saytdagi maʼlumotlarni sakkizta tilda oʻqish mumkin, shuningdek, unda ijtimoiy sahifalari ham berib oʻtilgan. Bundan tashqari, gazetaning APK yaʼni telefonda oʻqib borish uchun dasturi ham ishlab chiqilib, saytda berib oʻtilgan.
Saytda faqat matnli emas, rasmli, videoli materiallar ham berib boriladi. Bu esa, uning auditoriyasining kengayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, har bir materialning sifatli joylashtirilishi undan foydalanuvchilar uchun juda katta ahamiyatga ega boʻladi.


Xulosa
Olimlar keyingi siyosiy jarayonlarda qurol emas, balki bilim va axborot hal qiluvchi kuchga aylanishi haqida tinmay bong urayapti. Bu jarayonlarda ijtimoiy tamoqlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqatish erkinligi nazoratsizlik yoki aksincha axborotni qat’iy nazoratda ushlab turishmi? Yaqin istiqbolda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Faoliyati hech qanday rasmiy yoki axloqiy hujjatlar bilan chegaralanmagan ijtimoiy tarmoqlar davlatlar tinchligi, insonlar ruhiy salomatligiga qay darajada xavf solmoqda yoki aksincha ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiti jamiyat rivojiga qay darajada hissa qo‘shmoqda? Bu masalalar yuzasida hozircha aniq bir fikrni aytish qiyin. Chunki ijtimoiy tarmoqlar ham inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Unda tarqatilayotgan axborotlar ong va psixalogiya bilan chambarchas bog‘liq hodisa bo‘lib, u ongga yetib borgan, ta’sir etgan holatdagina mavjud bo‘ladi. Tarmoqlar faoliyatining bundan keyingi taraqqiyoti jamoatchilik fikrini boshqarish yo‘lidagi harakatlari ham shu qonuniyatlarga asoslanadi. Inson ruhiyatining chuqur tadqiq etilishi uni osonroq boshqarish imkonini berdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar faoliytini yaxshiroq o‘rgangan tashkilotchilar kimga nima kerakligini, hatto, o‘sha odamning o‘zidan ham yaxshiroq bilishadi. Bu narsa odamlarni qanchalik erkinlikka erishgani bilan fikran kimlargadir baribir bo‘ysunishini bildiradi. Ushbu insonlar informatsion xurujlar, turli targ‘ibotlar natijasida bizga qanday yashashimiz kerakligini o‘rgatishmoqda. Bu jarayonda OAV odamlarga to‘g‘ri yo‘l korsatuvchi vositaga aylanishi kerak. Garchi g‘arbda ijtimoiy tarmoqlarga ommaviy axborot vositasining bir turi sifatida qaralsa-da, bizda hali bunday tushuncha yo‘q. Lekin bugun ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan to‘laligicha foydalanmasa, tarmoqlar bilan aloqani yaxshi yo‘lga qo‘ymasa, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan informatsion urushlarda ojiz bo‘lib qolishi turgan gap.
Ijtimoiy tarmoqlarning yutuqlari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tishni o‘rinli deb bilamiz:
Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot almashuv tezligi, sodir bo‘lgan voqea-hodisa haqida qisqa muddat ichida xabardor bo‘lish imkoniyati;
Ikkinchidan, uzoqdagi do‘stlarimiz bilan jonli muloqot o‘rnata olishimiz, do‘stlar orttirishimiz, uzog‘imizni yaqin qilishga yordam beradi.
Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlar shaxsni o‘zini rivojlanishi uchun ham xizmat qilishi mumkin. Ya’ni, bu yerda turli chet tillarini o‘rganish, kitob o‘qish, yaxshi musiqa tinglash, badiiy-hujjatli filmlar ko‘rish. Undan tashqari, maxsus video darsliklar orqali barcha qiziqarli ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
To‘rtinchidan, ijtimoiy tarmoqlar biznes maydoni vazifasini ham bajarib kelmoqda. Xohlagan mahsulotni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, uni sotish yoki xarid qilib olish mumkin.
Beshinchidan, ijtimoiy tarmoqlar OAV axborot uzatishida tezkorlik va qulaylik yaratdi.
Olimlar keyingi siyosiy jarayonlarda qurol emas, balki bilim va axborot hal qiluvchi kuchga aylanishi haqida tinmay bong urayapti. Bu jarayonlarda ijtimoiy tarmoqlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy kamchiligi sifatida biz quyidagilarni e’tiborga oldik:
Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan axborot oqimining juda ko‘pligi, ammo shu bilan birga ularning 100 foiz ishonchli emasligi tufayli ularda e’lon qilingan materiallarning hammasi ham jurnalistika talablariga javob bermasligi;
Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday ma’lumot inson ongiga, psixologiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifamizni tekshirayotib, kimdir qo‘ygan salbiy posti yoki axboroti bizni ham dilimizni xira qilib, kayfiyatimizni tushirishi mumkin;
Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘p muloqot qilish real muloqotga bo‘lgan layoqatni susaytiradi.
Inson ruhiyatining chuqur tadqiq etilishi uni osonroq boshqarish imkonini berdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini yaxshiroq o‘rgangan tashkilotchilar kimga nima kerakligini hatto o‘sha odamning o‘zidan ham yaxshiroq bilishadi. Bu narsa odamlarni qanchalik erkinlikka erishgani bilan fikran kimlargadir baribir bo‘ysunishini bildiradi. Ushbu insonlar axboriy xurujlar, turli targ‘ibotlar natijasida bizga qanday yashashimiz kerakligini o‘rgatishmoqda. Bu jarayonda OAV odamlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi vositaga aylanishi kerak. Garchi g‘arbda ijtimoiy tarmoqlarga ommaviy axborot vositasining bir turi sifatida qaralsa-da, bizda hali bu jarayonlarga yetib kelganicha yo‘q.
Bugun ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanmasa, tarmoqlar bilan aloqani yaxshi yo‘lga qo‘ymasa, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan axborot urushlarida ojiz bo‘lib qolishi turgan gap. Internet nashrlari bu narsani yaxshi uddalamoqdalar. Mamlakatning yirik internet nashrlari “kun.uz”, “daryo.uz”, “repost.uz”, “qalampir.uz”, “xabar.uz”lar bugun rasmiy saytlari bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlar (facebook, twitter, instagram, telegram)da o‘z sahifa va kanallarini faollik bilan yuritmoqdalar va kerak bo‘lsa, bu orqali yaxshigina daromad ham ko‘rmoqda. Bugunga kelib nafaqat xorijiy, balki milliy jurnalistikamizda ham ijtimoiy tarmoqlarni o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada oshib bormoqda. Milliy OAVlarning rivojida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni haqida esa ilmiy risolalar va maqolalarda afsuski fikrlar kam uchramoqda.
Shu nuqtayi nazardan, milliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlanishi uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari suramiz:

Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish