Xalqaro jinoyat adliya tizimi takomillashib bormoqda. Shu
kungacha butun dunyo hamjamiyatiga tahdid soluvchi o‘ta og‘ir
jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni ta‘qib qilish uchun vaqtincha xalqaro
sudlar (tribunallar) – ad hoc (maxsus shu uchun, faqat shu holat uchun –
lotin.) tuzilar edi. Hozirgi kunda ad hoc organlari bilan birga doimiy
Xalqaro jinoyat sudi faoliyat ko‘rsatmoqda.
4. Xalqaro sud faoliyati. Xalqaro huquqni muhofaza qilish
faoliyatini takomillashtirish muammolari
Xalqaro jinoyat sudlarini va tribunallarni shartli ravishda ikki
toifaga bo‘lish mumkin:
- ad hoc tribunallari:
a) Ikkinchi jahon urushida g‘olib davlatlarning bitimi asosida takil
etilgan xalqaro tribunallar (Yevropa mamlakatlarining asosiy harbiy
jinoyatchilarini sudlash va jazolash uchun tuzilgan Xalqaro harbiy
tribunal 1945 y., Uzoq SHarq mamlakatlari uchun Xalqaro harbiy
29
tribunal 1946 y.) BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida
tuzilgan tribunallarni (sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan jiddiy
xalqaro gumanitar huquqbuzarliklar uchun javobgar shaxslarni sud
qilish uchun Xalqaro tribunal 1993 y., Raunda bo‘yicha Xalqaro tribunal
1994 y.);
b) xalqaro maqomga ega davlat ichki sudlari va tribunallar, masalan,
Syerra-Leone bo‘yicha Maxsus sud va Kambodjada tuzilgan “qizil
kxmerlar” ustidan sud qilish uchun Favqulodda palatalar va boshqalar;
- doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tribunallar. Bugungi kunda Xalqaro
jinoyat sudi – dunyodagi yagona ana shunday organ hisoblanadi
12
.
Umuman olganda, xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatini
takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar murakkab yurisdiksiya
xususiyatiga
ega
hamda
xalqaro
jinoyat
huquqi
tizimining
serqirraligidan iboratdir.
Jinoyatlar va boshqa turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash turli
xalqaro huquqiy maqom va huquqiy tartibotga ega quruqlik, dengiz va
havo sathi chegaralarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar, ular joylashgan obyektlar (havo
va suv kemalari, qit‘a shelfidagi statsionar platformalar va b.) hamda
huquqni muhofaza qilish faoliyati subyektlari turli huquqiy maqomga
egadirlar. Mazkur shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, davlatlar va
ularning huquqni muhofaza qilish organlari mazkur sohada chora-
tadbirlarni
amalga
oshirishda
turli
imkoniyatlarga
ega.
Ular
“yurisdiksiya” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Eng avvalo, davlat yurisdiksiyaning ikkita bir-biri bilan bog‘liq
tarkibiy qismiga e‘tibor qaratish lozim – qonunchilik (majburiy)
yurisdiksiya, ya‘ni uni o‘rnatish mumkin bo‘lgan va davlat tomonidan
ijro etilishi mumkin bo‘lgan ijro etuvchi yurisdiksiya. Ular huquqni
muhofaza qilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazariy jihatdan davlatlar o‘z qonunchiligi yordamida ularning
fuqarolari va obyektlariga, boshqa muhim manfaatlariga turli jabhalarda
tahdid soluvchi barcha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan
yurisdiksiya o‘rnatishlari mumkin. Xususan, davlatlar chet el fuqarolari
tomonidan ularning hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyatlarga,
xatto kosmik kemalar bortida sodir etilgan bo‘lsada, agar bu xatti-
harakatlar
mazkur
davlatlarga
qarshi
yo‘naltirilgan
bo‘lsa,
ularganisbatan ham o‘rnatishlari mumkin.Bundan tashqari o‘z
11
Игнатенко Г.В. Халқаро жиноят суди халқаро ҳуқуқ субъекти сифатида // Россия халқаро ҳуқуқ
солномаси 2003. Махсус нашр. СПб, 2003. 12-17 б.
30
yurisdiksiya doirasida amalga oshirishda davlatlarning imkoniyatlari
cheklangandir. Ular mazkur davlatlar suvereniteti, xorijiy davlatlar
suvereniteti ta’sir doirasi va xalqaro huquq bilan belgilanadi. Shuning
uchun ijro etuvchi yurisdiksiya chegaralari allaqachon qonunchilik
yurisdiksiya chegaralari bo‘lishi mumkin.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishni huquqiy
jihatdan tartibga solish politizim xususiyatga ega, chunki u ham xalqaro
ham davlat ichki me‘yorlari bilan bog‘liq, unda ishtirok etuvchi
mamlakatlarning huquq tizimi mazkur ikki mustaqil huquqiy tizim
me‘yorlariga tayanadi.
Yuqorida ta
‘kidlab o‘tilgan hamkorlik qilish yo‘nalishlari xalqaro
shartnomalar bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomalar milliy va chet
el adabiyotida turli ta
‘riflarning mavjudligiga qaramay, uning
subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tamoyillardan
iborat, maxsus huquiy tizim sifatida e
‘tirof etiladigan xalqaro huquq
manbalaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida eslatib o‘tilgan hamkorlikning har bir shakliga tegishli me‘yorlarni o‘zida
mujassam etgan BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatga qarshi Konvensiyasini (2000) misol
tariqasida keltirish mumkin. Ba’zi shartnomalar faqat ulardan biriga tegishli bo‘lgan
me‘yorlardan tarkib topgan. Masalan, 1957-yil 13-dekabrdagi “Jinoyatchilarni ushlab berish
to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi va 1959-yilda 20-apreldagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro
huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi faqat jinoyat sudlov sohasida
huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangandir.
Ta‘kidlab o‘tilgan hamkorlik qilish yo‘nalishlarining ayrimlari
(xalqaro jinoyatlar tadqiqoti, ularni sodir etishda aybdor shaxslarni
jinoiy ta‘qib qilish va jazolash) alohida xususiyatlarga ega, chunki ular
xalqaro tashkilotlar va organlar vakolat doirasiga masalan, Xalqaro
31
jinoyat sudi vakolatiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |