NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Keng va tor doiradagi huquqni muhofaza qilish faoliyati
tushunchasiga ta’rif bering.
2.
Huquqni
muhofaza
qilish
faoliyatining
tashkiliy-huquqiy
shakllarini yoriting.
3.
Huquqni muhofaza qilish faoliyati tushunchasi va belgilarini
ayting.
4.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini
yoriting.
5.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining prinsiplarini ochib bering.
KAZUSLAR
Fuqaro A.Xoshimova bir qator O‘zbekistonlik dugonalari bilan 3 yil
mobaynida har oy Toshkent Turkiya yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston
havo yo‘llari” havo kemalarida qatnab, kiyim kechak biznesi bilan
shug‘ullangan. Kunlarning birida Toshkent aeroportiga uni kutib olgani
chiqqan oilasi, O‘zbekistonlik dugonalari orasidan uni topa olishmadi.
Bu haqida turmush o‘rtog‘i dugonalaridan so‘raganda “Xoshimova ular
bilan birga Turkiyaga uchgani, biroq uni qaysi mexmonxonada tunagani
va Toshkent shahriga qaytish muddatini bilmasliklarini” bayon etishgan.
Xoshimovlar oilasi 3 oy mobaynida A.Xoshimovani aloqaga chiqishidan
umidvor bo‘lib kutishgan. Biroq, A.Xoshimova qo‘ng‘iroq ham, pochta
orqali xabar ham yubormagan. Shundan so‘ng B.Xoshimov o‘z turmush
o‘rtog‘ini qidirib topish maqsadida IIVga murojaat etgan, biroq 3 oy
o‘tsa ham qidiruv ishlari natija bermagan. Shundan so‘ng, B.Xoshimov
o‘zining tanish advokatidan turmush o‘rtog‘i A.Xoshimovani Turkiya
davlatidan qanday izlab topsa bo‘ladi, deb so‘raganda, advokat
Xoshimovga O‘zbekistonning Interpol Milliy Markaziy byurosiga
murojaat etishni maslahat bergan.
1. Mazkur holatga baho bering.
2. Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish maqsadida fuqarolar
Interpolga murojaat etishi mumkinmi?
3. Interpol xalqaro tashkilotining asosiy funktsiya va vazifalari
32
qanday? Fikrlaringizni xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib
tushuntiring.
Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Qirg‘iziston Respublikasi
hududida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Ashirbekov Serikga
nisbatan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilib, yashirin yo‘llar
orqali O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan noqonuniy o‘tib,
shu yerda yashirindi. Interpolning Qirg‘iziston Respublikasi Milliy
Markaziy byurosi bergan tezkor ma‘lumotiga asosan O‘zbekiston
Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tezkor-qidiruv
tadbirini o‘tkazib, natijada XXR fuqarosi Lini Andijon viloyati
hududida yashirinib yurgan yerida qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha
XXR vakolatli organi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga
fuqaro Lini javobgarlikka tortish uchun so‘rov yubordi.
1. Mazkur holatga baho bering.
2. Ushbu
holat
yuzasidan
Interpol
xalqaro
tashkilotining
funksiyalarini ochib bering. Interpol faoliyatining boshqa huquqni
muhofaza qiluvchi tashkilotlardan farqli jihatlari qanday?
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi XXR vakolatli
organi so‘rovi bo‘yicha qanday qaror qabul qilishi mumkin?
33
Do'stlaringiz bilan baham: |