Xalqaro huquq


II BOB. XALQARO XUSUSIY HUQUQDA QURILISH PUDRAT SHARTNOMASININING MANBALARI VA XUSUSIYATLARI



Download 126,48 Kb.
bet13/19
Sana25.08.2021
Hajmi126,48 Kb.
#155499
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Abdullayev J N Xalqaro xususiy huquqda qurilish pudrat shartnomasining

II BOB. XALQARO XUSUSIY HUQUQDA QURILISH PUDRAT SHARTNOMASININING MANBALARI VA XUSUSIYATLARI

    1. Qurilish pudrat shartnomasining manbalari


Shartnomaviy munosabatlarning subyektlari tarkibi murakkablashgan sharoitda chet el elementi ishtirokidagi qurilish pudrat shartnomasini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shuningdek, bunda nafaqat milliy huquq normalari bilan tartibga solishni balki, boshqa davlatlarning normativ-huquqiy hujjatlari va sohadagi xalqaro shartnoma va kelishuvlarning ta'sirini ham inobatga olish kerak. Xalqaro xususiy huquqda qurilish pudrat shartnomasini tartibga solish boshqa manbalar bilan ham qamrab olinadi. Lex constructionis - xalqaro investisiya va qurilish faoliyatini nodavlat tartibga solinishi bo‘yicha manbalar ham shu qatorda qayd etilishi kerak. Lex constructionis odatlarni va xalqaro qurilish shartnomalarining eng keng tarqalgan shartlarini tizimlashtirishga asoslanadi34.

Lex constructionis normalari namunaviy shartnomalar, huquqiy ko‘rsatmalar, namunaviy reglamentlar shaklida ishlab chiqiladi. Xalqaro injener- konsultantlar federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda - FIDIK) tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy shartnomalar xalqaro amaliyotda eng keng tarqalgan shartnomalar hisoblanadi35.

Xalqaro namunaviy qurilish shartnomalarini ishlab chiqish zarurati o‘tgan asrning 60-yillarida Yaqin sharq, Janubi-sharqiy Osiyo, Afrika davlatlarida qurilish ishlari faollashgan davrda paydo bo‘ldi. Ko‘priklar va yo‘llar qurilishini moliyalashtirish BMT liniyasi tomonidan Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (MBRR) orqali amalga oshirildi. Loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yagona konsepsiya ishlab chiqish va tanlov savdolarini o‘tkazish, shuningdek shartnomaviy hujjatlarning namunaviy shaklini ishlab chiqish talab qilinadi.




34 Новоселов М.А. Договор строительного подряда в международном частном праве: общая характеристика.// Евразийский юридический журнал. 2014, № 8. - С.75.

35 Новоселов М.А. Применение lex constructionis в России для регулирования договора международного строительного подряда// Бизнес в законе. Экономико-юридический журнал. 2014, № 4. - С.104.

FIDIK namunaviy shartnomalari xalqaro qurilish loyihalari uchun mo‘ljallangan, lekin shu bilan birga, milliy loyihalarda ham ulardan foydalanilishi mumkin. Namunaviy shartnomalarni qo‘llashda ularni milliy huquqning imperativ normalariga moslashtirish talab etilishi mumkin36

Ushbu ishlar natijasida, dastlabki xalqaro namunaviy qurilish shartnomasi ishlab chiqilib, chop etilgan u “Fuqarolik qurilishida ob'ektlarni qurishda shartnoma shartlari” yoki FIDIKning “Qizil kitobi” deb nomlanadi. Shartnomaning bu turi umumiy foydalanishga tavsiya etilgan va hozirgacha xalqaro tanlovlar asosida amalga oshiriladigan ob'ektlar qurilishida undan samarali foydalanib kelinmoqda. “Qizil kitob” ishlab chiqilganidan keyin, FIDIKning boshqa namunaviy shartnomalari yaratishda davom ettirildi, va hozirgi paytda 9ta namunaviy shartnomalar qo‘llanilib kelinmoqda37.

FIDIK homiyligi ostida jami 9 ta namunaviy shartnomalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 8 tasi rang bo‘yicha norasmiy nomga ega. Dastlab 5 ta asosiy shartnomalar rasman ishlab chiqilgan:



      1. “Fuqarolik injenerlik qurilishi obyektlarini qurish ishlari uchun shartnoma shartlari” (“Qizil kitob”) / “Conditions of Contract for Works in Civil Engineering Construction” (“Red Book”);

      2. “Fuqarolik injenerlik qurilishi obyektlarini qurish ishlari uchun yordamchi shartnoma shartlari” (“Qisqartirilgan qizil kitob”) / “Conditions of Subcontract for Works in Civil Engineering Construction” (“Short Red Book”);

      3. “Fuqarolik injenerlik qurilishi obyektlarini qurish ishlari uchun buyurtmachi va konsultant o‘rtasida yordamchi shartnoma” (“Oq kitob”) / “Subcontract for Works in Civil Engineering Construction”;

36 Новоселов М.А. Применение lex constructionis в России для регулирования договора международного строительного подряда// Бизнес в законе. Экономико-юридический журнал. 2014, № 4. - С.104.

37 Попов В.И. Менеджмент работ по строительству комплекса защитных сооружений от наводнений Санкт- Петербурга. / Вестник высшей школы. Вып.1 (12). 2008. - С. 50.

      1. “Obyektlarni loyihalash, qurish, tayyor holda(“под ключ”) topshirish bo‘yicha shartnoma shartlari” / “Conditions of Contract for Design-Build and Turnkey” (“Orange Book”);

      2. “Elektromontaj va mexanik jihozlarni montaj qilish ishlariga oid shartnoma shartlari” (“Sariq kitob”) / “Conditions of contract for Electrical and Mechanical Works” (“Yellow Book”)

      3. “Qurilishda shartnoma shartlari” – “Conditions of Contract for Construction, First Edition” 1999 – buyurtmachi, uning vakili yoki muhandisi tomonidan loyihalashtirilgan qurilish yoki muhandislik ishlariga tavsiya etiladi;;

      4. “Jihozlar yetkazib berish, loyihalash va qurilishda shartnoma shartlari” – “Conditions of Contract for Plant and Design and Build, First Edition” 1999 – elektr va mexanik jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, qurilish va muhandislik ishlarining loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda tavsiya etiladi;

      5. “Tayyor holda topshirishga mo‘ljallangan obyektlar loyihalari uchun shartnoma shartlari” – “Condition for Contract for EPC Turnkey, First Edition”, 1999 – ular to‘liq jihozlangan va ekspluatatsiyaga tayyor zavodlar, elektrostansiyalar, infrastruktura obyektlari yoki boshqa shu kabi obyektlarni qurishda qo‘llanilishi mumkin. Bunday holatlarda birinchidan, ishlarni bajarishning muddatlari va obyektning so‘nggi qiymati aniq baholanishi muhim, va ikkinchidan, pudratchi loyihani ishlab chiqish va buyurtmachining minimal ishtiroki bilan ishlarni amalga oshirishga to‘liq javobgardir;

      6. “Shartnomaning qisqa shakli” – “Short Form of Contract, First Edition” 1999 – kam miqdordagi investisiyalar bilan bog‘liq qurilish va muhandislik ishlarini amalga oshirishda tavsiya etiladi38.

Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kreditorlar, investorlar, mijozlar va pudratchilar FIDIK shartnoma shakllari yordamida ishlashni afzal




38 www.fidic.org

ko‘rmoqda. Ta'kidlash kerakki, ushbu hujjatlar loyihalarni amalga oshirishda Xalqaro va Yevropa taraqqiyot va rekonstruksiya banklari tomonidan qo‘llaniladi. Biroq FIDIK shartnomalarning standart shartlari O‘zbekiston Respublikasi hududida investisiya faoliyati amaliyotiga to‘liq o‘tkazilishi mumkin emas, chunki O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining ayrim normalari FIDIK shartnomalarning standart shartlaridan sezilarli farq qiladi. Misol uchun, FIDIK hujjatlarining o’ziga xosligi juda qat’iy shartnoma narxi qo’llanilishi va mablag‘lardan foydalanishda to‘liq oshkoralikni ta’minlash uchun obyekt qurish bilan bog‘liq barcha to‘lovlar bo‘yicha buyurtmachiga pudratchi tomonidan ma'lumot berilishini talab qilinishidir. Milliy qonunchilikda bunday talablar mavjud emas. Shartnomada yoki qatiy belgilangan shartnoma narxi yoki inflyatsiya va boshqa bir qator omillarni hisobga olgan holda ishlarning bahosini aniqlash usuli ko‘rsatilishi mumkin. Agar shartnoma bahosi qat’iy belgilangan bo‘lsa, pudratchi uning xarajatlari haqida umuman ma'lumot bermaslik huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 681-moddasining 3-qismiga muvofiq, agar ular qurilish obyektining sifatiga ta'sir ko‘rsatmaganligini isbotlasa, pudratchi buyurtmachining roziligisiz texnik hujjatlar rasmiyatchiligidan biroz chetga chiqqanligi uchun javobgar bo’lmaydi. FIDIK hujjatlarida esa bunday huquqiy norma yo‘q.

Milliy qonunchilikdagi kollizion normalarga muvofiq, pudrat shartnomasida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan pudratchining mamlakati qonunini qo‘llashni nazarda tutadi.(O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 1190- modda, 1-qism, 5-xatboshi), biroq, qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining qoidalaridan qat’i nazar, qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan mamlakatning huquqi qo’llaniladi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 1190-modda, 2-qism, 2- xatboshi). Qurilish pudratini tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlar

tomonlarga shartnomaga nisbatan qo’llaniluvchi har qanday qonunni tanlashlari mumkinligini tavsiya qiladilar, biroq bunda shartnomaning qurilish amalga oshirilayotgan mamlakat qonunchiligiga yaqqol bog‘liqligi mavjud. Xorijiy mamlakatlarning fuqarolik va tijorat huquqida shartnoma bo‘yicha munosabatlar asosan dispozitiv normalar bilan tartibga solinadi39, shu sababli ham shartnoma qoidalari katta ahamiyatga ega. Lekin shartnoma qoidalari amalda buyurtmachi tomonidan bir tomonlama shakllantiriladi.

Ta’kidlash lozimki, huquqiy normalar mavjud qurilish pudrat munosabatlarining butun doirasini qamrab olmaydi. Qoidalar qurilish shartnomasining shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, ushbu shartnomani bajarmaslik va bekor qilish oqibatlari, shuningdek, uning bekor qilinishi haqidagi talqinlarga taalluqli bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan shartnomadan oldingi nizolar, auksionda qurilish shartnomasini tuzish yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan munosabatlar e'tiborsiz qoldiriladi. Binobarin, xalqaro qurilish shartnomasi sohasida ichki fuqarolik qonunchiligi mukammal emas, va formal huquqni qo‘llash mumkin emas yoki agar uning qo’llanilishi ish yuritish odati formatiga ega bo’lsa, jiddiy shubha tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, qurilayotgan obektlarning sifati va arxitektura-qurilish nazorati organlari tomonidan nazorat darajasi, texnik yordam ko‘rsatish haqida ham savollar tug‘iladi.

Milliy va formal huquqning qisman qo‘llanilishi murakkab va chalkashlik keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, agar subyektiv huquqlar himoyalanmagan bo’lsa yoki davlatning jamoat tartibiga zid bo’lsa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo‘llash uchun tanlangan rasmiy huquq o‘z kuchini yo‘qotadi va qo’llanilmasligi mumkin. Jamoat tartibiga milliy ommaviy va xususiy huquqning asosiy tamoyillari sifatida qaraladi.








39 Васильев Е.А., Комаров А.С. Гражданское и торговое право зарубежных государств: Учебник. / Отв. ред. 4-е изд. Т. II. - М., 2006. - С. 294.

Shu munosabat bilan, N. G. Yeliseev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, pudrat shartnomasining muayyan turlari uchun batafsil tartibga solish taklif etiladi. Misol uchun, Germaniyada yuridik tabiatiga ko’ra huquqiy hujjat hisoblanmaydigan Qurilish pudrati Nizomi (Verdingungsordnung fur Bauleistung, VOB) mavjud40. Ushbu holatda namunaviy shartlar deganda shartnoma tuzishda taraflardan biri tomonidan belgilanadigan va boshqa tomonga taklif qilinadigan shartlar nazarda tutiladi.

Umumiy huquq mamlakatlarida “formal huquq normalari” norasmiy organlar tomonidan ishlab chiqiladi. O‘z tabiatiga ko‘ra, formal (rasmiy) huquqlar huquq normasi hisoblanmaydi, chunki u xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xatti- harakatini ko‘rib chiqish bilan cheklanadi. Formal huquq ko‘proq ish odatlari darajasida bo’lgan va qo‘llash uchun majburiy bo‘lmagan bo’lishi mumkin yoki yuqori darajadagi shartlilik sababli huquqiy odat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekistonda mulkiy munosabatlarni, jumladan, qurilish shartnomalarini huquqiy tartibga solish manbai faqat tadbirkorlik oboroti odatiga ko‘ra, qonunda nazarda tutilmagan, belgilangan va keng qo‘llaniladigan ish yuritish qoidasi sifatida e'tirof etiladi. Shuning uchun, qurilish xorijiy pudratchi kompaniya tomonidan tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda amalga oshirilsa tomonlarning kelishuvidan qat’i nazar, tanlangan formal huquq qo’llanilishi mumkin emas ni qurish biznes bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun amalga oshirilsa, taraflarning kelishuviga qaramay, shakllantiruvchi qonun qo‘llanilishi mumkin emas.

Xalqaro xususiy huquqda qurilish pudrat shartnomasining manbalariga to’xtalganda, albatta, quyidagi ba’zi hujjatlarni qayd etish kerak deb hisoblayman.

Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligining qurilish sohasidagi qator huquqiy hujjatlari mavjud. Bularga 09.09.1994 yilgi shartnoma kiradi. "Qurilish faoliyatida

40 Елисеев Н.Г. Гражданское и торговое право зарубежных государств. Часть II. / Отв. ред. Е.А. Васильев, А.С. Комаров.- М.: Международные отношения. 2006. - С.155.

hamkorlik to‘g‘risida (MDH)"41. Ushbu shartnomaga muvofiq qurilish faoliyatida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo Kengash tashkil etildi. Mdhga a'zo davlatlar investisiya va qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlari va usullarini muvofiqlashtirishga kelishib olganlar.

Shu o’rinda 27.03.1997 yilgi "Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar litsenziyalovchi organlari tomonidan beriladigan qurilish faoliyati litsenziyalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida" kelishuvni ham qayd etish kerak42. Ushbu bitim Mdhga a'zo davlatlar tadbirkorlik sub'ektlari uchun eng katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatga ko‘ra, tegishli lisenziyalarni berish uchun mas'ul bo‘lgan pudratchi davlatlar organlari o‘zlari tomonidan ayrim turdagi qurilish faoliyati uchun berilgan lisenziyalarni o‘zaro tan oladilar, buning uchun lisenziyalar berishning xuddi shunday tartibi mavjud. Litsenziya tan ro‘yxatga olish va tegishli milliy lisenziya qurilish tashkilotlari berish orqali hisoblanadi. Litsenziyaning muddati qurilish faoliyati amalga oshiriladigan mamlakat qonunchiligida belgilanadi, biroq lisenziya berilgan mamlakatda nazarda tutilgan ushbu litsenziya muddatidan ortiq bo‘lmaydi.

Keyingi hujjat 13.01.1999dagi “Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar uchun o‘zaro manfaatli qurilish loyihalarini davlatlararo ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida" kelishuvidir. Ushbu bitim xalqaro tijorat shartnomalarining bajarilishini tartibga soladi, chunki MDH mamlakatlarining milliy qonunchiligi bu munosabatlarni to‘liq tartibga solmaydi.

Buyurtmachi va pudratchi o'rtasidagi asosiy hujjat shartnoma hisoblanadi. Odatda, xalqaro qurilish shartnoma o’ziga xosligi, tender-savdo jarayonida shakllanadi. Bugungi kunda tenderlar haqida ma'lumotlari ommaviy axborot vositalari va Internet orqali batafsil bilish mumkin. Bundan tashqari, masalan, dg Market Tenders World wide-http://www.dgmarket.com. kabi saytlar orqali nafaqat ma'lum bir mamlakatda, balki butun dunyodagi tenderlar haqida bilish mumkin.

41 http://zakonbase.ru.

42 http://www.bstpress.ru

Xorijiy mamlakatlarning fuqarolik va savdo huquqlarida shartnoma bo'yicha munosabatlar asosan dispozitiv me'yorlar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun shartnoma qoidalari katta ahamiyatga ega bo'lib, ular aslida mijoz tomonidan bir tomonlama tartibda shakllantiriladi va tenderga o'tkaziladi. Xorijiy mamlakatlarda pudrat munosabatlarini tartibga solish sohasida formulyar huquq ham muhim rol o'ynaydi.

Yuzaga keladigan nizolarni sud ko'rib chiqish yurisdiktsiyasini aniqlashda taraflar, birinchi navbatda, ishni muayyan sudda ko'rib chiqish qiymatidan kelib chiqishi, shuningdek, sud qarorining keyingi ijro etilishiga rahbarlik qilishi kerak.

Ko'pincha shartnomalar quyidagi formuladan foydalanadi: shartnoma X davlat (buyurtmachi mamlakati) huquqi bilan tartibga solinadi. Nizolar buyurtmachi joylashgan joyda X mamlakatda xo'jalik sudi (arbitraj sudi) ko'rib chiqiladi.

Biz ushbu paragrafda xalqaro xususiy huquqda va milliy huquqda qurilish pudrat shartnomasining manbalarini atroflicha o’rganib chiqdik.


    1. Download 126,48 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish