III BOB. QURILISH PUDRAT SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDA XALQARO TAJRIBA VA XORIJIY TAJRIBA
Xalqaro miqyosda FIDIK tashkilotining namunaviy shartnomalarining o’rni.
Avvaldan aytib o’tish kerakki ushbu birgina BMI ishi bilan biz qurilish pudrati shartnomasining xalqaro huquqiy tartibga solinishini batafsil yoritib beramiz degan da’vodan yiroqmiz. Biz BMI ishining maqsadiga yetishda FIDIK (Fédération Internationale Des Ingénieurs-Conseils)58 shartnomalarini o’rganamiz. Hozirgi kunda hammamizga ma’lumki O’zbekistonning har bir hududida turli xil miqyosdagi qurilish ishlari olib borilmoqda va katta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Mana shu omillar sabab yangi ijtimoiy munosabatlar shakllari paydo bo'lmoqda. Bir narsa aniqki xalqaro miqyosda tuziladigan qurilish pudrat shartnmalarining tartibga solish, ularning shalkllari, loyiha-smetalarni, narxlarni belgilash uchun birgina yoinki bir necha davlatning qonunchilik salohiyati yetarli bo’lmaydi va o’z navbatida xorijiy qurilish tashkilotlarining kirishi uchun to’sqinlik qiladi. Shuning uchun ham jahon amaliyotida foydalinalayotgan na’munaviy shartnomalardan foydalanish o’rinli xisoblanadi. Ayni shunday na’munaviy shartnomalarni qurilish sohasida bir necha xalqaro tashkilotlar qatori FIDIK ham ishlab chiqqan va keng omma ana shu shartnomalardan va ushbu tashkilot ishlab chiqqan maxsus me’zonlardan bugungi kunda foydalanib kelmoqda. Xalqaro hususiy huquqning subyektlari tuzilayotgan shartnomalarda nafaqat shartnomaning muhim shartlari balki, shartnomaga ta’luqli barcha holatlar qamrab olinishi kerak va uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga mutlaqo ishonch hosil qilish uchun shartnoma shartlarini bajarish uchun kerak bo'lmasa ham, lekin shartnomani to'g'ri amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab jihatlarni, holatlarni ham bitimning o’zida nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday masalalar, misol uchun, hisob-kitob qilish tartibi, mulkni tashish yoki egalik qilish, nizolarni hal qilish tartibi, tomonlar o'rtasida aloqa vositalari, tavakkalchik(risk)lar va havf(hazard)larning shartnoma tafarlari o’rtasida taqsimlanishi, qo'shimcha
58 FIDICning o’zbek tilidagi tarjimasi: Xalqaro konsalting muhandislari Federatsiyasi
bitimlarni tuzish tartibi yoki majburiyatlarni bajarmaslik yoki majburiyatlarni bajarmagan taqdirda da'vo berish kabi holatlarni nazarda tutishi mumkin. Davlatlarning qonunchiliklaridagi farqlar ularning yuridik shaxslari yoki davlat organlari tomonidan shartnomalarga kirishayotganda yaqqol nomoyon bo’ladi. Ushbu qiyinchiliklar shartnomaning matnini tayyorlash va tasdiqlash bosqichida namoyon bo'ladi. Tabiiyki, shartnoma tuzish jarayoni juda uzoq, qimmatga tushadigan va tashkiliy jihatdan murakkab bo’lgan jarayondir. Ammo zamonaviy sharoitlarda, iqtisodiy aylanmalarni va bozorni jadal rivojlantirishni hisobga oladigan bo'lsak, ko'pincha shartnomani tuzmoqchi bo'lgan tomonlar cheklangan resurslarga ega. Birinchidan, vaqt, chunki bitim tuzish uchun vaqt kerak bo'ladi va qisqa vaqtda bitim tuzishga erishilmasa boshqa bir yangi raqobatchi bilan yangi shartnoma tuzilishi ham mumkin. Yuqorida tavsiflangan holat, odamlarni xalqaro savdo aylanmasida o'zaro manfaatli ishtirok etish muammosiga vositachilik qilish qonuniy jihatdan, iqtisodiy jihatdan tashqi iqtisodiy shartnomalarga kirishning nisbatan tezligi va nisbatan qulayligi va eng muhimi samaradorligi jihatidan mos keladigan mexanizmlarni yaratishga olib keldi. Globallashuv sharoitida shartnoma shartlarining bir xilligini ta'minlash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Odatda, xalqaro savdo munosabatlaridagi standart xujjatlar savdo shartnomalarining turli xil standart shakli deb tushuniladi, biroq standartlashtirish faqat ular bilan cheklanmaydi. Kelajakdagi bitim ishtirokchilari xalqaro xususiy huquqdagi erkinlik avtonomiyasi printsipiga muvofiq na’munaviy shartnomalaridan foydalanishlari mumkin. Ushbu tamoyil o'z navbatida shartnoma erkinligi prinsipini o'z ichiga oladi, bu esa tomonlarning shartnoma tuzish uchun zarur bo'lgan barcha narsani o'z ichiga oladi. Biroq, shartnoma erkinligi, ma'lum bo'lganidek har doim davlatning majburiy qoidalari bilan cheklanadi, shartnomalarni shakllantirish tartiblarini qonunchilik normalari boshqaradi. FIDIK Xalqaro konsalting muhandislari Federatsiyasi standart shartnoma shartlarini ishlab chiqadi. Qurilish shartnomalari sohasida hozirgi vaqtda FIDIK proformasi juda muhim joyni egallaydi. FIDIK 1913-yilda Belgiyada asos solingan va bugungi kunda eng taniqli xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu davrga kelib tobora
murakkab qurilish loyihalari dunyo bo’ylab ishlab chiqalayotgan va amaiyotga tadbiq etilayotgan edi. Loyihalarni amalga oshirishga klassik yondashuv bilan (buyurtmachi va pudratchi o'rtasida tuzilgan shartnoma) moliyalashtirish muassasalari, qurilayotgan ob'ektlar sifatini nazorat qilish, mablag'larni sarflash va loyiha taraqqiyotini nazorat qilish juda qiyin edi. Bundan tashqari, buyurtmachilarning o'zlari ko'pincha muayyan qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarga ega emas edilar. FIDIKga qariyb 100 milliy uyushma va jamiyat kiradi va a'zolar soni doimiy ravishda o'sib bormoqda va dunyoning deyarli barcha hududlarini qamrab olgan. Dastlab bu tashkilotning asosiy faoliyati muhandislik maslahatchilarining faoliyatini tartibga solish bo'yicha xalqaro metodologik asosni yaratishga qaratilgan edi. Shu bilan birga, FIDIKning faoliyati va funktsiyalarining maqsadi kengaytirildi: qurilish konsalting sohasida xizmatlar ko'rsatish davom etmoqda, ammo hozirgi vaqtda tashkilotning asosiy faoliyati investitsion va qurilish faoliyati ishtirokchilari, shu jumladan transmilliy ishtirokchilar tomonidan qo'llaniladigan standart shartlarni ishlab chiqishdir. Bugun FIDIK a'zolari butun dunyodagi 75 dan ortiq mamlakatlarning milliy uyushmalari bo'lib, federatsiya dunyodagi xususiy tajribali muhandis maslahatchilarning ko'pchiligi o’z faoliyatini olib boradi. Hozirda ushbu tashkilotga MDH davlatlari azo bo’lib O’zbekiston hozirda kuzatuvchi maqomiga ega.59 FIDIK na’munaviy shartnomalari qurilish ishlarida keng qo'llaniladi, kerak bo'lganda o'zgarishi mumkin - namunaviy shartnoma muayyan bitim shartlariga va qonun va tartibga moslashishini ta'minlaydi. Bularning barchasi ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Shartnomalar asosan qurilish loyihasi ishtirokchilaridan biri xalqaro tashkilot bo'lsagina doimiy amaliyotda tez-tez qo’llaniladi.60 Shuningdek FIDIK namunaviy shartnomalarini qo’llash jarayonida tomonlarning shartnomaga kirishishi bilan bog’liq bo’lgan tegishli bosqichlarni ham tartibga solishi mumkin va shuni takidlab o’tish kerakki ushbu namunaviy shartnomalarni xalqaro miqyosda ham, ichki miqyosda ham foydalansa bo’ladi. FIDIK dunyoning barcha mamlakatlarida foydalanish uchun
59 FIDICning rasmiy saytidan olingan ma’lumotlar asosida. (Elektron manbaa) http://fidic.org/membership
60 FIDICning tuzilishi. (Elektron manbaa) http://fidic.org/Organization/4371
standart shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, e'lon qiladi va ishtirokchi bo'lmagan davlatlarni umumiy tushunchalar, umumiy savdo huquqi qoidalarini (tenderlarni) ishlab chiqish, umumiy standartlar va shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish uchun chaqiradi. FIDIK proforma, ular juda batafsil xujjat bo'lishiga qaramasdan va (yoki hatto bir ma'noda) ariza berish amaliyotini yuqorida aytib o'tilganidek qoniqtiradigan bo'lsa-da, ular qo'llanadigan mamlakat qonunlariga zid bo'lmasligi kerak.
FIDIK proformalari juda moslashuvchanligiga qaramasdan bazi hollarda davlatning ichki qonunlariga zid kelib qolish ehtimollari mavjud, o’zaro ziddiyat mavjud holatlarda FIDIK namunaviy shartnomalaridan foydalanish shartnomani amaiyotga qo’llash davrida bir qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda O’zbekistondan loyiha va qurilish pudrati shartnomalarining rasmiy tasdiqlangan namunaviy shaklllari mavjud emas. Bir vaqtning o’zida xorijiy kreditorlar, investorlar, mijozlar va pudratchilar ishlab chiqarish ob'ektlarini qurishda, ijtimoiy binolar va inshootlar xalqaro standartlar va shartnoma shakllarini (shartnomalarini) qo'llashni afzal ko'radi. Ushbu standartlar ko’p xollarda FIDIK xujjatlariga asoslanadi. Shunday qilib, FIDIK proformatidan foydalanish ko'p hollarda zarur yoki, eng kamida, xorijiy kontragentlar bilan samarali shartnomalar tuzish uchun juda kerak. Ammo, FIDIK proformatidan foydalanishning barcha ijobiy jihatlarini hisobga olgan holda, proforma O’zbekiston qurilish va muhandislik amaliyotidan farqli bo'lgan amaliyotni hisobga oladigan muhitda shakllanganligini unutmaslik kerak. FIDIK na’munaviy shartnomalari qurilish sohasida shartnomaviy munosabatlarni o'rnatish uchun samarali vosita hisoblanadi. Chunki ushbu namunaviy shartnomalar nafaqat qurilish pudrat shartnomasining muhim shartlarini balki, boshqa turdagi shartnomalarning ham o’ziga xos elementlarini o’zida qamrab oladi. Ayni shu o’ziga xoslik barcha FIDIK shartnomalariga ta’luqli bo’lib, bu shartnomalar nizolarni hal qilish yo’llarini, sug’urta, yuklarni tashish, qurilish uchun umumiy me’zonlarni ham qamrab oladi. FIDIK na’munaviy shartnomalari o'zlarining noyob tuzilmalariga ega bo'lib, qurilish shartnomalari tuzishda ko'plab amaliy
tajribalar asosida tasdiqlangan tizimga asoslangan. FIDIK shartnomalari qulay va moslashuvchan shartnomalar hisoblanadi. Bunday o’ziga xoslikning asosiy sabablaridan biri uning tuzilishidir. FIDIK shartnomalar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qism umumiy shartlar bu qismda asosan nazariy va ko’p holatlarda hamma turdagi shartnomalarga mos keladigan normalardan iborat bo’ladi va bir necha xil varianlardan iborat. Shartnomani tuzuvchi taraflar o’zlariga mos kelgan namunaviy normalarni belgilab oladilar. Umumiy shartlarning matniga to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirishlar kiritish kerak emas, chunki bu xujjatning yaxlitligini va uning ichki mantig'ini buzishi mumkin Ikkinchi qismi esa maxsus qism bo’lib, bunda bitimga kirishayotgan tomonlarning davlat qonunchiligining ustuvorligi, nizolarning xal qilish yo’llari, shuningdek shartnomaning mavjud holatiga qarab moslashish xususiyatiga ega. Shu o’rinda FIDIK shartnomalarida tavakkalchilik va javobgarligi taqsimoti qanday tartibga solinganligiga nazar solamiz. Xavflar taqsimoti va taraflarning majburiyatlari FIDIK shartnomalarining barchasida 17 bobi shartnoma bajarish davomida yoki undan kegin kelib chiqadigan tavakkalchilik(risk) va javobgarliklarini shartnoma taraflari o’tasidagi taqsimotiga bag’ishlangan61. Umumiy olganda ushbu bobda quyidagi javobgarliklarni taqsimoti o’rin olgan:
Ishlar, materiallar va pudratchining xujjatlariga bog’liq bo’lgan zarar va yo’qotishlar;
Biron bir shaxsning ishga yetkazgan zarari;
Puratchining loyiha xujjatlari yoki ishni olib borish va tugallashi sabab vujudga kelgan, lekin Ish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa zararlar;
Buyurtmachiga oshkor qilingan tavakkalchiliklar, holatlarga bog’liq holda vujudga kelgan zarar, ziyon va yo’qtishlar;
Buyurtmachi tomonidan pudratchi taminlanishi kerak bo’lgan holatlarda vujudga keladigan ziyon va yo’qotishlar;
93 Baker, Ellis, et al. FIDIC contracts: Law and practice. Informa Law from Routledge, 2013 Chapter 7.3
Uchinchi shaxslarga tegishli bo’lgan intelektual mulk huquqlarining buzilishlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar taqsimoti62.
Ushbu taqsimotlar konsepsual hisoblanadi. FIDIK kitoblarida risklarning taqsimoti javobgarlikni kelib chiqishidagi taqsimotlar bilan bevosi bog’liq hisoblanadi.63 Buyurtmaching tavakkalchiliklari FIDIK shartnomalarida ikkiga bo’linadi: tijoriy tavakkalchiligi va zararlar tavakkalchiligi. Tijoriy risk bu ikki tomon uchun moliyaviy va vaqtdan yo’tishga sabab bo’ladigan, tegishli tartibda sug’urta bilan kafolatlanmagan tavakkalchiliklar hisoblanadi. Zararlar tavakkalchiligi bu bajarilayotgan ishga yoki taraflarga tegidhi bo’lgan mulkka zarar yetkazishi yoki nobud bo’lishiga sabab bo’ladigan tavakkalchilik bo’lib, ko’p holatlarda tijoriy harakterga ega bo’lmaydi.64 FIDIK shartnomalari bo’yicha ish davomida va undan keyingi pudratchining javaobgarliklari 17.2 boblarda berib o’tilgan. Pudratchining asosiy majburiyati FIDIK shartnomlarida ishlar va maxsulotlarni o’z vaqtida to’liq yakunlanishidir. Ikinchi majburiyati belgilangan loyiha xujjatlariga qatiiy rioya qilishi. Pudratchida ishni olib borish va xujjatlarga rioya qilish bilan bog’liq holda vujudga keladigan zaralarning tavakkalchiligi mavjud.
Shu o’rinda na’munaviy shartnomalar tarixiga ham to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. FIDIK na’munaviy shartnomalarini ishlab chiqish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Eng ko'p qo'llaniladigan shartnomalar yangi nashrlarda bir necha marta chiqarildi. Odatda, barcha FIDIK na’munaviy shartnomalari chop etish bosqichiga qarab uch guruhga bo'linishi mumkin. Birinchi guruh shartnomalar 1999 yilgacha chiqarilgan shartnomalardir. Ushbu guruhga bir nechta standart shartnomalar kiradi:
1987 yildagi 4-nashr, 1988 va 1992 yillarda qayta ko'rib chiqilgan va o'zgartirilgan "Qurilish inshootlari qurilishi uchun shartnoma shartlari". (Qizil kitob);
62 FIDICning Qizil, Sariq, Kumush va boshqa kitoblarining 17-bob
63Baker, Ellis, et al. op. cit. Chapter 7.4
64 Ibid. 7.24
“Elektr ishlari va mexanik asbob-uskunalarni o'rnatish bo'yicha ishlarning shartlari”, 1987 yil 3-nashr (Sariq kitob);
“Qurilish injiniringi ob'ektlarini qurish uchun pudrat shartnomasi”, 1994 yil
“Xizmatni taqdim qilish uchun mijoz va maslahatchi o'rtasida standart shartnoma”, 1998 yil 3-nashr (Oq kitobi)
“Obyektlarni loyihalashtirish, qurish va yetkazib berish uchun shartnoma shartlari”, 1995 yil, 1-nashr (Sabzirang kitobi).
Ikkinchi guruh 1999 yilda chiqarilgan shartnomalarni o'z ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat:
“Shartnoma shartlari ochiq Qurilish” 1- nashr 1999 y. (Yangi qizil kitobi);
“Shartnoma shartlari ochiq uskunalarni etkazib berish , loyihalash va qurilishi 1999yil 1- nashr ( Yangi sariq kitob );
“Muhandislik - tenderlar – qurilish” loyihalari uchun shartnoma shartlari va kvitansiyalar asosida amalga oshirilgan loyihalar, 1-nashr, 1999 yil (Kumush kitob);
“Qisqa shaklli shartnoma” 1- nashr 1999-y. ( Yashil kitobi ); Uchinchi guruh 2017 yilda chiqarilgan eng yangi bitimlarni o'z ichiga oladi.
Ushbu guruhga quyidagilar kiradi:
Eng yangi Qizil kitob (qurilish muhandislik inshootlarini qurish shartnomasi).
Eng yangi sariq kitob (asbob-uskuna etkazib berish shartnomasi, elektromexanika va ishga tushirish uchun loyihalash va qurilish)
Eng yangi kumush muhandislik-tenderlar-qurilish kabi loyihalar uchun shartnoma.65
FIDIK na’munaviy shartnomalari haqida ma’lumot berishimizdan asosiy ko’zlangan maqsad, bu tur na’munaviy shartnomalarning afzallikarni ta’kidlash
65 Baker, Ellis, et al. op. cit. 2.9
edi. Yuqorida takidlaganimizdek, na’munaviy shartnomalar ikki qismdan iborat bo’lib, bu o’ziga xoslik bir qator qulayliklarga ega. Birinchidan shartnomaaning birinchi qismidagi umumiy standartlar xalqaro miqyosda tan olingan bo’lib, shatnoma taraflarining o’ziga xosligidan kelb chiqib ikkinchi qismni taraflarga moslash imkoning mavjudligi; ikkinchidan, shartnoma taraflari o’rtasida risklarning majburiyat va huquqlarga mutanosib ravishda bo’linganligi; uchinchidan, shartnoma muddatlarini obyekt murakkabligiga qarab moslashtirilganligi; to’rtinchidan, shartnoma bahosinin hisoblashning aniq me’zonlari ishlab chiqilganligi; beshinchidan, shartnoma tomonlarni aybi bilan bajarilmaganda yoinki boshqacha nizolar kelib chiqqanda nizo ko’rish mehanizmining mavjudligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |