Xalqaro huquq


Qurilish pudrat shartnomasining shakllanish va rivojlanish tarixi



Download 126,48 Kb.
bet9/19
Sana25.08.2021
Hajmi126,48 Kb.
#155499
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Abdullayev J N Xalqaro xususiy huquqda qurilish pudrat shartnomasining

Qurilish pudrat shartnomasining shakllanish va rivojlanish tarixi


Ma’lum bir huquq sohasining institutining yoki biron bir huquqiy munosabatni o’rganishda albatta, ushbu huquqiy munosabatning kelib chiqish tarixini biroz o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki ana shundagina biz ushbu ijtimoiy munosabatni to’g’ri yoritib bera olamiz. Bu BMI doirasida biz qurilish pudrati shartnomasini o’rganishni maqsad qilib qo’yganimizni yuqorida takidlab o’tgan edik. Ayni shu maqsadni amalga osirish uchun biz avvalam bor pudrat tushunchasiga ta’rif berishimiz, shuningdek uning kelib chiqish tarixiga nazar solishimiz kerak bo’ladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning kelib chiqish tarixi Qadimgi Rim davlatiga borib taqalishi hech kimga sir emas va bu soha hozirgi kunda rim huquqi orqali o’rganiladi. Shuning uchun biz ayrim olimlarning rim huquqi sohasidagi asarlarida pudrat shartnomasi qay darajada o’rganilganini ko’rib chiqamiz. Mana shunday manbaalardan birida pudrat shartnimasiga quyidagicha ta’rif berilgan “pudrat sharnomasi bu bir tomon(conductor) ya’ni pudratchi ikkinchi tomon(locator)ning ya’ni buyurtmachining foydasiga ma’lum ishni bajarish va undan kelib chiqqan mahsulni topshirish, shuningdek ikkinchi tomon(locator) esa ishni o’z vaqtida qabul qilish va belgilangan summani to’lash majburiyatini oladigan shartnomaga aytilgan12. Shuni takidlab o’tish joizki Qadimgi Rimda pudrat shartnomasi ijara13 shartnomasining bir qismi sifatida tushunilgan. Rim huquqida ijara shartnomasi uch turga bo’lingan. Ular quyidagilar:

Mulk ijarasi (location - conduction ria);

Ishlar ijarasi (pudrat) (location - conduction operas); Xizmatlar ijarasi (location - conduction operarum).14


Bizning ushbu bobda asosiy e’tiborimiz qurilish pudrat shartnomasi bo’lgani uchun qolganlariga ortiqcha to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq emas deb topdik va Rim huquqida pudrat(ishlar ijarasi) shartnomasiga berilgan ta’riflarga to’xtalib o’tamiz. Qurilish pudrat sharnomasi bu bir tomon(conductor) ya’ni pudratchi ikkinchi tomon(locator)ning ya’ni buyurtmachining foydasiga ma’lum ishni

12 Смирнов П.Ю. Договор подряда в Римском праве. Электронный источник: https://law.wikireading.ru/36303

13 Ayrim adabiyotlarda yollash shartnomasi deb ham yuritilgan (izoh uchun muallifdan).

14Новицкий И.Б. Римское право. – С.507

bajarish va undan kelib chiqqan mahsulni topshirish, shuningdek ikkinchi tomon(locator) ish uchun belgilangan haqni to’lash majburiyatini oladigan shartnomaga aytiladi15. Pudrat shartnomasi haqida rus olimlari tomonidan berilgan bir qator ta’riflar mavjud bo’lib, bir nechtasini keltirib o’tamiz. L.I. Jurkovaning fikricha pudrat shartnomasi oldi-sotdi shartnomasining bir turi16. M.I. Braginskiyning fikricha esa pudrat shartnomasi belgilangan iqtisodiy natijaga erishish uchun tuzilgan shartnoma17. Meyerning qarashlariga ko’ra pudrat shartnomasi bir taraf begilangan summani berish majburiyatini olishi, ikkinchi taraf esa belgilangan vaqt ichida buyurtmachi uchun xizmat ko’rsatish majburiyatini oladi18. Bizningcha esa pudrat shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanadi, unga ko’ra pudratchi muayyan ishni buyurtmachining ko'rsatmalariga binoan bajarish majburiyatini oladi buyurtmachi esa, ishning natijasini qabul qilish va unga haq to'lash majburiyatini oladi. Shartnomaning predmeti (maqsadi) har qanday xizmatni taqdim etish emas, balki alohida aniqlangan narsalarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash, ya'ni moddiy ko’rinishga ega ishning mahsulini topshirishi nazarda tutiladi.19

Bizga ma’lumki qadimda ko’plab qurilish ishlari davlatlar tomonidan amalga oshirilgan. Ayni shu omil pudrat shartnomasining qurilish pudrati turning rivojlanishiga zamin yaratib bergan. Qadimgi Rimda hozirgi kunda qurilish pudrati shartnomasida qo’llaniladigan tushunchalar qo’llanilganlini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun smeta, harajat, qurilishning tugallash vaqti, uning sifati bahosi va shunga o’xshagan atamalar qadimdan qo’llanilganini ko’rishimiz mumkin. Keyinchalik esa qurilish pudrati shartnomasi bilan bog’liq munosabatlar Yevropa davlatlarida ham rivojlanib bordi va XVIII asr oxiri XIX asrning boshlariga kelib fuqarolik huquqiy munosabatlar kodifikatsiya qilina boshlandi. Bunga misol qilib Napaleon tomindan qabul qilingan 1804-yilgi Fransiya fuqarolik kodeksini olsak




15 Новицкий И.Б. Римское право. – С.522

16 Жукова Л.И. Советское гражданское право. Т. 2. – М., 1973. – С. 373

17 Брагинский М.И. Договор подряда и подобные ему договоры. – С. 10

18 Мейер Д.И. Русское гражданское право: В 2 ч. 1902. – М., 1997. – С. 295.

19 Договор найма в Римском праве. (Электронный ресурс). Доступный на сайте: http://pravo.studio/rimskoe- pravo/dogovor-nayma-rimskom-prave-ego-79970.html (дата обращения: 8.03.2020)

bo’ladi. Mana shu kodeksdan keyin Yevropaning boshqa davlatarida ham ayni shunday kodifikatsiylash jarayoni davom etdi. Qurilish sohasi jamiyat va davlat hayotida muhim o’rin tutgan soha bo’lishiga qaramasdan qurilish pudrat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi alohida qonunlar roman- german huquq oilasiga tegishli davlatlarda haligacha ishlab chiqilmagan bo’lib, bu hohaga oid barcha normalar fuqarolik kodekslarida o’z ifodasini topgan. Masalan, Fransiyaning fuqarolik kodeksining 1789-1799-moddalarida, Germaniya fuqarolik kodeksining 631-651-moddalarida, Rossiya fuqarolik kodeksining 740-757 moddalarida, shuningdek o’zimizning qonunchilik tizimimizda ham ayni shunday holatni kuzatishimiz mumkin. Shu o’rinda takidlash kerakki, davlatlar qurilish sohasini tartibga solishda nafaqat qonun normalari, balki qonunosti normalari, davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qurilish meyyorlar, yo’riqnomalar orqali ham tartibga solinadi.

Yuqorida biz pudrat shartnomasining kelib chiqish tarixiga to’xtalib o’tdik, endilikda esa ushbu shartnomaning tushunchasini ochib berishga harakat qilamiz. Umumiy nazariyaga ko’ra pudrat shartnomasi bu- bir tomon (pudratchi) muayyan ishni boshqa tomonning (buyurtmachi) ko'rsatmalariga binoan bajarish majburiyatini olgan va erishilgan natijani xaridorga topshirishi shart bo'lgan bitim va mijoz buyurtma bo'yicha olingan natijani qabul qilish va unga belgilangan haqni to'lash majburiyatini oladi.20 Odatda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, pudratchi o’zining materiallaridan, kuchidan va vositalaridan foydalangan holda shartnomada belgilangan ishni bajaradi21 va to obyekt buyurtmachiga topshirilguncha nobud bo’lish havfi pudratchida qoladi. Pudrat shartnomasi konsensual shartnoma bo’lib haq evaziga tuziladi.

Pudrat shartnomasi boʻyicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan maʼlum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi,






20 Основы договора подряда. (Электронный ресурс): https://lawbook.online/prava-pravovedenie-osnovyi/176- dogovor-podryada-24633.html (дата обращения:15.03.2020)

21 Новиков С.Н., Ткачев В.Н. Существенные условия договора строительного подряда: вопросы теории и практики // Вестник Московского университета МВД России. 2018 №3. – С.59


buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi. Agar qonun xujjatlarida yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi. Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bunday turdagi shartnomalar toʻgʻrisidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, pudrat shartnomasiga bag’ishlangan paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.22 Pudrat shartnomasining bir necha turlari bor bo’lib ularga turli xil manbaalarda xar hil yondoshilgan bo’lib, biz amaldagi qonunchilikda berilgan turlar asosida o’rganamiz. Yuqoridagi turlarning ta’rifini keltirib o’tsak va asosiy mavzuyimiz bo’lgan qurilish pudratiga alohida to’xtalib o’tamiz. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi-fuqaroning topshirigʻi bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maʼlum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi23.Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha belgilangan muddatda loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq toʻlash majburiyatini oladi. Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin boʻlmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi.24 Ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada koʻrsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha esa — yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik xujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy

22 O‘z FK 631-modda . 23 O‘z FK 656-modda 24 O‘z FK 686-modda

topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini toʻlash majburiyatini oladi. Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini (elementlarini) ham qamrab olishi mumkin.25 Qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirigʻi bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi. Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada koʻrsatilgan muddatda ishlatishni taʼminlash majburiyatini pudratchi oʻz zimmasiga oladi. Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi toʻlanguncha pudratchi hisoblanadi.26 Qurilish pudrat shartnomasi quyidagilarga ko’ra qolgan pudrat shartnomalarining turlaridan farqlanadi. Ular quyidagilar:




Download 126,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish