I BOB. QURILISH PUDRAT SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLISHNING UMUMIY TAVSIFI VA BELGILARI Qurilish pudrat shartnomasi tushunchasi va umumiy tavsifi
Insonlar hayotda o’zlari uchun zarur bo’lgan turar joy va noturar joy binolarning qurilishiga har doim ehtiyoj sezib kelgan. Vaqt o’tib boshqa sohalar rivojlanib borgani sari qurilish sohasi ham takomillashib bormoqda. Qurilish pudrat shartnomasining huquqiy tartibga solinish masalalarini o’rganar ekanmiz, avvalo, qurilish pudrat shartnomasi tushunchasiga hamda umumiy tavsifiga to’xtalib o’tish joiz.
Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasining bir turi hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 666-moddasida qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko'p qo'llanishi bilan va o'ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi. Qurilish pudrati shartnomasi murakkab tuzilishga ega. Chunonchi ushbu shartnoma boshqa pudrat shartnomalaridan farqli ravishda tartibga solish doirasi keng qamrovli hamda boshqa shartnomalarning ham elementlarini o'zida mujassam etadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonalami, turar-joylami bino va inshootlarni qurish, qayta tamirlash va rekonstruksiya qilish, montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Pudrat shartnomalari ichida qurilish pudrati huquqiy tartibga solish manbalariga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki bu shartnomaviy munosabatlarni, uning subyektlarini huquqiy tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan.
Bozor munosabatlari shakllangan sari, jamiyatda mulkdorlar sinfi ortgan sari qurilish pudrati shartnomasiga ehtiyoj ortib boradi. Bu esa o'z-o'zidan uni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Qurilish pudrati shartnomasi buyurtmachi bilan pudratchining o'zaro munosabatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat bo'lib hisoblanadi.
Qurilish pudrati shartnomasini o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda taraflar o'rtasidagi munosabatlar bajarilgan ishlar yakunlangandan keyin ham davom etadi. Bunda pudratchi shartnomaga ko'ra qurilish yakunlangandan so'ng ushbu obyektga xizmat ko'rsatish, jumladan, buyurtmachining xodimlarini obyektdan foydalanishni o'rgatish, foydalanish uchun turli ko'rinishdagi yo'riqnomalarni ishlab chiqish va boshqa majburiyatlami o'z zimmasiga olgan holatlar nazarda tutiladi. Odatda bunday xizmatlar hajmi, qiymati va boshqa tavsiflari haqidagi kelishuv qurilish pudrati shartnomasida ko'rsatib o'tiladi. Demak, pudratchining majburiyatlariga obyektni qurib bitkazishgina emas ushbu obyektdan maqsadli foydalanish uchun buyurtmachiga texnik va boshqaruv ko'nikmasi va bilimlarini berish majburiyati ham kiradi. Pudrat shartnomasini tuzishda yuqorida ko‘rsatib o'tilgan taraflarning majburiyatlarini kiritish bilan o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda e’tiborli bo'lish va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda kelgusida shartnoma tarafi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga ko'mak beradi.
Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari:
birinchidan, bu shartnoma konsensual, ya’ni taraflar o'rtasida o'zaro kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda huquq va burchlarni vujudga keltiradigan shartnomalar guruhiga mansubdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |