Xalqaro huquq



Download 126,48 Kb.
bet12/19
Sana25.08.2021
Hajmi126,48 Kb.
#155499
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Abdullayev J N Xalqaro xususiy huquqda qurilish pudrat shartnomasining

To’rtinchidan: Belgilangan tartibda pudratchi tomonidan buyurtmachiga ishning natijasi topshirilgandan so’ng ham pudratchida ma’lum majburiyatlar saqlanib qolinadi.

28 Новиков С.Н., Ткачев В.Н. Существенные условия договора строительного подряда: вопросы теории и практики. Вестник Московского университета МВД России. 2018 №3. С – 59-66.

29 O‘z FK 674-modda

30 O‘z FK 675-modda

Beshinchidan: Qurilish shartnomasini tuzish va amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga solish uchun ko'pgina idoraviy normalar, jumladan qurilish qoidalari va qoidalar qo'llaniladi.

Oltinchisi: Xalqaro amaliyotda qurilish pudrati shartnomasini bajarilishining ustidan nazorat qiluvchi alohida tashkilotlarning mavjudligidir.

Yana bir narsani takidlash kerakki qurilish pudrati shartnomasida ishlarning bajarilishing aniq muddatlari belgilanganligi va ushbu muddatda tamomlash ustidan nazoratni kuchaytirilganligidir. Qurilish pudrati shartnomasining o’ziga xos hususiyatlaridan yana biri belgilangan loyiha-smetaga muvofiq amalga oshirilishi kerak31 bo’lib, bu haqida O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 670-moddasida mustahkamlangan, texnik xujjatlarga oʻzgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak boʻladigan qoʻshimcha ishlar qiymati jihatidan smetada koʻrsatilgan qurilish umumiy qiymatining oʻn foizidan oshib ketsa pudratchi bu haqda buyurtmachi bilan kelishib olishi kerak. Ushbu yuqoridagi norma ham Fuqarolik kodeksining 671-moddasida nazarda tutilgandir. Haq evaziga bajarish bu tur shartnomaning muhim shartlaridan biri bo’lib Fuqarolik kodeksida quyidagicha o’z ifpdasini topgan. “Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq toʻlaydi. Qonun yoki shartnomada tegishli koʻrsatmalar boʻlmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq toʻlanadi.

Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan soʻng bir yoʻla va toʻliq hajmda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin.32 Pudratchi shartnomada belgilangan ishni tugatgandan so’ng buyurtmachi ushbu ishni qabul qilib olishga majbur. Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.





31 Ващенко П.Н. указ. соч

Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni oʻz hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim.33 Yuqorida biz asosan fuqarolik qonunchiligi doirasida ko’rib chiqdik endigi navbatada esa O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilingan yo’riqnoma va meyyorlardan ham ayrim normalarni keltirib o’tmoqchimiz. Misol uchun 2016-yilda qabul qilingan korxona, bino va inshoatlarni kapital qurilish loihasi-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqarilishi, ma’qullanishi va tasdiqlanishi tartibi to’g’risidagi shaharsozlik normalari va qoidalarining ayrim bandlarini keltirib o’tmoqchimiz. Tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish buyurtmachi topshirig’i hamda asoslangan xujjatlar taqdim etgan holda loyiha muallifi tomonidan amalaga oshirishi belgilangan. Biz bunga o’xshash normani yuqorida ham keltirib o’tgandik va yuqoridagi norma umumiy xususiyatga ega bo’lsa, bu SHQN normasi esa maxsus norma xususiyatiga egadir.







Download 126,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish